Tarix | Kun.uz
10.6K subscribers
22 photos
2 videos
22 links
Download Telegram
Channel created
Eyfel minorasini sotgan firibgar – tarixdagi eng mashhur aldovlar

Mashhur firibgarlar tarixiga nazar tashlasangiz, ehhe, ular nimalar qilishmagan? Biri Eyfelni sotmoqchi bo‘lgan, ikkinchisi dunyoga mashhur Luvr muzeyi mutasaddilarini aldagan. Boshqasi esa chek va turli banknotlarni aslidan farq qilmaydigan tarzda yasab tarqatgan. Ushbu materialda yaqin tarixda sodir etilgan eng mashhur firibgarliklar bayon qilingan.

📹👉 TOMOSHA QILING
Fazoviy poyga: AQSH vs SSSR

Insoniyat fazoga ilk bor parvoz qilgandan boshlab juda ko‘p rekordlar o‘rnatgan. Jumladan, fazoda eng uzoq vaqt bo‘lish, eng ko‘p marta parvoz qilish, eng yuqori tezlikda va eng uzoq masofaga uchish bo‘yicha aql bovar qilmas natijalar qayd etilgan. Ushbu materialda kosmik rekordlarning asosiy qismi bilan tanishtirib o‘tamiz.

📹👉 TOMOSHA QILING
Jadidlar mavzusi yana e'tibor markazida — Toshkentda o'tayotgan xalqaro anjumandan reportaj

Poytaxtda 11-dekabr kuni “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda AQSH, Yaponiya, Turkiya, Gollandiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarboyjon va boshqa ko'plab davlatlardan 50 nafardan ortiq tadqiqotchi va olimlar ishtirok etyapti.

📹👉 TOMOSHA QILING
Ilk bor mobil telefon orqali amalga oshirilgan qo‘ng‘iroq tarixi

Bundan 50 yil avval, 1973 yilning 3 aprelida tarixda ilk bor mobil telefon orqali qo‘ng‘iroq amalga oshirilgandi. Qo‘ng‘iroqni esa Motorola firmasi muhandisi Marti Kuper qandaydir bir oddiy odamga emas, balki shu yo‘nalishda izlanish olib borayotgan raqobatchi kompaniya — Bell Laboratories xodimi Joel Engelga amalga oshirgandi.

📹👉 TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qodiriy: Oldinga intilmoq ko‘p yaxshidir. Kelajakka qo‘l bermoq xo‘p foydalidir. Ammo shuni unutmangki, moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidir

Bugun Toshkent shahrida «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiya 12 dekabr kuni ham davom etadi.
22 kishining qotili – rossiyalik ashaddiy jinoyatchi ozod qilindi

Bundan bir necha kuni oldin rossiyalik ashaddiy jinoyatchi, 90-yillardagi eng taniqli yollanma qotil «Sasha Soldat» ozodlikka chiqarilgani haqida xabar tarqaldi. Bir paytlar yigirmadan oshiq odamni o‘ldirganlikda ayblangan bu yigitga marhumlarning yaqinlari umrbod qamoq jazosi so‘ragan, biroq sudya unga 24 yil qamoq jazosi bergandi.

📹👉 TOMOSHA QILING
Muammolarimiz hamon jadidlarnikiga juda o‘xshash — Bahrom Irzayev

“Butun dunyo bo‘yicha insoniyat g‘oyaviy jihatdan juda uzoqqa ketgani yo‘q. Vaqt jihatdan 100 yil o‘tdi, lekin muammolar, g‘oyalarimiz hamon jadidlarnikiga juda o‘xshash”, deydi tarixchi Bahrom Irzayev. Professor Saidakbar A’zamxo‘jayev jadidlar avvalo ta’limga asosiy urg‘u bergani, bu esa hozir ham eng muhim muammolarimizdan biri ekanini ta’kidladi.

📹👉 TOMOSHA QILING
“Jadidlar ochiqcha yozgan” – Kristofer Fort

Amerikalik tadqiqotchi Kristofer Fort bir necha yil O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini o‘rgangan va Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan.

📹👉 TOMOSHA QILING
Xorazmshohlar: saltanatni qulatgan xato va xiyonatlar

Xorazmshohlar davri tarixning oq-qora sahifalarini o‘z ichiga oladi. Uning rivoji, ravnaqi, dunyo miqiyosida tutgan o‘rni bir tomon bo‘lsa, keyinchalik davlat boshqaruvidagi noo‘rin qarorlarning ortishi uning tanazzuliga sabab bo‘ldi.

📹👉 TOMOSHA QILING
Xorazmshohlar: qonli davr va ayanchli qismat (2-qism)

Mo’g’illar bosqiniga munosib qarshilik ko’rsata olmagan Xorazmshohlar oxir-oqibat yermirilishga yuz tutdi. Biroq diyorining erki va ozodligi uchun kurashgan Jaloliddin dunyo e’tirofiga loqib bir sulton sifatida tarixda qoldi. U umrining so’ngi kuniga qadar Chingizxon boshliq mo’g’illar bilan kurashdi. Biroq, qismat uning istaganidek kechmadi.

📹👉 TOMOSHA QILING