TARIX INSTITUTINING RASMIY TELEGRAM KANALI
1.49K subscribers
2.95K photos
320 videos
109 files
1.21K links
Bu telegram kanalda Fanlar akademiyasi
Tarix institutining asosiy eʼlonlari va
yangiliklari berib boriladi.

Institut rasmiy veb-sayti fati.uz

Manzil, Toshkent shahar, Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi 5-uy.
Telefon raqamlar +99871 2335470
Download Telegram
✈️ O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining yosh tadqiqotchilari bugun Turkiyaga qarab yo’lga chiqdi.
🇺🇿Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ilmiy-ma’rifiy siyosat tufayli iste’dodli yoshlarimiz endi ellararo ilmiy maydonda o’z so’zini aytmoqda.
✌️Tarix instituti, Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi va TIKA hamkorligida tashkil etilgan “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 5-yozgi o’qishlari” 11 — 20-iyun kunlari Turkiyada bo’lib o’tadi. Ushbu oʻqishlar yosh tarixchilarimiz uchun yangi bilim va tajribalar maktabi bo’ladi.

🗣https://t.me/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥8👏6
🔸“Turk dunyosi yosh tarixchilarining 5-yozgi oʻqishlari” Diyorbakrning Dijle universitetida boshlandi.
🔸Yozgi oʻqishlar yuzochdisi Dijle universtiteti rahbariyati tashqi aloqalar boshqarmasida boʻlib oʻtdi.

📲 https://t.me/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
🔸2026-yil 10-iyunda Xitoyning Shanxay shahrida Shanhay Hamkorlik tashkiloti tuzilganining 25 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston, Rossiya, Belorusiya, Armaniston va Qozog‘istonning siyosatchi, tarixchi, huquqshunos, faylasuf olimalari ishtirokida “Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga ayollar nigohi: Global boshqaruvni hamkorlikda shakllantirish — o‘zgarib borayotgan dunyodagi bunyodkor kuch” ellararo ilmiy amaliy yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Yig‘inda Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Dilnoza Jamolova “O‘zbekistonda ayollar masalasi va SHHT doirasida amalga oshirilgan ishlar” ma’ruzasi bilan qatnashdi.
🔸Ma’ruza davomida qadimdan Turonda ayollarga ko‘rsatilgan ehtirom, ularning iqtisodiy ta’minoti, ijtimoiy mavqei, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rni, Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrida Turkiston ayollarining ahvoli, 1991 – 2016-yillarda O‘zbekistonda ayollar masalasi: ta’lim, tibbiy xizmatdagi muammolar, majburiy mehnat tartiblarining saqlanib qolishi va bu jarayonga xotin-qizlarning jalb qilinishi, 2017 – 2026-yillarda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar muammosining hal qilinishi, yaratilgan sharoitlar, qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, ayollarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
🔸Yig‘in so‘ngida SHOSga a’zo davlatlar olimalari birgalikda yo‘nalishlari kesimida ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘zasarlar yaratishni muhokama qildilar.

🗣https://t.me/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон 24 телеканали "Юзма-юз+" кўрсатувида ФА Тарих институти директори, академик Азамат Зиё таниқли сиёсатшунос Қудратилла Рафиқовнинг "Миллат шавкати" мақоласи таҳлилига бағишланган гурунгда қатнашди.
👍6
🔸12-iyun kuni “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 5-yozgi o‘qishlari” doirasida Dijle universitetida O‘zbekiston – Turkiya tarix ilmiy gurungi bo‘lib o‘tdi. Kunning birinchi yarmida gurungning yuzochdisi bo‘ldi. Tadbirda Dijle universiteti rektori Kamuran Eronat, Ordu universiteti Ta’lim fakulteti dekani Shengul Kochaman, Tashkiliy qo‘mita raisi Veysal Gurhan hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti O‘rta asrlar tarixi bo‘limi boshlig‘i Sherzodxon Mahmudov so‘zga chiqdilar.
🔸So‘zga chiqqanlar o‘zbek va turk xalqlarini bog‘lab turgan ko‘p asrlik tarixiy va madaniy rishtalar, umumiy qadriyatlar hamda turkiy dunyo tarixi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatiga to‘xtaldilar. Shuningdek, ikki mamlakat ilmiy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh tarixchilarning ilmiy muloqotini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, manbashunoslik va tarixshunoslik sohalarida tajriba almashish hamda turkiy xalqlarning boy tarixiy merosini birgalikda o‘rganishning dolzarb vazifalari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

🗣https://t.me/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏3
🔸12-iyun kunining ikkinchi yarmida “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 5-yozgi o‘qishlari” doirasida Dijle universiteti Ziyo Go‘kalp pedagogika fakulteti yigʻinlar oʻtogʻida O‘zbekiston — Turkiya tarix ilmiy gurungi bo‘lib o‘tdi.

🔸Birinchi gurungda professor doktor Veysel Gurhan raislik qildi. Gurungda professor doktor Oktay Bozan “Xorazmshohlarning Anadoludagi qoldiqlari: Xorzum urug‘lari”, doktor Surat Qubayev “Qadimgi Turon devor rasmlariga doir yangi yondashuvlar”, dotsent doktor Arafat Yaz “Yangi ma’lumotlar asosida Jaloliddin Manguberdining qabr joyi masalasi” hamda Javohir Azimqulov “Jaloliddin Manguberdining shaxsiyati” mavzularida ma’ruzalar taqdim etdilar.

🔸Ikkinchi gurungda dotsent doktor Mehmet Serkan Shohin raislik qildi. Unda professor doktor Hatip Yildiz “Usmonlilar modernlashuvi davrida Diyorbakrda ta’lim”, dotsent doktor Feruza Shomuqaramova “Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligini saqlash va tadqiq etish masalasi”, dotsent doktor Solih Erpolat “16-yuzyillikda idora va madaniyat markazi sifatida Diyorbakr” hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, PhD Odil Zaripov “Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy siyosat” mavzusida ma’ruzalar taqdim etdilar.

🔸Gurung davomida Xorazmshohlar, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va temuriylar davri tarixi, turkiy xalqlarning madaniy merosi, shaharsozlik, ta’lim va davlatchilik an’analariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ma’ruzalar yakunida savol-javob va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🗣https://t.me/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141