Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
180K subscribers
333 photos
154 videos
84 files
575 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
❗️Ota-onalar va o‘quvchilar diqqatiga:

O‘zbekistonda maktab va bog‘chalarda pul yig‘ish qat’iy taqiqlangan!


Ta’lim muassasalarida ta’mirlash, turli tadbirlar (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan man etiladi! Maktab yoki bog‘chalarda pul undirish bilan bog‘liq holatlardan xabardor bo‘lsangiz, (71) 202-09-09 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍99🔥18🤩13🎃9👏8😁76
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

🇺🇿 Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi;

🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥167🐳5👎3🗿2👏1
⚡️Al-Beruniy xalqaro maktabi ochiladi

Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.

“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,

- dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98👏2111🤨5🔥32💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari o'rtasida sodir bo'lgan janjal ulardan birining o'limi bilan tugadi!

Hodisa 14-may kuni Paxtachi tumanida joylashgan 12-umumta’lim maktabining o‘quvchisi bilan yuz berdi. Ikki nafar 11-sinf o‘quvchisi o‘zlarining hududidan taxminan 10 kilometr olisdagi Yobu mahallasiga
repetitorga borgan. O‘quv markazida ular va tumandagi 1-umumta’lim maktabining uch nafar o‘quvchisi o'rtasida janjal kelib chiqqan.

Janjal oqibatida o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Uning sinfdoshi esa og'ir tan jarohatlari bilan Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Ularni kaltaklagan uch nafar o‘quvchi esa ushlangan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭85👍27👎7😐7😨74🤔2
Grant izlayapsizmi? Stipendiya olishni xohlaysizmi? Yoki zamonaviy, kelajagi bor ta’lim yo‘nalishini tanlamoqchimisiz?

Uchalasini bir joyda topish mumkin bo‘lmagan imkoniyatdek tuyulishi mumkin. Biroq, bu imkoniyat Osiyo Xalqaro Universitetida mavjud.

Bu yerda siz izlayotgan hamma narsa bor:

💥 35 ta eng dolzarb bakalavr va trenddagi 14 ta magistr yo‘nalishlar
🎓 200 ta grant asosidagi o‘rinlar
💸 Har oy rektordan motivatsion stipendiya
🌍 Chet eldagi amaliyot dasturlari bilan xalqaro tajriba
🇺🇸 AQSH bilan qo’shma dastur asosida tahsil olish imkoniyati

📌 Siz tanlashingiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar: IT va sun’iy intellekt, biznes boshqaruvi va marketing, psixologiya va ta’lim innovatsiyalari, siyosatshunoslik va diplomatiya, shuningdek tibbiyot va texnika.

🗓 Qabul boshlandi!
Bugun qilgan tanlovingiz — ertangi yutuqlaringizni boshlab beradi.

📲 Ariza uchun: qabul.oxu.uz

📞 +998 55 305 0009
👍299🔥2🤝2🥰1
2000 ta Grant uchun qizlarga tavsiyanoma berish qachon boshlandi ?

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6010🔥8💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: “Work and Travel” dasturi uchun 15-maydan arizalar qabuli boshlandi!

Har yili 2 ming nafar talaba rivojlangan davlatlarda ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Davlat tomonidan foizsiz ssuda ajratiladi.

Ushbu imkoniyatdan:
▪️16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
▪️O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan;
▪️Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) yoshlar foydalanishi mumkin.

Ssuda olish uchun:
▪️Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.
▪️“Work and Travel” dasturiga oid viza.
▪️Qarzni qaytarishga kafilning roziligi yoki sug‘urta polisi kerak bo‘ladi.

Ssuda har yili 2000 nafar talabaga BHMning 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida ajratiladi. Ssuda olgan talabalar uni xorijiy vizaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 1 oy ichida Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarishi shart.


➡️Ariza topshirish uchun 👉havola

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5611💘5🔥4👎3
Imtihon savollarini sotib olmang!
Telegramda BEPUL yuklab oling!

🇺🇿 Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇

⚡️ 9-sinf Matematika
⚡️ 9-sinf Ona tili va adabiyoti
⚡️ 9-sinf O'zbekiston tarixi
⚡️ 9-sinf Jismoniy tarbiya
⚡️ 11-sinf Fizika
⚡️ 11-sinf Biologiya
⚡️ 11-sinf Davlat va huquq asoslari
⚡️ 11-sinf Geografiya
⚡️ 11-sinf Ingliz tili
⚡️ 11-sinf Kimyo
⚡️ 11-sinf Matematika
⚡️ 11-sinf Ona tili va adabiyoti
⚡️ 11-sinf O'zbekiston tarixi
⚡️ 11-sinf Fransuz tili
⚡️ 11-sinf Nemis tili

Bitiruvchilarga tarqatib qo'ying, ko'pchilik bepul joyni topolmasdan sotib olib yuribdi!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3313🔥3🤔1🕊1
⚡️O‘zbekistondagi xorijlik talabalar

Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy o‘quv yilida O‘zbekistonda 12,5 ming nafar chet ellik talabalar tahsil olmoqda.

Shundan:

🇮🇳 Hindiston – 6502 nafar;
🇹🇲 Turkmaniston – 1430 nafar;
🇵🇰 Pokiston – 1250 nafar;
🇷🇺 Rossiya – 732 nafar;
🇰🇿 Qozog‘iston – 639 nafar;
🇰🇬 Qirg‘iziston – 369 nafar;
🇨🇳 Xitoy – 325 nafar;
🇹🇯 Tojikiston – 322 nafar;
🇰🇷 Janubiy Koreya – 197 nafar;
🇦🇫 Afg‘oniston – 157 nafar;
🇨🇦 Kanada – 126 nafar;
🌏 Boshqalar – 431 nafar.

Yaqinlarga yuborib qo'ying!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🤔41👏149😁7🔥53
Bir qator oliy ta'lim muassasalariga rektorlar tayinlandi

Sherzod Neʼmatov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi.

Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.

Dilnoza Xoʻjayeva Qoʻqon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.

Bahrom Toʻlaganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍788🔥2💯1
⚡️Rasman: Endilikda xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 mlrd so‘mgacha pul yutug'i beriladi!

🇺🇿 Prezident farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi.

Masalan, nufuzli xalqaro olimpiada g‘olibi 937,5 mln so‘m (72,6 ming dollar) mukofot puliga ega bo‘ladi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8320😁14😨137🥰4🤔1
Forwarded from Maktab.uz | Rasmiy kanal
⚡️Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi  o'g'il-qizlarimizga O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tabrigi

Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni hayotingizdagi bugungi unutilmas quvonchli voqеa – maktab ta'limini muvaffaqiyatli tugatib, еtuklik shahodatnomasini qabul qilib olayotganingiz va mustaqil hayotga qadam qo'yayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu shukuhli ayyomda mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktabda mеhribon ustozlar, hurmatli ota-onalar ishtirokida “so'nggi qo'ng'iroq”lar jaranglab, 450 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarimiz sha'niga ezgu tilaklar bildirilmoqda.

Barchamiz bu fikrlarga chin dildan qo'shilgan holda, katta orzu-umidlar bilan kеlajak rеjalarini tuzayotgan o'g'il-qizlarimizga ularni amalga oshirishda ulkan kuch-g'ayrat, omad va zafarlar tilaymiz.

Ayniqsa, maktabni oltin mеdali bilan bitirayotgan 11 ming 500 nafardan ziyod farzandlarimizga, 2 mingdan ortiq kumush mеdali sohiblariga o'qish va izlanishda, jamoat ishlarida o'z tеngdoshlariga doimo o'rnak va namuna bo'lib kеlayotganlari uchun alohida tabrik va tilaklarimizni izhor etamiz.

Aziz bitiruvchi yoshlar!

Bugungi kunda biz o'z oldimizga qo'yayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama еtuk yoshlarimizga tayanamiz.

Kеlajagimiz egalari bo'lgan navqiron avlodimiz Yangi O'zbеkistonni barpo etishda katta bunyodkor kuch sifatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bеrmoqdamiz. Jumladan, sizlarning zamonaviy ilm va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillar, IT va innovasion tеxnologiyalarni, ijod va tadbirkorlik sohalarini puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o'quv yurti, 598 ta tеxnikum, ko'plab monomarkaz va tеxnoparklar, kutubxonalar, madaniyat, san'at va sport muassasalari samarali faoliyat ko'rsatmoqda.

Ta'limning barcha bo'g'inlarida o'quv-tarbiya ishlarining sifati va natijadorligini oshirish, bitiruvchi yoshlarimizga tanlov imkoniyatlarini kеngaytirish uchun yangi-yangi tizim va dasturlar, elеktron platformalar ishga tushirilmoqda.

Sizlar ana shunday bеqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoshlik faslining oltinga tеng har bir daqiqasini qadrlab, kеlgusida Vatanimiz mustaqilligini, el-yurtimiz manfaatlarini barcha sohalarda dadil himoya qiladigan еtuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bo'lib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilasiz, dеb ishonaman.

Shuni aslo unutmang, odamzot hayotda munosib o'rin topishi, el-yurtning hurmati va e'tiboriga sazovor bo'lishi uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yashashi, izlanish va o'rganishdan aslo to'xtamasligi kеrak.
Halol va mashaqqatli mеhnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, hеch shubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va charog'on etadi.

Ayniqsa, sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizga shiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erishib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab borish yarashadi.

Aminman, sizlarning yangi g'oya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi O'zbеkistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma'naviy asoslarni barpo etishga bеqiyos hissa bo'lib qo'shiladi.

Sizlardеk o'z kuchiga ishongan, qat'iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi.

Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib bo'ling!

Intilish, izlanish va yangilik yaratishdan aslo charchamang!

Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug' bo'lsin, aziz o'g'il-qizlarim!
 
Shavkat Mirziyoyеv, O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti

@maktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯64👍5221🥰12👏6🔥52
⚡️Rasman: Imtihon savollari e'lon qilindi!

+ Javoblari bilan! (BEPUL)

🇺🇿 Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇

⚡️ 9-sinf Matematika
⚡️ 9-sinf Ona tili va adabiyoti
⚡️ 9-sinf O'zbekiston tarixi
⚡️ 9-sinf Jismoniy tarbiya
⚡️ 11-sinf Fizika
⚡️ 11-sinf Biologiya
⚡️ 11-sinf Davlat va huquq asoslari
⚡️ 11-sinf Geografiya
⚡️ 11-sinf Ingliz tili
⚡️ 11-sinf Kimyo
⚡️ 11-sinf Matematika
⚡️ 11-sinf Ona tili va adabiyoti
⚡️ 11-sinf O'zbekiston tarixi
⚡️ 11-sinf Fransuz tili
⚡️ 11-sinf Nemis tili

Yaqinlarga yuborib qo'ying!
9-11 sinf bitiruvchilariga ayniqsa!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4514🎄5👎2🔥1👏1🏆1
⚡️5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish 31-maygacha (shu kuni ham) davom etadi

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

❗️ESLATMA: 2023 hamda 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

❗️2022-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olishi kerak.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3519😁7🐳3🔥1💯1
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
😍 Yorqin kelajakni hozirdan boshla!

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi 15 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi:

School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)

🇫🇷 French Higher School of Engineering and Commerce
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)

🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.


🇰🇷 Korean Institute of Technology and Culture (KITC)
– Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy)
– Dizayn (Design)
– Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)
Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.


🤖 School of Computing
– Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence)
– Kiberxavfsizlik (Cyber Security)

📈 Business School
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
– Xalqaro logistika (International Logistics)

📅 Hujjatlar topshirish muddati — 2025-yilning 15-iyuligacha!
Ro‘yxatdan o‘tish offlayn va onlayn shaklda amalga oshiriladi.
💼 Kerakli hujjatlar:
– Pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF)
– Attestat / diplom yoki maktabdan ma’lumotnoma (PDF)
– 3,5x4,5 formatdagi fotosurat (JPG)
– SAT va/yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa)

Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.

🎓 Batafsil
📞 Murojaat uchun: +998557055005
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍15
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📆 2025-yil 1-iyun (yakshanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

❗️ Talabgorlarni kiritish 8:30 dan 9:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. 9:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3120🔥4🥰3
⚡️2 kundan keyin OTMlarga qabul boshlanadi. Niimalar muhim?

Amaldagi tartibga ko'ra, 2 kundan so'ng, 5-iyundan qabul boshlanishi kerak.


➡️ Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollejda o'qimoqchilar ham OTM bilan birga hujjat topshiradi.
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. Ya'ni ular ham birinchi bosqichda hujjat topshirib, naitajalariga qarab keyin tanlov qilishadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
130👍39🥰12💯8🔥7🤝5😇3
🇺🇸AQSH bilan qo‘shma ta’lim dasturlari Osiyo Xalqaro Universitetida!

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida RASMAN QABUL OCHIQ!

Yo‘nalishlar:
BSIT – Bachelor of Science in Information Technology
BSBA – Bachelor of Science in Business Administration
MBA – Master of Business Administration

👉O‘qish formati bilan tanishib chiqing!

🎓 AQSH diplomi, global bilim, cheksiz imkoniyatlar — barchasi OXUda!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍9
⚡️Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar 8-iyungacha qabul qilinadi

30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.

Ariza qanday topshiriladi?
Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot  tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz  orqali  30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63👍13👏12🔥10🆒4👎2🤝2