Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#Kayfiyat

— Eshmat, men yo'ldan pul topib oldim!
— Necha pul ekan?
— 10 dollar.
— Berchi, ko'raychi!
— Yirtib tashladim.
— Nega yirtasan?
— Qalbaki ekan.
— Qanday bilding?
— 10 dollarlikda ikkita nol bo'lmaydi-ku!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Borxesning "Tangri bitiklari" hikoyasi haqida

Borxesni o‘qirkansiz uning falsafasiga qoil qolmay iloj yo‘q. Argentinalik yozuvchi ramzlardan shu darajada mahorat bilan foydalanadi-ki, zamirida nima yotganini payqash uchun ba‘zida qayta o‘qishingizga to‘g‘ri keladi.

Uning ushbu hikoyasida ham Tangrini anglamoq naqadar zahmatli yo‘l ekanligi zindonband rohib orqali ochiqlanadi.

Ramzlarga to‘xtalsak, zulmat — javobsiz savollar bilan o‘tgan umr, bir-biriga tutasib ketgan, bir tepalikdagi qumlar sonicha tushlar — Tangrini anglash zahmati...

Bu hikoyadagi mahbusga ovqat berish uchun tirqishni ochib, zulmatga bir oz bo‘lsa ham yorug‘lik kiritib turadigan qorovul Tangri timsolidek tuyiladi...

Xudoning aynan bir joyda emas, hamma yerda ekanligini anglab yetish uchun ozmuncha mashaqqat talab etilmaydi. Bunga yaxshisi Borxesning ko‘zlari bilan qarasangiz, chuqurroq anglab yetasiz.

Hikoyani @Badiy_kitob 📕 kanalida o‘qishingiz mumkin.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Assalomu alaykum muhtarama ayollar, qizlar, onalar!

💐 Bugun latofat malikalari, nozik hilqat egalari, mushtipar onajonlar hamda, mehribon opa-singillarimizning quvonchli kunlaridan biri.

🌹 Barcha ayollarimizga uzoq umr, salomatlik, eng muhimi bugungidek ardoqda umr kechirishingizni tilab qolaman.

🌹 Sizlarni yaxshi ko‘raman aziz va bo‘lajak ONALAR!

💐 Mening nomimdan uyingizdagi ayollarni ham tabriklab qo‘ying!

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
#piyonistalar_dialogi

— Bugun bayram, mazza qilib ichmoqchiman!
— Ahmoq, sening bayraming emas, ayollarniki-ku!
— Shuning uchunam alamdan ichmoqchiman!

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Sizga_tegib_ketmasin

Shuni qaysi kinoda aytardi? 😆
Bugun kimlargadir rosa aytgisi keladida odamni..!

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Rostini_aytsam

Barcha erkaklarni 9-mart tinchlik va osoyishtalik kuni bilan tabriklayman! 😆

Sog‘ omonlikda shu kunlarga o‘tib olganingizga shukur.

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Bilaman, u qadar men yomonmasman,
Ammo nima qilay, sen tomonmasman.
Hech narsa o‘zgarmas, yirtib tashlayver —
Ertagingdagi bosh qahramonmasman...

©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Bola_tilidan

— Muzqaymog‘ingdan bitta yala-a-y!
— Ma! Lekin o‘zingda ham bor-ku?!
— Meniki tugaguncha sen ham yeb qo‘yasan, keyin senikidan yeyishvorishga ulgurmayman-da!

@Taqdir_bitiklari ☕️
INDAMADI

Ey go‘zal, noming na deb, berdim savol indamadi,
Mahliyo etdi tamom oftobjamol, indamadi.

Bog‘ida tanho o‘zi gulmi terar tong chog‘ida?
Guldayin kulgan chiroy bo‘ldimi lol, indamadi?

Bog‘ini qilgan ekan san’atidan gulga makon,
Kokilin asta silab o‘tsa shamol, indamadi.

Qo‘lida guldastasin menga berar deb o‘ylasam,
Bag‘riga bosdi gulin, kuldi xiyol, indamadi.

Der edim men o‘zima: "Behudaga tashlama gap",
Bilmadim, ul kim ila aylar visol, indamadi.

Yorini ta’rif etib kuylar edi ko‘nglida ul,
Javdirar erdi ko‘zi, surdi xayol, indamadi.

Ko‘nglida boshqa birov, sevgi vafodori yashar,
Shu sabab Mo‘min so‘zim keldi malol, indamadi.

©Po'lat Mo‘min

@Taqdir_bitiklari ☕️
Koʻrgani hushim yoʻq yuzingni sira,
Koʻzlarim samimiy kula olmaydi.
Surating yoqadi oʻzingdan koʻra,
Chunki u yomonlik qila olmaydi.

©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
Gazetda oʻqidim, hayotimiz zoʻr,
Radio bong uradi maosh oshibdi,
Televizorni qoʻysam hammasi yaxshi,
Vatan, xizmatingga yurak oshiqdi.
Yo erta tugʻildim, yoki juda kech,
Sababi negadir baxtim kulmaydi,
Ijaraga toʻlab oylik yarmini,
Yashashni yaxshi deb yozib boʻlmaydi.
Senda musofirman, senda fuqaro,
Senda ruhim asir, iskanjada tan,
Oʻlan toʻshagim deb yozaman ammo,
Ammo senda ijarada yashayman Vatan.
Noshukr deb atama, nonkoʻr demagin,
Shoirim desang bas xursandman men,
Har oy puling toʻlab koʻchishga tayyor,
Ijara uyimdek sevaman seni.

©Navoiylik Alisher

@Taqdir_bitiklari ☕️
Hey, rostdanam kimdir o‘raqti yerg‘a uch marta tig‘vorsin. Yomg‘ir to‘xtasin-ey! Odam ham charchab ketdi-ku! 😀

Dunyoning dastagi o‘raq ekan-ku, bilmay yurgan ekanmiz. 😆

Odamlar, nima chekyapsizlar bu darajada fikrlatadigan?

@Taqdir_bitiklari ☕️
Hozirbop qo‘shiq)

Namanganning shevasi zo‘r-da! 😀
O'qish davrida 7 yil yashadim shahrida. Maza-da omale)

Kim namanganlik? 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

8-kitobni o‘qishni boshlaymiz bugun. Bu O‘lmas Umarbekovning "Odam bo‘lish qiyin" romani bo‘ladi.

📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob

Istasangiz, kanalga audio versiyasini ham joylab qo‘ydim. Oddiy tinglash bilan, 2 soat-u, 11 daqiqada tugatsa bo‘ladi. Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q deb boshimni og‘ritmang. U darajada band odam yo‘q hech qayerda.

Xullas men bilan birga bo‘lsangiz, 2022-yilda 100 ta asar mutolaa qilasiz.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Hozir butun dunyodagi texnikalar yo‘qolib qolsa, ayni muddao bo‘lardi.

To‘g‘ri, og‘irni yengil qilyapti hammasi.
Ammo ilm olishga qo‘ymayapti, ko‘pchilikni yashashga qo‘ymayapti...

@Taqdir_bitiklari ☕️
#tinib_tinchimagan_odamlar

O‘sha mashhur yomg‘ir to‘xtatadigan o‘roqlar sotuvga chiqibdi.

Agar yomg‘ir ishlaringizga halaqit berayotgan bo‘lsa, "Shop-shop bobolarim", deb yerga uch marta tiqsangiz yomg‘irni o‘chirasiz va ishlaringizni qilaverasiz.

Tak shto puliga yarasha! 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Ezilib-ezilib yomg‘irlar yog‘di,
Ezilib-ezilib ado bo‘ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlar yoqdi,
Gohida “oh” urding – o‘rtandi jahon.

Umrning qorong‘u ko‘chalarida
Muhabbatu nafrat horg‘in kezindi.
Bahorning yomg‘irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.

Taqdirning beomon shiddat yomg‘iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg‘irning yo‘qdir oxiri –
Ezilib yig‘laydi so‘nggi ongacha.

So‘z kimga kerakdir? Lab ochmagin. Jim.
Taqdir so‘zga loyiq qoldirmadi sir –
Men ham yomg‘ir kabi bir yog‘ib o‘tdim,
Sen ham yomg‘ir kabi yig‘lab o‘tding bir...

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
YAXSHIMISAN?

​​"Y"axshimisan!? – berilar savol,
"A"lbatta, deb javob beraman.
"X"azon kabi sochilgan hayol,
"S"iniqlarin yerdan teraman!
"H"ayot bilan bo'lmas kelishib,
"I"staganin ko'radi ravo...
"M"iyig'ingda kulasan-u lek,
"A"slida-chi hammasi rasvo...
"S"avol oddiy tanish jumlalar,
"M"ening holim barchaga qiziq.
"A"ytolaman yaxshiman deya,
"N"ursiz yuzda aks etib chiziq...

©Abduvoris Alijonov


@Taqdir_bitiklari ☕️
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
ARAVA

Aravada ketmoqdaman men,
Arava qo‘sh g‘ildiraklikdir.
Birisining nomi g‘am bo‘lsa,
Birisining ismi shodlikdir.

Oson emas bu yerda manga,
Yo‘l notekis, tezlik chirpirak.
Og‘olmayman hech qaysi yonga,
Bosib qolar nargi g‘ildirak.

©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari ☕️