Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Xizmat haqi

Bola dadasidan olgan pullarini vaqtidan avval ishlatib qo‘ydi. Yaqinda ta’til boshlanadi. Maza qilmaydi. Yo‘lini topish kerak. Qo‘liga tushgan jurnalda, har bir xizmatga haq to‘lanishi lozimligini o‘qib, ko‘zlari charaqlab ketdi. Bu mantiqqa ko‘ra, oilasi uchun qilgan ishlarining har biriga haq olishi kerak! Do‘kondan non keltirishni 500 so‘mga, ahlat to‘kishni 1000 so‘mga, onasi bilan bozorga borib kelishini 3000 so‘mga baholasa, qimmatga tushmaydigandek edi.
Xuddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomida bajargan ishlarini yozib narx qo‘ydi. Umumiy summa 100000 so‘mni tashkil etdi. Xatni sekingina onasining yoniga solib qo‘ydi. Boyish yo‘lini topganidan boshi osmonda!
Ertalab dars stoli ustidan 100000 so‘m pul va bir enlik xatcha topdi:
«Seni o‘lim bilan olishib dunyoga keltirganim, yillar bo‘yi ustingni toza tutganim, ming bir azob bilan o‘stirayotganimning haqi — faqat sevging va yonog‘ingdan olganim birgina o‘pichdir! Ishlab topgan pulingni o‘ynab-kulib ishlat, bolajonim!..»

#hikoya
@taqi_uz
Kunimizni qanday o'tkazsak, umrimiz ham shunday o'tadi!

#iqtibos #sitata
@taqi_uz
38. AutoCADda tayyor loyihalar (o'rganish uchun) - Отопление и вентиляция дома
Manba:
http://autocadom.ru/

#autocad #dwg #tayyor_loyiha
@taqi_uz - Mundarija
2019-2020 o'quv yili uchun Toshkent arxitektura-qurilish instituti qabul kvotasining yo'nalishlar bo'yicha taqsimlanishi (bakalavriat, kunduzgi bo'lim)
Kvota ustunlari quyidagi tartibda: Jami, grant, shartnoma
Barcha
OTM larniki shu yerda

Manba: @Xushnudbek

#yangilik #abituriyent #kvota #kunduzgi
@taqi_uz
2019-2020 o'quv yili uchun Toshkent arxitektura-qurilish instituti qabul kvotasining yo'nalishlar bo'yicha taqsimlanishi (bakalavriat, sirtqi bo'lim)
Kvota ustunlari quyidagi tartibda: Jami, grant, shartnoma
Barcha
OTM larniki shu yerda

Manba: @Xushnudbek

#yangilik #abituriyent #kvota #sirtqi
@taqi_uz
2019-2020 o'quv yili uchun Toshkent arxitektura-qurilish instituti qabul kvotasining yo'nalishlar bo'yicha taqsimlanishi (magistratura)
Kvota ustunlari quyidagi tartibda: Jami, grant, shartnoma
Barcha
OTM larniki shu yerda

Manba: @Xushnudbek

#yangilik #abituriyent #kvota #magistratura
@taqi_uz
Gruziya: Insholar tanlovi; xarajatlar qoplanadigan Yozgi maktab! Mukofot – 50 000 rublgacha!

Gruziyaning InLiberty ma’rifiy loyihasi – 2019-yilgi “Хорошее общество: По каким правилам мы живем и по каким хотим жить?” mavzusidagi insholar tanlovida qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi universitetlarda taʼlim olayotgan barcha talabalar hamda yaqinda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilar uchun moʻljallangan. Insho jamiyat, undagi muammolar, nomzod ideal jamiyatni qanday tasavvur qilishi haqida yozilishi kerak. Nomzod jamiyatni oʻzgartira oladigan 10 ta asosiy qoida yaratishi lozim. Finalga chiqqan ishtirokchilar Gruziyaning Bazaleti shahridagi Free Universityda 19-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan InLiberty yozgi maktabida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar. ...
Mukofot:
1-o'rin: 50,000 rubl
2-o'rin: 25,000 rubl
3-o'rin: 17,000 rubl

#tanlov #grant
@taqi_uz
Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev o'z blogida abituriyentlarni qiziqtirgan deyarli barcha savollarga javob bergan. Xushnud Xudoyberdiyevning aynan shu maqolasiga o'tish uchun shu yerga kiring.

#abituriyent #qabul
@taqi_uz
«Telegram»ingizni qo‘shimcha himoyalash bo‘yicha 3 ta maslahat

Telegram yozishmalari o‘z serveri va chatlarda yaxshi himoyalangan. Maxfiy chatlar ham qo‘shimcha funksiyalar bilan yaxshi himoyaga ega. Paydo bo‘lganiga 6 yil to‘lgan bo‘lsa-da, hozirgacha birorta bayt ham uchinchi tomon qo‘liga o‘tmagan. Shuning uchun hozir Xitoy, Eron va Rossiya kabi davlatlar bu messenjerni bloklash yo‘llarini qidirmoqda.

Lekin messenjer xavfsizligi yaxshi bo‘lishiga qaramay, qurilmangiz birovning qo‘liga tushib qolganda sizning ma’lumotlaringiz tarqalib ketishi mumkin. Quyida Telegram-akkauntingizni qo‘shimcha himoyalash bo‘yicha bir nechta maslahatlarni beramiz:
1. Ikki bosqichli parol o'rnating.
2. Mahfiy chatlardan foydalaning
...


#maqola #foydali #havfsizlik #telegram
@taqi_uz - Mundarija