Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
186K subscribers
333 photos
154 videos
84 files
575 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi

Qabul jarayonlari kecha, 10-iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi.

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.

Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

⛔️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi.

#Qabul2025  

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37👍8🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️14-iyulidan 23-iyuligacha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi

📊 671.397 nafar abituriyent testga kiradi!
📈 143.356 nafari sertifikatga ega!
678 nafarida 5 ta fandan ham bor!
⛔️ 3.370 ta sertifikat soxta bo'lib chiqdi!

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.

🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.

🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

🔠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.

🔠Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.

🔠85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.

🔠Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
89🔥17🤔6👍3🤨2
Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?
📹 O'sha bino kameralarini kuzatishnichi?

Telegram bot orqali tezda aniqlang!


Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yili kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Telegramda @imtihon_qayerda_bot orqali buni aniqlash osonlashtirildi!

Unda quyidagilar aks etgan:

Test o‘tkaziladigan hududni rasmi;
Hududga kirish joylari;
Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
Bino raqami;
Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
Joylarning google xaritadagi joylashuvi;
Binodagi kuzatuv kameralar.

Hoziroq sinang va adashib yurmang:
👉 @imtihon_qayerda_bot
👉 @imtihon_qayerda_bot

Eslatib o'tamiz, hududga vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38👍8🔥1
Testdan keyin abituriyent nima qiladi?

O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.

Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.

Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.

Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.

Manba: Xushnudbek

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
104👍32💯9🔥42💘2
Javoblar varaqasi.pdf
2.9 MB
Javoblar varaqasi namunasi-2025

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang. Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas. Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi;

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

‼️Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
83🗿25👍13🥰7👀4💯3❤‍🔥2
⚡️Kirish imtihonlari boshlanmoqda!
📹 Test sinovlarini jonli kuzating!

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida ko'ngillilar tomonidan @test2025uzbot ishlab chiqildi.

Bot orqali telegramdan chiqmasdan, hechqanday brauzerga kirmasdan test sinovlarini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin!

Barchasi juda oson:
1⃣. Ro'yxatdan o'ting;
2⃣. Viloyatni belgilang;
3⃣. Test binosini tanlang.


📹 @test2025uzbot

Shubhali holatni ko'rsangiz xabar bering!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
    Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib 🇯🇵 Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
   
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

Qabul davom etmoqda ! Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi.

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
19👍7👏1
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56🤝13💯7👍2🥰2🔥1
📢 2025–2026 ўқув йили учун Осиё Халқаро Университетида қабул давом этмоқда!

🎓 Осиё Халқаро Университети — бу замонавий билим, амалиёт ва келажакни бирлаштирувчи маскан.

88та таълим йўналиши
200 та ГРАНТ ўрни
Чет элда амалиёт
Талабалик даврида иш топиш ва тажриба орттириш
Фаол талабалар ҳаёти: маънавият лойиҳалари, спорт ва волонтёрлик

📌 ДТМ баллингиз орқали ҳам талаба бўлиш имконияти мавжуд!


🌐 Рўйхатдан ўтиш: qabul.oxu.uz

💬Онлайн мурожаат учун: @oxu_admin01

📄 Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.)

📞 Биз билан боғланиш: +998 55 305 00 09
12🔥3
Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).


Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;

Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51👍5🔥32🥰1
⚡️15-iyul imtihonlari boshlanmoqda!
📹 Test sinovlarini jonli kuzating!

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida ko'ngillilar tomonidan @test2025uzbot ishlab chiqildi.

Bot orqali telegramdan chiqmasdan, hechqanday brauzerga kirmasdan test sinovlarini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin!

Barchasi juda oson:
1⃣. Ro'yxatdan o'ting;
2⃣. Viloyatni belgilang;
3⃣. Test binosini tanlang.


📹 @test2025uzbot

Shubhali holatni ko'rsangiz xabar bering!
24🔥76👍5🥰2
Kecha bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari bugun kechki payt e’lon qilinadi

Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
103👍30🤔8👎7💘7
💙💙💙💙💙

ZARMED Universitetida 2025-2026-o'quv yili uchun 102 ta yo'nalishga qabul davom etmoqda


🔥 Buxoro va Samarqand kampuslarida 10.000 dan ortiq talabaga ta'lim berib kelayotgan ZARMED Universiteti yangi o'quv yili uchun abituriyentlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

• 4 yildan 6 yilgacha qoplanuvchi 200 ta grant;
• 100 ta 10.000.000 so'mgacha bo'lgan nomdor stipendiyalar;
10.800.000 so'mdan boshlanuvchi qulay kontrakt narxlari;
• AQSH, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda ikki diplomli ta'lim;
Yilning eng yirik event'larida ishtirok etish imkoniyati;
• Eng zamonaviy sharoitlarga ega Samarqand va Buxoro kampuslarida ta'lim;
• Universitet granti asosida chet elda amaliyot.


📄 Litsenziya (№377909, 06.08.2022 y.)

Bu yilgi "kvota" o'rinlari to'lmoqda. O'z o'rningizni band qilish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring.

👉 Ariza topshirish

📞 Murojaat uchun:
55-704-70-70 | @zarmeduniadmin

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
120👎5👍4🔥2🗿1