Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Toshkent arxitektura-qurilish institutida navbatdagi attestatsiya ya'ni, tashqi baholash jarayonlari oʻtkazilmoqda

  Joriy yilning 20-sentyabr sanasidan 30-sentyabr sanasi kunlarida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish institutida navbatdagi attestatsiya jarayonlari olib boriladi.
Shu maqsadda, Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, ekspert komissiyasi aʼzolari oʻrtasida OTM tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib o'tdi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Toshkent arxitektura-qurilish institutida navbatdagi attestatsiya ya'ni, tashqi baholash jarayonlari oʻtkazilmoqda

  Joriy yilning 20-sentyabr sanasidan 30-sentyabr sanasi kunlarida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish institutida navbatdagi attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda.
Ta'kidlash joizki Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 470-sonli buyrug'iga asosan tashkil etilayotgan jarayonlardan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
   Mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi, oliy taʼlim muassasasining moddiy texnik bazasi, tadqiqotchilarga ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda.
   Shu maqsadda, Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, ekspert komissiyasi aʼzolari oʻrtasida OTM tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
   Unda jarayonning mazmun-mohiyati, maqsadi va oldingi attestatsiya (akkreditatsiyalash) jarayonlaridan farq qiluvchi jihatlari haqida maʼlumot berib o‘tildi.
   Shuningdek, OTM tomonidan taqdim etilgan ichki baholash xulosalarining sifati, ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim sifatini oshirish yuzasidan taqdim etilgan tavsiyalar ham atroflicha muhokama qilindi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Президент Шавкат Мирзиёев ислоҳотларни янада жадаллаштириш ва натижадорлигини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам дальнейшего ускорения реформ и обеспечения их эффективности.

#Mirziyoyev #yigilish #islohotlar #strategiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#tanlov

⚡️Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyati onlayn tanlovini e'lon qiladi.

🔸Kanalımız orqali e'lon qilinadigan 30 ta onlayn test savollariga javob berasiz va g'oliblikni qo'lga kiritasiz. Jumladan, birinchi savollarga eng tez, eng ko'p javob bergan 3 kishining maqolasi jurnalda bepul nashr etiladi.

🔸Test savollari 26-sentabr kuni soat 20:00 da kanalımızda e'lon qilinadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
‼️Siz qurilish materiallari ishlab chiqarish biznesi bo'yicha zamonaviy bilim orttirmoqchi va dunyo tajribalarini o'rganmoqchi bo'lsangiz, "Tadbirkorlar maktabi" siz izlagan dargoh!

2 haftalik BEPUL mashg'ulotlar davomida mutaxassislar ushbu sohaning sir-sinoatlarini ochiqlashadi, mini-zavod ochish yoki yirik loyiha biznes-rejasini tuzish, soliq, marketing va loyihaning huquqiy tomonlarini tafsilotlarini o'rgatishadi.

Ta'lim yo'nalishlari:

devorbop qurilish materiallari;
fasadlar uchun pardozlash qurilish materiallari;
qoplamalar va pol qoplamalari;
issiqlik saqlovchi qurilish materiallari;
sement ishlab chiqarish.

Shuningdek, bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultatsion yordam ko‘rsatib boriladi.

Loyihani ishga tushirishda o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash - bepul.

Kursga onlayn arizani ushbu havola yoki +998 71 2549201 telefon raqami (9:00dan 17:00gacha) orqali qoldirishingiz mumkin.

Tadbirkorlar maktabi SQB tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to'lash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (515-son, 20.09.2022-y.) bilan Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha homiladorlik va tug'ish nafaqasini tayinlash hamda to'lash tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi

📝 Nizom bilan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug'ish nafaqasini to'lash tartibi belgilandi.

Nafaqa Ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan farzand tug'ilgunigacha minimal iste'mol xarajatlarining 4 baravari (1 mln 992 ming so'm) miqdorda beriladi.

Shunga ko'ra, yuridik shaxslarning nafaqa to'lash majburiyati Jamg'arma hisobidan to'langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

🗓 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to'lash uchun asos bo'ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma'lumotlar mas'ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma'lumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.

📲 “Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o'tkazib beriladi. Plastik karta bo'lmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd ko'rinishda beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💰Qishloqlardagi chet tillarini o'rgatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022-y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🔰Reglamentga ko'ra, subsidiya nodavlat ta'lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

🔹bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
🔹zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

📝 Nodavlat ta'lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasigacha YIDXPda elektron ro'yxatdan o'tgan holda murojaat qiladi.

Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

▫️2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
▫️mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
▫️pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
▫️pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
▫️ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

🚫 Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko'rsatilmagan ma'lumot va hujjatlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.

Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to'lov amalga oshirilmaydi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-oktyabrdan amalga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ma’naviy yuksalishiga koʻmaklashish markazida ovoz yozish audiostudiyasi oʻz faoliyatini boshlaganligini maʼlum qilamiz.

🎓 Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan oʻqishdan boʻsh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin. Siz audiostudiyada sheʼr, qoʻshiq, hikoya va shu kabi ijod mahsullaringizni sifatli formatda yozish imkoniga ega bo'lasiz.
👉 Qiziquvchan barcha talabalarni loyiha guruhiga taklif qilamiz: https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

📌 Ha aytgancha, audiostudiyamiz Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum binosi 2-qavatida joylashgan.
👉 Manzilni Google xaritadan koʻrish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
⚡️ Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha yangi Telegram kanali ishga tushirildi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan fuqarolarimizning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha yangi Telegram kanali ishga tushirildi.

Ushbu kanal orqali mazkur sohaga doir yangiliklar va eng muhim ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatiga doir eng ishonchli va dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun @nodavlat_otm kanalini kuzatib boring.

🟧 Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kanaliga ulanish:👇
@nodavlat_otm
22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni

Ushbu sanada dunyoning ko‘plab mamlakatlari hamda shaharlarida piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi turli aksiyalar, tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab respublikamizda ham 22-sentabr “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Talabaga_engillik

Yangihayotda yangicha hayot boshlandi

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va poytaxt hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova oliy taʼlim muassasalari masʼullari hamrohligida “Tashkent indeks” savdo majmuasining turar joylarga moslashtirilgan binolarida joylashgan talabalar holidan xabar oldi va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

👉 Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube