This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kechiring
yaxshi koʻrgan kishilaringizning qoʻlidan qattiq USHLANG..!
ularga ularni yaxshi koʻrishingizni BILDIRIB qoʻying...
qilgan xatolarini kechiring... chunki bir kun kelib siz ularni «TASHLAB» ketasiz yoki ular sizni tark etishadi... qalbda esa ularning YODI va sogʻinchigina qoladi...
jarohatning ichi tozalanmay turib uning ustini TIKIB qoʻymang..! yaqinlaringiz bilan (behudaga emas, haqni topish) uchun bahslashing, ularning gaplarini qabul qiling, (gapingiz ularga tushunarsiz boʻlsa) tushuntirib bering, (ular haq boʻlsalar) eʼtirof qiling, (kerak boʻlganda) ularga YON bering..!
hayot juda ham qisqadir..!
u odamlarning oʻzaro bir-birlarini YOMON koʻrishi, hasad qilishi, adovatlashishi, qarindoshchilik aloqalarini uzishiga ARZIMAYDI…!
ertaga… bizdan XOTIRAGINA qoladi…
oʻlim hech kimdan RUXSAT soʻrab kelmaydi…
sizga yomonlik qilganlarga ham tabassum qiling, ularning qilgan ishlarini KECHIRIB yuboring..!
@taskin toping🧸

@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sen oʻzingni ehtiyot qil. boshqalarni qoʻya tur, yaqinlaring ham sening tabiatingni, feʼl-atvoringni doimo inobatga olaverishmaydi. shu sabab oʻzingga oʻzing mehribonchilik qil.
qish kelayotir. kunlar soviy boshladi. qalblar ham sovuq negadir. oliftalik qilib yupun yurma. salqin ichimliklar ichishni toʻxtat. endi issiqqina choy yoki qahva ichish kerak. och yurma. ochlik kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi. shu sabab oʻzingga vaqt ajrat.
kimdandir soatlab xabar kutma. undan eshitishni istaganlaringni oʻzingga oʻzing ayt. yoki koʻzgu oldiga bor-da, oʻzingga biroz eʼtibor ber.
istasang, sayr qil. yoqmasa, xonang chiroqlarini oʻchir, qulay bir oʻrin tayyorla oʻzingga. yot-da, orom ol.
@taskin toping🧸
qish kelayotir. kunlar soviy boshladi. qalblar ham sovuq negadir. oliftalik qilib yupun yurma. salqin ichimliklar ichishni toʻxtat. endi issiqqina choy yoki qahva ichish kerak. och yurma. ochlik kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi. shu sabab oʻzingga vaqt ajrat.
kimdandir soatlab xabar kutma. undan eshitishni istaganlaringni oʻzingga oʻzing ayt. yoki koʻzgu oldiga bor-da, oʻzingga biroz eʼtibor ber.
istasang, sayr qil. yoqmasa, xonang chiroqlarini oʻchir, qulay bir oʻrin tayyorla oʻzingga. yot-da, orom ol.
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
inson insonni tiriltira oladi. buning uchun masih¹ boʻlish shart emas. va yoki qandaydir sehrgarlik ham... malham boʻlsak kifoya... malhamlik nedir? kimgadir taʼsiri yoʻq va siyqasi chiqqan jumla — «hammasi yaxshi boʻladi»ni takrorlashmi? «yoningdaman», — deb, qalban uzoq boʻlishmi? jisman yaqinlikni nazarda tutganmidik «yoningdaman» deganda? jisman judayam yaqin... nafaslar qorishar darajada. ammo qalban minglab kilometr uzoqlikda...
yoʻq, yaxshim! malhamlik bu emas. malham davolaydi, aldamaydi. shunchaki, malham boʻling. malham...
@taskin toping🧸
yoʻq, yaxshim! malhamlik bu emas. malham davolaydi, aldamaydi. shunchaki, malham boʻling. malham...
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
meni sevishingni sogʻindim,
quloq solishingni sogʻindim,
sogʻinishingni sogʻindim,
iforingni sogʻindim.
sogʻinch — ayni damda qadamlar yeta olmaydigan manzillarga ruhning talpinishidir. ehtimol, shu ruh xayollarni-da oʻz tizginiga olar. xayollarning tugʻilishiga doyalik qilar. mening sohibim yeta olmaydigan yerlarga bor, desa kerak.
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
xotiralar...
oʻsha paytlarda yuraging tez-tez orziqardi. atrofni esa alvon ranglar chulgʻagan. hamma-hammasi xuddi ertaknamo. kitoblardagidek. baʼzan qoʻrqib ketarding: «tush boʻlib chiqsa-chi?»
yoʻq-yoʻq, bular tush boʻlishi mumkinmi axir? axir sen u lahzalarning har birida shaxsan yashading-ku. oʻsha lahzalarning hech qaysi birini oʻtkazib yuborishni istamasding. har birini yurak dukurlaringda muhrlading.
hammasi oʻtmishning gʻira-shira tasvirlarida qolib ketganiga qaramay, baʼzan yana oʻsha hislar, oʻsha damdagi «sen», umuman hamma-hammasi tirilgandek boʻladi. xuddi kinotasma singari bir-bir koʻz oldingdan oʻtadi: birga qilingan orzular, oyga termulib surilgan xayollar, oʻqilgan kitoblar, tongga qadar suhbat...

❤11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ayol qanchalik kuchli boʻlmasin, u suyanishni istaydi. kimningdir yelkasiga boshini qoʻyib, yillab ayta olmaganlarini aytgisi, yengil tortgisi keladi. ayol uchun kichik eʼtibor ham qadrli. u buni hech qachon unutmaydi. imkoni qadar, koʻrsatilgan eʼtibordan kattarogʻini berishga tirishadi. bor imkoniyatlarini, bor salohiyatini — hamma-hammasini ishga soladi buning uchun.
ayollar erkaklardan koʻra jasurroq men uchun. ular tabiatan zaif boʻlishi, erkaklardek quvvatli boʻlmasligi mumkin, ammo kattagina yuraklari bor ularning. agar u kimnidir yoqtirib qolsa, u bilan dunyoning narigi chekkasiga ketishga ham tayyor boʻladi.
ayollar erkaklardan koʻra hissiyotli. ular hislar bilan tirik, barhayot. biz — erkaklar qanchalik qoʻpol va dagʻal boʻlmaylik, ular bizni oʻz tuygʻulari bilan yumshatadi. hech tuyib koʻrmagan ajib hissiyotlarni baxsh etib bizni ham emotsional qilib qoʻyadi.
ayol qizgʻanchiq emas, u rashkchi. koʻplab erkaklarni bu borada yoʻlda qoldiradi. biz — erkaklar rashk qilsak, lovullab yonamiz va alamimizni qandaydir koʻrinishda chiqarib olamiz, masalan, qoʻlimizdagi telefonni yer bilan bitta qilishimiz, devorni mushtlashimiz, idishlarni sindirishimiz mumkin. ammo ayollar, odatda, bunday qilmaydi. ular ichlaridan yemirilib rashk qiladi. oʻzimizga ayta olmay qizgʻanadi. bizning ketishimizdan qoʻrqadi.
ularni asraylik!

❤18
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
«ko'zlar aldamaydi», — deyishdi,
ammo bunga ishonma, erkam.
(balki, haqiqatdir bu so'zlar.)
ko'zlaringga boqqan onimda
nega ko'rolmayman haqiqatlarni?!
@taskin toping🧸
ammo bunga ishonma, erkam.
(balki, haqiqatdir bu so'zlar.)
ko'zlaringga boqqan onimda
nega ko'rolmayman haqiqatlarni?!
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19
yur, qochib ketamiz bu dunyosidan. uzoq-uzoqlarga. hech kim topa olmaydigan joylarga. oʻzimiz boshqa olam quramiz. unda hammasi oʻzgacha boʻladi. ha, OʻZ-GA-CHA!
@taskin toping🧸
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
baʼzan oʻzimizni keraksiz his qilamiz. shuning sababidanmi, pana-panalarga yashirinib olamiz koʻpincha. aytishimiz kerak boʻlganlarni jimgina ichga yutamiz. bir qabr qazamiz-da, umidlarni, orzularni — hamma-hammasini unga koʻmamiz. ichimiz esa kun sayin yiringlab boradi. qayerimizdir nuraydi. xuddi erta-indin qulab tushadigandek.
ammo...
oʻsha lahzada biri keladi. keladi-yu, zim-ziyo osmoning munavvar boʻladi. yiringlagan joylaringni mehri ila davolaydi, tuzatadi. nurashingga yoʻl qoʻymaydi. tirgak boʻladi.
keyin...
qaytadan tugʻilasan. yashaging keladi. yashaging kelaveradi...
@taskin toping🧸
ammo...
oʻsha lahzada biri keladi. keladi-yu, zim-ziyo osmoning munavvar boʻladi. yiringlagan joylaringni mehri ila davolaydi, tuzatadi. nurashingga yoʻl qoʻymaydi. tirgak boʻladi.
keyin...
qaytadan tugʻilasan. yashaging keladi. yashaging kelaveradi...
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sen bilan bilan ajib bogʻ va gulzor barpo etamiz, malagim. odam baribir tabiatga talpinadi. bu virtual olamdan ketamiz. umuman yerdan koʻchamiz. boshqa olam quramiz. shunday olamki, sehrli va moʻjizakor.
oddiy, ammo shinam uyimiz boʻladi. gullarni parvarish qilib, hamma ishlarni tugatgach kamen oldida qaynoq qahva ustida koʻp-koʻp suhbat quramiz. oʻqigan kitoblarimiz, anglaganlarimiz va eng muhimi Anna haqida. )
ketamiz-a?!
@taskin toping🧸
oddiy, ammo shinam uyimiz boʻladi. gullarni parvarish qilib, hamma ishlarni tugatgach kamen oldida qaynoq qahva ustida koʻp-koʻp suhbat quramiz. oʻqigan kitoblarimiz, anglaganlarimiz va eng muhimi Anna haqida. )
ketamiz-a?!
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sevgi siz bilan yashaydigan birini topish emas, u oʻsha birisiz yashay olmaydiganni topishingizdir. sen men uchun oʻsha «birisan».
@taskin toping🧸
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19
men sizni tark etmadim, hech boʻlmaganda, bu ahamiyatli boʻlgan maʼnoda emas. koʻzingizni yuming va meni topasiz — yuragingiz mening yuragimni tanigani kabi. bizni “biz” qilgan narsalarning har birida. men uzoqqa ketganim yoʻq. men faqat koʻrib boʻlmaydigan pardadan naridaman. va yoʻqligim aslida yoʻqlikmi yoki koʻz aldamchiligimi? meni endi yetib boʻlmaydigan joyda topa olmaysiz, lekin men xotirangizda yashayman. qaygʻu mening ismimni ogʻir bir yukka aylantirishiga yoʻl qoʻymang. men haqimda oʻylab, koʻksingizda yoʻqotish ogʻrigʻini his etishga majbur boʻlmang. mening ismimni yengil, odatiy qilib tilga oling. xuddi avvalgidek, qulaylik va yaqinlik bilan. siz mendan oʻtib ketishingiz shart emas, men bilan oldinga yurishingiz kifoya. aytmoqchimanki, men shu yerdaman, xuddi yoningizda oʻtirgandek. meni qaygʻu qutilariga joylamang, hech boʻlmaganda, hali bunday qilmang. meni tark etmagan, tark eta olmaydigan insonga oʻxshatib gapiring. mening ismimni siz kulganingizda, sevgingiz qaytib kelgan lahzalarda yashatib turing. siz meni qoʻyib yuborishingiz shart emas; meni boshqa yoʻl bilan olib yuring. yengil, muloyim. qoʻlimni tutgan oʻsha mehr bilan. agar sogʻinish hissi chidab boʻlmas tuyulsa va men endi boʻshatgan joylarni toʻldirishni istasangiz, mana buni eslang: men ketganim yoʻq. hali shu yerdaman, lekin avvalgidek emas. )
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
senga oid nimaiki boʻlsin, ularni sevdim. qusurlaring-u kamchiliklaring ila sevdim. aslida, ular kamchilik ham emas. shunchaki, bu olamdagilar ularni shunday atashadi. seni bu chirkin dunyoga ravo koʻrmayman. oʻz osmonimga olib ketaman bir kun. ha, shunday. ketamiz yerliklarni tashlab. bizsiz kengaysa kengaysin, toraysa toraysin — farqi yoʻq. boshimizni tik koʻtaramiz-da, orqamizga qaramay ketamiz!
«xush qoling, yerliklar!» — deymiz soʻnggida!
@taskin toping🧸
«xush qoling, yerliklar!» — deymiz soʻnggida!
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
inson senga nima bera olishi muhim emas, muhim boʻlgani — u sen uchun nimadan voz kechishidir.
🦋 @taskin 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤45
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
bir kun,
boshqacha boʻlar hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...
bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
bugunga aylangan ertalar haqqi,
men unda yig'lashni bilmayman.
xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
meni kuzakda ham topa olmaysan,
sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
Aziz Nur
@taskin toping🧸
boshqacha boʻlar hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...
bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
bugunga aylangan ertalar haqqi,
men unda yig'lashni bilmayman.
xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
meni kuzakda ham topa olmaysan,
sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
Aziz Nur
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤48