Tarixchi.uz
9.06K subscribers
1.39K photos
46 videos
2 files
206 links
Tarixni o‘rganing jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud. Biz ko‘rgan va yozayotgan ayanchli tarixga chuqurroq nazar solish insoniyatni urushlardan saqlab qoladi

Murojaat: @TarixchiUz_admin
Download Telegram
Qaysi xon o'z qo'li bilan yasagan qilichni valiahd Alekseyga sovg'a qilib, xonlikni bir yillik bojdan ozod qilishga erishgan?
​​​​​​Jaloliddinning Gruziyaga yurushi - Garni jangi

1225-yilda Jaloliddin Ozarbayjonni egallaydi. Gurjilar esa bu hududni o'z ta'siri ostida deb hisoblardi va ularga bu yoqmaydi. Ibn Al Asir shunday yozadi: "Bu yerlarda har kuni musulmonlar xo'rlanardi, gurjilar ularga doimiy hujum qilib, ularning mol-mulkini xohlaganicha olib ketardi". Ozarbayjonni olganidan so'ng, Xorazmshoh Gruziyaga yurishga qaror qiladi. Bu paytda malika Rusudan va Ivane Jaloliddinga qarshi qo'shin to'playotgan bo'lib, ularning qo'shini 40.000 dan oshgan edi. Sulton va grujilar qo’shini o’rtasidagi jang Garni qal'asi yonida bo’lib o’tadi. Tog’ga qulay joylashib olgan gurjilarning birinchi qilgan ishi, Sultonni ko’rishi bilan osmonni larzaga keltiradigan darajada baqirishi bo’ldi. Ularning qo’shiniga nomi chiqqan bahodirlar aka-uka Ivane va Shalva boshchilik qilardi. Gurjilar qo'shini Sultonnikidan bir necha barobar ko'p edi. Tarixchilar shunday yozadi: “Ularning tumonat askarlari, Sultonni, huddi qo’y podasi bo’rini qanday qo’rqitsa, undan ortiq qo’rqitmadi”. Urush arafasida Shalva Sulton elchisini kutib olganida yiqqan qo’shinining ko’pligini nazarda tutib, shunday degan ekan: “Men ayni davrimda Ali (Ali r.a) tirik bo’lishini istardim. Shunda men unga kuch qanday bo’lishini ko’rsatib qo’yardim, u Badr va Xaybar janglarini esdan chiqarardi”. (Hazrati Ali shu janglarda katta jasorat ko’rsatgan). Shalva juda baquvvat, devqomat kishi bo’lgan. Jangda Jaloliddin qo'shini ularni tor-mor qildi. Aka-ukalarning otlari o'ldirilib ular piyoda jang qildi. Ivane jangda xalok bo'ldi, Shalvani esa asirga olib Jaloliddinning huzuriga olib kelishadi. Shunda Sulton unga shunday deydi: “Qani, sening Zulfiqor qiliching?! (Zulfiqor qilichi haqida post yuqoriroqda bor) Qani, qilichingning hammani hayratga soluvchi zarblari?” Shu gapdan so’ng, izza bo’lgan Shalva islom dinini qabul qilgan ekan.

Sizningcha, mo'g'ullar yurishi paytida eng boshidan qo'shin Jaloliddinning ixtiyoriga berilganida, u Chingizxonni to'xtatib qola olarmidi?


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Pyotr I o'z askarlariga o'ng bilan chapni ajratishni o'rgatish uchun, ularning bir oyog'iga pichan bog'latib qo'ygan ekan.

Kulgili tuyulishi mumkin, lekin u paytda Rusda ko'pchilik o'ng va chapni farqiga bormagan😄


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
DIQQAT SAVOL❗️

II Jahon Urushi davrida, ittifoqchilar qo'shini kutilmagan muammoga duch keldi. Askarlar uyga millionlab xatlar yozar va ularda maxfiy ma'lumotlar bo'lishi mumkin edi. SSSR da bunday xatlarni senzura tekshirib, keyin yuborgan. Yevropada esa bunday qilishga imkoniyat bo'lmagan. Ular bu vaziyatda qanday oddiy yechim topishgan?

Tog'ri javob bir soatdan keyin shu yerda e'lon qilinadi!


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Javob: xatlarni 2-3 xafta kechiktirib yuborishgan. Bu paytgacha maxfiy ma'lumot o'z dolzarbligini yo'qotgan!

Tog'ri javob topgan bilimdonlarni tabriklaymiz👏👏👏
Chingizxon 9 yoshida ovdagi o'ljani bo'lisha olmay, o'z akasi Bekterni o'ldirgan ekan.

Bo'ladigan bola boshidan ma'lum😄


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
​​​​Pol Pot - ziyolilar kushandasi

Pol Pot - Kambodja kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi bosh kotibi. "Qizil kxmerlar" harakati boshlig'i. 1925-yil dehqon oilasida tug'ilgan. Fransiyada o'qib marksistik g'oyalar bilan vataniga qaytgan va qirol hukumatiga qarshi tashviqotlar boshlab yuborgan. 1963-yilda Kambodja xalq kommunstik partiyasi rahbari bo'ldi. Pol Potning "Qizil kxmer" harakati g'oyalari g'arbdan va taraqqiyot elementlaridan voz kechish tarafdori edi va u yoninga mamlakatning eng savodsiz odamlarini yig'gan. 70-yillarga kelib u katta qo'shin yig'ishga erishadi. Uning asosini eng savodsiz odamlar va yosh bolalar tashkil qilgan. 1975-yilga kelib Qizil kxmerlar hukumatni egallaydi va Pol Pot hukumatda eng oliy tabaqa deb, dehqonlarni e'lon qiladi. O'qituvchilar, shifokorlar va boshqa ziyolilar mamlakat uchun keraksiz deb topiladi va ularni qatl qilish boshlanadi. Tez orada u pulni bekor qilib, mamlakatda mehnat lagerlari qurdirdi. Bunday lagerlarda u jamoaviy hayotni yo'lga qo'ydi, qizig'i u yerda oila degan narsaning o'zi yo'q edi va xotinlar ham jamoaviy bo'lgan. U yerda odamlar bir stakan guruch evaziga kuni bilan mehnat qilishga majbur edi. Har qanday din ta'qiqlab qo'yildi, birinchi navbatda kamchilik musulmonlarga kuchli taziyq bo'ldi. Boshqa din ruhoniylari ham qamoqqa olindi. Uning davrida ayovsiz qiynoq turlari mavjud bo'lib, ularning orasida: tirnoqqa igna tiqish, qoshiq bilan ko'zni o'yib olish, tiriklayin terini shilish kabilar bor edi. Pol Pot shaharlar burjua elementi deb e'lon qilib shaharliklarni deportatsiya qildi va ko'pchiligini qirib tashladi. Maktablar yo'q qilib, o'quvchilar qurollantirildi, o'qituvchilar esa qatl qilindi. Uning davrida odamlar ziyoli deb o'ylashmasin deb hatto ko'zoynak taqishga ham qo'rqardi. 4 yillik hukmronligi davrida Pol Pot 3 million kishining, ya'ni mamlakatning uchdan bir aholisining o'limiga sabab bo'lgani aytiladi. Pol Potning eng katta xatosi Vyetnamga qarshi chiqish bo'ldi va natijada 1979-yil Vyetnam qo'shinlari Kambodjani egallab, Pol Pot hukumatini ag'dardi. U qochib ketishga muvaffaq bo'ldi va 1998-yilda vafot etdi.

Hokimiyat ahmoqlar qo'liga tushsa shunaqa bo'ladi😄


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Pyotr I davlat g'aznasidan pul o'marganlarga qarshi ayovsiz kurashgan. U o'zi osiladigan arqonni pulidan ko'proq pul o'margan amaldorlarni barchasini osishga hukm qilgan ekan!

Yana qaysidir mamlakatgayam shunaqa qonunlar kerakmikan deyman-da😄


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Mashhur gangster Al Kaponening tashrif qog'ozida "mebel sotuvchi" deb yozilgan . U kontrabanda, tovlamachilik, qimorxonalar va boshqa ko'plab noqonuniy bizneslarga ega bo'lsa ham maxsus xizmat vakillarida bunga dalil bo'lmagan va uni faqatgina soliqlarni to'lashdan qochish ayblovi bilan qamoqqa ola olishgan.

Uni sharofati bilan ko'pchilik oxirgi manzilga ketadigan mebelga ega bo'lgani aniq lekin😃


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Potyomkin qishloqlari

1873-yil Qrimni egallagach Yekaterina II mamlakat janubiga safar qilgan. Safar davomida unga Knyaz Potyomkin hamrohlik qiladi. Yo'lda qirolichaning ko'zi o'tlab yurgan semiz mollarga, xirmonga uyulgan to'la qoplarga, xursandchilik qilib o'ynayotgan ko'plab dehqonlarga tushadi. Bularni ko'rib qirolichaning fuqarolar to'kin yashayotganidan ko'ngli to'ladi. Aslida esa bular hammasi Potyomkin uyushtirgan tomosha edi. Qoplarda bug'doy o'rniga qum to'ldirilgan edi. Raqsga tushayotgan odamlar va qoramollar esa har safar qirolicha yuradigan yo'llarga ko'chirib turilgan. Shundan beri "Potyomkin qishloqlari" iborasi qashshoqlikni yashirishga qaratilgan sohtalikka nisbatan ishlatiladigan bo'lgan.

De Javu🤪


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
​​Hashshoshiylar yoxud assasinlar tarixiga nazar

Hashshoshiylar (hashish chekuvchilar. Giyohvandlar) – XI asr oxirida Hasan ibn Sabboh tomonidan tuzilgan yashirin qotillar guruhi. Markazi - Eron hududidagi Alamut (burgut uyasi) qal'asi. Hasan 1081-yildan o’ziga tarafdorlar yig’a boshladi. Saljuqiylarning bosh vaziri Nizom ul-mulk ularning xatarli kuch ekanligini anglab, ularga qarshi qatagʻon boshladi. Shunda Hasan uni o’ldirishga qotil Tohir Arranini yubordi. Arrani uni o'ldirib, keyin o'zi ham o'ladi. Bu tarixdagi birinchi fidoyi edi. Shunda Hasan katta qo’shin tuzmay ham dunyoga dahshat solish mumkinligini tushunib yetadi va fidoyilarni tashkil etishga kirishadi. Uning fidoyilari o'limdan qo'rqmas edi. Odatda ular o'z o'ljasini o'ldirib keyin o'zini ham o'ldirardi. Hasan qotillarni saralab imtihon oʻtkazardi, 200 nomzod ichidan 5-10 kishi olinardi. Aytishlaricha yosh fidoyiga nasha chekdirib xushidan ketganda hashamatli xonaga olib kirilar, u yerda hamma narsa muhayyo bo'lib, go'zal qizlar uning ko'nglini olishardi. Keyin uni yana xushidan ketkazib, oddiy hayotga olib kelishgan va ko'rgan joyi jannat bo'lganini aytishgan. Ular Hasan ibn Sabboh buyruqlarini bajarsa albatta jannatga tushishiga ishontirilgan. Hasan boshqa usullarniyam qo'llagan bo'lib, uning bir nechta qiyofadoshlari boʻlib, bir qiyofadoshi oʻzini yoqib yuborar, ertasiga esa Hasan soppa-sog’ omma oldiga chiqardi. Yana bir usul esa maxsus xonada mis tovoqda yotgan kallani tiriltirib, uni gapirtirgan. Aslida esa idish ostida odam bo'lib, uning boshi chiqarib qo'yilgan. Miyasi yaxshilab yuvilgan fidoiylarni tiriklayin qo’lga olish imkonsiz bo’lgan, ular qo’lga olinishdan oldin o’z joniga qasd qilgan. Agar ularni o’z joniga qasd qilishdan oldin ushlab olishgan taqdirda ham tillarini chaynab tashlab, hech narsa gapirishmagan. Alamutda bo'lgan yevropalik elchi Hasanning bir qo'l ishorasi bilan bir nechta fidoyilarning qoyadan sakraganini ko'rganini yozadi. Bunday qotillar guruhi bilan Hasan ibn Sabboh o’sha davrdagi barcha hukmdorlarni daxshat ostida ushlab turishga muvaffaq bo’lgan. Hasan ibn Sabbohning vafotidan soʻng uning davlati yana 150 yil yashadi. Moʻgʻul xoni Xulaku Alamutni vayron qilib (1256) ularning faoliyatini toʻxtatdi.

Yanada qiziqroq ma'lumlar👇
@tarixdan_sirlar
Quyidagi qaysi hukmdor taxtdan ag'darishidan xavfsirab, o'z og'lini o'ldirgan?
Kleopatra 19 yoshida o'zining 9 yoshli ukasiga turmushga chiqqan. Bu paytda ayol kishi mamlakatni boshqarishi mumkin bo'lmagan, shuning uchun u ukasini nomiga hukmdor qilib, mamlakatni o'zi boshqargan.

Bu paytda Misrda aka-singillar o'rtasidagi nikohlar odatiy hol bo'lgan ekan😵


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Tarixchi.uz pinned «​​Hashshoshiylar yoxud assasinlar tarixiga nazar Hashshoshiylar (hashish chekuvchilar. Giyohvandlar) – XI asr oxirida Hasan ibn Sabboh tomonidan tuzilgan yashirin qotillar guruhi. Markazi - Eron hududidagi Alamut (burgut uyasi) qal'asi. Hasan 1081-yildan…»
Gladiatorlik qullarning ishi bo'lishiga qaramay, imperator Kommod ham bu janglarda ishtirok etishni yaxshi ko'rgan. U o'zini Geraklga qiyoslab, arslon terisini yopinib janga chiqqan. Mohir jangchi bo'lishiga qaramay u hayotini uncha xavfga qo'ymagan. U bilan yaralangan askarlar yoki zaif odamlarni jang qilishga chiqarishgan. Kommod 700 dan ortiq jangda g'alaba qozongani tarixdan ma'lum.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imperator Neron Iso (a.s) ning eng yaqin havoriylaridan biri bo'lgan Pyotrni xochga torttirgan. Xristan diniga ko'ra Avliyo Pyotr birinchi papa hisoblanadi.

Neron ham ahmoqliklar qilish bo'yicha Kaliguladan kam bo'lmagan. Keyinroq u bilan bog'liq qiziq ma'lumotlarni yana siz bilan baham ko'raman!


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
​​Chaqmoqlar hukmdori! Nikola Tesla haqida 11 fakt

1. 1865-yilda Avstriya imperiyasida tug'ilgan. Millati serb. Aytishlaricha u tug'ilgan kuni qattiq chaqmoq chaqqan ekan.

2. Bolaligida vaboga chalingan Tesla butun umr mikroblardan qo'rqadigan bo'ldi. Uylanish ilmiy faoliyatimga yomon ta'sir qiladi deb hech qachon uylanmagan.

3. AQSHga kelgib Edison kompaniyasida ish boshlagan Tesla o'zgaruvchan tok haqidagi fikrlari Edison bilan bir joydan chiqmagach ishdan ketgan. Keyinchalik ularning kurashi "toklar jangi" nomini olgan. Tesla o'zgaruvchan tok tarafdori bo'lgan bo'lsa, Edison o'zgarmas tok tarafdori bo'lgan. Bu kurash olimlar vafotidan so'ng Teslaning g'alabasi bilan tugagan va hozirgi kunda ham eng ko'p o'zgaruvchan tok ishlatiladi.

4. Tesla energiyani simsiz uzatish yo'llarini topgan va lampochkani hech qanday simga ulamasdan yoqib, eksperimentlar namoyish qilgan. Hozirgi kundagi telefonlarni simsiz quvvatlash qurilmasi uning g'oyalari asosida yaratilgan.

5. U radioni ham yaratib, Markonidan oldin patentlagan edi, lekin Markoniga katta pul tikkan magnatlar ta'siri ostida uning patenti bekor qilingan.

6. Shuningdek u masofaviy boshqaruvni ham birinchi bo'lib sinovdan o'tkazgan. Tesla pult yordamida boshqariladigan o'yinchoq katerni namoyish qilib hammani lol qoldirgan edi.

7. Uning yana bir ixtirosi sun'iy zilzila hosil qiluvchi apparat. Bir necha kilogramlik bu apparat yordamida u o'zining uyi va atroflarida sun'iy zilzila hosil qilgan. Keyinchalik u bu apparatni xavfli deb hisoblab yo'q qilgan.

8. 1893-yil Tesla jahon ko'rgazmasida olamshumul shou uyushtirdi. U o'zidan 2 mln volt tokni o'tkazib ko'rsatdi. Insonlar buni uzoq vaqtgacha eslab yurishdi.

9. Bir safar Tesla benzin bilan yuradigan limuzinga o'z uskunasini o'rnatib, uni tokda yuradigan avtomobilga aylantirdi. Bir xaftalik sinov davrida mashina tezligi 150 kilometr soatgacha ko'tarilgan va bu davr mobaynida uni quvvatlashga bir martayam xojat bo'lmagan. Odamlar buni jodugarlik deganidan xafa bo'lgan Tesla apparatini olib ketib qolgan va bu apparat izsiz yo'qolgan.

10. Vordenklif minorasi yoki Tesla minorasi - bu ixtiro orqali Tesla elektrni, rasmlar, ma'lumotlar va musiqalarni bepul, simsiz uzatish imkonini yaratmoqchi bo'lgan. Uning loyihasi ancha muvaffaqiyatli bo'layotgandi, lekin bundan pul ishlay olmasligini tushungan homiylar loyihani moliyalashtirishni to'xtatib qo'yishadi.

11. 2013-yilda Silikon vodiysida buyuk olim Tesla sharafiga haykal ochildi. Bu haykal bepul Wi-Fi tarqatib turadi.

Tarixda bizdan bunday olimlar chiqqan. Endi yana qachon chiqarkan🙄


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Irina Sandler -Varshavadagi gettoda payvandchi va santexnik bo'lib ishlagan. U ishdan qaytishda har kuni o'z sumkasida yaxudiy bolalarni gettodan olib chiqqan va 2500 ta bolakayni hayotini saqlab qolgan.

Haqiqiy qahramon ayol👏👏👏


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Bir zarbada raqibini o'ldira olmaslik samuray uchun sharmandalik hisoblangan. Ular o'zining yangi qilichini jinoyatchilar yoki o'liklarda sinab ko'rishgan. Ularda buning "Sudzigiri" (chorraxada o'ldirish) degan boshqa usuli ham bo'lib, unda samuray kechqurun chorraxada turgan va o'tib ketayotgan tasodifiy odamni o'ldirgan. Bu holat juda ko'payib ketganidan keyin, 1602-yil hukumat "Sudzigiri"ni qonunan ta'qiqlagan.

Shunchaki yo'lda ketayotganingda qarasang boshing ikkiga bo'lingan bo'ladi🤪


Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@tarixdan_sirlar
Yana qaysi mavzularda postlar qo'ysak siz uchun qiziq bo'ladi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Eng ko'p talab bo'lgan mavzularda qiziqarli ma'lumotlar berib borishga harakat qilamiz!