taskin
8.68K subscribers
133 photos
94 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
tashqariga boq. zulmat bostirib kelyapti. u yana kunning ustidan hukmron. bir necha soatdan keyin u oʻz gʻalabasini nishonlaydi.

tun yaqin... xayollar tarqoq. hozir hamma oila davrasida kechki ovqatni maza qilib tanovul qilyapti, hoynahoy. men esa seni izlab keldim bu yerga...

sensiz olam rangsiz, ovqatlar bemaza, kun zerikarli...

@taskin
50
bilasizmi, baʼzan shu qadar xotirjamlikka toʻyinamizki, ich-ichimizdan entikaveramiz beixtiyor. koʻz oldimizdan oʻsha zimiston tunlarda his qilganimiz ogʻriqlar bir-bir oʻta boshlaydi. soʻng qoʻlimizni kemdir qattiq siqadi. va: «oʻtdi», — deydi koʻzlaringizga tik boqib. ana shu lahzada umrbod yashaging kelib ketadi. soʻng takroran: «oʻtdi», — deysan sen ham.

soʻng oʻrtaga sukunat choʻkadi. soʻzlarsiz suhbat qura boshlaysan. suhbatki, soʻzlarga ehtiyoj yoʻq. izohlar, uzun tasvirlar ham kerak emas.

keyin birdan choʻkib ketasan. nogoh shaffof qorachiqda oʻz aksingni koʻrasan-u, gʻolibona kulasan. chin dildan, soxta tabassumlarni chilparchin qilar darajada kulasan.

@taskin
45
uning yonida kamchiliklarimni koʻrmayman...

@taskin
44
bolaligimizni eslaysanmi?

@taskin
32
yoʻq, endi koʻnglingdan chiqarolmaysan...
@taskin
Yo‘q,
Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.

Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G’unchalar bargida uxlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.

Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jism-u jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon?
Men seni Xudodan so‘rayveraman.

Men – so‘ngti tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo‘llarimda qoldi
Eng so‘nggi hayot,
O’lsam ham ishqingni istayveraman!

@taskin – mendan mengacha...
66
nega bedorsiz?
49
mening insonimsiz!
56
barvaqt uxlab qoladigan, oʻy-xayoli yoʻq odamlarga baʼzan havasim, baʼzan esa rahmim keladi...
63
kel...
@taskin
#kel

Kel,
Tinglaymiz sukunatni jim.
Kel,
Dunyoga alla aytamiz.
Oydan boʻsa olmagan hech kim,
Borib uni oʻpib qaytamiz.

Yongʻoq olib beraman senga,
Olmaxonning kavaklaridan.
Tizzanga bosh qoʻyay, aytib ber,
«Ming bir kecha» ertaklaridan.

Ummonni bir hatlab oʻtamiz,
Uy quramiz qoya ustiga.
Togʻdan topib chuchmoma, yalpiz,
Berkinamiz uning ostiga.

Soʻng...
Soʻng sevamiz, sevaveramiz,
Tangrim bizni sevgani qadar.
Sen oʻqiysan, men shoir boʻlib,
Sheʼr yozaman senga bir daftar.

Lablaringga qoʻnib kapalak,
Bir soniya yashaydi koʻproq.
Koʻzing ochsang, chaqmoq chaqilib,
Nafas olsang — momaqaldiroq.

Soʻng yashaymiz,
Yashayveramiz!
Hijronlarga atay, qasdma-qasd...


© Asqar Mahkam


@taskin
57
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
davosi sen boʻlgan dardim bor mening...

@taskin
70
sen bilan yegan eng oddiy ovqatlar ham shohona.
sensizlikdagi tansiq taomlar esa mazasiz...

@taskin
66
xotirjam uxlamoq baxtning yarmidir, qolgan yarmi esa tongda uygʻonmoq...

@taskin
103
raqamingiz band...
@taskin
raqamingiz band..?

@taskin
39
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
hammamiz singanmiz. )))

aynan shunday! siniqlari biznikiga mos tushadiganini topish kerak. aynan u bizni butlay oladi.

@taskin
95
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
hech kim bilan suhbatlashgim yoʻq, ammo...

@taskin
78
oldinlari mana shunaqa nihollarchalardan toʻplab, ekardim. hozir ular katta darxtga aylanishgan. biz — odamlar ham shunaqamiz. avvaliga zaif bir nihol kabi dunyoga kelamiz. keyin esa ulgʻayib, daraxtga aylanamiz. baʼzilarimiz gullaymiz, meva beramiz. baʼzilarimiz esa oʻzimizdan hech narsa qoldirmaymiz.

@taskin
55
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
hech qayerga sigʻmaganingda seni bagʻriga bosib, hammasini unuttiradigan biri boʻlsin. )

@taskin
1105
koʻngilni yaralamaslik uchun...

@taskin
42
umidni soʻndirmang!

@taskin
152