Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣 Slovakiya Respublikasining milliy stipendiyalar dasturi doirasida 2021/2022 o'quv yili uchun tanlov e'lon qilindi.

👉 Stipendiyalar tanlovida g'olib bo'lgan talabalar, doktorantlar va o'qituvchilar 2021-2022 o'quv yilida Slovakiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish, tadqiqot olib borish va dars berish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

⚡️O'qish davomiyligi va talablari quyidagicha:

🔸Bakalavr 1-2 semestr davomida stajirovka o'tashlari mumkin va nomzodlar kamida 3 kursni bitirgan bolishi kerak;

🔸Magistrantlar uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi;

🔸Oqituvchilar, ilmiy xodimlar va sa'nat sohasi xodimlari uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi.

💰 Mazkur stipendiyalar Slovakiya Respublikasining talim, fan, tadqiqotlar va sport vazirligi hamda Slovakiya akademik axborot agentligi byudjeti mablag'laridan moliyalashtiriladi. Stependiyaga sazovor bo'lganlar Slovakiya hukumatining stipendiantlari hisoblanadi.

Onlayn hujjat topshirish muddati:
2021 yil 30-aprel 16.00

2021-2022 o'quv yilining yozgi semestrida stajirovka o'tash uchun onlayn hujjat topshirish muddati:
2021 yil 31-oktyabr 16.00

👉 Dasturning talablari va shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.stipendia.sk/main/pravila-i-uslovia-programmy/inostannye-pretendenty

👉Stependiyalar dasturi to'grisidagi batafsil ma'lumotni www.stipendia.sk va www.scholarships.sk veb-sahifalari orqali olish mumkin.

#tanlov

@taqi_uz
📣 Indoneziya hukumati bakalavr, magistrlik va doktorlik darajalari bo'yicha “Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi” doirasida stipendiyalar tanlovini e'lon qiladi.

👉 Ushbu dastur xorijiy talabalarga Indoneziyaning 19 ta oliy ta'lim muassasasida bakalavr, magistratura va doktoranturada gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, muhandislik, ko'p tarmoqli tadqiqotlar hamda talim va ilm-fan kabi yo'nalishlarda tahsil olish imkoniyatini beradi.

👉 Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan davlat va nodavlat tashkilotlar hodimlari va oliy talim muassasalari o'qituvchilariga alohida imtiyozlar beriladi.

⚡️ Dasturning yosh jihatdan va ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha talablari quyidagicha:

🔸 Bakalavr yo'nalishiga 25 yoshdan katta bo'lmagan nomzodlar,
IELTS 6.0

🔸 Magistratura yo'nalishiga – 35 yoshdan katta bo'lmagan nomzodlar,
IELTS 6.0

🔸 Doktorantura yo'nalishiga – 40 yoshdan kata bo'lmagan nomzodlar,
IELTS 7.0

💰 Stipendiya xalqaro aviachiptalar, tibbiy sug'urta va yashash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni qoplashni o'z ichiga oladi.

Yuqorida keltirilgan stipendiyalar dasturida ishtirok etish uchun 2021 yil 4 may kuniga qadar quyidagi veb-sahifada royxatdan otish hamda institut xalqaro hamkorlik bo'limiga bu haqida ma'lumot berilishi zarur:
http://knb.kemdikbud.go.id/

🤝 Xalqaro hamkorlik bo'limi,
Tel: 71-235-47-80

#tanlov

@taqi_uz
⚡️⚡️Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish institutida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiyori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda TAQI Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Z.Abduvaliev, Toshkent shahar IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasa ma'sul xodimi podpolkovnik S.Xabibullaev, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasa ma'sul xodimi B.Ismatov, Ko'kaldosh o'rta mahsus Islom bilim yurti o'qituvchisi A.Turg'unov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarda mamlakat va xalq osoyishtaligini saqlash, jamiyat rivoji, tinchlik va taraqqiyotini ta'minlashda ziyolilar va talabalar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari orasida turli buzg'unchi g'oyalar, aqidaparastlik, radikalizm va boshqa salbiy oqibatlarga olib keluvchi omillardan ogoh etish, ularga qarshi kurashish yoshlarda turli oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida so'z yuritildi.

http://taqi.uz/main/2261-jaholatga-qarshi-marifat-bilan-kurashamiz.html

#xabar

@taqi_uz
Марказий банк талабалар учун “Ўзингни ва пулларингни асра” мавзусида вебинар ўтказади

🔉Олий ўқув юртлари талабалари диққатига!

🔸Жорий йил 7 апрел куни соат 16:00 да Марказий банк томонидан тўлов ташкилотлари ва IT-парк билан биргаликда рақамли молиявий саводхонлик бўйича “Ўзингни ва пулларингни асра” мавзусида вебинар ташкил этилмоқда.

🔸Вебинарда рақамли молиявий саводхонлик, электрон пуллар, замонавий рақамли молиявий технологиялар, шунингдек, молиявий хавфсизлик асослари ва молиявий фирибгарлик каби мавзуларда батафсил маълумот берилади.

➡️Тадбирда иштирок этиш учун қуйидаги ҳавола орқали олдиндан рўйхатдан ўтиш талаб этилади.

🔸Вебинар ҳаволаси рўйхатдан ўтиш вақтида иштирокчи томонидан кўрсатилган электрон почта манзилига юборилади.

🔸Рақамли молиявий саводхонлик бўйича муҳим ва фойдали маслаҳатлар олиш имкониятини қўлдан бой берманг!

#молиявий_саводхонлик

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Twitter | Linkedin
⚡️Sattarov Zafar Muradovich

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i

🎓 Texnika fanlari nomzodi, professor

📰 Bo'lim to'g'risida: http://taqi.uz/bolimlar/22-oquv-bolimi.html

#info #rahbariyat #jamoa
@taqi_uz
+АХБОРОТ_ХАТИ_АРХИТЕКТУРА_ВА_ҚУРИЛИШ_СОҲАСИДА_ИННОВАЦИЯ_Охирги_варианти.docx
89.2 KB
📣 2021 yil 5-6 may kunlari "Arxitektura va qurilish sohasida innovatsiya, integratsiya, tejamkorlik" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.

#xabar

@taqi_uz
⚡️Toshkent arxitektura – qurilish instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 50-o‘rta maktabga tashrif buyurishdi.

🔸Kafedra professor-o‘qituvchilari “Maktabda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish” mavzusida maktab o‘qituvchilariga master-klass o‘tib berishdi.

🔸Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni aqliy salohiyatini yanada o‘stirish, dunyoqarashini kengroq shakllantirish hamda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, maktab fan o‘qituvchilariga bu borada ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning o‘rni, interfaol usullarni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

🔸Maktab o‘qituvchilariga ta’lim jarayonida, albatta, fan mavzularining mazmuniga va murakkabligiga qarab, hamda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etildi.

🔸Jumladan, dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullardan Klaster, BBB jadvali, Sinkveyn, T-sxema, Nima uchun? sxemasi, Qanday? jadvali, Rezyume, esse kabilar bilan tanishtirildi.

🔸Maktab o‘quvchilari bilan “Yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish iste’dodini yuzaga chiqarish” bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan Erkin Voxidov, Zulfiya, Hamid Olimjon, G‘ofur G‘ulom ijodiga mansub she’rlar o‘qib berildi.

📚Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha faol qatnashgan maktab o‘quvchilariga hamda maktab kutubxonasiga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari L.Xolmamatova, N.Aripova va 15-17 BIQ hamda 2-19 Ar guruhi talabalari tomonidan kitoblar taqdim etildi.

Maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv yuqori kayfiyat va taassurotlarga boy bo‘ldi.

TAQI Matbuot xizmati

#xabar

@taqi_uz
⚡️Hozirgi taraqqiyot davrida barcha sohalar bilan bir qatorda arxitektura va qurilish sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga soha vakillari chet tillarini jumladan ingliz tilini bilishi hozirgi kunning asosiy talablardan xisoblanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 1.04.2021y. kuni “Qurilishni boshqarish” fakulteti, “Xorijiy tillar” kafedrasi va “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi hamkorligida Toshkent arxitektura-qurilish institutining barcha 1-4 kurs talabalari o‘rtasida ingliz tili fani bo‘yicha 1-tur saralash olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

#xabar #reportaj #lavha
@taqi_uz
⚡️Mirzaxmedov Botir Xusniddinovich

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i

🎓 Texnika fanlari nomzodi, dotsent

📰 Bo'lim to'g'risida: Ilmiy bo'lim

#info #rahbariyat #jamoa
@taqi_uz