Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Ofisdan voz kechib, kovorkingda ishlashni boshlash uchun 5 ta sabab

1. Yangi tanishuvlar
Kovorking – turli sohalarda mehnat qiladigan mutaxassislar kesishadigan joy. Bu esa har bir kovorking rezidentiga boshqa mutaxassislar bilan tanishish va hamkorlikda ishlash imkoniyatini taqdim etadi. O‘zaro manfaatli munosabatlar bu yerda tez yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Korporativ mehnat madaniyati esa hech qanday boshqaruv yoki ma’muriyat aralashuvisiz amal qilaveradi. - #foydali
Bino tomidagi arxitektura namunalari. Ushbu basseynda suzishga jasoratingiz yetadimi? - #ajoyib
Tabiatni asrash uchun siz ham shunday qilarmidingiz? - #ajoyib
Turkiyada o'qish uchun grant - Grant dasturi quyidagi harajatlarni qoplashni o'z ichiga oladi:
o'qish uchun to'lov;
yashash joyi uchun to'lov;
oylik stipendiya (bakalavr - 700 lira, magistr - 950 lira, aspirant - 1400 lira, tadqiqotchilar uchun - 3000 lira);
bir yillk turk tili kursi;
tibbiy sug'urta;
tarnsport harajatlari.
#foydali #grant
@taqi_uz
Universitetda. Professor leksiya boshlanishidan oldin qo’liga bir stakan suv oldi. U ushbu stakanni talabalar diqqatini o’ziga jalb etish uchun ushlab turdi va keyin so’radi: “Sizlarningcha bu stakanning vazni qanday?”

“50 gramm!”… “100 gramm!”… “125 gramm!”… – deb aytishni boshlashdi.

– Men o’zim ham bilmayman – dedi professor. Buni bilish uchun uni tarozga qo’yish kerak. Ammo savolim shundan iborat:

Agarda men ushbu stakanni shunday holatda bir necha soniya ushlab tursam nima bo’ladi?

– Hech nima – deb javob berishdi.

– Yaxshi. Agarda men shu stakanni bir soat ushlab tursam nima bo’ladi?

– Qo’lingiz og’rib ketadi – deb talabalardan biri javob berdi.

– Yaxshi. Agarda men ushbu stakanni bir kun ushlab tursam nima sodir bo’ladi?

– Qo’lingiz toshdek bo’lishni boshlaydi, muskullaringizda katta bosimni sezishni boshlaysiz va hattoki qo’lingiz vaqtincha ishlamay qolishi mumkin. – deb bir talaba javob berdi.

– Juda yaxshi, – deb davom etdi professor. Ammo stakanning vazni bu vaqt davomida o’zgaradimi?

– Yo’q – deb javob berishdi.

– Demak qo’ldagi og’riq va bosim qayerdan paydo bo’ladi?

Talabalar o’ylanib qolishdi.

– Men og’riqdan ozod bo’lishim uchun nima qilishim kerak? – deb so’radi professor.

– Stakanni joyiga qo’yish kerak – deb auditoriyadan javob keldi.

– Xa – deb qichqirib dedi professor. Huddi shunga o’xshab hayotda qiyinchiliklar va tashvishlar sodir bo’ladi.

Ularni miyangizda bir necha daqiqa ushlab turish, bu oddiy holatdir.

Ular haqida ko’p o’ylashni boshlasangiz, og’riq kelishni boshlaydi.

Agarda ular haqida uzoq vaqt mobaynida o’ylasangiz, bu narsa sizni falajlantiradi, ya’ni siz muammolaringizdan tashqari boshqa narsa haqida o’ylay olmaysiz!

Hayotdagi muammolar ham xuddi shu stakanga o`xshaydi. Ularni xayolingizda birpas o`ylasang, yo`qday ko`rinadi. Ko`proq o`ylasang, boshingni og`rita boshlaydi. Bu muammodan qutula olmasang, sening asab tolalaringni yeya boshlaydi, umidsizlikka tushiradi va , eng yomoni, kun bo`yi qo`ling hech narsaga bormay, bir kuning bekor o`tadi. Modomiki, muammoning yechimi sizda emasmi, unda o`ylab o`zingizni umidsizlikka ham tushirmang. Agar hal qila olsangiz, unda yechimini qidiring!
Hurmatli kanalimiz a'zolari! Va'daga binoan bugundan boshlab Revit videokurslarini taqdim etishni boshlaymiz. - #Revit
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I.1 С_чего_начинать_новичкам._Логика_работы - #Revit #videodars
Kanal: @taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I.2. Revit & BIM. С чего начинать новичкам. Профит. - #Revit #videodars
Kanal: @taqi_uz
Audio
Muslim Mirzajonov - Sohir tonglar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I.4 Шаблоны и семейства Revit. Создание и настройка. - #Revit #videodars
@taqi_uz
Buyuk fizik Albert Eynshteyn bir qiziqarli topishmoq yaratgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra bu masalani insoniyatning 2% qismi yecha olar ekan. Siz ham yechib ko'ring! Agar yecha olsangiz, o'zingizni o'sha ikki foiz aqlli insonlar qatoriga qo'shib qo'yavering :)

EYNSHTEYN MASALASI

Shartlar:
1.5ta turli rangli uy bor.
2.Har bir uyda bittadan turli millatga mansub odam yashaydi. Bular - nemis, ingliz, shved, daniyalik va norvegiyalik.
3.Ularning har biri turli hil ichimlik iste'mol qiladilar, turli markali tamaki chekadilar va turli hil hayvon boqadilar.
4.Eslatma: ularning hech qaysinisi boshqasi ichadigan ichimlikni ichmaydi, boshqasi chekadigan tamakini chekmaydi va boshqasi boqadigan hayvonni boqmaydi.

Berilgan ma'lumotlar:

1.Ingliz qizil uyda yashaydi.
2.Shved kuchuk boqadi.
3.Daniyalik choy ichadi.
4.Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan.
5.Yashil uyning egasi kofe ichadi.
6."Pall-Mall" tamakisini chekuvchi qush boqadi.
7.O'rtada joylashgan uyning egasi sut ichadi.
8.Sariq uyning egasi "Dunhill" markali tamaki chekadi.
9.Norvegiyalik birinchi uyda turadi.
10."Marlboro" tamakisini chekuvchi mushuk boqiladigan uyning yonidagi uyda yashaydi.
11.Ot boquvchi "Dunhill" markali tamaki chekuvchi uyining yonidagi uyda yashaydi.
12."Winfield" markali tamaki chekuvchi pivo iste'mol qiladi.
13.Norvegiyalik havorang uyning yonidagi uyda yashaydi.
14.Nemis "Rothmans" markali tamaki chekadi.
15."Marlboro" markali tamaki chekuvchining uyi suv iste'mol qiladigan odam uyining yonida joylashgan.

Savol:
Shu 5 millat vakilidan qaysi biri baliq boqadi?
Javobini ertaga e'lon qilamiz.

#jumboq #qiziqarli
@taqi_uz
Taqdir Deganlari Shumikan?

Qadim qadim zamonda 3 opa singil bo’lgan ekan. Birinchisi dangasani dangasasi, ikkinchisi badjahlni badjahli , uchinchisi esa – aqlli, chiroyli, muloyim va qo’lidan hamma ish keladigan qiz ekan.
Bir kun ertalab uyqudan turishsa, darvoza tagida ot arava turardi. Unda o’tirgan ayol qizlarni chaqirdi.
- Kim bo’lasiz?, - deb so’rashdi ular.
- Men taqdirman. Sizlarni turmushga chiqish vaqtingiz keldi.
Ular taqdirning aravasiga o’tirib, u bilan birga yo’lga tushdi. Ular yo’l yursa ham mo’l yurib, bir qishloqqa kelishibdi. Dalada bir yigit bug’doy o’rayotgan edi. Ayol dedi:
- Bu yigitni qo’lidan hamma ish keladi. Ustachilik deysizlarmi, quruvchilikmi, hullas hammasini eplaydi. Bu seni taqdiring, - debdi to’ng’ich qizga va uni o’sha yerda qoldiribdi, o’zlari esa yo’llarida davom etishibdi.
Safar davomida ular keyingi qishloqqa kelishibdi. Uy yerda ham bir yigitni uchratishibdi. U yigit juda oliyjanob bo’lib, xech kimdan yordam qo’lini ayamas, sahovatpesha inson ekan.
- Bu seni taqdiring, - debdi ikkinchi qizga va uni ham o’sha yerda qoldirib, kenja qiz bilan safarda davom etishibdi.
Ular bir oz yurgach uchinchi qishloqqa kelishibdi. Bu yerda ular eng haroba uyni oldida to’xtashibdi. Bu uy juda tartibsiz, vayroni chiqib ketgan edi, uy oldidagi quduq yonida esa ichib olgan yigit cho’zilib uxlab yotardi.
Ayol qizga qarab:
- Mana shu yigit seni taqdiring, - dedi.
- Nima? Nimani evaziga bunaqa yigit menga qoladi? Axir men muloyim, mehribon, hammaga yordam beradigan qiz edimku. Buni evaziga menga qanaqa er berayapsiz? Opalarimni turmush o’rtolari qanaqa yaxshi edi, Nimaga endi menga ham shunaqasi yo’qmi?
- Bor boshqasi … , - chuqur xo’rsindi ayol, - ammo bu sensiz xarob bo’ladi…

#hikoya
@taqi_uz
Ota - qizning birinchi muhabbati, o'g'ilning birinchi qahramonidir!
@taqi_uz