Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat_jarayon

O'zbekiston sharoitida yangi innavotsion texnologiya torkretlash usuli

🔸Torkretlash - qurilishi maydonlar (kotlovanlar, rezervuarlar, tunellar, bosimli quvurlar va h.k) va materiallarining ichki qatlamlarini, umuman har qanday qattiq yuzani siqilgan havo yordamida maxsus tarkibdagi beton qorishmasi bilan qoplab mustahkamlash usuli.

🤝 "ZARBULOQ ENGINEERING" mustahkam va xavfsiz bunyodkorlik ishlarida ko'makdoshdir.

@taqi_uz
Navoiyni anglash - o'zlikni anglash

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bagʻishlab tadbir tashkil qilindi.

💐 Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy hamda institutga biriktirilgan o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondasi Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqatga atab o‘rnatilgan yodgorliklar majmuasiga gul qo‘yish marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbirda adib qalamiga mansub “Fasli navbahor” g‘azali talabalar uchun ta’sis etilgan Furqat nomidagi stipendiya tanlovining g‘oliblari O. Avazbekova hamda M.Nizomova tomonidan ijro etildi.

Shuningdek talabalar uchun ta'sis etilgan Furqat nomidagi stipendiya tanlovining g'olibi B.Kushbaqova tomonidan "Ilm xosiyati" she'ri ifodali bayon etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

@taqi_uz
TOSHKENTDA BIRINCHI MARTA XALQARO INVESTITSIYA FORUMI OʻTKAZILADI

Forum 24–26 mart kunlari boʻlib oʻtadi

Toshkent shahrida 2022-yil 24–26 mart kunlari ilk marta Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) boʻlib oʻtadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

TXIF — bu strategik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznes hamjamiyatiga Oʻzbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon.

Forum Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiya jarayoni uchun qiziqish bildirgan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalarning rahbar va vakillarini jalb etishga qaratilgan.

Taʼkidlanishicha, forumda ishtirok etish uchun www.iift.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

@taqi_uz
TOSHKENTDA YANGI MUZEY TASHKIL ETILADI

Muzeyning qurilish ishlari 2022-yilniing to‘rtinchi choragida yakunlanadi

 Tez orada Toshkentda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ishga tushadi. Bu haqda kecha Milliy matbuot markazida Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 Qayd etilishicha, Toshkent shahrining “Hazrati Imom” majmuasi (Hastimom) yonida qad rostlayotgan markaz 9 gektar maydonni egallamoqda. Uning tarkibida yurtimizdagi islom olamiga oid qimmatli manbalarni jamlagan muzey tashkil etilishi kutilyapti.

Xususan, mashhur “Katta Langar Qur’oni” va dunyo sivilizasiyasi tarixidagi eng nodir manba hisoblangan “Usmon Mus’hafi” ham muzeydan o‘rin oladi. Markaz qachon rasman o‘z faoliyatini boshlaydi, degan savolga markaz rahbari Shoazim Minovarov hozirda qurilish ishlari davom etayotganini va 2022-yilning to‘rtinchi choragida qurilish ishlari yakunlanishini qayd etdi.

@taqi_uz
Qonunchilikka ko‘ra, yillik asosiy ta’til xodimlarga birinchi ish yili uchun 6 oy ishlangandan keyin beriladi. Lekin ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin, ularning xohishi bo‘yicha 6 oy o‘tmasdan oldin beriladi.

@taqi_uz
Toshkent arxitektura-qurilish institutida "Kitobxonlik" viktorinasi bo'lib o'tdi

🔸 TAQI TTJ buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga hamda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlab “Kitobxonlik” viktorinasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Arxitektura fakulteti talabalar-qizlari faol ishtirok etdi. Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan berilgan savollarga birinchi va to‘g‘ri javob bergan talabalarga institut rahbariyati tomonidan kitoblar taqdim etildi hamda talalabar o‘zlari yoqtirgan g‘azallar, ruboiylarni yod olishdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i F.Mirzayeva, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi F.Qosimova, xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchilari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

@taqi_uz
Давлатимиз раҳбари «Silk road Samarkand» туризм маркази қурилиши билан танишди.
Бу улкан мажмуа Самарқанд туманидаги эшкак эшиш канали бўйида барпо этилмоқда. Лойиҳанинг қиймати 381 миллион долларни ташкил этади. Бугунги кунда 8 та меҳмонхона, конгресс холл, «Абадий шаҳар» карвонсаройи қурилмоқда. Меҳмонхоналарнинг иккитаси 22 қаватли, беш юлдузли, қолганлари тўрт юлдузли бўлади.
Бу ерда замонавий хизматларни йўлга қўйиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Глава государства ознакомился с ходом строительства туристического центра "Silk road Samarkand".
Огромный комплекс возводится вдоль гребного канала в Самаркандском районе. Стоимость проекта составляет 381 миллион долларов. Продолжается возведение 8 отелей, конгресс-центра и караван-сарая «Вечный город». Две гостиницы высотой 22 этажа будут пятизвездочными, остальные — четырехзвездочными.
Даны указания по развертыванию широкого спектра современных услуг.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter