Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasida uzilishlar kuzatilmoqda

my.uzbmb.uz sayti “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur platformada uzlilishlar kuzatilmoqda.

🖥 Shu sababli, my.uzbmb.uz saytida ham uzilishlar yuzaga kelmoqda.

▶️ Ayni vaqtda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон президенти этиб қайта сайланди.

Марказий сайлов комиссияси эълон қилган дастлабки натижаларга кўра, Шавкат Миромонович Мирзиёев 87.05 фоиз овоз билан 7 йил муддатга сайланди.
Шавкат Мирзиёевга табриклар келиши бошланди.

Сайлов натижалари эълон қилингач ҳозиргача:
— Туркманистон Миллий етакчиси Гурбангули Бердимуҳамедов
— Қозоғистон президенти Қасим-Жомарт Тоқаев
— Қирғизистон президенти Садир Жапаров
— Озарбайжон президенти Илҳом Алиев
— Тожикистон президенти Эмомали Раҳмон табрик йўллади.
Ўзбекистонда иккинчи мутахассисликка қабул бошланди.

Қабул my.edu.uz платформасида 10-июльдан 10-августгача давом этади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tib ketayotgan vaqt emas, bu umrdir...

Besh kunlik dunyoda faqat ish-ish deb emas, yaqinlaringizga ham vaqt ajrating
"Dizayn: sanoat dizayni" va "Dizayn: interyer dizayni" ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ushbu yo'nalishda quyidagi tartibda kirish imtihonlari o'tkaziladi:

1️⃣ Ijodiy (kasbiy) imtihonlar:
- Chizmachilik, 93 ball
- Rangtasvir, 63 ball

2️⃣ Barchaga majburiy uchta fandan test:
- Ona-tili (o'zbek, qoraqalpoq, rus va boshqa tillar)
- Matematika
- O'zbekiston tarixi
Uchchala fandan 10 tadan savol, har bir to'g'ri javobga 1.1 baldan beriladi.
Jami: 10 * 1.1 * 3 =33
Ijodiy (kasbiy) imtihonlar va testlardan maksimal 189 ball to'plash mumkin.

📃 Dizayn ijodiy imtihonlar dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://taqi.uz/main/2750-kasbiy-ijodiy-imtihonlar-dasturi-baholash-mezoni-va-fan-majmualar.html

🎁 Avvalgi yillarda ijodiy (kasbiy) imtihonda tushgan topshiriqlardan namunalar:
https://t.me/taqi_uz/2540
(U yerda qalamtasvir ham berilgan, e'tibor qilmaysiz)

📣 Dizayn yo'nalishi uchun konsultatsiyalar jadvali: https://telegra.ph/2023-2024-oquv-yili-abituriyentlar-uchun-konsultatsiya-jadvali-07-12
Forwarded from Alisher Sadullaev
Vanihoyat darslar boshlandi!

🎉 Va'da - va'da! YouTube sahifamizda 300K bo'lganimiz munosabati bilan til ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan — IELTS darslariga start beramiz.

Ushbu darslar orqali siz IELTS imtihoniga oson va bepul tayyorlanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

👉 Darslarni tomosha qilish

P. S. IELTS sertifikatini olib, nima qilmoqchisiz? 😎

@ibratfarzandlari
Forwarded from Edu.uz
#abituriyentga_qulaylik

⚡️
@eduuzuniversalbot yangilandi

Endi abituriyentlar OTMga 2023-yil qabuli bo‘yicha eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishi mumkin.

BAKALAVR:
✔️ 2023/2024-o‘quv yili qabul kvotalari — kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy;
✔️ fanlar majmuasi — 2023;
✔️ darsliklar ro‘yxati — 2023;
✔️ o‘qishni ko‘chirish — 2023;
✔️ ijodiy imtihon o‘tkaziladigan OTM va yo‘nalishlar ro‘yxati;
✔️ OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).

MAGISTRATURA:
▪️qabul kvotalari—2023;
▫️turdosh mutaxassisliklar ro‘yxati — 2023.

Shuningdek:
📊 O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
🧰 Yo‘nalishlar kesimida o‘tish ballari;
🏛 OTM yo‘nalishlari ro‘yxati.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2030 йилгача барча аҳоли пунктларининг бош режалари ишлаб чиқилади — Шавкат Мирзиёев

2025 йилга қадар 25 та шаҳарнинг, 2030 йилгача эса барча аҳоли пунктларининг бош режаларини ишлаб чиқишни тўлиқ якунлаймиз.

“Бош план”ларни ишлаб чиқиш жараёнлари аҳоли ва тадбиркорлар учун очиқ-ошкора ва шаффоф бўлади. Бунинг учун, алоҳида портал ишга туширилиб, уларнинг ташаббус ва таклифлари албатта инобатга олинади.

Бу мақсадларга келгуси етти йилда 2 триллион сўм йўналтиpилади.
60210400 - "Dizayn: sanoat dizayni" va "Dizayn: interyer dizayni" (kunduzgi va kechki) ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlar jadvali

☝️ Har bir guruhda imtihonga kiradigan abituriyentlar ro‘yxati imtihondan kamida 2 kun oldin universitet sayti (taqu.uz) va telegram kanali (@taqi_uz) orqali e’lon qilinadi.

📣 Hujjat topshirgan abituriyentlar to'g'risidagi ma'lumotlar sonidan kelib, chiqib jadvalga o‘zgartirish kiritilishi mumkin!!!

Ba'zi foydali ma'lumotlar:
- Ijodiy imtihonlar bo'lib o'tadigan joy manzili:
https://goo.gl/maps/6P8TmE4RJWEgnfXV7
- Imtihon tartibi va dasturi: https://drive.google.com/file/d/1Q7oNZDLm5G3NUBZUfZBEaENRoE-FDuc5/view
- Qabul kvotalarini saytda ko'rish: https://taqu.uz/qabul.php
- CALL CENTER: (95)142-35-95, (95)142-35-85, (95)142-35-75,(95)142-35-15
☝️Ijodiy imtihonda abituriyentlarga qog'oz OTM tomonidan beriladi, qolgan kerakli jihozlarni o'zlari olib kelishlari kerak.

#abituriyent #ijodiy_imtihon #dizayn
@taqi_uz
Янги сайланган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг лавозимга киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталари қўшма мажлисидаги нутқи

Выступление вновь избранного Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии вступления в должность на совместном заседании палат Олий Мажлиса

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Фирдавс Хайриддинов
Xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda

Yurtimizga mehmon boʼlib turgan «Laura Peretti architects» arxitektura studiyasi asoschisi va rahbari Laura Peretti Toshkent Аrxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet bilan yaqindan tanishgan italiyalik xalqaro ekspert talabalar va professor-oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilmalarga yuqori baho berdi.
https://taqu.uz/news.php?page=24
60210400 DIZAYN: SANOAT DIZAYNI YO'NALISHIGA QABUL BOSHLANDI https://taqu.uz/announcements.php?page=26
Forwarded from Shoxrux
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi va nutq so‘zladi.
Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti Talabalar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori Azamat Metyakubov Davlat Rahbari nutqiga munosabat bildirdi.
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni qayta tiklash yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
#o‘qishni_ko‘chirish

Ma’lumot uchun, xorijdagi yoki respublikamizdagi nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Sohalar kesimida o‘tish ballari @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
60210400 - "Dizayn: sanoat dizayni" va "Dizayn: interyer dizayni" (kunduzgi va kechki) ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlar jadvali ☝️ Har bir guruhda imtihonga kiradigan abituriyentlar ro‘yxati imtihondan…
QO'SHIMCHA MA'LUMOT!

60210400 - "Dizayn: sanoat dizayni" va "Dizayn: interyer dizayni" (kunduzgi va kechki) ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlar jadvaliga o'zgartirish kirirtilmoqda! Imtihonlar jadvali 2-3 kun muddat ichida e'lon qilinadi!

ESLATMA!

Hurmatli abituriyentlar yuqoridagi https://t.me/taqi_uz/12544 e'londa abituriyentlar ro'yxati imtihondan kamida 2 kun oldin universitet sayti (taqu.uz) va telegram kanali (@taqi_uz) orqali e’lon qilinishi hamda Hujjat topshirgan abituriyentlar to'g'risidagi ma'lumotlar sonidan kelib, chiqib jadvalga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi yozilgan!

Imtihonga kiradigan abituriyentlar ro'yxati boshqa joyda e'lon qilinmaydi! Xavotirlanishga o'rin yo'q. Vaqt ketkazib universitetga kelib ketishingiz yoki qo'ng'iroq qilishingiz shart emas!

QAYTADAN YANA SIZLARGA ESLATMA!
Har bir guruhda imtihonga kiradigan abituriyentlar ro‘yxati imtihondan kamida 2 kun oldin universitet sayti (taqu.uz) va telegram kanali (@taqi_uz) orqali e’lon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot!
Ijodiy imtihonga kiradigan abituriyentlarga ijodiy imtihon kuni to'g'risida telefon orqali (qon'g'iroq yoki sms) xabar berishga harakat qilamiz!
Forwarded from Shoxruh_Mirzaxmedov
#stipendiyatanlovi

2023/2024 o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish istagida bo'lgan barcha iqtidorli talabalar diqqatiga.

Tanlovning birinchi bosqichida
19-iyul kuni O‘zbekiston tarixi,
20-iyul kuni Chet tili,
21-iyul kuni Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan test va og‘zaki suhbat bo‘yicha imtihon bo'lib o'tadi.

To'plagan bilim va ko'nikmalaringizga ishonasizmi, unda o'z imkoniyatlaringizdan unumli foydalaning.

Murojaat uchun: TAQU Iqtidorli talabalar bilan ishlash yetakchi mutaxasisi. Tel: (93) 514-16-95

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

BIZ SIZGA ISHONAMIZ
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti pinned «QO'SHIMCHA MA'LUMOT! 60210400 - "Dizayn: sanoat dizayni" va "Dizayn: interyer dizayni" (kunduzgi va kechki) ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlar jadvaliga o'zgartirish kirirtilmoqda! Imtihonlar jadvali 2…»