Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳидлар хотираси хиёбонига ташриф буюриб, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари, нуронийлар билан биргаликда қатағон қурбонларини ёд этди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил аллею "Шахидлар хотираси" и вместе с представителями старшего поколения, государственных и общественных организаций почтил память жертв репрессий.

#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев “Янги Ўзбекистон” боғидаги Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию монумента Независимости в парке "Янги Узбекистон".

#Mirziyoyev #marosim #monument #Mustaqillik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

💥Qadrli doʻstlar!

💐Yurtimiz mustaqilligining 31 yillik ayyomi keng nishonlanayotgan bugungi kunda sizlarni va oila aʼzolaringizni tabriklashdan mamnunman.
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini taʼminlashda sizdek mohir quruvchi va meʼmorlar, loyihachi va dizaynerlarning zahmatli mehnati hamisha tahsinga sazovor.

🏗Aziz hamkasblar!

⚡️Bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha islohotlarimiz markaziga inson qadri, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlash bosh maqsad qilib qoʻyilmoqda.
Ana shunday ulugʻvor vazifani amalga oshirishda boshqa sohalar qatori qurilish sohasining ulkan imkoniyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

✍️Siz, azizlarni yana bir bor eng ulugʻ va eng aziz ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Qurilish vaziri B.Zakirov
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Kinematografiya fidokori” ko'krak nishoni ta'sis etildi

Hukumat qarori (480-son, 31.08.2022-y.) bilan “Kinematografiya fidokori” ko'krak nishoni ta'sis etildi va unga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, ko'krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g'oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ'ib qilishga munosib hissa qo'shgan shaxslar taqdirlanadi.

🗓 Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko'krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo'yicha takliflar har yili 1-dekabrgacha Kinematografiya agentligiga beriladi.

📝 Taqdirlashga oid takliflarni ko'rib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 kishilik komissiya tuziladi.

📋 Komissiya tomonidan 20-dekabrgacha munosib nomzodlar bo'yicha xulosa qabul qilinadi va u asosida bosh direktor buyrug'i 25-dekabrgacha qabul qilinadi.

Ko'krak nishoni har yili 28-dekabr – Xalqaro kino kuni arafasida tantanali topshiriladi.

💰Ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so'm) miqdorida pul mukofoti beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkaziladi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib muhokamaga joylashtirilgan.

🗓 Kodeks loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarni muhokama qilish, loyihani takomillashtirish bo'yicha fikrlar almashish maqsadida vazirlik tashabbusi bilan joriy yilning 7-sentyabrida “Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilinmoqda.

📁 Konferensiyada Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, mahalliy va 10 ga yaqin xalqaro tashkilotlar ekspertlari, ilmiy hamjamiyat, o'rta va yirik biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

📍Konferensiya “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida onlayn va offlayn rejimda o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo'linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3383, 31.08.2022-y.)

🗓 Unga ko'ra, davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi.

🏢 Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus bo'linma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

📝 Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.

📊 Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, o'rta, yuqori o'lchovlarda baholanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.

📁Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo'lgan munosabatlar elektron reestri shakllantiriladi.

Davlat tashkiloti rahbari har yili 1-martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha dasturini “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига хорижий мамлакатлар етакчилари, нуфузли сиёсатчилар, таниқли жамоат ва дин арбоблари, етакчи халқаро ташкилотлар ва минтақавий тузилмалар раҳбарларидан қутлов ва телеграммалар келмоқда.

В связи с 31-й годовщиной независимости нашей страны на имя Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают поздравительные послания и телеграммы от лидеров зарубежных стран, авторитетных политиков, видных общественных и религиозных деятелей, руководителей ведущих международных организаций и региональных структур.

#Mirziyoyev #Mustaqillik #qutlovlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллигига бағишланган байрам тадбирида халқимизга табрик билан мурожаат қилмоқда.

Тадбирдан онлайн трансляцияни Президент матбуот хизматининг Facebook ижтимоий тармоғи, YouTube видеохостингидаги саҳифаларида томоша қилишингиз мумкин.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbar soʻzining avvalida butun xalqimizni ulugʻ ayyom – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

“Oradan yillar, asrlar oʻtadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, oʻzligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini boʻlgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulugʻ, eng aziz bayram boʻlib qoladi”, – dedi Prezident.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Men doim aytganman va yana qaytaraman, biz uchun birinchi oʻrinda TAʼLIM, TAʼLIM va yana TAʼLIM turadi – Prezident

Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida davlatimizni rivojlantirishdagi 5 ta asosiy vazifalardan eng muhimi taʼlim ekanligini taʼkidladi.

"Farzandlarimiz zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz.

Buning uchun, maktablarning oʻquv dasturlari, oʻqitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Ushbu tizim avval ilgʻor xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilib, keyingina hayotga tadbiq etiladi.

Barcha hududlarimizda, ayniqsa qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor beramiz.

Ustoz va murabbiylar mehnatini ragʻbatlantirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga koʻtaramiz.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv taʼlimni har tomonlama rivojlantiramiz”, – dedi davlatimiz rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз | Тошкент архитектура-қурилиш институти янги қиёфада
#31aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Mustaqillik_31_yilligi_tabriknoma

💐 Barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami bilan Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo, xalqimiz dasturxoni to'kin-sochin bo'lsin !

🎉 Tinchligimizga ko'z tegmasin Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin !!!

TAQI Matbuot xizmati
@taqi_uz