Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.16K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasiga yaqindan ko’maklashish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat qurilish bank mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlikni oshiramiz” mavzusida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirni “Iqtisodiyot va koʼchmas mulkni boshqarish” kafedrasi mudiri D.Mirdjalilova ochib berdi hamda uning maqsadi va mavzusini ishtirokchilariga tushuntirib oʼtdi.

So'ngra bank xodimlari tomonidan talabalarga sohaga oid ma'lumotlar berildi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#bilasizmi
 
Bugun 7-aprel - haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi voqealar bilan tanishing:
 
7-aprel - Butunjahon sog'liqni saqlash kuni.
 
🔸Toshkentda islom universiteti tashkil topgan kun  
 
🔸Armanistonda - Onalik va go'zallik kuni
 
🔸Mozambik - Ayollar kuni
 
🔸Fransiya metrik tizimini joriy etib, uzunligi - metr, og'irligi - kilogramm birliklarini aniqlaydigan qonunni qabul qilgan
 
🔸Angliyalik farmatsevt Jon Uoker ilgari ixtiro qilgan oltingugurtli gugurtlarni sotuvga chiqardi
 
🔸Nyu-Yorkdagi oxirgi trolleybusning so'nggi safari amalga oshirildi
 
#e'lon

‼️Hurmatli Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari!
✔️ 2023-yil 12-aprel kuni soat 13:00 da universitet sport zalida shaxmat, shashka, stol tennis va badminton sport turlari bo'yicha fakultetlararo musobaqa o‘tkaziladi.
✔️Barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
✔️Ishtirok etish uchun fakultet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishingiz mumkin.


👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasiga yaqindan ko’maklashish maqsadida Gold Step Invest mutaxassislari ishtirokida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda Gold Step Invest bosh arxitektori M.Shagaev, loyiha bosh muxandisi A.Abduraxmonov, qurilish direksiyasi vakili A.Jabborovlar talaba va professor-o’qituvchilarga korxonaning maqsadi va vazifalarini bilan tanishtirdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#tadbir

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilishni boshqarish fakulteti talaba yoshlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni bugungi kunda insoniyat hayotiga xavf solayotgan OITS, uning kelib chiqishi tarixi, belgilari, undan ehtiyot bolish choralari haqida talaba yoshlarni ogohlantirish maqsadida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxasisslari bilan hamkorlikda “OITS-asr vabosi” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Umarova Nilufar To'rayevna ishtirok etdi.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#bilasizmi
 
Bugun 9-aprel - haftaning yakshanba kuni. Ushbu sanadagi voqealar bilan tanishing:
 
9-aprel- Sohibqiron Amir Temurning tavalludiga 687 yil to'ldi.

🔸O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, kinorejissor Ibrohimov Hojimurod tavallud topgan kun
 
🔸Telefon apparati o'ylab topilgan kun
 
🔸Xitoyda internetga bag'ishlab madhiya yozilgan kun
 
🔸Boliviya - Konstitutsiya kuni
 
🔸Gruziya - Milliy birdamlik kuni

🔸Tunis - Xotira kuni

🔸Turkiyada islom dini rasman e'lon qilingan kun
 
#referendum_2023

2023-yil 7-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida Qurilishni boshqarish fakulteti professor -o'qituvchilari ishtirokida "Yangi Konstitutsiya - umummiliy birlik asosi" shiori ostida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar bo'yicha referendum tashviqoti yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda O’quv ishlari bo‘yicha prorektor E.B. Xaltursunov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Z.E. Matniyazov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Dj.Metyakubovlar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
#Amir_Temur
#687_yilligi

Bugun Amir Temur tavalludi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Prezident Administratsiyasi, parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar masʼullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari jamoasi sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.