Taqdir bitiklari
2.35K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#dialog #shunchaki

– Реалистмисан?
– Йўқ, Барсачиман. ))

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Dialog #Kayfiyat

— Қани, сен турчи, ер қандай шаклда?
— Ерми? Ер... билмайман устоз.
— Ўтир, икки!
— Домла инсоф қилинг, ер юмалоқ, ҳали эртага кўришишимиз бор!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yo‘qlamagan har kuning yilcha bo‘lurmi, hay-hay,
Shunchalik shafqat bilmas dilcha bo‘lurmi, hay-hay.

Xush surating bir nafas tark etmas xayolimni,
Ko‘z shahlo-yu, qosh esa nilcha bo‘lurmi, hay-hay.

Har so‘zda yuz andisha qilg‘um donolig‘ingdan,
Ko‘nglingning nozikligi qilcha bo‘lurmi, hay-hay.

Goh xanjar, goh asaldek so‘zlaringdan dog‘damen,
Jon olib, jon berguvchi tilcha bo‘lurmi, hay-hay.

Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum,
Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay-hay.


©Saida Zunnunova


@Taqdir_bitiklari ☕️
— Режиссор-пежиссоринг сенмисан болам?
— Ҳа, шунақа десаям бўлади. Нима хизмат отахон?
— Сенларни шаропатинг билан тилибизор болалардан бўшамай қолди. Шу десанг, қўзим, «Болажон» телеканали қошида «Бобожон» канали ҳам ташкил этилса...

©Шаҳзод Эргашалиев

@Taqdir_bitiklari ☕️
УМР ЎТКИНЧИ

Оламга боқурман, гўзал тўрт тараф,
Инсондир ундаги марварид, садаф,
Иймонни юракка қўяйлик қадаб,
Умр ўткинчи.

Оламнинг гултожи эй азиз инсон,
Ғийбат-у туҳматга берилма чунон,
Эзгуликка юз бур яшагин шодон,
Умр ўткинчи.

Юртни обод этгин гулласин ҳаёт,
Номингни ёд қилур келгуси авлод,
Тилда айланади фақат шул баёт,
Умр ўткинчи.

©Иноятхон НОРМАҲАМАТОВА,
21-мактаб ўқитувчиси, Халқ таълими аълочиси


@Taqdir_bitiklari ☕️
Ayol ko‘zlari va oshiq tavbasi

Tavbasining sababi haqida debdurlar-ki, bir ayolga oshiq bo‘libdi. Ma'shuqiga xabar qilibdilar-ki, Ataba senga oshiqdir. Ayol so‘ratibdi-ki:
— Qaysi uzvim senga ma'qul tushibdi?
U aytibdi:
— Ko‘zlaring.
Ayol ikki ko‘zini o‘yib, bir laganga solib uning qoshiga yuboribdi-ki:
— Sevgan narsangga nazar sol!"
U qattiq iztirobga tushib, tavba qilib, Tangri yo‘liga kiribdi.


©Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat"

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

— Жаноб депутат, мени сайласанглар, роҳат-фароғатда яшайсиз дегандингиз. Бир йил бўляпти, ҳеч нарсадан дарак йўқ!..
— Шошманг, сал ўзингизни босиб олинг. Қишлоғингизнинг эски номи нима эди?
— Чуқурсой.
— Ҳозирчи?
— Роҳат-фароғат.
— Хўш, қаерда яшаяпсиз экан?
— Ие, ростданам Роҳат-фароғатда яшаяпмиз экан-ку...

@Taqdir_bitiklari ☕️
Eng oddiy, eng arzimas buyum ham uni odamlardan yashira boshlashing bilanoq birdan kishini lol qoldiradigan darajada qiziqarli bo‘lib qoladi.

©Oskar Uayld "Dorian Greyning portreti"

@Taqdir_bitiklari ☕️
АДОЛАТ ҚАНИ

— Бизда адолат бор дегандингиз! Фақат ноҳақлик бўлар экан бу ерда! Қани адолат?!
— Шошманг, «Адолат» бор деганман, «адолат» эмас. Бир дақиқа.
Алло, Миша! Адолатни хонамга чиқариб юбор, тез келсин. Бир киши сўраяпти де!

©Шаҳзод Эргашалиев

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yodingda saqla, biror narsani astoydil istasang, butun Olam shu istagingni ro‘yobga chiqarish uchun yordam beradi.

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
​— Axir, u pul olmaydigan eshakku.
— Agar u pul olmaydigan eshak bo‘lsa, sen berolmaydigan molsan. Bu dunyoda olmaydiganlar qolmagan...


©Tohir Malik "Shaytanat"

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechagina edi, ertalabki mutlfilmni ko‘rish uchun tong otishini kutardik. Kechgisini o‘tkazib yubormaslik ilinjida uyqu kelsa ham poylab turardik...
O‘sha multiklar qadrli edi, oz edi, shirali edi, ma‘noli edi.

Hozir-chi? Anglab ham bo‘lmaydi qanday qahramon ekanligi-yu, nima voqea bo‘layotganigacha...
1 soniya tinmaydi multik ekranda...

Eh o‘sha damlar...


@Taqdir_bitiklari ☕️
Agar odamlar tentak bo‘lmasa, bahslashishing mumkin. Tentaklar faqat o‘zlarinikini ushlab oladilar.

©Uilyam Saroyan "Hey, kim bor?"

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Tanlov

Do‘stlar
, @bookuzbekistan va @Rumiy_Jaloliddin kanallari umumiy qiymati 300 ming so‘mlik tanlovni e'lon qiladi.

Tanlovda olti nafar g‘olibni aniqlaymiz va har biriga 50 ming so‘mlik kupon tuhfa etamiz. Bu kupon orqali g‘oliblarimiz www.book.uz'dan o‘zlari istagan kitoblarini xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Shartlar juda oddiy:

1️⃣ @bookuzbekistan va @Rumiy_Jaloliddin kanallariga a'zo bo‘lasiz va ushbu e'lonni 10 ta do‘stingizga yuborasiz (share).

2️⃣ Kanallarga a'zo bo‘lganingiz hamda do‘stlaringizga ulashganligingizni tasdiqlovchi screenshotlarni @YAA_admin manziliga yuborasiz.

3️⃣ Tasdiqlovchi screenshotlarni yuborganingizdan so'ng sizga raqam beriladi va o‘sha raqam orqali tanlovda qatnasha olasiz.

G‘oliblar random.org sayti orqali 1-oktabr kuni, soat 20:00'da aniqlanadi (Bayram munosabati bilan tanlovda vaucher sohibiga aylangan o'qituvchi va murabbiylarga ajoyib bonuslarimiz bor).
Tun tugagach, tong otgandek dardlarning ham oxiri bordir...
Qiyinchiliklardan so‘ng albatta yengillik bordir!
Sabr qil, sening galing keladi hali!..

@Taqdir_bitiklari ☕️
TOPARMAN

Sochlari dengizni toparman,
Olamda tengsizni toparman,
O’zimni yo’qotsam, yo’qotib,
Bir kuni men seni toparman.

Maysani quchadi yomg’iri,
Zuhroni o’padi Tohiri,
Men senga yetarman oxiri,
Bir kuni men seni toparman.

Falakda yulduzlar topishgay,
Yurakda kunduzlar topishgay,
Sevishgan bu dillar topishgay,
Baribir seni toparman.

Tayindir bir kuni bormog’im,
Sochingni silaydi barmog’im,
Hilolni kuydirib har ohim,
Bir kuni men seni toparman.


Muhriddin Holiqov qo‘shig‘i

@Taqdir_bitiklari ☕️
Yuksak narsalarni tushunmaydi deb, olomonni ayblash oson. Lekin o‘tmishda ifoda etib bo‘lingan o‘lik dunyolarni ishonarli qilib tasvirlashdan nima naf. Deylik, olomon “ Shoh Edip” pyesasini anglamasa, bunga “Shoh Edip” aybdor, olomon emas.

©Antonen Arto "Teatr va uning egizagi"

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹 Bir lahza kulgudan qalb nurga to'lsin,
🌹 Yaratgan hamisha siz bilan bo'lsin.
🌹 Allohning har go'zal yorug' kunida,
🌹 Porloq yuzlaringizdan nurlar taralsin.
🌹 Sizga tuhfa etay duo-salomlar,
🌹 Duoda eng go'zal shirin-kalomlar.
🌹 Porloq hayotingiz nurafshon bo'lsin,

🌹 JUMA ayyomingiz muborak bo'lsin!

@Taqdir_bitiklari ☕️
Iso alayhissalom oʻtib borar edilar, bir baxil kishi durusht (qoʻpollik) bilan soʻz qotdi. U kishi yumshoqlik bilan soʻzlashdilar. U yana avj qilar, hazrat Iso alayhissalom yumshoqlik bilan muomala etar edilar. Bir buzrukvor kelib aytdi:
– Ey Iso, bu ablah sizga qoʻpollik qilyapti, siz chiroyli muomala qilasiz. Nega bunday?
— Har kim ichidagini toʻkar, koʻzaning ichida nima boʻlsa, shu toʻkiladi.


©Nosiruddin Burxonuddin Rabgʻuziy “Qissasi Rabgʻuziy”

@Taqdir_bitiklari ☕️
Xudo har bir bandaning yo‘lini alomatlar bilan belgilab qo‘ygan. Alomatlarning faqat sen uchun yozilganini o‘qiy olmog‘ing darkor.

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️