Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳри ва вилоятида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишади. Хусусан, ахборот-коммуникация инфратузилмаси объектлари ва IT-паркда янги барпо этилган бинолар, аҳоли дам олиши учун яратилаётган шароитларни кўздан кечириш режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с созидательной работой, проводимой в городе Ташкенте и столичной области. В частности, предусматривается посещение объектов информационно-коммуникационной инфраструктуры и новых зданий IT-парка, осмотр условий, создаваемых для отдыха населения.

Facebook|Instagram|Twitter
#Nodavlat_tashkilotlar

⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Bugun 27-avgust kuni soat 16:00 dan 17:00 ga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari boʻyicha Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌
Muloqot davomida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridagi qabul jarayonlari hamda bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

❗️Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yuborishingiz yoki inspeksiya matbuot kotibi kanalida ushbu e’longa izoh sifatida yozib qoldirishingiz mumkin.

Savollarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.

📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.me/uztdi
#Malaka_oshirish

400 dan ortiq trenerlarni tayyorlash boshlandi

Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga jalb etilgan 446 nafar professor-o‘qituvchi uchun qisqa muddatli onlayn trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etilmoqda.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Президент Шавкат Мирзиёев Дастурий маҳсулотлар ва ахборот технологиялари технологик паркида қурилган янги биноларни бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил новые здания, построенные в Технологическом парке программных продуктов и информационных технологий.

#Mirziyoyev #tanishuv #AKT #ITpark

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди!

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига берган алоҳида эътибори, жумладан талабаларга олий таълим олишлари учун кўрсатган ғамхўрлиги, халқчил сиёсати натижасида 2022/2023 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

Талабаларни таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки ва масофавий) бакалавриат таълим йўналишлари ҳамда магистратура мутахассисликлари бўйича бир йиллик ўқитиш қийматлари миқдорлари қуйидагича:

👉Юклаб олиш

➡️@eduuz
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

💾 ПДФ шаклида юклаш

👉@eduuz
​​#Qabul2022 #Natija
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

👩‍🏫 Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xotin_qizlar_uchun_ajratilgan_kvota_va_yo‘nalishlar_ro‘yxati_2022.pdf
473.2 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

🔰
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube