Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#tadbir

Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Zokirjon Xolmuhammad oʼgʼli Furqat hayoti va ijodining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida tadbir tashkil yetildi. TАQI jamoasi oldiga xalqchil adabiyotning yetuk namoyondasi, hassos lirik shoir, oʼzbek milliy uygʼonish davri adabiyotining maʼrifatparvar kuychisi, birinchi oʼzbek jurnalisti, tarjimon Zokirjon Xolmuhammad oʼgʼli Furqatning hayot va ijod yoʼllarini oʼrganish, faoliyatiga bugungi kun nuqtai nazari bilan qarash, oʼlmas gʼoyalarini targʼib etish vazifasi qoʼyildi. Maʼrifiy tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishlari namoyish etildi hamda Zokirjon Xolmuhammad oʼgʼli Furqat haykali poyiga guldasta qoʼyilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Guruh tyutorlari D.Аrifdjanova hamda D.Toshova talabalarni ijodkorning hayoti va ijodi hamda milliy adabiyotimizga qoʼshgan hissasi bilan tanishtirishdi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📢 Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi o'tkaziladi

❗️Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Adliya vazirligi hamkorlikda respublikada xotin-qizlar tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan, o'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarni, shuningdek xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonliklarning oldini olishni targ'ib qiluvchi “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovini e'lon qiladi.

➡️ Tanlovda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

🗓 Tanlovga materiallar 10-noyabrgacha (shaxsga doir ma'lumotlarni ilova qilgan holda) qabul qilinadi.

🎁 Tanlov g'oliblari (1-, 2-, 3-o'rin) qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlanadi.

🔰 Shuningdek, tanlovda quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:

▫️“Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
▫️“Eng yaxshi videomontaj uchun”;
▫️“Eng yaxshi infografika uchun”.

Batafsil videorolikda 👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мамлакатимизнинг ички ва ташқи туризм салоҳиятини янада ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего увеличения потенциала внутреннего и въездного туризма в стране.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
«ТАМАКИСИЗ КЕЛАЖАК САРИ!» танлови давом этмоқда!

Танлов ташкилотчилари:
✔️«Ибн Сино» жамоат фонди
✔️Ўзбекистон журналистларини қайта тайёрлаш маркази
✔️Соғлом турмуш тарзи ва жисмоний фаолликни қўллаб-қувватлаш маркази
✔️Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг Ўзбекистондаги ваколатхонаси

Танловнинг асосий йўналишлари ва ишларни тақдим этишга талаблар:

Иштирокчилар 2022 йил 26 мартдан 1 октябргача электрон (радио ва телевидение), босма ва Интернет ОАВларида чоп этилган қуйидаги йўналишлар бўйича ҳар қандай таҳлилий жанрдаги материалларни юборишлари мумкин:

1. Тамаки маҳсулотларини жамоат ва иш жойларида (ёпиқ хоналар ёки биноларда), жамоат транспортида истеъмол қилишга тақиқларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш, шунингдек тамаки маҳсулотларини тақиқлашнинг бизнесга ва соғлиққа таъсири.

2. Тамаки маҳсулотларини реклама қилиш, сотувини рағбатлантириш ва ҳомийлик қилишга тақиқлар ишлаб чиқиш ва амалга ошириш.

3. Никотинни етказиб бериш электрон тизимлари (НЕБЭТ), электрон сигареталар ва қиздириладиган тамаки маҳсулотлари (ҚТМ) айланмасини тартибга солиш.

4. Носвой айланмасини тартибга солиш.

5. Ўзбекистоннинг тамакига қарши курашиш сиёсатига тамаки саноатининг аралашувидан ҳимоя қилиш.

Танлов номинациялари:
1.     Энг яхши видеоматериал.
2.     Энг яхши радиоматериал.
3.     Босма ёки электрон ОАВларида эълон қилинган энг яхши ахборот материали.
4.    «Ўзбекистон ёшлари тамакига қарши» - ижтимоий медиа майдонида ёшлар томонидан яратилган энг яхши материаллар туркуми(Бу номинацияга 30 ёшгача бўлган ижодкорларнинг материаллари қабул қилинади).

☝️Ижодий ишларни қабул қилиш 2022 йил 26 мартдан 1 октябргача давом этади.

Жюрининг тақдим этилган ишларни баҳолаш бўйича фаолияти 2022 йил
1 октябрдан 1 ноябргача давом этади.

Танлов ғолибларини тақдирлаш маросими 2022 йил 18 ноябрь, “Халқаро чекишдан воз кечиш куни”да ўтказилади.

📌Танловда иштирок этиш учун ташкилий қўмитага электрон почта орқали ижодий иш, паспорт нусхаси, қайта боғланиш учун маълумотлар тақдим этилиши керак.

📌Материалларни қайси номинацияга топширилаётганини кўрсатиб, tanlov-uz@mail.ru эл.манзилига юбориш сўралади.

@jurnalistikauzbek
#KUTUBXONA

Kuni kecha Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti 1-bosqich talabalari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

Talabalar kutubxonaga a'zo bo'lish bilan birgalikda kutubxonadagi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondni butlash, adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar, kitob saqlash, ilmiy-uslubiy, milliy bibliografiya bo‘limlari faoliyatini ham o'rganishdi.

Shuningdek, ma'daniyat va san’at bo‘yicha ilmiy axborot, chet el adabiyotlari, kutubxonalararo abonement (KAA), avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi, ilmiy tadqiqot markazida bo'layotgan jarayonlarni bevosita kuzatishdi.

Nodir va qadimiy nashrlar bilan yaqindan tanishdilar.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#2022_yil_1_oktyabrdan

Respublika hududidagi ko'p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo'yicha xatlovdan o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi va xatlov natijasiga ko'ra ekspluatatsiya muddatini o'tab bo'lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko'p kvartirali uy-joylar o'rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo'yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin