Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.17K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti pinned «📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🔔To'rt 4 (5) yil ichida ikkita diplom olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) Belarus Milliy texnika universiteti (BMTU), Qozon arxitektura-qurilish universiteti…»
⚡️Abituriyentlar shoshiling❗️

📝 Xabaringiz bor, 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul muddati uzaytirilib, abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish ham joriy yilning 27-iyuliga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadigan bo‘ldi.

Bu muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishsa, u haqdagi ma’lumotlarini ham tizimga bemalol kiritishlari mumkin.

☎️ Xizmat yuzasidan savollar bo‘lsa, 1242 raqamiga haftaning istalgan kuni, 24 soat davomida qo‘ng‘iroq qiling!

📹 Quyida my.gov.uz orqali oson va qulay ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishtiramiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Markaziy Osiyoda yagona korxonaning ilk taqdimoti bo'lib o'tdi

Tadbirda korxona tomonidan turli vazirliklar tasarrufidagi nasos stantsiyalarda 35 km dan oshiq quvurlarni qayta tiklab, 157 mlrd soʼm mablagʼni iqtisod qilinishiga erishilgani ta'kidlandi.

Markaziy Osiyoda yagona xizmat koʼrsatuvchi muassasa hisoblangan “Zarbuloq Injiniring” MChJ korxonasi oxirigi vaqtda “Belzona” innovatsion texnologiyasining tadbiq qilish tajribasini ham mukammal oʼzlashtirgan.

“Belzona” kompaniyasi 1952 yilda Аngliyaning Elland shahrida uskunalarni korroziyadan himoya qilish maqsadida poʼlat yuzalarga ruhni olov bilan purkashga ixtisoslashgan kompaniya sifatida tashkil etilgan.

— 2019 yilda “Tuyamuyin” suv omboridan Nukus shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlashda ishlatilgan va eskirganligi tufayli ishlash unumdorligi jiddiy pasaygan 4 dona ichimlik suv nasoslari “Belzona” texnologiyasini qoʼllagan holda qayta taʼmirlab berildi, — deydi “Zarbuloq Injiniring” MChJ bosh muhandisi Аleksandr Obʼedkov.

@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Markaziy Osiyoda yagona korxonaning ilk taqdimoti bo'lib o'tdi

Bu kabi innovatsion texnologiyani joriy qilgan “Zarbuloq Injiniring” korxonasi Respublika Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari roʼyxatiga kiritilgan.

—Аvvalambor torkret oʼzi nima, degan tushunchaga oydinlik kiritsak, — deydi “Zarbuloq Injiniring” korxonasi Bosh direktori Doniyor Yusupov. — Torkretlash – qum va portlandtsement qorishmasidan iborat gidrotexnik betonni himoyalanishi lozim boʼlgan yuzaga siqilgan havo yordamida bir nechta qatlam qilib purkashdir.

Bu uslub bosimli quvurlarning korroziyaga (emirilish) chidamliligini oshirishda qoʼllaniladigan dunyoda keng tarqalgan texnologiyadir.

Odatda, torkretlash uslubi gidrotexnik inshootlarning beton va temir-beton qismlarini korroziyadan himoyalash uchun suv oʼtkazmaydigan chora sifatida keng qoʼllaniladi. Ushbu jarayon quruq va suyuq qorishma bilan torkretlash orqali amalga oshiriladi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#taqdimot_torkretlash

Markaziy Osiyoda yagona korxonaning ilk taqdimoti bo'lib o'tdi

🔸 Markaziy Osiyoda yagona boʼlgan Maʼsuliyati Cheklangan Jamiyat maqomidagi “Zarbuloq Injiniring” korxonasi oʼzi ixtisoslashgan “Torkret uslubida quvurlarni qayta tiklash hamda qurilish sohasida tadbiq qilingan innovatsion loyihalar” mavzusiga bagʼishlangan taqdimot poytaxtimizdagi INTERNATIONAL mehmonxonasining konferensiya zalida bo'lib o'tdi.

🔹 Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, Respublika Qurilish, Innovatsion rivojlanish, Suv xoʼjaligi, Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish kabi qator vazirliklar hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

🎤 Tadbir yakunida ishtirokchilar va OAV lari xodimlari xalqaro malakaga ega mutaxasslardan hamda sohaga aloqador masʼul xodimlardan oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🤝 Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 60 tadan ortiq korxona va tashkilot vakillari bilan kelishuvlarga erishildi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Хотин-қизларга фоизсиз таълим кредити берилади

Президентнинг 2022 йил 18 июлдаги ПҚ-323-сонли қарорига кўра, тўлов-контрактда ўқиётган хотин-қизларга жорий йилдан бошлаб имтиёзли фоизсиз таълим кредити бериладиган бўлди.

Кимларга берилади?

Ўзбекистондаги барча олий таълим муассасалари талабаларига (давлат, хусусий ва хорижий ОТМлар филиаллари);
Ўрта махсус ва профессионал таълим муассасалари ўқувчиларига (техникум, касб-ҳунар коллежи ва ҳ.к.).

Қайси таълим шаклига берилади?

✔️ Кундузги;
✔️ Сиртқи;
✔️ Кечки.

Масофавий таълимга берилмайди.

Қуйидагиларга берилмайди:

супер-контракт;
қўшма таълим.


14 фоизда берилар экан-ку, нега фоизсиз дейиляпти?

Тўғри, таълим кредити аслида 14 фоизлик ставкада берилади. Аммо бу фоиз қисмини хотин-қизлар тўламайди, давлат тўлаб беради. Аниқроғи Молия вазирлиги ҳузуридаги Таълим кредитини молиялаштириш жамғармаси томонидан қопланади. Хотин-қизлар фақат таълим кредитининг асосий қисмини тўлайди холос.

Тўлаш қачондан бошланади?

Таълим кредитининг асосий қисми талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб (яъни олти ой ўтиб) 7 йил давомида қайтарилади. Масалан, 7 млн сўм таълим кредити олинса, ўқишни тугатгандан сўнг, 6 ой ўтгач 7 йил мобайнида ойма-ой 83 минг сўмдан тўлаб борилади.

Қандай ҳужжатлар керак?

1️⃣ банкка ариза;
2️⃣ шахсни тасдиқловчи ҳужжат;
3️⃣ таълим муассасаси билан тўлов-контракт шартномаси;
4️⃣ талабанинг доимий даромад манбаига эга бўлган оила аъзолари ва бошқа учинчи шахс биргаликда қарз олувчи сифатида таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат.

ℹ️ “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг хотин-қизларига ажратиладиган таълим кредитлари учун гаров ва кафилликлар талаб этилмайди.


👉 @xushnudbek 👈
Хотин-қизларга таълим кредити бериш бўйича айрим саволларга жавоблар:
https://t.me/xushnudbek/15110

ушбу таълим кредити барча курсдагилар берилади, биринчи курсми, учинчи курсми, фарқи йўқ (иккинчи курс-чи, тўртинчи курс-чи, деб сўраманг, уларга ҳам берилади. Э, ана боринг, бешинчи курсга ҳам берилади);

ушбу таълим кредити оилавий аҳволидан қатъи назар барча хотин-қизларга берилади, фақат "Аёллар дафтари"га кирганларга берилади, деган гап нотўғри;

ушбу таълим кредитини олиш учун ёш чегараси белгиланмаган, юқоридаги постда айтилган талабаларга тўғри келувчи исталган ёшдаги хотин-қизлар олишлари мумкин;

ушбу таълим кредити бир йил учун берилади, 4 йилликни умумлаштириб олиб бўлмайди. Лекин уни бир неча марта олиш мумкин, бунга чеклов йўқ. Яъни биринчи курсда олганлар, иккинчи курсда яна олишлари мумкин;

ушбу таълим кредитини оиладаги бир неча қиз фарзандлар ҳам олиши мумкин, битта оилага фақат бир киши деган чеклов йўқ (фақат расмий даромади бор кафил топилса бўлди);

ушбу таълим кредити супер-контракт, қўшма таълим ва иккинчи мутахассислик учун берилмайди. Бунда супер-контракт учун фақат биринчи йилда берилмайди, аммо иккинчи ва ундан юқори курсларда оддий контракт тўлашлари ҳисобига супер-контракт билан кирганларга ҳам юқори курсларда таълим кредити берилади;

💰таълим кредити фақат тўлов-контракт суммаси миқдорида берилади. Масалан, аслида бир йиллик контракт 10 млн сўм бўлса, 15 млн сўм кредит олиб бўлмайди;

🎓❗️ таҳрирланди: давлат ОТМлардаги магистратура учун бунақа кредит берилмайди, чунки жорий йилдан бошлаб давлат ОТМларида магистратурада ўқиётган барча хотин-қизларнинг контрактлари давлат бюджетидан тўлиқ тўлаб берилади. Биринчи курсларга ҳам, иккинчи курсларга ҳам. Аммо нодавлат ОТМларнинг магистратурасида ўқиётган қизларнинг контрактлари тўлаб берилмайди. Шу сабабли улар фоизсиз таълим кредити олишлари мумкин;

👨🏻‍🎓 йигитларга ҳам таълим кредити берилади, фақат улар учун фоизсиз эмас, балки Марказий банкнинг асосий ставкаси миқдорида (ҳозир 16% — 2022 йил 19 июль ҳолатига) берилади. Батафсил бу ерда: https://t.me/xushnudbek/10871

🔄 Таълим кредити олинганда уни тўлаш учун сарфланган маблағлар даромад солиғидан озод этилади. Масалан, талабанинг ота-онаси таълим кредитини тўлаш учун ойлик иш ҳақидан пул ўтказса, унда ўша тўланган қисми бўйича ойлигидан 12% пул қайтариб берилади. Батафсил бу ерда: https://t.me/xushnudbek/7356

таълим кредити суммасини токи ўқиш тугашини кутиб ўтирмасдан вақтлироқ тўлашни бошласа ҳам бўлади. Аксинча бундан банклар фақат хурсанд бўлади ва ҳаққингизга дуо қилишади :)

ушбу қарор аввалги йилларда олинган фоизли таълим кредитларига тааллуқли эмас ва аввалги кредитларнинг фоизини бекор қилмайди.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Bugundan professional ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish boshlandi

🏛 Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar 20-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

🔰 O’qishini koʻchirish istagida bo’lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘majildini taqdim etadi:

ariza (o’quvchi yoki voyaga yetmagan bo’lsa uning ota-onasi tomonidan);
professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma;
o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik
#mobil_ilova
#hemis

📱 Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.

📲 Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

🔹reyting daftarchasi;
🔸transkript;
🔹oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
🔸nazorat jadvallari;
🔹fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur mobil ilova orqali olishlari mumkin.

➡️ Shuningdek, mobil ilovada joriy yil bitiruvchilari uchun QR-kodli diplom maʼlumotlarini (fayli) yuklab olish imkoniyati mavjud.

📥 Ilovani yuklab olish👇

📲 AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

📲 GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

| Telegram | Facebook | Instagram |
#Davlat_xizmatlari_reglament

Bino va inshootlarning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishish tartibi

⚠️ Xizmat: tegishli bino va inshootlarning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni ko'rsatish tartibi:

1️⃣ Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ro'yxatdan o'tadi.

❗️Bino va inshoot tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

2️⃣ So'rovnoma to'ldirilib, unga bino va inshoot fasadining elektron ko'rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.

3️⃣ Tuman (shahar) qurilish bo'limlari (vakolatli organ)ga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo'lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasi elektron shaklda yuboriladi.

4️⃣ Vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida joyiga borib bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirish imkoniyatini o'rganib chiqadi.

5️⃣ Bino va inshoot tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishib bergan kunning o'zida kelishilgan loyiha eskizi elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboriladi.

Mazkur tartib bino va inshootning hajmi va maydonini o'zgartirmasdan turib ko'cha (ko'chalar)dan ko'rinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (sokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va o'lchamlari o'zgartirilishiga tatbiq etiladi.

Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi ko'rinishini o'zgartirish bo'yicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral ko'chalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan avtomobil yo'llari bo'ylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qat'i nazar kelishish talab etiladi.

Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning ma'muriy markazi bo'lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko'rinishini o'zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.

🗓 Xizmatni ko'rsatish muddati: 5 ish kunida

Xizmat narxi:

BHMning 50 foizi miqdorida – 150 ming so'm;
Yagona portal orqali topshirilganda miqdor – 135 ming so'm.

⚖️ Huquqiy asos:
Hukumat qarori (200-son, 20.04.2022-y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Belarus Respublikasi bilan investitsiyalarni rag'batlantirishga oid bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–327-son, 20.07.2022-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-avgustda Minskda imzolangan O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o'rtasida investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

🏢 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur shartnomani amalga oshirishga mas'ul etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin