Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
186K subscribers
333 photos
154 videos
84 files
575 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
😍 Yorqin kelajakni hozirdan boshla!

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi 15 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi:

School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)

🇫🇷 French Higher School of Engineering and Commerce
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)

🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.


🇰🇷 Korean Institute of Technology and Culture (KITC)
– Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy)
– Dizayn (Design)
– Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)
Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.


🤖 School of Computing
– Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence)
– Kiberxavfsizlik (Cyber Security)

📈 Business School
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
– Xalqaro logistika (International Logistics)

📅 Hujjatlar topshirish muddati — 2025-yilning 15-iyuligacha!
Ro‘yxatdan o‘tish offlayn va onlayn shaklda amalga oshiriladi.
💼 Kerakli hujjatlar:
– Pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF)
– Attestat / diplom yoki maktabdan ma’lumotnoma (PDF)
– 3,5x4,5 formatdagi fotosurat (JPG)
– SAT va/yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa)

Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.

🎓 Batafsil
📞 Murojaat uchun: +998557055005
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍15
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📆 2025-yil 1-iyun (yakshanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

❗️ Talabgorlarni kiritish 8:30 dan 9:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. 9:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3120🔥4🥰3
⚡️2 kundan keyin OTMlarga qabul boshlanadi. Niimalar muhim?

Amaldagi tartibga ko'ra, 2 kundan so'ng, 5-iyundan qabul boshlanishi kerak.


➡️ Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollejda o'qimoqchilar ham OTM bilan birga hujjat topshiradi.
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. Ya'ni ular ham birinchi bosqichda hujjat topshirib, naitajalariga qarab keyin tanlov qilishadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
131👍39🥰12💯8🔥7🤝5😇3
🇺🇸AQSH bilan qo‘shma ta’lim dasturlari Osiyo Xalqaro Universitetida!

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida RASMAN QABUL OCHIQ!

Yo‘nalishlar:
BSIT – Bachelor of Science in Information Technology
BSBA – Bachelor of Science in Business Administration
MBA – Master of Business Administration

👉O‘qish formati bilan tanishib chiqing!

🎓 AQSH diplomi, global bilim, cheksiz imkoniyatlar — barchasi OXUda!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍9
⚡️Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar 8-iyungacha qabul qilinadi

30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.

Ariza qanday topshiriladi?
Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot  tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz  orqali  30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63👍13👏12🔥10🆒4👎2🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugundan abituriyentlar qabuli boshlandi

Bugun, 5-iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabul boshlandi. Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

ℹ️ ESLATMA: hozircha faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.

Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
81👍16🔥13🏆8💯2
Kirish oson yo'nalishlar @eduinfo_talim.pdf
646.5 KB
❗️O'qishga kirish oson yo'nalishlar

Ushbu faylda kontraktga o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatma: Abituriyent talabalikka tavsiya etilishi uchun maksimal ballning hech bo‘lmasa, 30 foizini to‘plashi kerak. Bu — 56,7 ball bo‘ladi. Ro'yxatdagi yo‘nalishlar o'tgan yilgi o'tish ballari asosida tayyorlangan, eng minimal ball to‘plab talaba bo‘lish mumkin bo‘lganlari.


E’tiborli bo‘ling: bu yo‘nalishlar faqat kunduzgi ta’lim shaklida emas, balki boshqa ta’lim shakllari ham bor.

Yaqinlarga maksimal tarqating,
Bu juda foydali ma'lumot!


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58👍15👎6
Har bir buyuk inson ortida bir o‘qituvchi bor.
Bugun siz o‘sha buyuk yo‘lni tanlashingiz mumkin!


🗓Osiyo Xalqaro Universiteti 2025/2026–o‘quv yili uchun PEDAGOGIKA va TA’LIM yo‘nalishlariga qabul OCHIQ!

Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin:

Pedagogika
Psixologiya
Boshlang‘ich ta’lim
Maktabgacha ta`lim
Maxsus Pedagogika

📌Agar bolalar bilan ishlash, insonlar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishni istasangiz — bu yo‘nalish aynan siz uchun!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍6🔥3😁1
⚡️Ham perevod uchun, ham abituriyent bo'lib oliygohga hujjat topshirishingiz mumkin

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent bo'lib ham hujjat topshirishi mumkin.


Buning uchun, 5-iyun va 25-iyun oralig'ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya. Agarda ushbu hujjatni oliygohiga topshirgan bo'lsa raqamini bilmasa taxminan noto'g'ri raqam kiritsa ham bo'laveradi.

15-iyul sanasidan boshlanadigan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.

Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo'lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o'tganidan so'ng, keyinchalik o'z xoxshiga ko'ra birini tanlashiga to'g'ri keladi.

❗️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta'qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ammo bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'limda o'qish imkoniyati mavjud emas.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63👍14🔥6💯5😁1
Attestatsiz roʻyxatdan oʻtsa boʻladimi?

Javob:
Ha, 100% boʻladi!

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul uchun roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7057😁13💯9🗿9🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2025

DAVLAT XALQARO UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

Farmatsevtika texnik universiteti Buyuk Britaniyaning Sanderland va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlarda Britaniya oliy ta'lim bakalavr dasturlarini taqdim etmoqda:

Farmatsiya
Biokimyo
Biotibbiyot

Menejment
Data Analitika

🎓 Darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilar xalqaro tan olingan Britaniya diplomini qoʻlga kiritadilar.

MDH da ilk bor farmatsevtika yo’nalishida xalqaro tan olinadigan Britaniya diplomi;
Xorijiy talabalar bilan birga istiqbolli ta’lim;
Magistraturani Britaniyada davom ettirish imkoniyati;
MDH da eng yirik farma klaster - "Tashkent Pharma Park"da amaliyot;
O’qishni tamomlash bilan 100% ish bilan taminlash;
Ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot bilan integratsiya;
60 ta grant oʻrinlari.

Talablar
:
🟢 Hayot fanlari uchun – IELTS 5.5;
🟢 Menejment va data analitika uchun – IELTS 5.0
🟢 maktab shahodatnomasi yoki kollej diplomi.


Dasturlar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havolada olish mumkin.


ALOQA UCHUN:
+9989 55-900-05-00
@ptuuz
@ptuuz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍2😇1
⚡️ Rasman: akademik litseylarga qabul boshlandi

💬 10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🐳5❤‍🔥1👍1👎1
❗️Hujjat topshirishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaningvazirlik ogohlantirdi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

⚠️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq, deb ogohlantirdi Oliy ta'lim vazirligi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
71👍164🎃3🗿3🔥1💯1
Abituriyentlar diqqatiga!

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun QABUL BOSHLANDI!

2025–2026 o‘quv yilida:


📚 Bakalavr va magistratura yo'nalishlari
🎓 200 ta grant o‘rni
🌍 2+2 / 1+3 qo‘shma dasturlar (AQSH bilan)
✈️ Chet elda amaliyotlar
Va yana ko‘plab imkoniyatlar sizni kutmoqda!

O‘zingizga qulay va zamonaviy ta’limni tanlang!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍5🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega bizda ko’p talabalar faqat diplom uchun o’qiydi, bilim uchun emas? Ularni bunda ayblash to’g’rimi?

Chunki yillar davomida iqtisodimizda davlat ulushi katta bo’lgan, shu sabab bilimga emas, diplomga qaralgan.

Xususiy biznes rivojlangani sari diplom kerak bo’lmay qolaveradi, xodimning bilimiga talab oshib ketadi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58👍36👏15🥰9🔥6❤‍🔥3💯3
❗️Shifokor abituriyentlarni ogohlantiradi:

O'qishga kirolmaslikdan ko'ra bu kasalliklarga chalinishingiz xavfliroq!

Ayni vaqtda ko'pchilik abituriyent yoshlar oliy ta'lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ularda:

😵‍💫Kam uxlash;
😞Xotira, diqqat yetishmovchiligi;
🥴Noto'g'ri, betartib ovqatlanish;
🫣Ishonchni oqlash haqidagi ruhiy bosim;
😪Imtihon nima bo'larkan degan qo'rquv;
🤯Kuchli mental charchoq va hokazolar bor!

Xo'sh, bu kabi muammolari bor bo'lgan abituriyentlarni kelajakda nimalar kutmoqda?

Shifokorlar abituriyentlarga to'g'ri va sog'lom tarzda tayyorgarlik ko'rish uchun nimalar tavsiya qilishadi? Xotirani qanday kuchaytirish mumkin?

😀Ko'rishga arziydigan suhbat:👇
https://youtu.be/3FfSGGg_zuc?t=2485

Barcha savollaringizga javob shu yerda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43👍20💯5🎄4🙉4🔥2🐳1
Qaysi fan olimpiada g‘oliblari imtihonsiz o'qishga qabul qilinadi?

🇺🇿 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)


Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

‼️XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi.

Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍4🥰2🍓2🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚨 DIQQAT BOSHLANDI!! 🚨

🧐 Nima boshlandi deysizmi?

TURAN XALQARO UNIVERSITETI 2025–2026 o‘quv yili uchun RASMAN QABULNI BOSHLADI!

📢 Orzuyingizdagi kasb, chet el tajribasi va zamonaviy ta’lim — barchasi bu yerda!

🌍 Chet elda o‘qish uchun 100% GRANT imkoniyatlari
🇯🇵 Yaponiyada HAQ TO'LANADIGAN amaliyot dasturlari
🎯 Til sertifikatiga ega abituriyentlarga 10%–100% gacha GRANTLAR!

🫵Bugunoq hujjat topshiring va o'z orzuingiz sari ilk qadamni qo‘ying!

👉👉 Hujjat topshirish


📞 Batafsil maʼlumot uchun:
    +998552520055

📍 Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy)

📚Rasmiy sahifalarimiz:

📱Telegram | 📱Instagram
📱Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍5😁2❤‍🔥1
Forwarded from Talaba.uz | Rasmiy kanal
Talaba qachon o'qishdan haydaladi?

Qonunchilikka ko'ra, talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

👉 o‘z xohishiga binoan;
👉 o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
👉 salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
👉 o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
👉 bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
👉 o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
👉 talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
👉 vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

@talabauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
50😨14👍7🤔2🥰1