Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
13:00:00-14:00:00
RADIO 24
#EFIR

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakultetida UPGRADE ARXITEKTURA va SHAHARSOZLIK loyihasining BIRINCHI WORKSHOP taqdimoti tafsilotlari "O'zbekiston 24" radiosi "Yangiliklar " dasturida.

- Bu loyiha yirik xalqaro arxitektura va qurilish kompaniyalari bilan tajriba almashish va muloqot qilish uchun o’ziga xos maydon deydi, Upgrade loyiha rahbari Shukrullobek Jahongirov.

#radio
@taqi_uz
«ЙИЛ ТАНЛОВИ — 2021» ЎзА анъанавий йил танловини эълон қилади!

Танлов ижтимоий сўров ҳамда журналист ва блогерларнинг эътирофи асосида “Энг намунали ҳудуд”, “Энг намунали вазирлик”, “Энг намунали давлат ва жамоат ташкилоти”, “Энг намунали туман”лари, 2021 йилнинг етакчи партияси, энг фаол депутати, фаол суғурта компанияси, йил давомида халқнинг ишончини қозонган тижорат банклари сараланади. Жорий йилдан бошлаб танловдан “2021 йилнинг энг намунали олий ўқув юрти” номинацияси ҳам ўрин олган. Шунингдек, “ЙИЛ ОДАМИ” эълон қилинади.

Танловда овоз бериш ва кузатиб бориш учун 👉 https://t.me/yil_uz

Муносибларига овоз беринг, фикр билдиринг. Сизнинг эътиборингиз муҳим.

Батафсил: http://uza.uz/posts/310478

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
⚡️ Yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi

Hukumat qarori (637-son, 12.10.2021-y.) bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga koʻra, kreditlar banklar tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.

💰 Kreditlar yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi.

📝 Bunda tegishlicha “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari kafilligi taqdim etiladi.

📌 Kafillik berilganligi uchun toʻlov (mukofot puli) undirilmaydi.

Qarz oluvchilar, jumladan, quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:

🔸 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan;
🔸 yangi (ikkala tomon uchun birinchi marotaba) turmush qurgan;
🔸 ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan boʻlishi kerak.

➡️ Shunga koʻra, yoshlarning alohida toifalariga kreditlar:

bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan;
20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
bir qarz oluvchiga 33 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda beriladi.

Tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng bank 3 ish kunida ariza beruvchiga kredit berish masalasini koʻrib chiqadi.

Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.

@taqi_uz
#SAYLOV

Qonunchilikka koʻra, ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.

➡️ Biron-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.

@taqi_uz
⚡️⚡️Bugundan muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.

🔸2021-yil 14-20-oktyabr kunlari soat 9'00 dan 19'00 ga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o'tkaziladi.

✔️ Saylov kuni o'z yashash joyida bo'lish imkoniyatiga ega bo'lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

#saylov
@taqi_uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 10 kun qoldi.

#saylov
@taqi_uz
#Saylov_2021

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi.

📌 Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga OAV orqali yetkaziladi.

➡️ Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.

@taqi_uz
⚡️ YOSHLARGA UY-JOY QURISH UCHUN GAROVSIZ KREDITLAR AJRATILADI

🔸 Kreditlar imtiyozli foizlarda emas, bozor stavkasida beriladi

👉 Kredit olish shartlari qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq kredit shartnomasida belgilanadi. Bu haqda Review.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta turmush qurgan yoshlarning alohida toifalariga kreditlar banklar tomonidan ajratiladi.

Kreditlar:
🔹 bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;

🔹 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;

🔹 boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;

🔹 bir qarz oluvchiga 33 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda beriladi.

@taqi_uz
⚡️⚡️ DIQQAT E'LON ⚡️⚡️

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakultetida talabalar o'rtasida shaxmat va shashka sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tadi.

🔸 Barcha talabalardan ushbu musobaqada faol ishtirok etishlarini so'raymiz.

👉 O'tkazish sanasi: 15-oktyabr
O'tkazish vaqti: 10'00

@taqi_uz
TAQI ikki va undan keyngi.pdf
363 KB
⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2021-2022 o'quv yili qabuli jarayonida Ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim olish istagini bildirganlar uchun suhbat jadvali.

@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish_sohasidagi_qonunchilik

⚡️Shaharsozlik kodeksining 77-moddasi


❗️
Tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siriga duchor bo‘lgan hududlarda shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish xususida

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
⚡️ Poytaxtimizdagi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida O'zsanoatqurilishbank boshchiligida chop etilgan 65 turdagi amaliy-uslubiy qo'llanmalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔸 Тaqdimot marosimida O'zsanoatqurilshbank, "O'zsanoatqurilishmateriallari"uyushmasi, "O'zsanoatqurilishmaterialLITI" ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi ma'sullari poytaxtda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlarigа qurilish materiallari qo'llanmalarning mazmun-mundarijasi haqida batafsil ma'lumot berdi.

🔹 Shuningdek, qurilish materiallari sohasiga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish borasidа amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar to'g'risida ham to'xtalib o'tildi.

#material
@taqi_uz
🏢 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 2020-yilda 41 ta avtokran ishlab chiqarilgan.

🏗 Аvtokran ishlab chiqarish hajmi 2019-yilga nisbatan 127 taga kamaygan.

#statistika
@taqi_uz
TASHKENT CITY’GA KIRISH BEPUL BO‘LDI

Mazkur maskanga kirishda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi

Joriy yilning 14-oktabr kunidan Tashkent city hududiga kirish bepul qilib belgilandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, saylgohga faqatgina avtotransport vositalarining kirishi bundan mustasno hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning 17-dekabridan boshlab Tashkent City’ga bayram arafasi va yangi yil kunlarida kirish pulli etib belgilangandi.

#xabar   
@taqi_uz
⚡️ MEN SAYLOVDA OVOZ BERAMAN

“Saylovchining ism familiyasi saylovchilar ro‘yxatidan chiqmagan holda  qanday yo‘l tutiladi?”

Savol: Avvalgi saylovda mening ism-familiyam saylovchilar ro‘yxatidan chiqmagandi. Keyin shaxsimni tasdiqlovchi hujjatdagi yashash manzilimga asosan saylovchilar ro‘yxatiga kiritildim. Aytingchi, saylovchining ism-familiyasi saylovchilar ro‘yxatidan chiqmasa, unda nima qilish kerak?

Javob: Saylov uchastkasiga kelgan saylovchining shaxsiga oid maʼlumotlar saylovchilar ro‘yxatidan chiqmagan holda saylovchi shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjati asosida saylovchilar ro‘yxatining ilovasiga kiritiladi va unga saylov byulleteni beriladi.

 #saylov
@taqi_uz
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 9 kun qoldi.

#saylov #kun
@taqi_uz
⚡️ MEN SAYLOVDA OVOZ BERAMAN

“Saylovda nega yashirin ovoz beriladi?”

Savol: Bu yil ilk bor saylovda ishtirok etyapman. Shu bois ham saylov to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘qib, kuzatib boryapman. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda yashirin ovoz berish haqida o‘qib qoldim. Bu qanday maʼnoni anglatadi? Nega saylovda aynan yashirin ovoz berish usulidan foydalaniladi?

Javob: Darhaqiqat, ushbu Qonunning 1-bandida  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar” deb belgilab qo‘yilgan. Yashirin ovoz berish deganda saylovchining hech bir tashqi taʼsirsiz, o‘z xohish-irodasini ifoda etishi ko‘zda tutiladi. Yashirin ovoz berishning mohiyati saylovchilarning xohish-istagini bildirishga nisbatan nazorat o‘rnatmaslikdan iboratdir. Yaʼni, saylovchining ovoz berish natijalari yashirinligi, saylov byulletenini o‘zga shaxslar kirishi man etilgan kabinalarda yoki maxsus jihozlangan boshqa joylarda to‘ldirilishi amalga oshirilgan holda taʼminlanadi.

#saylov #kun
@taqi_uz
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 8 kun qoldi.

#saylov #kun
@taqi_uz