Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️TAQI O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Go'zal yurtim imoratlari poydevorining egasi" mavzusida qurilish sohasining faol ayollari hamda talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida vazirlik Markaziy apparat masʼul xodimlari, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi masʼul xodimi, institut o‘qituvchi va talaba qizlari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Kengash raisi Feruza Kasimova kirish so‘zi bilan ochib, eng avvalo, talabalarni yangi o‘quv yili tabrikladi.

Shuningdek, Qurilish vazirligining Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Gulshana Otabayeva so‘z olib, bugungi kunda ayollar jamiyatning barcha sohasida faol ekanligini taʼkidladi hamda bu sohaga endigina kirib kelayotgan yoshlarga kelgusida o‘z kasbining eng mahoratli mutaxassisi bo‘lish lozimligini uqtirdi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
📢📢 Аризалар қабул қилиниши давом этмоқда!

“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати қошидаги “Шаҳарсозлик тўлқини” ташаббуси Хитойнинг "Hisense" компанияси билан ҳамкорликда архитектура ва муҳандислик соҳаси битирувчилари ўртасида Hisense Award “Shaharsoz 2022” танловини эълон қилади.

Ғолиблар тўрт йўналиш бўйича аниқланади: архитектура, шаҳарсозлик, конструкция, муҳандислик.

💰Ғолибларнинг ҳар бири 10 миллион сўм миқдорида пул мукофоти ҳамда ҳомийлардан совғалар билан тақдирланади.

Аризалар қабули 2022 йил 17 сентябрга қадар давом этади.
Якуний натижалар 2022 йил 10 октябрда эълон қилинади.

👉Танлов ҳақида батафсил

📥 Ариза юбориш
______________

📢📢Продолжается прием заявок!

Инициатива «Градостроительная волна» при Общенациональном движении «Юксалиш» в сотрудничестве с китайской компанией Hisense объявили конкурс выпускных квалификационных работ в области градостроительства Hisense Award «Shaharsoz 2022» для выпускников вузов, обучавшихся на факультетах архитектуры и инженерии.

Будут определены победители по четырем номинациям: архитектура, градостроительство, конструкция, инженерия.

💰Каждый из победителей получит денежный приз в размере 10 млн сумов и подарки от спонсора.

Крайний срок подачи заявок — 17 сентября 2022 года. Победители будут объявлены 10 октября 2022 года.

👉Подробнее о конкурсе

📥 Подать заявку

@uzbyuksalish
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan institut talabalari o‘rtasida "Zakovat" intelektual turnirini o’tkazish rejalashtirilgan:

🔸14-sentabr kuni 15:00 da Bino va inshootlar qurilishi fakulteti;

🔸15-sentabr kuni 15:00 da Qurilishni boshqarish fakulteti;

🔸16-sentabr kuni 15:00 da Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti;

🔸19-sentabr kuni 15:00 da Arxitektura fakultetida bo‘lib o‘tadi.

🔷 G'olib jamoalar Fakultetlararo "Zakovat" turniri kuzgi mavsumida ishtirok etadi.

🔻Manzil: TAQI 4-bino 5-qavat Kovorking zali.

👉Savol yoki ma‘lumot uchun - @Archi_Designer

👉 Quyidagi havola orqali institutda tashkil qilingan "ZAKOVAT" klubi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'ling. https://t.me/Zakovat_TAQI

#zakovat
@taqi_uz
75 lite.pdf
1 MB
⛺️"O‘zbekiston bunyodkori" gazetasining 2022-yil 13-sentyabr 75-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Gazetaning ushbu sonida Toshkent arxitektura-qurilish institutida O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Go'zal yurtim imoratlari poydevorining egasi" mavzusida qurilish sohasining faol  ayollari hamda talaba-qizlar ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati jarayoni chop etildi.

⚡️ Shuningdek, gazetada berilayotgan materiallar bilan https://t.me/uzbunyodkor telegram kanali orqali ham tanishib borishingiz mumkin.

TAQI Matbuot xizmati

#maqola #mutolaa
@taqi_uz
⚡️E’LON!

📢 “Yoshlar ovozi” gazetasining telegram kanalida o‘tkaziladigan “Zakovat” onlayn viktorinasi 28-sentabrga qadar har kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

➡️ Siz javoblarni @yo_zakovat_bot ga birinchi bo‘lib yuboring va g‘olib bo‘ling!

⚡️Tanlov nizomi bilan batafsil yoshlarovozi.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Bir oy davomida o‘tkaziladigan viktorina g‘oliblari quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

➡️ 1-o‘rin (1 nafar) - SAMSUNG A23 telefoni;

➡️ 2-o‘rin
(2 nafar)- telefon quvvatlagich (Powerbank);

➡️ 3-o‘rin (2 nafar)- quloqchin (naushnik).

⚡️G‘oliblar 30-sentabr kuni e’lon qilinadi.

@taqi_uz
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bolani parvarishlash ta'tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

❗️Bu ta'tillar mehnat stajiga, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil, shu jumladan mutaxassisligi bo'yicha ish stajiga ham qo'shiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Shohruh Dilshodovich Akbarov vazirlikning Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shohruh Akbarov 1988-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan.

Shu kunga qadar Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Талабалар Tashkent Index комплексида ўқув йили якунигача яшайди — фоторепортаж

Янгиҳаёт туманидаги Tashkent Index мажмуасида 10 минг талаба учун вақтинчалик ётоқхона ҳозирланмоқда, эҳтиёжга қараб жой 20 мингтагача кўпайтирилади. Бу ерда ошхона, ҳаммом ва кир ювиш хоналари ҳам ташкил этиляпти. Ижара нархи, транспорт масаласи ва қачон кўчиб ўтилиши — «Газета.uz» фоторепортажида.

Батафсил: www.gazeta.uz/uz/2022/09/13/dormitory/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb
17:00:00-18:00:00
RADIO 24
#EFIR

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institutida O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Go'zal yurtim imoratlari poydevorining egasi" mavzusida qurilish sohasining faol  ayollari hamda talaba-qizlar ishtirokidagi davra suhbati "O'zbekiston 24" radiosi "Yangiliklar" informatsion dasturida.

#MINBAR

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institut Qurilishni boshqarish fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Zulfizar Saidova.

🔸 O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, inspeksiya Xotin-qizlar Kengashi raisi Gulbahor Mirzayeva.

TAQI Matbuot xizmati

#radio
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

📌Eslatma:

➡️ Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

➡️ Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
⚡️Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnalining navbatdagi soni nashrdan chiqdi

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov, Respublika oliy taʼlim kengashi raisi O.Abdurahmonov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi L.Mingishov, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktori SH.Yoqubov va bir qancha oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda talabalarning ilmiy-tahliliy maqolalari joy olgan.

Siz bu galgi sonida kredit-modul tizimining asos va tajribalari, ilmiy faoliyatdagi tadqiqotlar, oliygohlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlardagi muammolar va ularning yechimi borasidagi soʻnggi tahliliy materiallarni mutolaa qilishinigiz mumkin.

Jurnaldagi eng muhim yangilik 5 ta suhbatni maxsus QR-kod orqali video shaklda koʻrish imkoniyati yaratilgan.

💾 YUKLAB OLISH👈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling!

📚 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.

☝️ Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.

🏆 Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
🔹1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
🔹2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
🔹3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
🔹4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
🔹11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
🔹21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;

📲
Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
#Bilasizmi

🔰 Ta'lim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan o'tkazilmasdan to'g'ridan-to'g'ri beriladi:

🔹 tumandagi sport musobaqalarida 1-o'rinni olgan o'quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o'qituvchilari – 2-malaka toifasi (katta o'qituvchi);

🔹 viloyatdagi sport musobaqalarida 1-o'rinni olgan o'quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o'qituvchilari – 1-malaka toifasi (yetakchi o'qituvchi);

🔹 xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-, 2-, 3-o'rinni olgan o'quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o'qituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh o'qituvchi lavozimi);

🔹 xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan o'qituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh o'qituvchi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
⚡️Ilmiy izlanuvchilar uchun 10 kunlik amaliy kurs

Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Toshkent shahridagi Vebster universiteti bilan hamkorlikda shartnoma asosidagi “Ten days research and Latex practical course” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

Mazkur kurs Kipr, Fidji Janubiy Tinch Okeani, Hindiston Sharqshunoslik universitetlari professori Bidjay Kumar Kandel tomonidan 3–14-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi va kurs yakunida sertifikat beriladi.

Tinglovchilar kurs davomida ilmiy tadqiqot olib borish metodikasi, dissertatsiyaning asosiy natijalarini xalqaro miqyosdagi yirik nashrlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda e’lon qilish uchun “Latex” dasturidan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube