Tarix va Tahlil
3.95K subscribers
1.72K photos
218 videos
53 files
644 links
🌐 Kanaldagi aksariyat ma'lumotlar internet manbalaridir. Admin ularning manbasini ko'rsatib borishga harakat qiladi;
❗️Kanaldan ma'lumot olinsa, ''Tarix va Tahlil'' nomi bo'lishi shart;

Reklama uchun @Skeptik03
Download Telegram
Forwarded from Bahrom Irzayev
📹 Бошланди!

Туркистон Мухториятининг 105 йиллиги. Илк демократик республиканинг аянчли тақдири ҳақида тарих фанлари бўйича фалсафа доктори Баҳром Ирзаев билан
https://youtu.be/1OpUrRTWwkU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fikrlang

Diktaturaning yuqori darajasi insonni shu darajaga olib boradimi yo "tayyorgarlik" ko'rishganmi bular? Yoki montajmikan?

Videoda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chin In askarlari bilan xayrlashib ketmoqda... Askarlar esa...

@Tarix_va_Tahlil
​​#bilarmidingiz

​​Samarqand qog’ozi

751-yilda xitoyliklarni jangda mag’lub qilgan Abu Muslim qo’shini 20 mingdan ortiq xitoylikni asir qilib olib keladi va ular mahalliy hunarmandlarga qog’oz tayyorlash sirini o’rgatadi. IX asrga kelib esa qog’oz ishlab chiqarish Samarqandda asosiy hunarmandchilik turiga aylanib, bu qog’ozning dong’i butun dunyoga ketadi.

Bu qog’oz XIX asrgacha butun dunyoda xaridorgir bo’lgan va 1000 yillik tarix davomida hunarmandlar o’z ishini takomillashtirib borishgan. Bu qog’ozlar o’zining yupqaligi, silliqligi va siyohni kam shimishi bilan ajralib turgan. Qog’ozning “Samarqand sulton qog’ozi” (yupqa, silliq, yumshoq va oqligi bilan ajralib turgan), “Samarqand shoyi qog’ozi” (Oldingi qog’ozdek sifatli, faqat novvot rang bo’lgan), “Mir Ibragimi” kabi turlari mashhur bo’lgan.

Arab tarixchisi Al-Maqsidiy ma’lumoticha, Xorazm o’z kamonlari, Shosh sopol idishlari, Samarqand esa qog’ozi bilan mashhur bo’lgan. Fors tarixchisi Abu Mansur Salib fikricha esa Samarqand qog’ozi sifati Misr pergamentidan osmon bilan yercha farq qilgan. Sharqning eng mashhur hattoti Sultonali Mashhadiy ham faqat Samarqand qog’ozida ijod qilgan.

Venger sayyohi Vamberi ham Samarqand qog’ozi haqida iliq fikrlar bildirgan. Zarif Muxtorov 1995-2002 yillarda Samarqand qog’ozi yaratilishini sir-sinoatlarini o’rganib, hozirgi kunda bu qadimiy hunarni qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi va hozirgi kunda Samarqand viloyatidagi Konigil qishlog’ida qadimiy usulda qog’oz olish faoliyatini yo’lga qo’ygan. Bu usulda olingan qog’oz uzoq yillar davomida o’z sifatini yo’qotmaydi va hozirgi kunda ham jahonda juda qadrlanadi. So’lim Konigil qishlog’i esa hozirgi kunda turistlar bilan gavjum, chet ellik sayohlar bu yerdan esdalik uchun, dong’i chiqqan, Samarqand qog’ozini olib ketishadi.

@Tarix_va_Tahlil
#bilarmidingiz

"Dengizchi Popay" esingizdami?

Bolaligimizda bu ismaloqxo'r juda mashhur edi. Bu personajning hayotdagi prototipi "Rodni" nomli ingliz linkori go'laxi (кочегар) Frenk Figl hisoblanar ekan.

@Tarix_va_Tahlil
#bilarmidingiz

Venesuella prezidenti Ugo Chaves rojdestvoni yomon ko'rgan.

U o'z xalqiga bu kunda bir-biriga sovg'a ulashish o'rniga, farzandlariga Simon Bolivar (Venesuella milliy qahramoni) haqida gapirib berishni tavsiya qilgan.

@Tarix_va_Tahlil
​​#bilarmidingiz

Amir Temurning janglarda o'zini tutishi

Amir Temur qo'shinining muvaffaqiyati, janglardagi uning shaxsiy namuna ko'rsatishi bilan ham bog'liq. Bugun shunaqa qahramonliklardan ba'zilarini sanab o'tamiz.

1362-yili Amir Temur rafiqasi Uljoy Turkon bilan birga Mohon hokimi Alibekning askarlari tomonidan qamoqqa olinadi. Oltmish ikki kunlik qamoqdan so'ng, Temur soqchining qo‘lidan qilichini tortib oladi, qolganlar buni ko'rib, qochib qoladi. Qilich ko‘tarib, to‘g‘ri Alibekning ustiga bostirib kiradi. Uni ko‘rgan Alibek xushi boshidan uchib, qilgan ishi uchun uzr so‘raydi. Ot va yo'llik berib, uni qo'yib yuboradi.

1393-yil mayida Sheroz yaqinidagi jangda bo'lgan. To‘s-to‘polon orasida asosiy qo‘shindan ajralib qolgan Temur va uning xos mulozimlarini ko‘rgan Shoh Mansur o‘ziga sodiq askarlari bilan ular ustiga otildi. Shoh Mansur ko‘z ochib-yumguncha Amir Temur qarshisida paydo bo‘ldi. Uni ko‘rgan Temur qo‘riqchisidan nayzasini olmoqchi bo‘lib o‘girildi, biroq yonida hech kim yo‘q edi. Fursatdan foydalanib, Shoh Mansur shamshiri bilan uning boshiga ikki zarba tushiradi. Dubulg‘aning mustahkamligi va ayniqsa, ikkala safar ham dubulg‘asining silliq tomonini tutib bergan Temurning sovuqqonligi tufayli shamshir sirg'alib ketadi. Mansurning esa kuni bitgan edi. "Temur tuzuklari"da Temur bu jangda shoh Mansur bilan uni halokat tuprog'iga qormagunicha kurashganini aytib o'tgan.

1395-yil Terek sohilida To‘xtamishga qarshi jang. Jang asnosida dushman guruhi Shoh Mansurning qo‘lidan kelmagan ishni amalga oshirishga, ya’ni Amir Temurni o‘ldirishga urinadi. Shu maqsadda ular Sohibqironni qo‘riqchilaridan chalg‘itib, tezda bir necha askari bilan qurshab oladilar. Solnomachining yozishicha, “kamonining o‘qlari tugagan, nayzasi singan” Amir Temur “shamshirini tinmay ishlatib” oddiy askar kabi mardona jang qiladi va halokatdan qutilib qoladadi.

@Tarix_va_Tahlil
#qiziq

Shimoliy Koreya sobiq yetakchisi Kim Chen Ir kino olib xalqaro kinofestivallarda qatnashishni orzu qilgan.


Bu orzuni amalga oshirish uchun u Janubiy Koreyalik aktrisa Choy Yun Xi va uning eri, rejissor, Shin San Okni o'g'rilab olib keldiradi va ularni 8 yil davomida tashviqot filmlari suratga olishga majbur qiladi.

@Tarix_va_Tahlil
#qiziq

XIX asr Buyuk Britaniyasi imperatiritsasi Viktoriya davrida tish protezlari yaxshi sovg'a deb hisoblangan.

Bu sovg'ani qabul qilib oluvchilar, tishlar ertami-kechmi tushib ketishini hisobga olib, tish protezlarini aynan kerakli sovg'a deb bilishgan.

@Tarix_va_Tahlil
​​#qiziq

​​Kim Chen Irning "dohiyona" yechimi

Kim Chen Ir Shimol mamlakatining rasmiy davlat ta’limotiga aylangan chuchxe ta'limotini ishlab chiqqan. Dohiy tomonidan chuchxeizmga bag‘ishlab yozilgan asarlar bugun maktablarda, o‘quv yurtlarida majburiy ravishda o‘qitiladi, fuqarolar kitoblarni ilohiy mujda yanglig‘ yod olishadi.

Chuchxe ta’limoti insonning (demakki, davlatning) faqat o‘z kuchiga ishonishi va boshqalar yordamiga tayanmasligi g‘oyasiga asoslanadi. Ana shu «jo‘mardlik» g‘oyasi sabab fuqarolari ochdan o‘layotganiga qaramay, hukumat xalqaro hamjamiyat yordamlarini qabul qilmaydi, bu bilan esa go‘yoki o‘z shon-sharafini saqlaydi.

Kim hukumati chuchxe qarashlariga to‘la rioya etganda edi, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bu qaysarlikni ham tushunish mumkin bo‘lar edi. Biroq ta’limot asoschisining o‘zi chuchxe qoidalariga har doim ham amal qilmaydi.

1996-yili Shimoliy Koreya dahshatli ochlik iskanjasida qoldi. Tabiat injiqliklari mamlakatning yagona najoti bo‘lgan g‘alla hosilini ham yo‘qqa chiqardi. Yurt otasi sifatida Kim Chen Ir vaziyatni bartaraf etish uchun uzoq o‘yladi va dono tadbir o‘ylab topdi.

Rejani eshitgan mulozimlar shunday buyuk inson bilan hamnafas yashayotganlari uchun shukronalar aytishdi. Kutilmaganda, odatga xilof ravishda Pxenyan hukumati qo‘shni «dushmanlar» — Yaponiya va Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordami ko‘rsatishlarini so‘radi. Yapon va koreys rahbarlari Kim janoblariga insof kirib qolganidan xursand bo‘lib insoparvarlik yuklarini zudlik bilan yuborishdi. Biroq dono rahbar ko‘pchilik kutmagan tarzda ish tutdi (Asli u shuning uchun ham donoda!) Qo‘shni mamlakatlardan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yorlig‘i zudlik bilan topshiriqqa ko‘ra o‘zgartirildi va ularga kommunistik davlat muhri bosildi.

Shu tariqa xalq ularni ochlikdan xalos etgan yuklar «yaramas» orolliklar (Yaponiya) hamda «zo‘ravon» qo‘shnidan (Janubiy Koreya) kelganini bilmay qolaverdi. Barcha-barchasi uchun dohiyga tasannolar aytildi. Ob-havo yomon kelib, hamma hosil nest-nobud bo‘lgan bir yilda qanday qilib shuncha don-dun yetishtirish mumkin degan fikr hech kimning hayoliga kelmadi.

@Tarix_va_Tahlil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fikrlang

Ancha fikr yuritishga arziydigan mavzu!

Manba: AzonTv

@Tarix_va_Tahlil
#bilarmidingiz

Birinchi avtomobil raqamini 1901-yilda berlinlik savdogar Rudolf Gersog olgan ekan.

Uning avtomobil raqami "IA1" bo'lgan va bu uning xotini Ioganna Ankerning initsiali ekan. 1 esa bu ayolning uning birinchi va yagona xotini ekanini bildirgan.

© Initsial - ism, otasining ismi, familiyasining bosh harflari hisoblanadi.

@Tarix_va_Tahlil
#bilarmidingiz

Pyotr I soxta tanga chiqaruvchilarning barchasini davlat tanga zarbxonasida ishlashga majbur qilgan ekan.

Pyotr I ularni turmaga yuborgandan, mehnatidan unumli foydalangan yaxshi deb hisoblagan.

@Tarix_va_Tahlil
​​#bilarmidingiz

Li Kuan Yu - Singapur mo'jizasi asoschisi

1965-yilda mustaqillikka erishgan Singapur qoloq davlat bo’lib, hattoki ichimlik suvini ham import qilar edi. Singapurning bunday qoloq davlatdan iqtisodi o’ta rivojlangan davlatga olib chiqilishida “Singapur mo’jizasi” otasi Ki Kuan Yuning xizmatlari beqiyos. 1959-yilda bosh vazirlikka kelgan Li Kuan Yu davrida eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivojining asosiy omili bo’ldi. Davlat korxonalariga hech qanday imtiyoz berilmas, ular boshqalar bilan bir xil shartlar asosida faoliyat olib borar edi. Raqobatga chidamagan davlat korxonalari yopilib ketar edi.

Bu islohotlar bilan birga u mamlakatda chuqur ildiz otgan korrupsiyaga ham qarshi kurashdi. Uning ushbu so’zlari mashhur: “Ishni o’z do’stlaringizdan uchtasini qamash bilan boshlang. Siz buning nima uchun ekanligini bilasiz, ular ham buning nima uchun ekanini tushunadilar”. Bundan ko’rinadiki, u korrupsiyaga aralashgan hech kimni ayamagan. Korrupsiyaga qarshi kurash uchun u barcha vazir va amaldorlarning maoshini sezilarli darajada oshirdi. U shunday degan edi: “Jazoning muqarrarligi korrupsiyani jilovlab turadigan birinchi omildir, ikkinchi omil esa bozor iqtisodiyotiga mos maoshlar”.

Mamlakatga investorlarni jalb qilish uchun u yumshoq soliq siyosati olib bordi va investorlarga turli xil imtiyozlar berdi. Buning natijasida chet el kompaniyalari mamlakatda ilm-fanga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etib, yuqori texnologiyalarni mamlakatga olib kirdi.

1960-1970-yillarda ta’lim sohasi isloh qilindi. Maktabda ingliz tilini o’rganish majburiy qilib qo’yildi, universitetlarda darslar ingliz tilida olib borila boshladi. Davlat yaxshi o’qigan bolalarni chet elga o’z hisobidan o’qishga yubora boshladi. Bu islohotlar natijasida ingliz tili Singapurda birinchi raqamli tilga aylandi va bu rivojlanishda muhim rol o’ynadi. Li Kuan Yu shunday yozadi: "1959-yilda Bosh vazir lavozimiga kelgan davrimda YaIM hajmi kishi jon boshiga 400 AQSh dollarini tashkil qilar edi. 1990-yilda men iste'foga chiqqan paytda bu ko‘rsatkich 12,2 ming AQSh dollarigacha o‘sdi, 1999-yilda esa u 22 ming AQSh dollariga yetdi". Ushbu raqamlarning o’zi uning faoliyatini yaqqol ochib berib turibdi.

© YaIM - yalpi ichki mahsulot!

@Tarix_va_Tahlil
#qiziq

Miloddan avvalgi V asrda spartalik sarkarda Pavsiniy forslarga sotilib, vataniga xiyonat qiladi.

Sud xiyonatchini qatl qilishga hukm chiqaradi. Shunda Pavsiniy ayyorlik qilib, odam o'ldirish ta'qiqlangan Afina ibodatxonasiga qochib kiradi. Spartaliklar shunda ham yo'l topishadi va Pavsiniyni ibodatxona ichiga suvab tashlashadi.

@Tarix_va_Tahlil
​​#bilarmidingiz

​​Afsonaviy Maksim pulemyoti

Bu pulemyotning ixtirochisi amerikalik Xayrem Maksim bo’lib, u dastlab AQSHning o’zida juda foydali ixtirolar qilish bilan mashg’ul bo’lgan. Sichqon tutadigan qopqonning yangi turini yaratib, don saqlovchilarga juda katta foyda olib kelgan, keyinroq esa cho’g’lanuvchi lampalar uchun yangi tola yaratgan va ularning ishlash muddatini juda uzaytirgan. Lekin uning boyib ketish orzusi bor edi va shuning uchun Yevropaga ketadi.

Bir do’stidan qurol ishlab chiqarishda katta pul aylanishini eshitib qurolsozlik sohasida ishlay boshlagan va 1884-yilda harbiy sohada revolyutsiya bo’lgan o’zining Maksim pulemyotini ishlab chiqqan. Bu pulemyot patroni lentali ko’rinishda bo’lib, qisqa muddatda juda ko’p o’q otar va bu harbiy sohadagi taktikalarni ham butunlay o’zgartirib yuborar edi.

Endi janglarda oldingidek saf tortib turib, o’q uzib urishish o’zini o’ldirishga teng hisoblanar edi, chunki bu pulemyot bir necha daqiqada minglab odamlarni qirib tashlashi mumkin edi. Birinchi bo’lib bu qurolni Britaniya armiyasi qo’llay boshladi va Afrika yerlarini zabt etishda bu juda katta foyda olib keldi. 1893-yilda 700 ta ingliz askari Shangani daryosi bo’yidagi lagerda to’xtagandi.

Matabele qabilasi sardori uxlab yotgan inglizlarni qirib tashlash uchun 6000 nafar jangchisini yuboradi. Ular miltiqlar esa eski qurollar bilan qurollangan edi, lekin inglizlarda 5 ta maksim pulemyoti bor edi. Dushman yaqinlashayotganini sezib qolgan inglizlar ularni pulemyotdan o’qqa tutadi va 1600 nafar insonni qisqa muddatda otib tashlashadi. Inglizlardan esa bu jangda bor yo’g’i 4 kishi halok bo’ladi. Birinchi jahon urushidagi Somma jangida (1916-yil 1-iyul) inglizlarning o’zi nemis pulemyotlari nishoniga aylanadi va bir kunda 21 ming askaridan judo bo’lishadi. Birinchi jahon urushini ko’pincha “Pulemyotlar urushi” deb ham atashadi va bu urushda pulemyotlardan millionlagan odamlar halok bo’lgan. Xayrem Maksim esa o’z orzusiga yetib, juda katta boylik to’playdi va 1916-yilda Angliyadagi o’zining koshonasida vafot etadi.

Maksim Xayrem ixtirosi Nobel ixtirosiniyam ortda qoldirib yuborgan. Uning quroli dinamitga nisbatan ancha dahshatli edi.

@Tarix_va_Tahlil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qisqavideo

Pulemyotning jangda naqadar dahshatli qurol ekanligini "So'ngi samuray" filmidagi ushbu lavhada ko'rishingiz mumkin.

@Tarix_va_Tahlil
#admindan

www.pastvu.com - telegramdagi ko'pchilik tarix kanallari foydalanadigan sayt. Bu saytning qulayligi shundaki, tarixiy suratlarni xarita bo'ylab topishingiz mumkin!

© Agar siz ham biror bir shunaqa saytni bilsangiz izohlarda qoldiring!

@Tarix_va_Tahlil
​​#qiziq

​​Uchar golland haqida afsona

Uchar golland iborasi ko'pchilikka ma'lum. Aytishlaricha, 1641-yilda golland kapitani Filipp Van der Dekkenning kemasiga yosh juftlik minib qoladi. Kapitanga bu qiz yoqib qoladi va uning juftini o'ldirib, qizga o'ziga turmushga chiqishni taklif qiladi. Qiz esa kema bortidan sakrab o'z joniga qasd qilgan ekan.

"Yaxshi Umid" burnidan o'tayotganda kuchli bo'ron boshlanadi, kema ekipaji kapitanga shu yerda bo'ron to'xtashini kutishni taklif qiladi, lekin norozi bo'lib isyon qilmoqchi bo'lganlarni otib tashlagan kapitan, ekipajga shunday deydi: "Bu burunni aylanib o'tmagunimizcha hech kim qirg'oqqa tushmaydi, hattoki bunga cheksiz vaqt ketsa ham". Shunda tepadan: "Xuddi shunday bo'ladi!" - degan ovoz keladi.

Shundan beri kema qirg'oqqa chiqolmay dengizda daydib yurar ekan. Bu kemani dengizda ko'rib qolish esa dengizchilar uchun baxtsizlik belgisi hisoblanar emish. Afsonalardan birida aytilishicha, qarg'ish kapitanga o'z ixtiyori bilan xotin bo'lishga rozi bo'ladigan qiz topilgunicha davom etar emish.

@Tarix_va_Tahlil
#qiziq

"Men yuzta nayzadan ko'ra, uchta gazetadan ko'proq qo'rqaman".

Ushbu gaplar Napoleon Bonapartga tegishli bo'lib, u Yevropa hukmdorlari ichida birinchi bo'lib matbuotning qudratiga yuqori baho bergan.

@Tarix_va_Tahlil
#qiziq

Gerodotning yozishicha, Bobilga yurishi davrida Kir II ning sevimli oq oti Ginda daryosiga cho'kib ketadi.

Bundanan g'azablangan Kir II Ginda dayosini qatl qilishni buyuradi. Fors qo'shinlari yoz davomida 360 ta kanal qazib, daryo suvini undan chiqarib, uning o'zanini quritib tashlashadi.

@Tarix_va_Tahlil