Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.15K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
💡 Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.

💡 Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigina bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.

🤔 Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongingiz kelmaydi.

Ahmad Lutfiy Qozonchining
"O'gay ona" asaridan

Kitobni ko'chirib olish:
PDF | Android

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutida tayyorlanuvchi ba'zi mutaxassislik yo'nalishlari haqida kanalimizda berilgan maqolalar mundarijasi

☝️Maqolani o'qish uchun yo'nalish nomining ustiga bosing!

👷‍♂️5340100 - Arxitektura (turlari bo'yicha)

👷‍♂️5340200 - BINOLAR VA INSHOOTLAR QURILISHI

👷‍♂️5340300 - SHAHAR QURILISHI VA XO‘JALIGI

👷‍♂️5340400 - MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI QURILISHI VA MONTAJI

👷‍♂️5340500 - QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

👷‍♂️5340700 - GIDROTEXNIKA QURILISHI

👨‍⚕️5230200 - MENEJMENT

👨‍⚕️5310900 - METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI

👨‍⚕️5311500 - GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR

👨‍⚕️5321300 - NEFT VA NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

👨‍⚕️5150900 - DIZAYN (turlari bo'yicha)

Aytgancha, rasmdagi yangi qurilayotgan binoimiz loyihasi. Bitay deb qoldi inshaAlloh, xabar beramiz, sizlar o'qib turaveringlar. 😊

#abituriyent #kasblar #mundarija
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Azizlar!
Vaqtida tushlik qilishni unutmang!
(#LifeHack: Bitta odam katta tanaffusdan avvalgi darsdan 10-15 minut oldin chiqib, joy olib tursa - odam ko'pligidan qiynalib qolmaysizlar!)
"... O'rus ichimizdan chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg'a beradirgan kuchimizni o'z qo'limiz bilan o'ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima bo'ladir. Bu to'g'rida ham fikr qilg'uchimiz bormi? ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Teacher's alley - Ustozlar hiyoboni tanloviga

👨‍🎓 Tursunov Jahongir, Arxitektura fakulteti, 1-18 guruhi talabasi
🛠 Loyiha Autocad, Revit, 3Ds Max, Lumion dasturlarida qilingan. Rolik Adobe Premier Proda montaj qilingan.

#tanlovga #loyiha
🌐 | Telegram | YouTube
@taqi_uz
Yusufbek hoji: "... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
🔔 Arxitektor va dizaynerlar uchun master klass!

📖 Mavzu:
"Boshlang‘ich interyer dizaynerlarning xatolari"

👨🏼‍⚕️ Spiker: Dizayner, "Miraziz design group" asoschisi, Miraziz Axmedov

👨‍👦‍👦Kim uchun: Barcha qiziquvchilar kirishi mumkin

Qachon: Dushanba, 25.01.2021, 13:30

🏢 Qayerda: Arxitektura fakulteti, Coworking markazida

💡Tashkilotchilar:
"Landshaft dizayni va interyer" hamda "Arxitekturaviy loyihalash" kafedralari

ALBATTA KELING! KUTAMIZ!!!

#elon #master_klass
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Forwarded from Aziz Rahimov
​​Dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi?
Shu maqolani o'qib.

Eh sodda do'stim. Bilaman sen hayotingda katta o'zgarishlar qilmoqchisan. Lekin doim yoki motivatsiya yetishmaydi yoki dangasaliging halaqit beradi. Xo'sh dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi?

Hech qanday.

Miyang, tanang, nafsing, shaytoning hammasi seni dangasa bo'lishingni, tinmay tik-tok, instagram, YouTube, befoyda yangiliklar ko'rishingni, har bitta yangi chiqqan o'yinni o'ynab ko'rishingni xohlaydi. Sen-chi? Shuncha dushmanga bitta maqolani o'qib kurasha olaman deb o'ylayabsan.

Nima qilasan kurashib. Qolaver shu holatingda. Atrofdagi hammani ayblab o'tiraver. Shuncha maqola ta'sir qilmagan bunisi ta'sir qilarmidi?

"Baribir o'lib ketamiz" gapi kimnidur harakatga undasa, seni harakatsizlikka undaydi. Har kuni yangi maqola chiqganda "-zo'r yozilibdi, yorvoribsiz, to'g'ri gap" deb qo'yasan, lekin amal qilish haqida ham hech o'ylab ko'rdingmi?

Xafa bo'lma, hali butun umring oldinda, yoki bo'laver, balki shunda ertadan bilganlaringga amal qilishni boshlarsan.

Xo'sh, endi
Seni o’rningda men nima qilgan bo'lardim?
1. Namozni boshlardim
2. Quyidagi postlarni boshidan o'qib chiqardim:
Men chekmayman
Tayyor bo'lishdan avval boshla
Beqarorlik
16 000$
Natijaga erishishning eng oson yo'li

P.S.
Agar sen o'qiganiga amal qiladigan 2% odamlar toifasiga kirsang, bu post sen uchun emas, o'qimasdan o'tkazib yubor 😉
Autocad va 3D Max da ishlay oladigan mutaxassisLAR kerak (Jamoa yig'yapmiz) - #vakansiya

💰Maosh: Kelishamiz 🤝 (ishga qarab)

Talablar:
- AutoCAD, 3D MAX
- Ish tajribasi bo'lishi kerak


☎️ Bog'lanish:
- Ravshanbek
- 90-9707755

#Toshkent
🌐 | Telegram | YouTube
@taqi_uz
Ta'lim - dunyoni o'zgartirishingiz uchun eng qudratli quroldir!

Nelson Mandela

#iqtibos #motivatsiya
🌐 | Telegram | YouTube
@taqi_uz
Uyingiz interyeri uchun ajoyib g'oyalar

Har bir uy o‘ziga xos va yashash uchun qulay bo‘lishi kerak. Axir, bu bizning ichki dunyomizni ifodalab turadi. Shuning uchun doimo o‘z uyimiz uchun yangi va g‘ayrioddiy ko‘rinishlarni qidiramiz.

Individuallik – bu o‘ziga xoslik, lekin bu ikkita bir xil kiyim javoni ikkita alohida xonada turmaydi degani emas. Shuning uchun biz hech bo‘lmaganda ruhlanish, ilhomlanish uchun kerak bo‘ladigan ayrim qiziqarli va foydali fikrlarni to‘pladik. ...

#maqola #qiziqarli #foydali #tavsiya
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
🎁 AutoCad dasturining kerakli versiyalarini yuklab olish uchun havolalar

1️⃣ AutoCad 2007
- https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2007-free-download-8897219/
2️⃣ AutoCad 2008 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2008-free-download-1283531/
3️⃣ AutoCad 2009 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-autocad-2009-free-download-1072774/
4️⃣ AutoCad 2010 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2010-free-download-5904297/
5️⃣ AutoCad 2011 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2011-free-download-1227414/
6️⃣ AutoCad 2012 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2012-free-download-4357648/
7️⃣ AutoCad 2013 - https://getintopc.com/softwares/development/autocad-2013-free-download-64bit-7238249/
8️⃣ AutoCad 2014 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2014-free-download-setup-8971860/
9️⃣ AutoCad 2015 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2015-free-download-1713159/
🔟 AutoCad 2016 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2016-free-download-2042269/
1️⃣1️⃣ AutoCad 2017 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-autocad-2017-x32-x64-bit-free-download-5784549/
1️⃣2️⃣ AutoCad 2018 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2018-free-download-7876675/
1️⃣3️⃣ AutoCad 2019 - https://getintopc.com/softwares/autocad-2019-free-download-1184902/
1️⃣4️⃣ AutoCad 2020 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-autocad-2020-x64-free-download-1534375/
1️⃣5️⃣ AutoCad 2021 - https://getintopc.com/softwares/autodesk-autocad-2021-free-download-1646292/

👨🏼‍💻 3Ds MAX versiyalari shu yerda: https://t.me/taqi_uz/3425

☝️Yuqoridagi ma'lumotlar @taqi_2020 kanalidan uxlatildi 😉. (Ko'rdingizmi, biz mualliflik huquqini buzmaymiz 😁)

#foydali #AutoCAD #havola #link
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Noutbuk olishda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar
https://www.rbt.ru/doc/info/noutbuk_dlya_raboty/

Quyidagi tavsiyalar dasturchi, dizayner, loyihalovchi ya'ni og'ir dasturlarni ishlatuvchi yoki o'rganuvchilar uchun noutbuk sotib olishga taalluqli. Faqat MS Office bilan ishlaydiganlarga bundayroq kompyuterlar ham bo'laveradi 😉.

1️⃣ RAM (Operativ xotira, ОЗУ) - Kamida 8 GB
Ma'lumot: https://is.gd/x0IPJE

2️⃣ Doimiy xotira (hard, винт) - SSD toifalisini oling, kamida 240 GB hajmdagi. Agar ma'lumotlarni saqlash uchun boshqa HDD diskingiz bo'lsa, 120 GB lik SSD hard olib, unga operatsion tizimni yozib, fayllaringizni HDD da saqlasangiz ham bo'ladi.
Ma'lumot: https://www.starusrecovery.ru/articles/the-difference-between-ssd-and-hdd.html

3️⃣ Protsessor (x64) - Intel Core i5 (i7 bo'lsa yana ham yaxshi).
Chastotasi kamida 2 GHZ, kamida 8 yadroli
https://it.wikireading.ru/39448

4️⃣ Videokartasi kamida 2 GB bo'lsin, undan yuqori bo'lsa juda yaxshi.
Ekran Full HD - https://car3g.ru/info/chto-takoe-vram-v-noutbuke/

5️⃣ Tekshiring:
- kamida 1 tadan USB 2.0 va USB 3.0 portlar (ko'p bo'lsa yaxshi)
- VGA port (proyektor ulash uchun)
- HDMI port (televizorga, proyektorga, ... ga ulash uchun kerak)
- Ethernet port (kabel bilan internetga ulanish uchun)

6️⃣ Akkumlyatorining ishlash vaqtiga ham e'tibor beringlar (bu ishlatilgan noutbuk olayotganlar uchun).

0️⃣ Kompyuteringizning yuqorida sanalgan texnik ko'rsatkichlarini qanday aniqlashni bilmasangiz:
- Win + R (Win bu Пуск, ya'ni u bilan R harfi birgalikda bosiladi) ni bosing hamda chiqqan oyna (Выполнить) ga dxdiag deb yozing va OK ni bosing.
- Win + R, msinfo32 deb yozing va OK. (komandalar izohdagi rasmda keltirilgan)
- Win bilan birga Pause Break klavishini bosing.
Chiqqan oynalarda tizim va kompyuter texnik ko'rsatkichlarini bilib olishingiz mumkin.

☝️ Agar, uzoooq ishlatishni mo'ljallagan bo'lsangiz, sensor ekranli olsangiz ham bo'laveradi (oma lekin jichcha qimmatroq bo'latta).
Microsoftning Surface Pro lari va shu kabilar juda yaxshi, ammo qimmaaat!

P.S.:
Odatda dasturlar (Autocad, 3D Max, Revit, Photoshop, ... kabi katta va og'ir dasturlar ayniqsa) ishlash jarayonida doimiy xotira (qattiq disk) dagi o'z fayllariga o'qish yozishlarni amalga oshirish orqali ishlaydi. Demak, ular tezroq ishlashi uchun muhim omillardan biri, bu - qattiq diskning o'qish / yozish tezligidir. SSD disklar HDD disklardan kamida 5 barobar tezroq ishlaydi bu o'qish yozish tezligi bo'yicha (mana bu yerda https://t.me/planetait/964 HDD va SSD yaxshilab solishtirilgan). Shuning uchun SSD xotirali qattiq diskli kompyuter tavsiya qilaman. Ammo, SSD li noutbuklar qimmatligi uchun yana bir yo'lni tavsiya qilaman: Siz 200 - 500 $ ga HDD li noutbuk olib, uning qattiq diskini olasizda, o'rniga kamida 120 GB li SSD disk o'rnatasiz, chiqarib olgan HDD ga 10 $ ga g'ilof va kabel olish mumkin Malikada. Shunda noutbuk ishlashi ancha tezlashadi.

🚫 Imkon qadar Lenovo olmanglar, agar 800$ dan arzon bo'lsa. Men tanishlarimda ko'rgan Lenovolarning ko'pida 1-2 yil ishlatgandan keyin USB portlar ishlamay qoladi, Wi-Fi o'chirib yoqish ham muammo bo'ladi va shu kabilar. (Keyin ATM ga ish ko'payadi 😂)

👨🏼‍💻Men qoldirib ketgan qo'shimcha foydali ma'lumotlarni bilsangiz, shaxsiy tavsiyalaringiz bo'lsa, izohlarda qoldirishingizni so'rayman. Atayin postning ostiga 👍👎 ni qo'ymadim, izoh yoza olishingiz uchun.

#foydali #tavsiya #notebook #maqola
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
​​🏛Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги танлов эълон қилади!

Қадрли ёшлар!

✔️Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг логотипини яратиш бўйича вазир буйруғи имзоланди.

📱Ўз ижодингиз ва креатив ғояларингиз билан Apple iPhone 12 Pro Max смартфонига эга бўлишни қўлдан бой берманг!

👉 Танловда техникум, академик лицейлар ўқувчилари ва талабалар ҳамда 30 ёшгача бўлган тадқиқотчиларимиз иштирок этишлари мумкин.

📌 Танлов шартлари:
-вазирликнинг фаолияти ва аҳамиятини фалсафий ифода этиш;
-бетакрор бадиий ечим ва креатив ёндашувга эга бўлиши ҳамда ундан рамз сифатида фойдаланиш мумкинлиги;
-замонавий, ўзига хос, осон таниб олинадиган ва ноанъанавий шаклга эга бўлиши лозим.

Танловга лойиҳалар тақдим этиш тартибига кўра:
🔸 ҳар бир иштирокчи танловда фақат битта лойиҳа тақдим этиши мумкин;
🔸логотип лойиҳаси формати – 10 Мб гача, икки кўринишда – PNG ва JPG форматда logo@edu.uz электрон почта манзилига юборилиши талаб этилади.

👉 Логотип Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузурида ташкил этилган Ҳакамлар ҳайъати томонидан кўриб чиқилади.

🔰 Танловда лойиҳалар бир босқичда 2021 йил 1 февралдан 25 февраль соат 23:59гача қабул қилинади.

🏆 Ғолиб 2021 йил 2 мартда эълон қилинади.

Вазирлик телеграм каналига
уланиш👇
👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Autocad va MS Office dasturlarida ishlay oladigan mutaxassis kerak, talabalarni ham olaveramiz - #vakansiya

💰Maosh: Suhbatdan so'ng

Talablar:
- AutoCAD
- Loyiha standartlari, GOST, SNiP
- MS Office dasturlari : Word, Excel

☎️ Bog'lanish:
- @YankeeD
- 90-1119799
- 33-0019799

📍Toshkent, Bardanko'l

#Toshkent
🌐 | Telegram | YouTube
@taqi_uz