Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.17K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
46.pdf
5.1 MB
⛺️"O‘zbekiston bunyodkori" gazetasining 2022-yil 28-iyun 46-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Gazetaning ushbu sonida Toshkent arxitektura-qurilish instituti Matbuot kotibi Latofat Yusubova faoliyati haqida "TAQIni tanitayotgan Matbuot kotibi" sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

⚡️ Shuningdek, gazetada berilayotgan materiallar bilan https://t.me/uzbunyodkor telegram kanali orqali ham tanishib borishingiz mumkin.

TAQI Matbuot xizmati

#maqola #mutolaa
@taqi_uz
#Qabul2022
⚡️ Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.dtm.uz saytiga joylashtirildi

👨🏻‍💻 2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TALIM VA TARAQQIYOT 14_03_2021
<unknown>
#EFIR

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Mahalla" radiosi "Ta'lim va taraqqiyot eshittirishi"da

#MINBAR

🔸TAQI O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i texnika fanlari nomzodi, professor Zafar Sattarov.

TAQI Matbuot xizmati

#radio
@taqi_uz
#ijro

🔸 Joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektor maslahatchisi Nuriddin Nishanbayev va korrupsiyaga qarshi kurashish "Komlayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Baxodir Pulatov tomonidan ZOOM dasturi orqali institutning barcha rahbar xodimlar hamda professor-o'qituvchilariga onlayn yig'ilish tashkil etildi.

Yig'ilishda asosan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga to'xtalib o'tildi.

@taqi_uz
Яна бир хушхабар - Хива Ислом дунёсининг 2024 йилдаги туризм пойтахти деб эълон қилинди.

Бу ҳақдаги қарор Ислом ҳамкорлик ташкилоти вазирлар кенгашининг Боку шаҳрида ўтган XI сессиясида қабул қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида олиб борилаётган ислоҳотлар, жумладан, туризм соҳасини ривожлантириш, тарихий обидаларни асраб-авайлаш, муқаддас қадамжоларни обод қилиш, аждодларимиз маънавий меросини ўрганиш ва тарғиб қилиш борасидаги ишлар натижасида ва бунинг эътирофи сифатида Хива шаҳрининг номзоди БААнинг Абу-Даби, Туркиянинг Шанлиурфа, Нигериянинг Лагос, Тожикистоннинг Душанбе шаҳарлари орасида ғолиб деб топилди.

Facebook|Instagram|Twitter
ARXITEK(3)
RADIO 24
#EFIR

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari ishtirokida Adiblar xiyobonida lirik shoir Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat tavalludi munosabati bilan o'tkazilgan tadbir jarayoni "O'zbekiston 24" radiosi "Yangiliklar" informatsion dasturida.

TAQI Matbuot xizmati

#radio
@taqi_uz
ARXITEKTURA(4)
RADIO 24
#EFIR

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institutida tashkil qilingan "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzusidagi davra suhbati jarayoni "O'zbekiston 24" radiosi "Yangiliklar" informatsion dasturida.

TAQI Matbuot xizmati

#radio
@taqi_uz
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор
ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Гербим_ифтихорим

🔰 Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ва Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси билан ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси Давлат герби қабул қилинганлигининг 30 йиллигига бағишланган “Гербим — ифтихорим” онлайн интеллектуал танловини эълон қилади.

📲 Фақат 1 кун давом этадиган ушбу викторина 2022 йил 1 июль куни соат 06:00 дан 18:00 га қадар давом этади!

Иштирокчилар кун давомида Давлат рамзларига оид жами 40 та тест саволига (ҳар бир саволга 1 дақиқадан) тўғри жавоб топиши керак.

🏆 Энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи махсус диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Танлов Низоми билан танишинг
НИЗОМ
Танловда иштирок этиш:
https://t.me/JIU_tanlovbot

Танловда иштирок этинг ва ғолиб бўлинг!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Мард ўғлон" давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении Государственной премии "Мард ўғлон"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston bunyodkori gazetasi faoliyatiga bir nazar

#faoliyat_nazar

@taqi_uz
#qadrli_yoshlar

30 - IYUN O'ZBEKISTONDA YOSHLAR KUNI

💐 Barchangizga yoshlar kuni muborak bo'lsin!!!

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
📊Yurtimizda yoshlar soni qancha?

🏢 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga yurtimizdа 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

🧍🏻‍♂️O'g'il bolalar – 4 954 910 nafar
🧍🏻‍♀️Qiz bolalar – 4 730 654 nafar

#satistika_yoshlar

@taqi_uz
#Gerbim_iftixorim

🔰 Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Gerbim — iftixorim” onlayn intellektual tanlovi eʼlon qilindi.

📲 Ushbu viktorina 2022-yil 1-iyul kuni soat 06:00 dan 18:00 ga qadar 1 kun davom etadi.

Ishtirokchilar kun davomida Davlat ramzlariga oid jami 40 ta test savoliga (har bir savolga 1 daqiqadan) toʻgʻri javob topishi kerak.

🏆 Eng yuqori ball toʻplagan 10 nafar ishtirokchi maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlov NIZOMI bilan tanishing.

Tanlovda ishtirok etish:
https://t.me/JIU_tanlovbot

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yoshlar_kuni

💐 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bayram bilan barcha yoshlarni tabriklaydi!

➡️ Yana birozdan keyin poytaxtimizda sana munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtadi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi va nutq soʻzlashi kutilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube