Taqdir bitiklari
2.16K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#asardan_parcha

Chiqayotgan quyosh soʻnayotgan koʻzlar uchun porloqlik qiladi.

©Jon Grin "Yulduzlar aybdor"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Men o’zimni sevaman

Men o‘zimni sevaman, menga o‘zim yoqadi,
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.
To‘nim kalta va lekin yo‘qdan ko‘ra shukr bor,
Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor.
Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman,
Chap yuzimga urishsa, o‘ngin tutib turaman.
Yurak degan qabrga armonimni ko‘mganman
Va ustida bolamga o‘yin tushib berganman.
Har tong qarab oynaga, deyman “mening g‘amim yo‘q”,
Men sog‘lomman, men zo‘rman, tashvishim yo‘q, kamim yo‘q.
G‘animlarim yov, lekin men ulardan qarz emas,
Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas.
Xomush bo‘lar ba’zilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib.
Tikan – tikan, gul – guldir, har narsa o‘z holicha,
Azizlarim, dunyoni qabul qiling boricha.
Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
O‘zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni imtihonga tashlabdur,
Pirim osha kovushsiz, devonai Mashrabdur.
Ko‘ylagimni so‘rashsa, to‘nimni ham beraman,
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman.
G‘am so‘zidan o‘zimga shodlik so‘zin yasayman,
Men shunaqa, o`zimni xursand qilib yashayman.

©Marhabo Karimova

@Taqdir_bitiklari ☕️
• Baxtli bo’lishni xohlaysanmi :
- orqangdan gapirgan har kimsaga quloq solma;
- har va’daga ishonma;
- har taniganingni o’zingga o’xshatma;
- hech kimga o’z qadridan ortiq baho berma;
- axlatda o’sgan “gul”dan ehtiyot bo’l;
- seni ko’ra olmaganlarni kulib tark et;
- oliy maqsading yo’lidan chalg’ima;
- eng og’ir kunlaringda ham haqdan voz kechma!
• Shunda baxt eshik ochadi va:

“Baxtli bo’lish navbati senda!” deya seni o’z og’ushiga oladi.

©Mahbubiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha

Menga rostgo'ylik haqida gapirma, meni aldamasang bas!
Menga vafo haqida gapirma, meni sotmasang bas!
Menga g'oya haqida gapirma, tilingni tiysang bas!
Menga jannatga yo'l haqida gapirma, oldimda yursang bas!

©Adham Sharqoviy "Qisqa o'y-fikrlar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha

"Baʼzan odamlar nimalarni valdirashmaydi, – deb oʻyladi yigitcha. – Toʻgʻrisi, yeyish-ichishdan boshqa narsani xayoliga keltirmaydigan gung qoʻylar bilan gaplashgan ming marta afzal. Yoki kitob o'qish kerak – ular gʻaroyib rivoyatlarni aytib beradi, uniyam sen xohlagan paytingda, xolos. Odamlar bilan soʻzlashsang, tamom, tomdan tarasha tushganday bir gap aytadi, keyin ahmoq qilinganday oʻtirasan – nima deb javob berishingni bilmay".

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har safar shu videoni koʻrganimda yuragim larzaga kelaveradi...

Bir kun kelib ismimizni unutsak ham, inson ekanimiz yodimizdan chiqmasa bas...

@Taqdir_bitiklari ☕️
#yarimi_hazil_yarimi_chin

Ota-onalarga eslatma!

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz ta’tilda yaxshi dam olishlari uchun maktabdagi kabi qulay sharoit yaratib bering. Masalan, farzandingiz oyoq kiyimi izlarini devorlarga tushira olsin, xontaxta yoki javonlarga, mehmon kutadigan stollaringizga o‘yib, sevgani yoki yomon ko‘rgan odamining ismini yoza olsin. Kirgan uylarida chiroqlarni bemalol yoniq qoldirib, pardalarni uzib, stollarni ustiga chiqib sakrasin. Yegan va ichgan narsasining qoldig‘i, qog‘ozlarini istagan yeriga tashlasin, bor ovozi bilan istagan gapini gapirsin. Eng muhimi, zinhor va zinhor siz ovozingizni chiqarib yoki qo‘l bilan jazolamang. Ta’lim va tarbiyada urushib-so‘kish umuman mumkin emas. Aks holda bu bola psixologiyasiga juda qattiq nojo‘ya ta’sir qilib, ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Toki uch oylik yozgi ta’til davrida bolalarimiz maktabda qiladigan ishlarini esdan chiqarib qo‘ymasinlar, aks holda bizga qiyin bo‘ladi. Sizga ikkitagina yoki nari borsa to‘rttagina bolamizni uch oyga omonat qoldiryapmiz. Keyin to‘qqiz oy 909 ta bolamizni sizlarni aralashtirmasdan o‘zimiz eplab olamiz.

Maktab ma’muriyati....
(Internetdan olindi)

@Taqdir_bitiklari ☕️
Arab tilida 8 soni mana bunday yoziladi (٨), 1 soni esa bunday (١)
Endi esa qo‘llaringizga yaxshilab nazar soling o‘ng qo‘lingizda mana bunday chiziq bor (١٨), bu esa arab tilida 18 degani.
Endi chap qo‘lingizga nazar soling unda mana bunday chiziq chizilgan (٨١) Bu esa 81sonini anglatadi.
Jami 18+81=99 go‘zal va betakror Allohning 99 ta ismi.
Banda qo‘lini duoga ochganda Allohning go‘zal ismlari bilan duo qilishi kerak.
Endi 81-18=63 bo‘lsa payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam vafot etgan yoshlari.

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

– Nimaga uxlamayapsan?
– Internetda oʻtiribman.
– Haa, zoʻr! Men esa mehmondaman...
– Kimnikida?
– Senikida
– Jin ursin! Esimdan chiqib ketibsan-ku!..

@Taqdir_bitiklari ☕️
Cho'qqilar jilvasiga ko'pam mahliyo bo'laverma, bolam. Bu tog'larni qashqirlari bor...

©Said Ahmad "Jimjitlik"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1🔥1
O'zganing taqdiriga aralashganlar o'z taqdiridan mosuvo bo'ladi.

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
1
#fikr_qil

Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi.
– Bir odamga 10 000 $ ehson qilmoqchiman, nima deysan?
– Yo‘g‘-ye, do‘stim, bu ko‘p-ku, shuncha ham ehson qilasanmi?
– Ha, unda, 1 000 $ bersamchi?
– Bu ham ko‘p.
– 100 $ bersamchi?
– Qo‘ysang-chi, 100-200 ming so‘m bersang ham yetadi.
– Eh, do‘stim-a, o‘sha pulni senga bermoqchi edim. Baxilliging sabab, meni ehson qilishdan, o‘zingni esa ne’matdan mahrum qilding.

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢1
XULOSAGA SHOSHILMANG

Bir qishloqda bir chol yashagan ekan. U juda kambagʻal boʻlsa-da, bisotidagi yakkayu-yagona chopqir otiga hatto podshohlar ham havas qilishar ekan. Oti uchun juda koʻp pul taklif qilishsa ham u sotmas ekan. Chol: “Bu menga nafaqat ot, balki doʻstim. Doʻstni qanday sotaman?”, - der ekan.
Ammo bir kuni erta bilan ot bogʻlangan joyidan gʻoyib boʻldi. Butun mahalla yigʻilib cholni tergay boshlashdi:
“Eh, ahmoq chol, - deyishardi unga. – Otni bir kuni oʻgʻirlab ketishlarini bilardik. Sotganingda yaxshi emasmidi? Qanday omadsizlik!”
Chol dedi: “Men otimni oʻgʻirlashdimi, oʻzi ketdimi, bilmayman.
Bu voqea ham omad yoki omadsizlik ekani hammamizga qorongʻu. Oqibati Allohga ayon”.
Xaloyiq uning ustidan kulib tarqaldi. Qishloq ahli cholni avvaldan sal soddaroq degan fikrda edilar. Biroq oʻn besh kun oʻtib kutilmaganda ot qaytib keldi. Qaytib kelganda ham oʻzi bilan birga toʻrtta toyni ergashtirib keldi.
Odamdlar yana toʻplanib: “Ey, chol sen haq ekansan, bu omadsizlik emas, baxt ekan”, deyishdi.
Chol yana: “Otim yoʻqolgandi, yana paydo boʻldi. Bu baxt yoki baxtsizlikligini hech qaysimiz bilmaymiz. Siz gapdagi birgina soʻzni oʻqib, butun kitobning mazmunini bila olmaysiz-ku!”, dedi.
Lekin odamlar yana “Chol nohaq, axir uning otlari koʻpaydi-ku”, deb oʻyladilar. Cholning yolgʻiz oʻgʻli toylarni minishga oʻrgata turib, otdan yiqildi va oyogʻi sindi.
Xalq: “Ana omadsizlik! Sening yolgʻiz oʻgʻling oyogʻi sinib, betob boʻldi. Undan koʻra otni sotganingda hech boʻlmaganda, pullik boʻlib qolarding”, deyishdi.
Bu safar ham chol ularga qarab: “Sizlar hukm chiqarishga shoshilmanglar. Men oʻgʻlimning oyogʻi singanini bilaman, ammo buning ham omad yoki omadsizligini Allohdan boshqasi bilmaydi”, dedi.
Oradan bir necha kun oʻtib, mamlakatda urush boshlandi-yu hamma yoshlarni harbiyga olib keta boshladilar. Faqat cholning oʻgʻli oyogʻi sababli urushga bormadi. Xaloyiq urushda magʻlub boʻlganlari va koʻpchilik urushga ketganlar halok boʻlganlarini koʻrib, chol huzuriga keldilar va yigʻlab: “Sen haq ekansan, oʻgʻlingning choʻloqligi baxt ekan. Mana u sen bilan birga, bizlarning bolalarimiz endi hecham qaytmaydilar”, deyishdi.
Chol yana oʻsha gaplarini takrorladi: "Sizlarga shuncha gaplarim bekor boʻlgan koʻrinadi. Hech kim bir voqeaning ortidan qanaqasi kelishini bilmaydi. Shoshilib hukm chiqarish ongning qotib qolishidan darak. Bir hodisaning ortidan boshqasi keladi, bir qism tugab boshqasi boshlanadi, bir eshik yopilib, boshqasi ochiladi. Siz bir choʻqqiga chiqsangiz, undan-da balandrogʻi koʻrinadi. Hayot – buyuk sayohatdir!”

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏2
Charchab erta uxlab qoladigan do‘stlarimizga yuboramiz))

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasul Kusherbayev o‘zbek avtomobillari umuman talabga javob bermasligi haqida jonli efirda achchiq gaplarni aytib o‘tdi.

Bu ayni xalqning dardi, monopoliya qachon yo‘qoladi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
#asardan_parcha

– Gʻam chekaverma, – dedi Alkimyogar oʻziga xos boʻlmaga bir mehribonlik bilan. – Hali oʻz qalbing bilan gaplashib olganing yoʻq, xavotiringning boisi ham shu.
– Axir, shamolga aylana olishni bilmayman-ku! – dedi Santyago hayajon bilan.
– Kimki oʻz Taqdiri Yoʻlidan ketayotgan ekan, hamma narsani biladi va hamma narsaga qodir. Orzularning roʻyobga chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan bitta narsa bor – omadsizlikdan qoʻrqish.

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
​​Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

©Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ishq qadardir.
Sevmoq – imtihon,
Sevilmoq – mukofot,
Baxtli bo'lmoq esa nasibdir.

Nasib qilgani bo'ladi!..

@Taqdir_bitiklari ☕️
Hayotda o‘zi xohlagan narsani tanlagan odam emas, balki nimadandir voz kecha
olgan odam ko‘proq erkin hisoblanadi.

©Mark Menson "Hammasi Rasvo"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1