IQTIDORLI QIZLAR DAVRASI
Ko‘kdala tumanidagi 93-umumiy ta' lim maktabida 8-mart ~ xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ''Balli, qizlar!' tanlovi o‘tkazildi.Tadbirni ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi N.Yo‘ldosheva olib bordi. Bayram tadbirida faxriy ustozlar so‘zga chiqdi.
maktabning ijodiy to‘garaklari o‘quvchilari ijrosida sho‘x qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.
Namunali ishtirok etgan va g‘olib o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
✍️IMMB Tarģibotchi L. Elmatov
https://t.me/targibotchilar_uchun

Forwarded from Ortiq Ali Behutovning ijodiy kanali (Ortiq Ali Behutov, O'zbekiston R, Qashqadaryo v, Yakkabog' t, 10)
💐💐💐 ONAJON, BAYRAMLAR MUBORAK BO'LSIN! 💐💐💐
Jannat onalar oyog'i ostidadir!
Hadisi sharif
Rabbim Sizni bizga ayladi yo'ldosh,
Sizga ta'zimdadir har qandayin bosh,
Sizsiz osmonimda porlagan quyosh,
Onajon, bayramlar muborak bo'lsin!
Siz borsiz, borliqning ma'nosi go'zal,
Siz borsiz, yozilur she'r-u kuy, g'azal,
Siz borsiz, muhabbat bor erur azal,
Onajon, bayramlar muborak bo'lsin!
Siz mening jannatim, nurli qalqonim,
Davlatim, savlatim, ham sharaf-shonim,
Sizga fido bo'lsin jonim, jahonim,
Onajon, bayramlar muborak bo'lsin!
Balki aytolmadik loyiq bir kalom,
Balki qilolmasmiz loyiq ehtirom,
Ey Haq bizga baxsh etgan eng oliy in'om,
Onajon, bayramlar muborak bo'lsin!!!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
❗️Eng avvalo, Onajonlaringizni tabriklang!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
✍ Ortiq Ali BEHUTOV

💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐A yolni asarangiz, asrang ayolni,
A jdodlar azaldan ardoqlaganlar.
A hli ayolingiz azoblanmasin,
A rmonsiz allalar aytsin ayollar!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
🇺🇿Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ayollar! 💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
✍ Ortiq Ali Behutov
https://t.me/targibotchilar_uchun
A jdodlar azaldan ardoqlaganlar.
A hli ayolingiz azoblanmasin,
A rmonsiz allalar aytsin ayollar!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
🇺🇿Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ayollar! 💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
✍ Ortiq Ali Behutov
https://t.me/targibotchilar_uchun
Qashqadaryo ijodiy jarayoni
"Fayzli kun" musiqiy dam olish dasturi 03.03.2023 #3mar #qashqadaryo_trk 📱Расмий телеграм каналимиз 👉https://t.me/qashqadaryo_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo adabiyotining bugungi kundagi zabardast vakili shoir Lochin Elmuhammad
FAYZLI KUN jonli efirga uzatilgan adabiy~musiqiy ko‘rsatuvda.
03-03-23
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/Lochin_ELMUHAMMAD_ijodi

Assalomu alaykum ! Hozir eshittirishni to‘liq variantda sizlar uchun kanalimga joylayman!
Audio
''5 TASHABBUS KUYCHISI'' Ko‘kdala tumanidagi 93-umumiy o‘rta ta l'im maktabining Ijodiy~madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Lochin ELMUHAMMAD bilan Qashqadaryo viloyati ''OLTIN VOHA'' radiosida jonli efirdagi ijodiy uchrashuvi to‘liq variantda!
☀👍☀👍☀
https://t.me/targibotchilar_uchun
☀👍☀👍☀
https://t.me/targibotchilar_uchun
Targ‘ibotchiga ijodiy saboqlarda ko‘mak
⚜⚜SHE'RIY JANRLAR⚜⚜
🔆 FARD- arabcha «yakka yolgʻiz» degan ma'noni bildiradi .Fardning koʻpligini mufradot «fardlar»deyishadi
Fardning qofiyalanishi:
a-a yoki b-b
Misol:
Bu gulshan ichra yoʻqdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshlik bilan chiqsa ot.„ A Navoiy”
🔆Qit'a arabcha soʻz boʻlib «kesik, qism, boʻlak»degan ma'nolarni bildiradi.Uni mat'lasi yoʻq gʻazalga oʻxshatish mumkin.
Qit'aning qofiyalanishi:
b - a, d - a.
Misol:
Soʻzchi holin boqma, boq soʻz holini,
Koʻrma kim der oni, koʻrgil kim ne der.«A Navoiy»
🔆 Masnaviy arabcha «ikkilik juft degan ma'noni bildiradi.
Masnaviyning qofiyalanishi:
a-a, b-b, d-d,......
Misol:
Nedur ahvoling ey zori gʻaribim
Visolim davlatidin benasibim?
«A Navoiy»
🔆Gʻazal arabcha «oshiqona soʻz»degan ma'noni bildiradi
yoki xotin- qizlar bilan yoqimli muomalada boʻlish demakdir
Gʻazalning qofiyalanishi:
a-a, b-a, d-a, e-a,.....
Misol: A Navoiyning «Ey sabo»
radifli gʻazali
🔆Tuyuq sof turkcha soʻz boʻlib «tuymoq» (bogʻlamoq) «yechilmaydigan qilib tuymoq »
«chigallashtirmoq» degan ma'nolarni anglatadi
Tuyuqning qofiyalanishi:
a - a - a - a, yoki a - a -a -b,
Misol:
Vaslidin soʻz der yoʻq yaro manga
Hajr aro rahm aylagil yaro manga
Oʻqung etti koʻp yamon yaro manga
Marhami lutfing bila yaro manga
«Z. M Bobur»
🔆Ruboiy arabcha «toʻrtlik»degan ma'noni bildiradi
Qofiyalanishi: a-a-a-a, yoki a-a-a-b,
Misol: A Navoiyning «Koʻz bila qoshing yaxshi ,qabogʻing yaxshi.....»deb boshlanuvchi ruboiysi
🔆Mustazod arabcha «orttirilgan»degan ma'noni bildiradi gʻazal kabi qofiyalanadi
Mustazodning qofiyalanishi:
a-a, b-a, d-a,......
Misol:
Mashrabning «Bul xasta vujudimni meni oʻrtadi butkul »
deb boshlanuvchi mustazodi
🔆Muammo arabcha «berkitilgan, yashirilgan, koʻr qilingan»degan ma'nolarni bildiradi
Qofiyalanishi:
a-a, yoki a-b, yoki a-a, b-a,
Misol:
Firoqu rashqu hajru oh ila dard
Biror harf ibtidodin aylabon fard
«A Navoiy»
🔆 Chiston forscha «chist-on?»soʻzidan olingan boʻlib «nima u ?» drgan ma'noni bildiradi
Qofiyalanishi: a-a-b-a,
Misol: Uvaysiyning «Anor»chistoni
🔆Marsiya arabcha «yigʻlash » «yigʻi berish» degan ma'noni bildiradi
Misol:« Alp er toʻngʻa »marsiyasi
🔆 Tarkibband arabcha «bandni biriktirish »degan ma'noni bildiradi
🔆 Tarji'band arabcha(«tarji »-qaytarish, «band» -bogʻlash degan ma'noni bildiradi
Misol: Ogahiyning «Dahr uyi bunyoddurkim suv uzadur mahkam emas »deb boshlanuvchi tarji'bandi

Telegram
Qashqadaryo ijodiy jarayoni
KANALIGA MARHAMAT!
Kanal admini ''Navqiron'' gazetasi muxbiri Lochin ELMUHAMMAD.

❇️Asarlarni gap qilib yod olish❇️
🔰MIRTEMIR - she'rlar va dostonlar to'plami
"Bong" urilgan payt "poytaxt"ga "o'ch" olgani bir odam (qo'lida) "qoraqalpoq daftari"ga tushirilgan "surat" bilan keldi va dedi: "Tingla, hayot!", mening "izlaganim", "tog'day tayanchim" hisoblanmish "yodgorlik"im qani?!
🔰G'afur G'ulomning she'rlari:
"Sen yetim emassan", chunki seni "kuzatish" va "sog'inish" "onalar"ning ishi. "Vaqt"i kelib, "bizning ko'chada ham bayram bo'lajak", o'shanda senga "oltin medal" beriladi, shuning uchun "bilib qo'yki, seni Vatan kutadi". Ammo hech qachon o'zingni "Men - yahudiy" dema!
🔰O'tkir Hoshimovning qissasilari:
"Cho'l havosi"da "shamol esaveradi", ammo "bahor qaytmaydi". O'shanda "odamlar nima derkin?" deb o'ylama, "qalbingga quloq sol" va "dunyoning ishlari" hisoblanmish "2×2=5"ni "kvazarlar"ga isbotla!
🔰Mirmuhsinning dostonlari:
"Usta G'iyos" "nevara"si "Shiroq" bilan "yashil qishloq"da "do'nan" minib, "Avesto"ni o'qib yuribdi.
🔰Chingiz Aytmatovning nomini jahonga tanitgan asarlari(qissalari):
"Oq kema"da "birinchi muallim" hisoblanmish "Jamila" bilan "yuzma-yuz" kelganda: "Alvido, Gulsari",- deya hayqirdi.
🔰O'lmas Umarbekovning kinosenariylari:
"Ikki soldat haqida qissa"da "yigit va qiz" "Yuksak qorliklardagi uchrashuv"da "Sevgi afsonasi"ni "O'zgalar uchun" " Changalzor qonuni"ga aylantirdi.
🔰Oybek asarlari (5-sinf darsligi bo'yicha):
Dastlabki "Tuyg'ular"imni "Dilbar-davr qizi", "Baxtigul va Sog'indiq" " o'ch" olish maqsadida doston qilib aytishdi. Men uni roman hisoblab, "Qutlug' qon" deb "Navoiy"ga aytim. U esa "Quyosh qoraymas" dedi. Bu gapga "Fanorchi ota" "Musicha"ni hikoya qilib keltirdi. Bu hikoyada "Gulnor opa"ning " singan umid"i "tillatopar"da qolgani aytilgan ekan!
🔰A.P.Chexovning pyesalari :
"Vanya amaki"ning "Olchazor"ida "Uch opa-singillar" "Chayka" rusumli avtomobil bilan selfiga tushyapti
🔰A.P.Chexovning hajviy_hikoyalari:
"Qiyshiq oyna"dan "yovuz niyatli kishi" "chiqdi"

👉🎎 RAMAZON TUHFASI
РАМАЗОН ГУРУНГЛАРИ
(Туркум)
Кичкиналигимдан кексаларнинг суҳбатига қулоқ тутишни хуш кўраман. Ибратомуз, пурҳикмат, эртакнамо воқеалар асосидаги гурунглар менинг бола қалбимда эзгуликнинг, соф ликнинг, мурувватлиликнинг мужассамлашишига хизмат қилган бўлса, не ажаб. Бундай суҳбатлар инсон қалбига нур олиб киради. Айниқса, сокин оқшомларда ифторлик чоғларидаги кексаларнинг рамазон гурунгларига нима етсин!
АҚЛЛИ НОШУКУР
Оёғи остидаги емишга қаноат қилмай, ҳар томонга югургилаётган қўй-эчкиларнинг ношукурлигидан қаҳрланиб турган чўпон ёнига оппоқ "Ласетти" машинаси келиб тўхтади. Уловнинг совутгич мосламасига чўлда юрган чўпондан сув олиб қўяётган киши куюнганча гапира кетди:
- Чўпон ака, ҳаётдан тўйиб кетдим. Бугун бу кам, эртага у кам. Бира тўла 5 та мошинга тўлов қилгандим. Ҳали мошинадан дарак йўқ. "Процент"га берган пулимни ололмаяпман. Доллар курси ошиб боряпти, бу ёқда эса бизнесим "ўтириб" қоляпти. Тўрт қаватли иморатнинг зўрға уч ой деганда уч қаватини кўтарсак-а. Шуям яшашми?!
Чўпон гарчи унинг кўп сўзларига тушунмасада, англадики, ақл берилган одамнинг кўзи ҳеч тўймас экан, ақлсиз мавжудотлардан хафа бўлмаса ҳам бўларкан.
ОТАНИНГ КЎНГЛИ
Карим ота бугун ифторликни сабрсизлик билан кутмоқда. Ҳаво иссиқлигидан томоғи қуриди...
Комилжон унинг ёлғиз ўғли. Фермер. Кеча невараларидан эшитди: ўғли томорқасида етиштирган бодрингларини бозорга чиқарибди. "Ифторликка, ёз тафтидан сўлғинлашган ташна вужудга иккитагина бодринг малҳам бўлади-да", хаёлидан ўтказди ота. Унинг қуруқсиқ томоғига нимадир тиқилгандай бўлди...
Шомга яқин Комилжон келди. Қўли қуруқ.
- Ҳа, бобой, рўзалар билан чарчамаяпсизми? Ота, озроқ пул керак. Пенсияни олибсиз, деб эшитдим, бериб туринг. Ташвишлар кўпайиб қолди. Ҳозиргина беш юз кило бодрингни чиқардим. Пули индинга келади, шунга...
Ота ўғлига бир даста пулни узатар экан, кўз олдида кўм-кўк, баррагина бодринг турарди...
УМИДВОРЛИК
Шоҳиста ҳар йили умид билан рўза тутади. Гарчи ичиб, маст-аласт юрса-да, эри Икромнинг ҳам дарди ичида. Барибир унинг юраги тубида ялт этган умид учқуни бор. Шундай бўлмаса, кеча қўшниси Холниса момога маошидан ифторлик учун ул-бул ҳадя этмасди.
Икром ва Шоҳистанинг орзусидаги ўғил туғилганда ҳозир ўн тўрт ёшга тўлган бўларди.
Холнисо момо саҳарликда уларни узоқ дуо қилди...
Арафа куни Икромнинг мазаси қочиб шифохонага тушди. Шоҳиста юрагини ҳовучлаб шифокорга илтижо қилди ва ... ҳушидан кетиб йиқилди.
Ҳайит куни Холниса момо хушхабар эшитди:
"Икром яқинда ота бўлармиш!"
ЭЛ ҚАРҒИШИ
Одамда инсоф бўлиши керак. Ҳотамбой бундан уч йил аввал уч нафар ҳамқишлоғига мўмай даромадни ваъда қилиб, уларни алдаб чет эллик ҳамтовоқларига пуллади.
Оқибат аён. Элдан чиқиб кетди. Тўғрироғи, у қочиб кетди. Худо – раҳмдил. Ҳамқишлоқлар юртга олти ой деганда бир аҳволда бўлса-да қайтиб келди. Ҳотамбойчи?
... Бедаво дардга чалинди. Бир кулбада ёлғиз ўзи, тўшакда, эшикка термулиб ётибди...
✍️Lochin ELMUHAMMAD
Кўкдала туманидаги 93-умумтаълим мактабининг ИММБ тарғиботчиси
Kanal: 👇👇👇👇👇

Lochin ELMUHAMMAD so‘zi, BEKZOD HAQQIYEV ijrosida super hit qo‘shiq
👇👇👇👇👇
👇👇👇👇👇
Qashqadaryo ijodiy jarayoni
https://youtube.com/shorts/GXdIt05wizM?feature=share
Лочин ЭЛМУҲАММАД
КЕЧИРОЛМАДИМ
Мен гулни кечирдим тиконларини,
Бағримни тирнаган армонларини.
Кечирдим муҳаббат ёлғонларини,
Лек араз эшигин ҳеч ёполмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Алданган бу кўнглим ҳануз саргардон,
Вужудим ғам босди, кўксимни фиғон.
Ағёрлар шай турар отмоққа хандон,
Юракдан аламни ўчиролмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Ҳақиқат лат ейди, хаёл югурар,
Зулмини ўтказиб ғаним улгурар.
Муҳаббат туғилар - ҳижрон ўлдирар!
Жонимни аламдан асрай олмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Ачиндим узилган барг аҳволига,
Умрни ўхшатдим хазон ҳолига...
Тўймадим баҳорнинг гулжамолига,
Севгим - иккимизни қуч, деёлмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Етар, бас оҳларим чўзилиб кетди,
Тилимдан, ҳув зоғлар сўз илиб кетди.
Беозор умидим узилиб кетди,
Кел, яна бағримга уч деёлмайман,
Сени кечирмоққа куч тополмайман.
✍️Лочин ЭЛМУҲАММАД
🎤Бекзод ҲАҚҚИЕВ
https://t.me/targibotchilar_uchun
КЕЧИРОЛМАДИМ
Мен гулни кечирдим тиконларини,
Бағримни тирнаган армонларини.
Кечирдим муҳаббат ёлғонларини,
Лек араз эшигин ҳеч ёполмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Алданган бу кўнглим ҳануз саргардон,
Вужудим ғам босди, кўксимни фиғон.
Ағёрлар шай турар отмоққа хандон,
Юракдан аламни ўчиролмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Ҳақиқат лат ейди, хаёл югурар,
Зулмини ўтказиб ғаним улгурар.
Муҳаббат туғилар - ҳижрон ўлдирар!
Жонимни аламдан асрай олмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Ачиндим узилган барг аҳволига,
Умрни ўхшатдим хазон ҳолига...
Тўймадим баҳорнинг гулжамолига,
Севгим - иккимизни қуч, деёлмадим,
Сени кечирмоққа куч тополмадим.
Етар, бас оҳларим чўзилиб кетди,
Тилимдан, ҳув зоғлар сўз илиб кетди.
Беозор умидим узилиб кетди,
Кел, яна бағримга уч деёлмайман,
Сени кечирмоққа куч тополмайман.
✍️Лочин ЭЛМУҲАММАД
🎤Бекзод ҲАҚҚИЕВ
https://t.me/targibotchilar_uchun
Telegram
Qashqadaryo ijodiy jarayoni
KANALIGA MARHAMAT!
Kanal admini ''Navqiron'' gazetasi muxbiri Lochin ELMUHAMMAD.
Kanal admini ''Navqiron'' gazetasi muxbiri Lochin ELMUHAMMAD.
Forwarded from ♻️MAHORATLI METODIST MAKTABI🏆
Telegraph
МЕҲНАТИ УЛУҒЛАНГАН ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ФИДОЙИЛАРИ
Яқинда Қарши шаҳридаги “Насаф” нашриёти томонидан Қашқадарё вилояти халқ таълим бошқармаси методик хизмат бўлими бошлиғи Севин Очилов ва Чироқчи туманидаги 174 - умумтаълим мактаби ўқитувчиси, ижодий –маданий масалалар бўйича тарғиботчиси шоир Лочин Элматов…
Forwarded from OLTIN VOHA radiosi
Телебошловчи бир миллионер меҳмонидан сўраяпти:
- Ҳаётингизда сизни энг кўп нима бахтиёр қилган?
- Бахтиёрликнинг тўрт босқичидан ўтдим ва ниҳоят чин бахт нималигини англадим.
1. Бойлик тўпладим. Кўпайтирдим. Тўймадим.
2. Қимматбаҳо нарсаларни сотиб олдим. Янада қимматини, янада қимматини. Лекин унинг ҳам мазаси вақтинча бўлди, холос.
3. Катта-катта лойиҳаларни сотиб олдим. Футбол командаси, саёҳатчилар учун оромгоҳларми... Лекин барибир ўзим кўзлаган ва кутган бахтга эришолмадим.
4. Бир дўстим ногирон болалар учун ўзиюрар аравачалар сотиб олишга улуш қўшишимни сўради. Мен дарҳол рози бўлдим.
Ўша дўстим, совғани болаларга ўзинг бориб, ўз қўлинг билан топширасан, деб оёқ тираб туриб олди. Ночор бордим. Болаларнинг хурсанд бўлиб, аравачаларда у ёқдан бу ёққа учиб юрганларини кўрдим. Улар худди бир ўйингоҳларда юргандек қувнашарди.
Болаларнинг қувнаганини кўриб, ўзим ҳам яйраб кетдим.
Шундан кейинги ҳолат эса бу бахтиёрликни қалбимнинг ич-ичигача олиб кирди.
Кетмоқчи бўлиб турганимда болалардан бири оёғимга маҳкам осилиб олди. Оёғимни беозоргина олмоқчи бўлсам, у янада қаттиқроқ ёпишарди. Ўткир нигоҳи юзимга қадалган эди. Ҳайрон бўлиб сўрадим:
- Тойчоғим, сенга яна бирон нарса керакми?
Бу беғубор, бегуноҳ, юзида чин маънодаги бахтиёрлик нишоналари акс этиб турган хилқатнинг сурурбахш, умидбахш жавобига қулоқ солинг-а:
- Отажон, жаннатда сизни учратганимда Парвардигоримнинг қошида сизга миннатдорчилик билдиришим учун юзингизни яхшилаб эслаб қолмоқчиман.
Дод деб юбордим. Кўп йиғладим. Бир тарафдан унинг хурсандлигидан, иккинчи тарафдан эса ўзимнинг бахтиёрлигимдан ҳушимни йўқотиб, ерга қулай дедим...
Ё Аллоҳ! Мен қандай ҳаёт кечирдим? Нималар қилдим? Ўйин-кулгу, кайфу сафо, исрофгарчиликлар... Ҳамма-ҳаммаси сариқ чақага арзимайди. Ўзим ҳам бахтли бўлолмадим, бировни ҳам бахтли қилолмадим.
Муқим Маҳмуд таржимаси
🌸@oltinvoha

🇺🇿🌹“SHov~shuv boʻlgan sheʻrlar” turkumidan🌼🇺🇿
🥀1 DOLLAR VA KORONAVIRUS🌷
Pandemiya davri. Butun dunyo Koronavirus balosi sabab jon va oʻlim orasida arosatda. Dunyoning bir chekkasidagi kulbada men va sakson yoshdan oshgan onaizorim shu dard bilan kurashardik...
Qarshi shahridagi dorixonalar tirband. Shifoxonalarni aytib oʻtirmasak ham boʻladi. Shu sabab onamni shifokorlar uyda davolashimizni lozim topishdi.
Oʻzim uchun doriga pul qayda? Najotkor dori-darmonlar narxi osmonda. Bor-budimni tikdim. Onam sogʻaysa boʻldi.
Qishloqchilik. Kasalchilik bilan 3 kilometrdan oshiq masofaga choʻzilgan oʻnqir-choʻnqir (asfalt boʻlishini tushida ham koʻrmaydigan) yoʻldan piyoda odimlayman. Doriga pul beradigan odamzodku yoʻq, hatto oʻsha “hayot sababchisi”ni olib kelib beradigan shavvoz boʻlmagandan keyin Koronavirusni ortmoqlab, horgʻin va ming bir azobda yoʻlga otlanaman. Puldor tanishlarimning eshigini taqillatib, qarzga pul topolmadim. Shaharlik bir tanishim qarzga choʻntagidan 100 dollar chiqarib berdi. Voqeaning qizigʻi oldinda.
Dorixona. Retseptdagi dorilarga 1 dollar yetmay qoldi. Bozori chaqqon dorixonachi qarzga bermadi. Har qancha yalinib-yolvormay foydasi boʻlmadi. Vaziyatni chetdan kuzatib turgan xudoni taniydigan bir kishi oʻsha yetmay qolgan bir dollarni qoʻlimga tutdi. Olmay desam onajonim kasal, dorilar zarur, olay desam gʻurur oʻlgur qoʻymaydi. Nailoj qoʻl siltab koʻchaga otildim. Yana 30-40 chaqirim masofani ikki marta sudralgancha bosib oʻtdim va oʻsha zormandani topib kelib dorilarni olib qaytdim.
Alhamdulillah, mehribon Robbim Onajonimni dardiga shifo berdi. Shukr, bari ortda qoldi. Shu haqida sheʼr yozdim
☀🌸💐🌸💐🌸💐🌸💐🌷
Xitoydan chiqqan “qora quyosh”,
Laʼnat senga, Koronavirus!
Shoʻrlik bashar jonlari talosh,
Ayamading oʻzbek, yevrit, rus...
Ona dunyo ~ beshikmas tobut
Tebratdi, oh, qoʻllari tolib.
Tojing kiyib har koʻchadan oʻt,
Gohi duo, goh ajal gʻolib.
Shunda men ham chiqardim unim,
1 dollarga zor boʻlgan kunim...
Kiyilmagan kiyimdek toza
Tanaga ham suqilding nomard.
Nohaqlikdan aqldan oza
Oʻlib ketdimi yo barcha mard?
Balki oyga dogʻ chizgan ham sen,
Qachonlardir qoldirmoq-chun ot...
Milliardlarning orasida men
Nomardlardan soʻradim najot.
Orsizlikda or boʻlgan kunim,
10 dollarga zor boʻlgan kunim...
Goʻyo dardmas, dardsizlik yuqib,
Oramizni tark etdi orom.
Virus tegib oʻlishdan qoʻrqib,
Qochar boʻldi odamdan odam.
Nogoh dardga oshno tutundim,
Taqdir boshim toshlarga urdi.
Choʻkayotib xasga oʻtindim...
Jigarlar ham jim qarab turdi
Jonga dori dor boʻlgan kunim,
100 dollarga zor boʻlgan kunim...
Dunyo bergan qurbonlar ancha,
Hanuz boʻling bu darddan ogoh!
Bizku qoldik, ketganlar qancha,
Qolganlarni asrasin Alloh!
Botgunicha olib ming bir tus,
Eh, bu “quyosh” kor boʻldi maytul.
Ado boʻlmay Koronavirus
Tugab qoldi Mehr kabi pul,
Oqibatda xor boʻlgan kunim,
1000 dollarga zor boʻlgan kunim...
✍️Lochin ELMUHAMMAD,
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 93-umumiy o‘rta ta'lim maktabining IMMB targ‘ibotchisi
Kanalga obuna boʻling!👇👇👇

Лочин_Элмуҳаммаддан_мактаб_саҳнаси_учун_9_май_кунига_томоша_2023.pdf
580.7 KB
Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги 93-мактабнинг ИММБТ Лочин Элмуҳаммаддан 9-майга бағишланган мактаб саҳнаси учун таъсирли томоша. Ў. Ҳошимовнинг "Урушнинг сўнгги қурбони" ҳикояси асосида
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/targibotchilar_uchun
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/targibotchilar_uchun