Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Pediatriya (tashpmi_press) | rasmiy
4.92K subscribers
10.2K photos
1.67K videos
253 files
5.08K links
Toshkent davlat tibbiyot universiteti yangiliklari / Новости Ташкентского государственного медицинского университета

📞 71 262-33-20
📧 press@tashpmi.uz
🌐 www.tashpmi.uz
📲 instagram.com/tashpmi_press
📲 facebook.com/tashpmi.press

©TDTU Matbuot xizmati
Download Telegram
«Scopus Award-2018»: ToshPTI yilning eng muvaffaqqiyatga erishgan OTM nominatsiyasida g’olib chiqdi

Yurtimizda ilk marotaba «Scopus» ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo’yicha eng samarali faoliyat ko’rsatayotgan olimlar va muassasalar taqdirlandi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida eng yaxshi o'zbek olimlari va muassasalarini taqdirlash bo’yicha "Scopus Award" marosimi bo'lib o'tdi. Olimlarning ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasi taqrizlangan ilmiy adabiyotlarda iqtiboslik darajasiga qarab baholandi.

Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi «Elsevier» nashriyot kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo’lgan «Scopus» statistikasi bo’yicha o’zbekistonlik etakchi olimlarning va muassasalarning nomlarini e’lon qildi.

«Scopus award-2018» taqdirlanganlar:
- «Researcher of the Year» («Yil olimi») nominatsiyasi – Dilshod To’laganov (Toshkent shahridagi Turin politehnika universiteti), Temurbek Usmonov, Bobomurod Ahmedov (O’zbekiston Fanlar akademiyasi);
- «High Performance award» («Eng sermahsul OTM») nominatsiyasi – O’zbekiston Milliy universiteti;
- «Outstanding Research Impact Award» («Tadqiqotlarda erishgan ulkan natijasi uchun») nominatsiyasi – O’zbekiston Fanlar akademiyasi;
- «Growth of the Year» («Yilning eng muvaffaqqiyatga erishgan OTM») nominatsiyasi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
- «Breakthrough of the Year» («Yil kashfiyoti») nominatsiyasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti;
- «Library of the Year» («Yil kutubhonasi») nominatsiyasi – Samarqand davlat universiteti;
- «Contribution to Science» («Ilm rivojiga qo’shgan hissasi uchun») nominatsiyasi – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- «The youngest scientist» («Eng yosh olim») nominatsiyasi – Mirabbaos Ho’jamberdiev;
- «Women in Science» («Yil olimasi») nominatsiyasi – Shahlo Turdiqulova.

Tantanali taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkentda QS, Times Higher Education kabi dunyoning etakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari va horijlik mutahassislar ishtirokida bo’lib o’tdi.

G'oliblarga diplom va haykalchalar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov va Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov tomonidan taqdim etildi.

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o’tkazilib, unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va halqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o’rgatish bo’yicha mahorat darslari o’tkazildi.
Scopus Award-2018: ТашПМИ – лучший в номинации «Самый успешный ВУЗ года».

Впервые в Узбекистане были награждены учёные и учреждения, ведущие самую эффективную деятельность, по версии научно-аналитической информационной базы «Scopus».

В Ташкентском государственном экономическом университете состоялась церемония вручения наград лучшим узбекистанским ученым «Scopus Award». Вклад ученых в развитие науки оценивался соответственно цитируемости в рецензируемой научной литературе.

Министерство высшего и среднего специального образования совместно с издательской компанией «Elsevier» опубликовали имена ведущих узбекских ученых и учреждений на основании статистических данных крупнейшей в мире научно-аналитической информационной базы «Scopus».

Лауреаты «Scopus award-2018»:
- Номинация «Researcher of the Year» («Учёный года») - Дильшод Тулаганов (Туринский политехнический университет в Ташкенте), Темурбек Усманов, Бобомурод Ахмедов (Академия наук Узбекистана);
- Номинации «High Performance award» («Самый продуктивный ВУЗ») - Национальный университет Узбекистана;
- Номинация «Outstanding Research Impact Award» («Выдающиеся результаты, достигнутые в ходе исследований») - Академия наук Узбекистана;
- Номинация «Growth of the Year» («Самый успешный ВУЗ года») - Ташкентский педиатрический медицинский институт;
- Номинация «Breakthrough of the Year» («Открытие года») - Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства;
- Номинация «Library of the Year» («Библиотека года») - Самаркандский государственный университет;
- Номинация «Contribution to Science» («Вклад в науку») - Ташкентский государственный экономический университет;
- Номинация «The youngest scientist» («Самый молодой ученый») - Мираббаос Хожамбердиев;
- Номинация «Women in Science» («Женщины в науке») - Шахло Турдикулова.

Торжественная церемония награждения состоялась 23 ноября этого года в Ташкенте с участием директоров и руководителей ведущих рейтинговых агентств, таких как «QS», «Times Higher Education», «Elsevier» и зарубежных экспертов.

Дипломы и статуэтки победителям вручили заместитель премьер-министра Узбекистана Азиз Абдухакимов и советник президента Абдужаббар Абдувахитов.

В рамках мероприятия был состоялся первый научный форум, на котором были проведены мастер-классы по написанию статей, индексации научных журналов и методике вступления в международные рейтинги.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining va Xalq ta'lim vazirligining 29.03.2018 dagi qarori ijrosini ta'minlash yo'lida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2018 yil 17 apreldagi 226-sonli buyrug'iga asosan Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya, psixoterapiya va psixiatriya kafedrasi hodimlari va mutaxassislari tomonidan 57-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning o'qituvchilari va maktab o'quvchilari o'rtasida "Sog'lom turmush tarzi, yomon odatlar", "Psixo-gigiena, psixoprofilaksi" mavzularida seminar o'tkazishdi.
Во исполнение постановления Министерства высшего и среднего специального образования и Министерства народного образования Республики Узбекистан от 29.03.2018 г. №18 и приказа Ташкентского педиатрического медицинского института №226 от 17.04.2018 г.на основании меморандума сотрудники и магистры кафедры Психиатрии, наркологии и детской психиатрии, медицинской психологии, психотерапии провели семинары-беседы среди учителей и школьников специализированной школы №57 на темы: «Здоровый образ жизни, вредные привычки», «Психогигиена, психопрофилактика».
“Yo’l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish-bizning burchimizdir”

2018 yil 23 noyabr kuni 2 kurs (2-Pеd fak:201-202) talabalari bilan Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv bo’linmasi katta inspektori, mayor Xasan Saydaxmedov uchrashuv o’tkazdi.

Profilaktik uchrashuvda talaba-yoshlarning “Yo’l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish”, “Piyodalarning yo’llardan o’tishdagi vazifalari”, “Yo’l belgilari, yo’l chiziqlari va ularning tavsifnomasi” kabi mavzularda ma’lumot berildi.

Uchrashuvda kun tartibidagi mavzu bo’yicha talaba-yoshlarning savollariga ma’ruzachi tomonidan hayotiy misollar asosida javob berildi hamda talaba-yoshlarni doimo ogoh va hushyor bo’lishga chaqirildi.
“Строгое соблюдение дорожных правил – наш долг”

23 ноября 2018 года старший инспектор поисковой части УБДД ГУВД города Ташкента майор Хасан Сайдахмедов провел мероприятие со студентами 2 курса (2-Пед фак: 201-202).

На профилактической встрече проинформировали студентов по следующим темам: “Строгое соблюдение дорожных правил – наш долг”, Задачи пешеходов при переходе дорог”, “Дорожные знаки, дорожные линии и их характеристика”.

По повестке дня на встрече лектор ответил на вопросы студентов по теме основываясь на жизненных примерах а также призвал их к постоянной бдительности и осторожности.