oshiqmisan?
@taskin
— sen oshiqmisan?
— ha.
— unda dilingni yoz! «sevaman» — deb ayt!
— yoʻq, men aytolmayman...
— nega?! avval hech kimni sevmaganmisan?
— sevdim. nega sevmas ekanman?!
— xoʻsh... oʻziga aytganmiding?
— anchagacha uzoqdan sevib yurdim.
— juda qiziq yigit ekansan-ku..! hozir muhabbatingdan bexabar qiz kim?
— qoʻy, uning ismi menda qolsin.
— mayli, o'zing bilasan. bu safar necha yil kutmoqchisan?
— buni endi vaqt koʻrsatadi. oldindan bir narsa deyish qiyin.
— tavba..! bir odamni uzoqdan sevib boʻlarkanmi? odamning ich-etini yeb bitiradi-ku!
— yoʻq, men shunaqa sevaman. shartsiz, maqsadsiz, manfaatsiz. kichik narsalardan ham quvonch topasan. bir bor kulsa, «menga kuldimi?» — deb o'ylaysan. oʻsha ehtimolni ham sevasan. uzoqdan sevishning gashti boshqa. pushaymonlik, afsus-nadomad, ayriliq bo'lmaydi.

4❤140
et si tu n'existais pas
@taskin
Agar sen bo‘lmaganingda
Agar sen bo‘lmaganingda,
ayt-chi, nega yashardim men?
Seni yo‘q bir olam ichra
umidsiz, armonlarsiz kezardim men.
Agar sen bo‘lmaganingda,
muhabbatni o‘ylab topardim balki —
xuddi rassom qo‘llari ostida
tong ranglari tug‘ilayotganini ko‘rgandek,
o‘zi ham hayratda qolgandek.
Agar sen bo‘lmaganingda,
ayt-chi, kim uchun yashardim men?
Bag‘rimda uxlab qolgan begona yuzlar —
hech qachon sevmasdim ularni men.
Agar sen bo‘lmaganingda,
men ham oddiy bir nuqta bo‘lardim xolos
kelib-ketayotgan bu dunyoda,
yo‘qolib ketgandek his qilardim o‘zimni.
Menga sen kerak bo‘larding.
Agar sen bo‘lmaganingda,
ayt-chi, qanday yashardim men?
O‘zimday ko‘rinishga urinardim balki,
ammo chinakam men bo‘lmasdim.
Agar sen bo‘lmaganingda,
baribir topar edim men, deb o‘ylayman
hayotning sirini, nega yashashni —
faqat seni yaratish uchun
va seni tomosha qilish uchun.

1❤45