Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 HURMATLI KANALIMIZ A'ZOLARI

🔔 Bugun 4-aprel soat 21:00 da taniqli dizayner
Miraziz Axmedov o'zining YouTube kanalida jonli efir o'tkazadi.

☝️Unda siz sohaga doir o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Miraziz Axmedovning va'da qilishicha, eng qiziq savol yo'llagan odamga sovg'a berilar ekan!

🎁 Soat 21:00 da ushbu rolik ostidagi havolani bosib, jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin!

#xabar #elon #muloqot
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Forwarded from Davr24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xavfsizlik xizmati kuni muborak bo’lsin
Qozogʻiston: IdeaChallenge2020; eng yaxshi gʻoyalar tanlovi; yutuq – 12 000 yevrogacha!

Markaziy Osiyo
da yashaydigan, 18-30 yoshlilar uchun #ideachallenge2020 gʻoyalar tanlovi eʼlon qilinmoqda. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlardan jamiyatda ijobiy oʼzgarishlarga olib keladigan, uning rivojiga hissa qoʻshadigan original gʻoya haqidagi bir daqiqalik videoni tasvirga olib taqdim etish talab etiladi.

Jarayon quyidagicha:
1️⃣
Bir daqiqalik videoni tasvirga olish va jamiyat uchun foydali gʼoya haqida soʼzlab berish (videoga olishning imkoni boʼlmasa, onlayn arizani toʼldirish mumkin).
2️⃣ Videoni #IdeaChallenge2020 xeshtegi ostida Instagram ga yuklash zarur.

Grantning manfaatli jihatlari:
1️⃣ Tanlovning eng yaxshi gʼoyalari mualliflari 2020-yil may-iyun oylarida boʼlib oʼtadigan ikki kunlik IdeaFEST festivalida ishtirok etadi.
2️⃣ Tanlov finalida 8 nafar gʼolib ga 10 000 dan 12 000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.

#grant #tanlov #rolik
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Karantinda, to'rtta devor orasida, kompyuter bilan ovunib kun o'tkazayotsam menga mana bu 👆rasmlarni yuborishibdi!

Rasmlarni ko'rib, "Kavkaz asirasi" dagi haligi ibora esimga tushib ketdi: "Kasal odamni mayna qilish gunoh bo'ladi". 😊

PS: Suratlarda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida bahor manzaralari

Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8️⃣ Xisob natijalari jadvalini shakllantirish va xisobot tayyorlash

📖 FAN:
"Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyalari"
👩‍🏫Ma'ruzachi: Matkarimov S.Y., "Qurilish konstruksiyalari" kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi

#maruza #videodars #dars_31
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
Kanalga qo'shiling: @taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
#Танлов

Талабалар учун математика соҳасида “Энг яхши илмий мақола” танлови эълон қилинди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Математика институти ҳамкорлигида талабалари ўртасида математика соҳасида “Энг яхши илмий мақола” танлови ўтказилмоқда.

Танлов ғолиблари моддий рағбатлантирилади. Уларнинг мақолалари инглиз тилидаги “Ўзбек математика журнали”да ҳамда саралаб олинган мақолалар «Математика институти бюллетени» электрон журналида чоп этилади.

Танловга тақдим этиладиган мақолалар қуйидаги мезонлар асосида баҳоланади:

- мавзунинг мазмун-моҳияти тўлақонли очиб берилганлиги;

- мақоланинг стилистик ва грамматик жиҳатдан тўғри ёзилганлиги;

- мавзуни ёритишда адабиётлардан фойдаланганлик даражаси ва таҳлилий ёндашувлар, мустақил фикрларнинг аниқ билдирилганлиги;

- мавзуга оид долзарб масалалар ва уларнинг ечимлари тўғрисида таклифлар келтирилганлиги.

Мақолалар 2020 йил 4 майгача adashevjq@mail.ru электрон манзилида қабул қилинади.

Мақолаларни ўзбек, рус ва инглиз тилларида тақдим этиш мумкин. Мақолалар LaTeX дастурида қуйида кўрсатилган параметрлар бўйича таёрланиши лозим. LaTeX файли билан биргаликда pdf форматидаги файли ҳам юборилади.

Формулаларнинг номерланиши, формулалар, теоремалар, леммалар, натижаларга ҳамда адабиётларга ҳаволалар қўлда ёзилиши керак, яъни автоматик қўйилмаслиги керак. Тезислар хатосиз ўқилиши зарур. Юборилаётган файлларнинг (*.tex, *.pdf ва расмлар) номлари лотин ҳарфларида биринчи муаллиф фамилияси исми билан ёзилиши керак (масалан, AdashevJQ.tex ва AdashevJQ.pdf).

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AvPsYY6S0TbOQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9️⃣ Plitani hisoblash

📖 FAN:
"Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyalari"
👩‍🏫Ma'ruzachi: Matkarimov S.Y., "Qurilish konstruksiyalari" kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi

#maruza #videodars #dars_31
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
Kanalga qo'shiling: @taqi_uz
#mulohaza #ijtimoiy_reklama
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Hayratlanarli suratlar: ularda bir gramm ham fotoshop yo‘q

Tasavvur qilish qiyin, biroq bu rasmlar rostdan ham mavjud — ular aynan shu holatda suratga olingan. Ajoyib lahzalar qayd etilgan tasvirlar «Rambler» galereyasida jamlangan.

Raqamli texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar davrida ko‘pgina odamlar shov-shuv ortidan quvib asl suratlarni o‘zgartirib tashlamoqda. Kimdir bunga shunchaki layk uchun qo‘l ursa, yana kimdir mahoratini namoyon qilishga urinadi. Ba’zilar buni chinakamiga san’at darajasiga yetkazmoqda!

Biroq e’tiboringizga havola qilmoqchi bo‘layotgan suratlar o‘zgacha. Ularning o‘ziga xosligi shundaki, bu kadrlarda bir gramm ham fotoshop yo‘q. Mutlaqo asl!
...

#maqola #qiziq
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Hubbub ingliz kompaniyasining kreativ ijtimoiy reklamasi: maqsad sigaret qoldiqlarini chiqindi qutisiga tashlanishini ta'minlash!

Mana bu yerda esa undan qolishmaydigan ajoyib ijtimoiy reklamani kanalimizda post qilgan edik!

#mulohaza #ijtimoiy_reklama #Chekmang
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Islandiyada haydovchilar uchun yuqoridagicha ijtimoiy reklama bor: agar siz alkogol iste'mol qilgan bo'lsangiz to'rtta transport turidan birini tanlashingiz kerak: taksi, politsiya, tez yordam yoki dafn byurosining mashinasi.
Nishonga urilgan-a?

#mulohaza #ijtimoiy_reklama #Ichmang
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Bugun Sohibqiron Amir Temur bobomizning tug'ilgan kuni!
DIQQAT TANLOV!

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi sharoitida talabalarning ta’tili vaqtida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov e’lon qilinadi:

1-tanlov:
“Yoshlar kelajak bunyodkori” va “Yangi O‘zbekiston” mavzularida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy mediamateriallar.

Ko‘rik-tanlov uch bosqichda tashkil etiladi.
- Birinchi bosqich – fakultet bosqichi mediamateriallarni qabul qilish va ularni saralash – 2020 yilning 20 apreldan 10 maygacha o‘tkaziladi.
-Ikkinchi bosqich – institut bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda fakultet bosqichi g‘olib va sovrindorlarini aniqlash – 2020 yilning 20 mayidan 10 iyungacha o‘tkaziladi.
- Uchinchi bosqich – ko‘rik-tanlovning hududiy saralash bosqichida ishtirok etadigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish hududiy saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichni tashkil etish, g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining shakli (onlayn yoki masafaviy) kuni va joyi vazirlik Tashkiliy qo‘mitaci tomonidan belgilanadi va kamida 10 kun oldin Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

2-tanlov: “BIZ BIRGAMIZ” ruknida quyidagi yo‘nalishlarda mediamaterillar tanlovi:
- Eng yaxshi videorolik.
- Eng yaxshi fotosuratlar jamlanmasi.

Muddat: 2020 yil 20 aprel
(Bunda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha dunyoda va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar; uyda qolishga, birlik va ahillikka hamda uyda bo‘sh vaqtni maqsadli, samarali o‘tkazishga yo‘naltirilgan g‘oyalar eks ettiriladi)

Tanlov natijalari institutning rasmiy veb saytida e’lon qilinadi va g‘oliblar karantin tugaganidan so‘ng moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi!

Mediamateriallar fakultetlarda tashkil etilgan Tashkiliy qo‘mita (Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari) ga internet orqali (pochta, telegram va b.) elektron shaklda yuborilishi lozim.

#grant #tanlov #rolik
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 O'zbekiston madaniyati - O'zbekiston o'z tarixi davomida me'moriy yodgorliklarda aks ettirilgan turli madaniyatlarning ta'sirini boshdan kechirdi

#rolik #Arxitektura #tarix
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
#mulohaza #ijtimoiy_reklama
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz