Taqdir bitiklari
2.31K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Agar shoir hayot bo‘lganda bugun 67 yoshga to‘lardi.

Bunday shoir yuz yilda bir tug‘iladi. U bilan zamondosh bo‘lish ham sharaf. Oxiratlari obod bo‘lsin!


Muhammad Yusuf "Biz baxtli bo‘lamiz"

@Taqdir_bitiklari ☕️
AYYORLIK

Bir kishi ikki chelak baliqni koʻtarganicha sohilni tark etayotgan mahal, qoʻriqchi tomonidan toʻxtatilibdi. Qoʻriqchi baliqlarni koʻzdan kechirarkan kishini soʻroq qila boshlabdi:
– Xoʻsh janob, bu yerda baliq tutish uchun guvohnomangiz bormi?
– Yoʻq janob, men bu baliqlarni ovlaganim yoʻq, bular mening xonaki baliqlarim, – debdi kishi.
– Xonaki baliq!?– ensasi qotibdi qoʻriqchining.
– Ha janob, bular qoʻlga oʻrgatilgan baliqlar, har kuni sohilga olib kelib suvga qoʻyib yuboraman, bir-ikki soat suzishadi, keyin esa xushtak chalaman, hammasi qaytib kelib chelakka sakrab chiqishadi va men ularni uyga olib ketaman.
– Meni ahmoq qilmang, baliqlar bunday qilishmaydi!
– Gapim rost, ishonmasangiz keling koʻrsatishim mumkin, – debdi kishi va baliqlarni suvga qoʻyib yuboribdi.
Bir necha daqiqadan soʻng qoʻriqchi soʻrabdi:
– Xoʻsh?
– Nima xoʻsh?
– Ularni qachon chaqirasiz?
– Kimlarni? – hayron boʻlib soʻrabdi kishi.
– Baliqlarni!
– Qanaqa baliq haqida gapiryapsiz?


@Taqdir_bitiklari ☕️
● Yiqildingmi? Nima bopti? O'rningdan tur va harakatni davom et!

● "Sen buni qilolmaysan" deyishyaptimi? Nima bopti? O'rningdan tur, ularga dalillarni ko'rsat (agar kerak bo'lsa) va o'z tarihingni yozishga kirish!

● Ular "boshqalar sendan kuchliroq" deb aytishdimi? Shuning uchun "ular" o'sha "boshqalarga" murojaat qilishsin. Seni bilganlar seni yoningda qoladi!

● Taslim bo'lmoqchimisan? Mumkin emas! Yana bir bor, nima uchun hayotingda ushbu maqsadni qo'ygansan, ko'rib chiq!

● Sen o'zligingda qol! va maqsading sari intilishni to'xtatma!


@Taqdir_bitiklari
TANLOV

Shifokor eshik ortida kutib turgan erkakka yuzlandi.
– Ahvol jiddiy. Zudlik bilan ikkisidan birini tanlashga majbursiz. Onani saqlab qolaylikmi yoki bolani?
U birdam dovdiradi-da so‘ng xotirjam javob qildi.
– Bolani.


©Manzura Abdullayeva

@Taqdir_bitiklari ☕️
Kuchli odamlar kechiradilar.
Aqqli odamlar e'tibor bermaydilar. Zaif insonlar qasos oladilar.


©Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"

@Taqdir_bitiklari ☕️
​– Nima qilyapsan?!
– Ko'rinmayaptimi? Men kaktusni quchoqlayabman!
– Axir uni tikani bor-ku!
– Bo'lsa bordir. Nima bo'pti?
– Joning og'rimayaptimi, axir?
– Og'riyapti.
– Unda nega bag'ringga bosyapsan?
– Qanchalik tikanli bo'lmasin, uni shunchaki quchoqlashsa ham xursand bo'ladi.


©Antuan de-Sent Ekzyuperi "Kichkina Shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ba'zida xotira pand beradi...
Eslolmay qolasan kishi.
Ammo, shunday lahzalar bo'ladiki. Xotira pand bersa ham qalb eslatib turaveradi!..


©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina Shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️
“Meni hali eslab yurasiz”, —
dedi bir ayol.
“Yo‘q, — dedi u. — Sizni
eslaydiganlar juda ko‘p.
Men esa, hech kimi yo‘q
bir ayolni eslayman,
Xudo xoxlasa;
hech kimi yo‘q
bir ayolni sog‘inaman,
Xudo xohlasa”.
Tashqarida —
xazon yog‘ar.
“Qaysi yilning xazoni?
Bu suhbat
qayerdan keldi?
Nega buncha g‘ussali? Nega
birdan sog‘inch o‘rtadi jonimni?
Hech kimi qolmadimikan u ayolning?
Bir o‘zi yurganmikan dunyoda tentirab?
Izlab borsammikan?..”
Tashqarida —
Xazon. Shamol.
Kuz yomg‘iri.
Nimalarni
xohlayapti
Parvardigor?
Yo‘l esa,
uncha olis emas:
o‘ttiz besh kuzakdan
o‘tilsa,
bo‘ldi.


©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📎 Yugurish yo‘lagi ixtirochisi 54 yoshida vafot etdi.

📎 Gimnastika ixtirochisi 57 yoshida vafot etdi.

📎 Bodybilding bo‘yicha jahon chempioni 41 yoshida vafot etdi

📎 Dunyoning eng yaxshi futbolchisi Maradona 60 yoshida vafot etdi.

📎 Jeyms Fuller Fix Amerikada yugurishni ommalashtirish orqali fitnes inqilobini boshlashga yordam bergani uchun xizmat qiladi. U 52 yoshida yugurish paytida yurak xurujidan vafot etdi.

#AММO...

📎 Nutella brendining ixtirochisi 88 yoshida vafot etdi.

📎 Sigaret ishlab chiqaruvchi Uinston 102 yoshida vafot etdi.

📎 Afyun ixtirochisi 116 yoshida zilzilada vafot etdi.

📎 Hennessy likyorining ixtirochisi 98 yoshida vafot etdi.

Qanday qilib shifokorlar jismoniy mashqlar umrni uzaytiradi degan xulosaga kelishdi?

Quyon har doim yuqoriga va pastga sakraydi, lekin u atigi 2 yil yashaydi va toshbaqa, umuman mashq qilmasdan, 400 yil yashaydi.

Shunday qilib, dam oling, dam oling, xotirjam bo‘ling, ovqatlaning, hayotdan zavqlaning... 😉
😊

©internetdan olindi

@Taqdir_bitiklari ☕️
Juma muborak aziz dindoshim! 🌙

Muqaddas Ramazon oyining 3-jumasi muborak bo‘lsin!


@Taqdir_bitiklari ☕️
Hammasi Xudodan —
Parvardigordan,
Uning hukmi ila dunyoda borman.
Yaxshiman, yomonman, senga do‘st-yorman,
Oshiqman,
Ojizman,
Mehringga zorman.


©Shukur Qurbon

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Asl g'avvos bo'lsang, durni ko'rgaysan,
Sof bo'lsang, ketar chog' hurni koʻrgaysan.
Hamma yoq zulmat deb shikoyat qilma,
O'zingda nur bo'lsa, nurni ko'rgaysan...


©Mirzo Kenjabek


@Taqdir_bitiklari ☕️
Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o’ylab, taskin topasiz. Xonadoningizda go’dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz... dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz, go’dakni bag’ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o’ylab, taskin topasiz...

©O’tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar”

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yolvora yolvora [onmusic.kz]
Yulduz Usmonova
🎵 Yulduz Usmonova "Yolvora-yolvora"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Nahidə Babaşlı - Anlasana ( Cover)
Nahide Babashli
Nahide Babashli qalbga yetib boruvchi sokin ovozga ega. Uning qo‘shiqlari hech qachon ko‘ngilga tegib qolmaydi. 😊

Xayrli tun barchaga, Allohga omonatsiz!

@Taqdir_bitiklari ☕️
— Nega uzoq yoʻldan yuryapmiz, dada?
— Qosim doʻkonchi bor-ku, uning doʻkoni yonidan oʻtmaylik. Qarzi bor mendan. Ahvoli yaxshi boʻlmasa kerak. Berolmayapti. Biz unga oʻzimizni koʻrsatib oʻtishimiz yaxshi emas.

@Taqdir_bitiklari ☕️
– Kuning xayrli boʻlsin, ey Abdulmuttalib, – dedi.
– Qurbonlik qilmoqchiman.
— Nimaga? Ne maqsadda?
Abdulmuttalib qisqa qilib ahvolni tushuntirdi. Haligi odam oʻzini yoʻqotib qoʻydi, soʻngra:
— Sen buni qilolmaysan, ey Abdulmuttalib, — dedi.
– Nega qilolmas ekanman?
– Chunki sendek mulohazali, sendek aqli raso, boshqalarga oʻrnak boʻladigan bir inson bunday johillikka qanday qoʻl ursin?! Sen qurayshlarning faxrisan, quraysh oʻrnak oladi sendan. Ochlarni toʻygʻazgan, hatto qurt-kumursqaning ham rizqini oʻylovchi bir insonsan, oʻz farzandingni qanday qurbon qilasan?!
– Men bir paytlar qasam ichganman. Mard odam qasamini buzmaydi!
Shu gaplarni aytgach, oʻgʻillari tomon oʻgirildi: “Bering oʻqlaringizni”, dedi.


©Ahmad Lutfiy Qozonchi "Saodat asri qissalari"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Sadriddin Ayniy oʻgʻli bilan qizi Moskvada oʻqiganida oʻgʻliga oz pul yuborar ekan, qiziga koʻp yuborar ekan. Buni sababini soʻrashganida, shunday tushuntirib beribdi:

Oʻgʻil bolani toʻqchilik buzadi, qiz bolani yoʻqchilik.


@Taqdir_bitiklari ☕️
Afrikaga dori-darmon yuborishga qaror qilib, ancha-muncha dori toʻplagandik, lekin bir muammo yuraklarimizni pora-pora qildi, dorilar yoʻriqnomasidagi bir yozuv bizni yigʻlatdi... Afrikaliklar uchun zarur boʻlgan hamma dorilarning yoʻriqnomasiga “Toʻq qoringa ichilsin”, deb yozilgandi...

©Charlz Bukovski,
Amerika yozuvchisi va jurnalist

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sog‘inganda Rumiyni o‘qing..."

©Shahriyor Shavkat

P.S: Yosh shoir 1998-yilda Shahrisabz shahrida tavallud topgan. Uning birinchi kitobi 2021-yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasida "Ruhim qushlari" nomi ostida chop etildi.

@Taqdir_bitiklari ☕️