Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1👏1
1. Turon sivilizatsiyasining tug‘ilishi va kishilikning butun taraqqiyot yo‘lida tutib kelgan o‘rni.
2. 8000 yil burun o‘lkada o‘troq turmush tarzi, ekin-tikinchilikning paydo bo‘lishi, 5500 oldin sun’iy sug‘orish, 4000 yil ilgari shaharchilik va o‘zbek davlatining yuzaga kelishi.
3. Turonda paxtachilik va ipakchilik 4000 yil oldin bo‘lgani, ya’ni chigit Hindistondan, ipak esa Xitoydan keltirilmagani.
4. Eng qadimgi zamonlarda Turondan boshlangan La’l yo‘li, Lojuvard yo‘li, Badaxshon yo‘li, Tuz yo‘li kabi xalqaro savdo yo‘llarining shakllannishi.
5. Turon sivilizatsiyasining jahon diniy ta’limotlari, xususan, zardushtiylik, buddaviylik, musulmonchilikning tug‘ilishi va taraqqiyotidagi o‘ziga xos o‘rni.
6. Samarqand, Buxoro, Xorazm, Nasaf, Kesh, Termiz, Marv, Farg‘ona, Marg‘ilon va Toshkent shaharlarida yetishib chiqqan, matematika, fizika, astronomiya, mexanika, geologiya, geodeziya, kimyo, biologiya, botanika, tibbiyot, dorichilik, falsafa, tarix, adabiyot va san’at sohalarida faoliyat yuritgan yuzlab allomalar, Turonning 9 – 12-yuzyilliklar va 1370 – 1501-yillardagi buyuk olimlarining Yevropa ilmiy inqilobi va zamonaviy fan rivojiga ko‘rsatgan ta’siri.
7. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abdurrahmon Xozin, Mahmud Chag‘miniy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy va boshqalarning ilmiy va adabiy meroslari, kashfiyotlari.
8. Insoniyat tarixidagi ilk oliy ta’lim muassasasi -- Forjak madrasasi (937-yil).
9. Turon me’morchiligi.
10. O‘zbek davlatini boshqargan sulolalar, ularning Kanishka, Istami, Ismoil Somoniy, Mahmud G‘aznaviy, Malikshoh, Sulton Muhammad, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Shohrux, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdullaxon, Yalangto‘sh Bahodir singari yorqin va buyuk vakillari.
10. Buyuk Xitoy devoridan O‘rta yer dengizigacha, Moskvadan Dehligacha yastangan ulkan hududni Samarqand atrofida birlashtirgan, shaharlar hamda mintaqalarning rivojlanishini rag‘batlantirgan, Ikkinchi Uyg‘onish — Temuriylar oltin asriga asos solgan, bir yarim asrlik tanazzuldan keyin mintaqa qudrati va hayotiy kuchini tiklagan Amir Temur shaxsi.
11. 19-yuzyillikning ikkinchi yarmida Turon rus imperiyasining bosqiniga uchragani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍5❤3🥰1👏1
“Turk dunyosi yosh tarixchilarining 5-yozgi o‘qishlari” doirasida 19–20-iyun kunlari Fanlar akademiyasi Tarix instituti yosh olimlari uchun G‘oziyantep va Istanbul shaharlaridagi tarixiy o‘rinlarni kezish va o‘rganish ishlari uyushtirildi.
🔸 “Amir Temur izidan” loyihasi doirasida G‘oziyantep va Istanbul shaharlaridagi tarixiy o‘rinlarni o‘rganish va kezish ishlari tashkil qilindi. Xususan, G‘oziyantepdagi Ayntob va Rum qo‘rg‘onlarining mudofaa tizimi va joylashuv xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, Istanbul shahridagi Ayyub Sulton ziyoratgohida buyuk olim Ali Qushchi hamda temuriy shahzoda Badiuzzamon qabrlari ziyorat qilindi. Ziyorat davomida ishtirokchilarga Ali Qushchining ilmiy faoliyati, uning Samarqand ilmiy muhiti va temuriylar davri ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, Badiuzzamon hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus ilmiy ko‘rsatuv olindi.
🔸 G‘oziyantep shahridagi 25-dekabr muzeyi ham o‘rganildi. Muzeyda Turkiya xalqining milliy ozodlik uchun olib borgan kurashi, G‘oziyantep aholisining bosqinchilarga qarshi ko‘rsatgan matonati hamda mustaqillik yo‘lida kechgan tarixiy jarayonlar turli ko‘rgazmalar orqali yoritilgan. Kuzatuv davomida muzey ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishilib, mazkur davrga oid tarixiy ma’lumotlar o‘rganildi.
🔸 G‘oziyantepdagi Zeugma mozaikalar muzeyi ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda qadimiy Zeugma shahri madaniy qatlamlariga oid noyob mozaika namunalari, qadimiy turmush tarzi, tasviriy san’at va antik davr shaharlari madaniyati bilan bog‘liq ashyolar o‘rganildi.
🔸 Safar davomida Istanbul shahrida joylashgan “Turk tarixi kurumi” kitob do‘koniga ham tashrif buyurildi. Bu yerda turkiy dunyo, Markaziy Osiyo tarixi hamda zamonaviy tarixshunoslikka oid ilmiy nashrlar bilan tanishildi va sotib olindi.
🔸 Shu bilan “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 5-yozgi o‘qishlari” dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. Dastur davomida yosh olimlar ilmiy gurunglar, ma’ruzalar, tarixiy o‘rinlar va yodgorliklarga uyushtirilgan safarlarda faol qatnashib, o‘zaro tajriba almashdilar. Yakunda barcha qatnashchilar vatanga qaytib keldilar.
✈️ https://t.me/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10