Namozda sajdaga bosh qo'yish – farz. Ota-onaga ta'zim qilish – qarz.
O'tganlar ruhi oldida bosh egish – sunnat. Ayol oldida bosh egish – odob. Haqiqat oldida bo'yin egish – mardlik... Yiqilgan bir nochor bandasini turg'azib qo'yish uchun yerga ta'zim qilish – ham farz, ham qarz, ham sunnat, ham odob, ham mardlikdir!
©️O'tkir Hoshimov
@Taqdir_bitiklari ☕️

OQ, OYDIN KECHALAR
Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom
bo‘lardi. Erta bahorda qiyg‘os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: «Bodom yolg‘iz
bo‘lgani uchun meva qilmaydi», deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga ko‘loblatib suv separ, kunbo‘yi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo‘shilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit bo‘lib qolar edi.
Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan to‘lgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi.
Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi:
Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subxon allo sizga,
Umr bersin bizga...
Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu sehrli qo‘shiqni yana bir eshitgisi kelgandek, мuаllаq to‘xtab qolar, yulduzlar o‘ychan ko‘zlarini tikib muloyim boqib
turishar, onam ertak aytar edi. Toshlar orasiga kirib g‘oyib bo‘lgan baxtsiz qizcha yig‘lab-yig‘lab qo‘shiq aytardi:
Ochil-ochil, oq toshlar-a,
Men onamni ko‘rayin-a,
Diydoriga to‘yayin-a.
— Men osmondan yulduzimni tanladim. Qarang, oyi, Yetti og‘ayni orasidagi eng yorug‘ yulduz — meniki...
— Mayli, o‘g‘lim. O‘sha yulduz seniki. Anovi to‘rtinchisi — meniki.
— Nega, oyi, to‘rtinchisi eng kichkina yulduz-ku!
— Shuning uchun ham meniki... To‘rtinchi yulduz— yetimcha yulduz. Ko‘rdingmi, yaxshi o‘smay qolgan. Yetimlarga rahm qilish kerak.
Yulduzlar sirli ko‘z qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli mo‘ralar, shabada sirli shivirlar,
sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar, osmon ham, yer ham sirlarga to‘la edi.
Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan yulduz to‘satdan lop etardi-yu, ingichka, nurli iz qoldirib g‘oyib bo‘lardi. Onam cho‘chib tushardi:
— Esiz... Bir bechoraning joni uzildi-ya...
Yuragim shuv etib, onamning pinjiga kirardim. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin!
...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Bilmadim, ehtimol o‘sha oq, oydin kechalarda onam ilk bor qo‘limga qalam tutqazgan-dir.
Yulduz to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning
jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni
ona deyishlari, ehtimol, shundandir.
©O‘tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari"

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹 Bir lahza kulgudan qalb nurga to'lsin,
🌹 Yaratgan hamisha siz bilan bo'lsin.
🌹 Allohning har go'zal yorug' kunida,
🌹 Porloq yuzlaringizdan nurlar taralsin.
🌹 Sizga tuhfa etay duo-salomlar,
🌹 Duoda eng go'zal shirin-kalomlar.
🌹 Porloq hayotingiz nurafshon bo'lsin,
🌹 JUMA ayyomingiz muborak bo'lsin!
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..

YAXSHI XOTIN
– Muxtorjon, nima gap? Uyda janjal boʻldimi, deyman?
– Xotin bilan yana ozgina janjallashdik-da, oqsoqol.
– Janjal qildingmi yo kelinni urdingmi?
– Shu, tili chayon. Gap qaytarganida ogʻzi yopilmaydi. Shunga urdim.
– Urganingda xotining koʻchaga qochdimi yo uyga kirdimi?
– Oʻzini darrov uyga urdi, oqsoqol. Nimaydi?!.
– Gap qaytarish xotinlarga tekkan bedavo kasal. Endi xotinni urma, bola. Qaytib qoʻlingni tekkizma, kelin yaxshi xotin boʻladi.
@Taqdir_bitiklari

• Agar kishi oddiy va maʼnosiz narsalarga ham kulaversa demak u chuqur yolgʻizlik tuygʻusi ichida;
• Agar kishi koʻp uxlayotgan boʻlsa demak u tushkunlikda;
• Agar kishi qisqa va tez gapirayotgan boʻlsa demak u nimanidir berkityapti;
• Agar kishi yigʻlay olmasa demak u kuchsizdir;
• Agar kishi noodatiy shaklda ovqat yeyayotgan boʻlsa demak uning asabi taranglashgan;
• Agar kishi arzimas sabab bilan ham yigʻlayversa demak uning qalbi pok va oʻta yumshoq;
• Agar kishi boʻlmagʻur va arzimas narsalarga ham jahl qilaversa demak uning muhabbatga ehtiyoji bor.
@Taqdir_bitiklari ☕️
• Agar kishi koʻp uxlayotgan boʻlsa demak u tushkunlikda;
• Agar kishi qisqa va tez gapirayotgan boʻlsa demak u nimanidir berkityapti;
• Agar kishi yigʻlay olmasa demak u kuchsizdir;
• Agar kishi noodatiy shaklda ovqat yeyayotgan boʻlsa demak uning asabi taranglashgan;
• Agar kishi arzimas sabab bilan ham yigʻlayversa demak uning qalbi pok va oʻta yumshoq;
• Agar kishi boʻlmagʻur va arzimas narsalarga ham jahl qilaversa demak uning muhabbatga ehtiyoji bor.
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
©Umar Xayyom
@Taqdir_bitiklari
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
©Umar Xayyom
@Taqdir_bitiklari
Forwarded from Шаҳзод ЭРГАШАЛИЕВ
Наманган давлат университети математика факултети 4-босқич талабаси Шаҳзод Эргашалиев 2020-йилда халқаро миқёсда ўтказилган "Зомин-2020" семинарида наср йўналиши бўйича иштирок этиб, ғолибликни қўлга киритганди.
16-апрел куни пойтахтимиздаги адиблар хиёбонида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси "Ижод" фонди томонидан Шаҳзод Эргашалиевнинг беш минг нусхада чоп этилган "Уфққа туташ йўл" номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.
Тадбир давомида Ўзбекистон халқ шоири Сирожиддин Саййид, Ботиржон Эргашев, Нодир Жонузоқ, Хуршид Дўстмуҳаммад каби атоқли ижодкорлар сўзга чиқиб, ёш қаламкашлар келажаги порлоқ эканига катта ишонч билдириб, адабиёт йўлида улкан зафарлар тилашди.
Таъбир жоизки, китоблар катта тиражда бепул чоп этилгани ўлароқ, мўмайгина гонорар ҳам берилди.
Бундан ташқари ҳар бир муаллифга икки юз нусхада ўз китоблари совға қилинди. Қолган китоблар эса республика бўйлаб тарқатилиши кўзда тутилган.

***
Hali yorilmagan
Yangi peshonam,
Jim turgin –
Devorlar uraversin do'q.
Qancha peshonamni, axir, yorganman,
Ammo
Biror devor qulagani yo'q...
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hali yorilmagan
Yangi peshonam,
Jim turgin –
Devorlar uraversin do'q.
Qancha peshonamni, axir, yorganman,
Ammo
Biror devor qulagani yo'q...
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
MEHR
“Kun boʻyi roʻzador holida qurilishda, oftob tigʻida ishladi, juda ochiqqandir”, oʻyladi ayol eriga zimdan qarab. “Yaxshisi, boya yeb olgandim, qornim toʻq deb aytaman”.
“Homilador ahvolida tuzuk-quruq yedira olmayapman”, oʻyladi erkak ayoliga gunohkorona boqib. “Ikki kishi uchun yeyishi kerak. Yaxshisi... doʻstimnikida iftorlik qilib keldim, deyman”.
Doʻppidekkina palov eru xotin oʻrtasida xokisor turardi...
©Nodirabegim Ibrohimova

Odamzotning fe'li shunaqa. Noxush narsani eslagisi kelmaydi. Ammo yomon xotira barmoqqa chiqqan yaraga o'xshaydi. Qo'lingni qimirlatishing bilan o'sha la'nati yara bexosdan bir joyga tegib ketadi-yu, azob beradi.
©O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
“Oʻtkan kunlar” haqida oʻnta fakt!
1.“Oʻtkan kunlar”taʼsirida oʻzbeklar, shuningdek koʻplab turkiy xalqlar orasida Kumush , Otabek ismi koʻpaydi (hozir ham davom etyapti).
2. Zaynab ismini qoʻyish sezilarli darajada kamaydi.
3. “Siz oʻshami?” jumlasi iboraga aylandi.
4. Bu kitob chet elliklar kelganda ilk tavsiya qilinadigan , sovgʻa qilishga arzigulik asar.
5. “Moziyga qaytib ish koʻrmoq xayrlidir” jumlasi yod boʻlib ketdi.
6. Kumush haqmi, Zaynabmi degan munozaraning yechimi hanuz izlanmoqda, shoirlarga ilhom bagʻishlamoqda.
7. Asar asosida olingan film Gulchehra Jamilovani goʻzallik timsoliga aylantirdi.
8. Margʻilonlik qiz juvonlarga “Kumushbibi yurtidan” iborasi qoʻshib aytiladigan boʻldi(Ayniqsa, shoir, yozuvchilar ijodida).
9. Zaynab va Kumushga atab koʻplab sheʼrlar yozildi.
10. Oʻzbek adabiyotidagi hech qaysi asar shu paytgacha birinchi oʻzbek romaniga teng kelolmadi!

Qachon og'ir qayg'uga cho'ksam, ko'zlarim porlaydi, chexram ochiladi, terimga sig'may ketaman. Dunyoni pisand qilmaganday qah-qaha urib kulaman, turli sho'xliklar telbaliklar qilaman. Shu bilan birga, oh-u zorini yaqin odamiga, boshqalarga aytolmaydigan kishilar uchun buni juda yaxshi odat deb hisoblayman.
©Rashod Nuri Guntegin "Choliqushi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Rashod Nuri Guntegin "Choliqushi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hozirgi yoshlar tramvayda pista chaqishga uyaladi-yu, o'pishishga uyalmaydi. Nahot muhabbat pista chaqishdan arzon bo'lsa?!
©O'tkir Hoshimov "Nur borki soya bor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©O'tkir Hoshimov "Nur borki soya bor"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qaroqlarim osha qalbimning tub-tubidan og‘riq aralash yig‘i tomchilab tushdi qo‘llarimga... 😢
"Kimdan qolmabdiki bu dunyo..."
🎵Yulduz Usmonova "G‘animat"
@Taqdir_bitiklari ☕️
"Kimdan qolmabdiki bu dunyo..."
🎵Yulduz Usmonova "G‘animat"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Odamzot o'zini judayam baxtiyor his etsa, xudbin bo'lib qolarkan. O'zgalarning dardini sezmas ekan.
©O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
©O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️