Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.16K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#ONLAYN

📹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan qurilish va kommunal sohada
normativ hujjatlarni takomillashtirish hamda ularning fondini yaratish vazifasi yuklatilgan.

Shunga ko‘ra ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Shaharsozlikdagi dolzarb masalalar: Kelajakka nigoh” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Unda vazir o‘rinbosari D.Adilov boshchiligida vazirlik mas'ullari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutidan malakali mutaxassislar hamda boshqa tizim tashkilotlaridan mutasaddilar ishtirok etishmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONLAYN

📹 Seminarda aytib o‘tilganidek, yurtboshimiz islohotlarini izchil davom ettirish maqsadida vazirlik huzuridagi har bir tizim tashkiloti 2024-yilda oldindan strategiyasini belgilashi va oʻz yoʻnalishi boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlab olishi, qurilish normalari boʻyicha amaldagi muammolarni oʻrganishi, iqtisodiy va ijtimoiy, ekspluatatsiya hamda xavfsizlik jihatdan samaradorlikka erishishni inobatga olgan holda xalqaro standartlarni uygʻunlashtirish rejalarini ishlab chiqishi lozim.

Bunda dastlab joriy yilda rejalashtirilgan 40 dan ortiq normativ va standartlarni iqtisodiy hamda ijtimoiy samaradorligini baholashlari hamda natijasiga koʻra ularni yangilash boʻyicha qaror qabul qilishi, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni, xalqaro tajriba asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yaxshilanishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqishi, bu orqali ajratilgan mablagʻlarni maqsadli va samarali ishlatilishi, Bosh rejalar, master rejalarning ishlab chiqish sifati yuqori darajada boʻlishi talab etiladi.

🔴 Seminar malakali mutaxassislarning sohaga oid taqdimotlari bilan davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida  Arxitektura fakultetida  xotin-qizlar kengashi tomonidan "Modalar va rassomchilik " shiori ostida  ko'rgazma tashkil etildi.

Ko'rgazma davomida talabalar o'zlari chizgan rasmlar va tayyorlagan ijodiy ishlari bilan ishitrok etdilar.

Libos nafaqat insonning tashqi ko'rinishi bezagi balki undagi axloq-odob  ma'naviyat va madaniyatning belgisidir.

TAQU matbuot xizmati: