Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#referendum_2023
#targʻibot_poyezdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ'ibot poyezdi” loyihasi tashkil etildi.

🔷 Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori Babayev Jahongir Ismailbekovich tomonidan “Men befarq emasman” shiori ostidagi targ‘ibot poyezdi loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

🔶 Unda yuridik universitet talabalari tomonidan referendumga qo'yilgan konstitutsiya loyihasidagi muhim yangilanishlar haqida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#referendum_2023
#targʻibot_poyezdi

🔷“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Referendum-2023" mavzusida tadbir tashkil etildi.

🔶Мazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti "Davlat va huquq nazariyasi" kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi Utemuratov Maxmut Ajimuratovich hamda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sunnatov Vohid Toshmurodovichlar ishtirok etishdi.

🔷Tadbirda talabalarga yangilanayotgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuzasidan ma`lumotlar berildi.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#kinofilm

2023-yil 6-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida Milliy Kinematografiyani
rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan “Meros” kinofilmi namoyishi bo'lib o'tdi.

Film talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#ilmiy_seminar

2023-yil 4-aprel kuni Bino va inshootlar qurilishi fakulteti «Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” kafedrasining professori R.A.Abdikarimov “Qovushoq-elastik yupqa devorli cho‘zilgan plastinkalarda nochiziqli avtotebranish jarayonlarini modellashtirish”mavzusida yozilgan maqolasi bo‘yicha kafedraning ilmiy seminarida ma’ruza qildi.

Professor R.A.Abdikarimov olingan ilmiy tadqiqot natijalarini to‘liq yoritib berdi.

Kafedra prof.v.b. S.A.Saidiy, dos. A.T.Buriyev, katta o‘qituvchi A.P.Rasulev faol ishtirok etgan holda ma’ruzachiga savollar bilan murojaat qilishdi, so‘ngra o‘zlarining fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ilmiy seminar foydali bo‘lganligini bildirdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasiga yaqindan ko’maklashish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat qurilish bank mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlikni oshiramiz” mavzusida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirni “Iqtisodiyot va koʼchmas mulkni boshqarish” kafedrasi mudiri D.Mirdjalilova ochib berdi hamda uning maqsadi va mavzusini ishtirokchilariga tushuntirib oʼtdi.

So'ngra bank xodimlari tomonidan talabalarga sohaga oid ma'lumotlar berildi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#bilasizmi
 
Bugun 7-aprel - haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi voqealar bilan tanishing:
 
7-aprel - Butunjahon sog'liqni saqlash kuni.
 
🔸Toshkentda islom universiteti tashkil topgan kun  
 
🔸Armanistonda - Onalik va go'zallik kuni
 
🔸Mozambik - Ayollar kuni
 
🔸Fransiya metrik tizimini joriy etib, uzunligi - metr, og'irligi - kilogramm birliklarini aniqlaydigan qonunni qabul qilgan
 
🔸Angliyalik farmatsevt Jon Uoker ilgari ixtiro qilgan oltingugurtli gugurtlarni sotuvga chiqardi
 
🔸Nyu-Yorkdagi oxirgi trolleybusning so'nggi safari amalga oshirildi
 
#e'lon

‼️Hurmatli Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari!
✔️ 2023-yil 12-aprel kuni soat 13:00 da universitet sport zalida shaxmat, shashka, stol tennis va badminton sport turlari bo'yicha fakultetlararo musobaqa o‘tkaziladi.
✔️Barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
✔️Ishtirok etish uchun fakultet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishingiz mumkin.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube