Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#LIVE

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

🔸 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya institut Klub sardorlari bilan muloqoti bo'lib o'tmoqda.

🔹Muloqot jarayonida rektor Ercan Kahya talabalarning qiziqishlari, bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazishlari hamda ularga qanday shart-sharoitlar yaratilishi, istaklari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

🔸 Shuningdek institutda tashkil qilingan klublar ish jarayoni bo'yicha fikrlar almashildi ya'ni, har bir vaqtdan unumli va mazmunli foydalanish bo'yicha tavsiyalar berildi.

🔹 Bundan tashqari talabalarning o'quv jarayonida uchraydigan muammolar aytib eshitildi.

🔸 Ma'lumot o'rnida bugungi kunda institutda 39 ta Klublar faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, uchrashuvda "Teatr", "Turk tili", "Kitobxonlar", "Konstruktorlar", "Musiqa", "Zakovat", "3DS MAX", "AUTOCAD", "Shaxmat", "Quvnoqlar va zukkolar" klublari sardorlari ishtirok etmoqda.

TAQI Matbuot xizmati

#muloqot_klub_sardorlari
@taqi_uz
Moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 14.02.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.

▶️ 2023-yil 1-yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi.

Inspeksiyada byudjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.

❗️2022-yil 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.

☑️ 2022-yil 1-noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.

📌 2022-yil 1-noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.

@taqi_uz
🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 1-2 kurs talabalari 1-2 bosqich talabalari turar-joyi MQI fakulteti tyutorlari A.Qodirov hamda R.Ro'ziyev tamonidan o'rganildi.

🔹 Toshkent shahar Chilonzor tumani Qatortol mahallasi raisi Pardayev, prafilaktika inspektori podpalkovnik Olim Mamatov, mahalla faolari bilan davra suhbatda, talabalar bo'yicha turar-joy muhiti hamda hulq atvori bo'yicha o'rganishlar olib borildi.

O'rganish davrida talabalarimiz bo'yicha ijobiy baholanish olindi.

#tyutor_talaba
@taqi_uz
Yoshlar minbari 09.01.22
<unknown>
#EFIR

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtidorli talabasi bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va yutuqlari haqidagi fikrlari bilan "O'zbekiston 24" radiosi "Yoshlar minbari"dasturida.

#MINBAR

🔸 Toshkent arxitektura - qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti 3-bosqich 36-19 guruh talabasi Og'abek Sharipov.

TAQI Matbuot xizmati


#radio
@taqi_uz
#Alisher_Navoiy_581_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#539_yilligi

🔸Toshkent arxitektura-qurilish instituri Axborot resurs markazida buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda buyuk shoir, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammadni Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan adabiy-badiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔸 Ushbu tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan tashkil qilindi.

🔹 Sahna ko'rinishi TAQI Arxitektura fakulteti talabalari tomonidan Alisher Navoiyning "Hamsa" asaridagi "Farxod va shirin" dostonidan parcha sahnalashtirildi. Quyidagi guruhlar talabalari 8a-20 gr Marjona Sharapova "Shirin", 5b--20 gr Ashraf Farxodov "Farxod", 2-21 gr Muhammad Maxkamov Farxodning otasi, 2-21 gr Otabek Safarov "Soqchi", 2-20 gr Sevinchbek Jo'rayev "Darvesh", 1-20 gr Nurmuhammad Fayzullayev Alisher Navoiy obrazlarni sahnada gavdalantirishdi.

TAQI Matbuot xizmati

#video_foto
@taqi_uz
#eʼlon
#tanlov

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar (oʻquvchi va talabalar) oʻrtasida tashkil etilgan "Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda.

Tanlov uchun roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 28-fevral soat 18:00 ga qadar davom etadi.

☝️ Tanlov nizomiga asosan 1-mart kuni soat 9:00 da www.vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot orqali IQ-test sinovlari boshlanadi.

✔️ Har bir ishtirokchiga 25 ta test savoli beriladi va har bir toʻgʻri javob uchun 8 balldan baho qoʻyiladi. 110 balldan yuqori toʻplagan ishtirokchi tanlovda qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Shundan soʻng ishtirokchi sayt orqali oʻz loyihasini yuklashi mumkin.

➡️ Tanlovga taqdim etiladigan loyiha yoki gʻoya ilmiy va innovatsion xarakterga ega boʻlishi kerak.

❗️ Sayt orqali yuklanadigan loyiha taqdimoti 5 ta slayddan iborat boʻlishi va hajmi 10 Mb oshmasligi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#LIVE

REKTOR VA MAHALLA RAISLARI UCHRASHUVI

🔸 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instititi rektori Ercan Kahya ishtirokida institutga biriktirilgan mahallalarning mahalla raislari bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

🔹 Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad mahallarda mavjud muammolarni yaqindan bilish, qilinadigan ishlar bo'yicha kelishib olish hamda takliflar berish.

🤝 Ma'lumot o'rnida bugungi kunda institutga Toshkent shahridagi Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi 8 ta mahalla biriktirilgan bo'lib institut va mahallalar o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilgan.

Uchrashuv jarayonida
Axilobod, Bog'ishamol, Yangibog', Akbarobod, Yunusobod, Otchopar-2 mahalla raislari tomonidan to'liq ma'lumotlar berildi hamda institut faoliyatiga iliq fikrlar bildirildi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz