Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#LIVE

🔸 Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti Kovorking markazida "O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi va ko'chmas mulk bozorida innovatsion faoliyatning ustuvor yo'nalishlari" mavzusiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.

TAQI rektori Ercan Kahya so'zga chiqib, konferensiya ochib berdi hamda "Ushbu konferensiya bir birimiz bilan muloqot almashinuv maydoni bo'ladi, degan umiddaman"- deya ta'kidladi.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Belarus milliy texnika universitetidan vakillar mexmon sifatida ishtirok etmoqda.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya "Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish" kafedrasi tomonidan tashkil qilindi.

Ma'lumot o'rnida konferensiya 15-16-dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

TAQI Matbuot xuzmati

@taqi_uz
Prezident qarori (PQ–51-son, 14.12.2021 y.) bilan monopolist bo‘lmagan va davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan quyidagi tovarlarni faqat birja orqali realizatsiya qilish muddati 2023-yil 1-yanvargacha uzaytirildi:

🔹 sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
🔹 paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.

@taqi_uz
"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovi "Yilning eng faol bloger talabasi" Institut bosqichi 1- o'rin g'olibasi Bino va inshootlar qurilishi (neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlari) fakulteti 2-bosqich 16-20 guruh talabasi

Funtikova Radmila Yurevna

#tabrik #etirof #yil_talabasi
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovi "Yilning eng faol ijodkor talabasi" institut bosqichi 1-o'rin g'olibasi Dizayn (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi Arxitektura fakulteti 4-bosqich 6-18 guruh talabasi

Avazbekova O'g'iloy Baxtiyor qizi

#tabrik #etirof #yil_talabasi
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovi "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi" institut bosqichi 1-o'rin g'olibasi Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi Qurilishni boshqarish fakulteti 3-bosqich 33-19 guruh talabasi

Avganova Ozoda Olmos qizi

#tabrik #etirof #yil_talabasi
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovi "Yilning eng faol bilimdon talabasi" institut bosqichi 1-o'rin g'olibasi Arxitektura (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bo'yicha Arxitektura fakulteti 4-bosqich 2-18 Ar guruh talabasi

Yarasheva Diyora Ilxom qizi

#tabrik #etirof #yil_talabasi
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovi "Yilning eng namunali tadbirkor talabasi" (xotin - qizlar uchun) institut bosqichi 1-o'rin g'olibasi Dizayn (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bo'yicha Arxitektura fakulteti 2-bosqich 5-20 guruh talabasi

Xatamova Ozoda Olimovna

#tabrik #etirof #yil_talabasi
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovi "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi" institut bosqichi 1-o'rin g'olibasi Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi Qurilishni boshqarish fakulteti 4-bosqich 33-18 guruh talabasi

G'ulomova Shaxlo Baxtiyor qizi

#tabrik #etirof #yil_talabasi
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏡 Қурилиш маслаҳатлари
🏗 Қурилиш янгиликлари
🛠 Қурилишдаги хатоликлар
📹 Қизиқарли видеолар
биринчи бўлиб бизнинг каналда!

#maslahat #qurilish #arxitekura
➥ Ушбу постни дўстларингизга улашинг!
https://t.me/qurilish_maslahatlari
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАРКАЗИЙ БАНКИ АХБОРОТИ

🔸Ўзбекистон Республикаси Марказий банки 2021 йилнинг 22 декабрдан бошлаб янги кўринишдаги номинал қиймати 50 000 сўм ва 100 000 сўм бўлган банкнот шаклида пул белгиларини муомалага чиқарилиши тўғрисида қарор қабул қилинганлигини маълум қилади.

➡️Батафсил: https://cbu.uz/oz/press_center/news/573354/

———

СООБЩЕНИЕ ЦЕНТРАЛЬНОГО БАНКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

🔸Центральный банк сообщает о принятии решения о выпуске в обращение новых образцов денежных знаков номиналами 50 000 сум и 100 000 сум в виде банкнот с 22 декабря 2021 года.

➡️Подробнее: https://cbu.uz/ru/press_center/news/573356/

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#BILASIZMI

Oʻzbekistonda nechta professional taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (15.12.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 715 ta professional taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛 Kasb-hunar maktabi — 339 ta;
🏛 Kollej — 162 ta;
🏛 Texnikum — 213 ta;
🏛 Texnikum filiali — 1 ta.

✔️ Tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan professional taʼlim muassasalari:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 339 ta kasb-hunar maktablari, 83 ta texnikum, 1 tа texnikum filiali;
🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi — 27 ta kollej, 47 ta texnikum;
🔹Suv xo‘jaligi vazirligi — 9 ta kollej;
🔸Qurilish vazirligi — 3 ta kollej, 12 ta texnikum;
🔹Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1 ta kollej;
🔸Maktabgacha ta’lim vazirligi — 96 ta kollej;
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 18 ta texnikum;
🔸Adliya vazirligi — 14 ta texnikum;
🔹Transport vazirligi — 1 ta kollej, 11 ta texnikum;
🔸Turizm va sport vazirligi — 8 ta kollej, 3 ta texnikum;
🔹Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 14 ta texnikum;
🔸Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 ta kollej;
🔹Energetika vazirligi — 2 ta kollej;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi — 3 ta texnikum;
🔹Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 4 ta texnikum;
🔸O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 1 ta texnikum;
🔹Gidrometeorologiya xizmati markazi — 1 ta texnikum;
🔸 Kadastr agentligi — 1 ta kollej;
🔹“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — 2 ta kollej;
🔸“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi — 3 ta kollej;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 2 ta texnikum;
🔸Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 1 ta kollej;
🔹“Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ — 1 ta kollej;
🔸“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi — 1 ta kollej;
🔹“O‘zkimyosanoat” AJ — 2 ta kollej;
🔸“O‘zbekneftgaz” AJ — 2 ta kollej;
🔹O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi — 1 ta kollej.

👉 Kasb-hunar maktablari roʻyxati pdf shaklda.
👉 Kollejlar roʻyxati pdf shaklda.
👉 Texnikumlar roʻyxati pdf shaklda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ ⚡️Ўзбекистон армиясида "Довюрак жангчи" фарқловчи нишони таъсис этилди

Президентнинг “Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ҳарбий хизматчиларининг жисмоний тайёргарлигини юқори даражада ташкил этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори қабул қилинди.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3oU4pqP

📲 Каналга уланиш: @MARKAZ16Uz
4354-2-ilova.doc
31.5 KB
📣📣 DIQQAT E'LON📣📣

O‘zbekiston Respublikasi Tokiodagi elchixonasi ma’lumotiga muvofiq, Yaponiyaning Nagasaki universiteti tomonidan universitetda tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot ilovada yuborilmoqda.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolariga Axborot va ma’lumotshunoslik fakulteti bakalavriat yo‘nalishiga 2 ta stipendiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Nomzodlar matematika, ingliz va yapon tillarini mukammal bilishlari kerak.
Yaponiyaning Nagasaki universiteti bakalavriyat darajasidagi darslarning aksariyati yapon tilida o‘qitilishini inobatga olgan holda, nomzodlar yapon tilini JLPT N2 darajasida bilishi talab etiladi.
Tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda talabnomani universitet vebsaytida to‘ldirishi va mazkur universitetning barcha o‘qishga kirish tartiblaridan online tarzda o‘tishi kerak.
Yaponiyaning Nagasaki universitetidagi shart-sharoitlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni ilovada keltirilgan havolalar orqali tanishish mumkin.

@taqi_uz