Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
181K subscribers
333 photos
154 videos
84 files
570 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT kompaniyasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital Universityning ilk bitiruvchilari uddalashdi.
     Ushbu karuselni varoqlang va JDU ni tanlash uchun 5 ta sababni bilib oling 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
👍295🔥4💯1
⚡️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emaa.

📑 Kontrakt to'lash muddatlari:

Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
Kontraktning 75 foizi – 1-aprelgacha;
Kontraktning 100 foizi – 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

🟢xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

🤖 TalababopTalabalar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍90👏1611🔥3👀32👎2
📈 Qashqadaryolik 11-sinf o‘quvchisi kirish imtihonlaridan avval rekord natijaga erishdi

Qashqadaryolik 11-sinf o‘quvchisi rekord natijaga erishdi


Qarshi tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-«D»sinf o‘quvchisi To‘rayeva Safina Sirojiddin qizi muddatdan oldin 189 ball to‘pladi.

U umumta’lim fanlaridan 100 foizlik natija qayd etgan. Shuningdek, chet tilini bilish bo‘yicha ham yaxshi baho olgan:

Matematika - A;
Ingliz tili – 57 ball (B2)
Tarix – C+;
Ona tili va adabiyot – B+;
IELTS – 6 (B2).

🤖 TalababopTalabalar uchun!

📊 @DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍512🔥78👏5149😭229🥰7
Faqat sportmas, ilmga ham e'tibor!

⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).


🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍204🔥4210🤔10👎6💯42
Toshkent shahridagi Amity universiteti, Yoshlar Ishlari Agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Sizni “Job Fair 2025” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif etadi! 😍

🚀 UZCARD, Click, Deloitte, IT Park, Beeline, KPMG, British Council va boshqa ko‘plab sohalarda qiziqarli karyeraviy imkoniyatlarini taklif etuvchi yetakchi kompaniyalar bilan tanishing!

Tadbir davomida lotereya o‘tkaziladi va siz qimmatbaho sovg‘alardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz! Bosh sovrin – noutbuk 🎁

📍 Manzil: Toshkent shahridagi Amity universiteti
📆 Sana: 10-aprel
🕐 Vaqt: 14:00–16:00


❗️ Bundan tashqari Toshkent shahridagi Amity universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

📌Imtihon sanasi: 15-aprel
🔗 RO'YXATDAN O'TING

☎️ +998712079006
📞 @amity_admission

🔹Telegram 🔸Facebook 🔹Instagram 🔸YouTube 🔹LinkedIn
👍408🔥4❤‍🔥3👏3🤨3💯2
Rasman: Bu o‘quv yilida 1-sinfga 2018-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi

🧾 Qonunchilikka ko‘ra, maktablarning 1-sinfiga bolalar ular 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

📈 Shunga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida 1-sinfga 2018-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Shuningdek, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlanadi.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106😨16👎13😭753😐2
🇺🇿🇩🇪 O‘zbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi kutilmoqda

Kecha Germaniyalik mutaxassislar bilan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kollejlarini Germaniya Ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

ANABIN — Germaniya Ta’lim va tadqiqot vazirligining xorijiy diplomlar va ta’lim muassasalarini tan olish bo‘yicha rasmiy axborot tizimi hisoblanadi. Agar ANABIN tizimiga ulansak, o‘zbekistonliklar Germaniyada yana ham osonroq ishga joylashishi mumkin.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🔥27❤‍🔥1010🤩9💯4🎉3
❗️Qabul-2025 boshlanishiga 2 oy qoldi!

Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🥰10👏65🔥4🕊2🤔1
Sergelidagi xususiy maktab o‘quvchisi kaltaklangani aytilmoqda. Shifokorlar o‘quvchiga bosh miya jarohati tashxisini qo‘ygan

O‘g‘lim Abdullohni Sergelidagi “Mudarris” maktabiga o‘qishga bergandim. 7-sinfda o‘qiydi. Uning shaxmat ustozi bor ekan, tadbir bo‘layotgan paytda u o‘g‘limni urgan. Farzandim tadbir paytida sinfdoshi ukasining mazasi qochib qolganini aytmoqchi bo‘lib, uning oldiga borganida o‘qituvchi dastlab bolamning boshiga urgan. Keyin voqea joyida kamera borligi uchun uni kamerasiz xonaga olib o‘tib kaltaklagan. O‘g‘lim o‘qituvchisining kaltaklashi oqibatida yopiq bosh miya ichki jarohatini olgan. Xususiy klinikada ham tekshirtirdim, aynan shunaqa jarohat chiqyapti, deydi voqea haqida gapirgan Sherali Mahmudov.

Murojaatchining aytishicha, u kecha, 7-aprel kuni farzandini Chilonzor tumanidagi respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga ham olib borgan.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎81👍55🤔2518😨1814😭5
⚡️ Kirish imtihonigacha milliy sertifikat olish istagida bo‘lganlar uchun so‘nggi imkoniyat: 6 ta fan bo‘yicha ro‘yxatga olish boshlandi

14-aprel
kuni kimyo, fizika, tarix, biologiya, matematika va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📑
Ro‘yxatga olish 20-aprelga qadar davom etadi.
To‘lovlar esa 21-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 3-4-may kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1796❤‍🔥4🤔2
⚡️Chet tili bo'yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin?

1⃣. IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo'lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.)
Agar IDP dan olingan bo'lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin.

2⃣. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi.

3⃣. APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi:

a) British council ning info@britishcouncil.uz elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda;
b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

4⃣. LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O'zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo'lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004, UZ059 kod bilan ro'yxatdan o'tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi.
Ayrim o'quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko'rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo'qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo'lmaydi.

5⃣. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazib, rasmiy so'rov yuborish kerak.)

6⃣. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun
tests-security@etsglobal.org elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin.

7⃣. TESOL, TEFL - Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko'p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo'q. Bu sertifikatlar bo'yicha vazirlikning 1006 call markaziga bog'lanib aniqlashtirgan ma'qul.

8⃣. iTEP - Ushbu turdagi sertifikatlarni https://www.iteptest.com/test_mod/verify/test_verification.php saytidan tekshirishingiz mumkin.


Shuningdek, soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4615
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Buxoroda xalqaro ta'lim konferensiyasi o'tkazildi

Buxoro shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Osiyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ta'lim masalalariga bag'ishlangan seminar o'tkazdi.

Unda “Study in Uzbekistan” tizimi taqdimot qilindi va mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektorlari, boʻlim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminar mavzusi xorijiy talabalarni Oʻzbekistonda taʼlim olishga jalb etish, milliy taʼlim eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. 

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍256🎉3🔥2👏1
⚡️Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

Ona tili va adabiyot
28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

Matematika (Asosiy)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Matematika (Chuqurlashtirilgan)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

O‘zbekiston tarixi
4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Tanlov fanlari
7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.


🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍685🆒5🔥4
7488105.pdf
1.4 MB
❗️Oʻzbek tili — barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanga aylandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻiga asosan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflarning bitiruvchilari ham oʻzbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏72👍53😨11😭8👎6🔥6❤‍🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot oliygohlari tugatilib, yangi nom ostida birlashmoqda!

Prezident qaroriga ko’ra:

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Hozir o’qiyotgan talabalar nima qiladi?

JAVOB: 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi.

Joriy yilda bitiruvchi kurs talabalariga esa Universitet diplomi beriladi (akademiya yoki institut diplomi emas).

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107👎10🗿8😁75😭4😨3
Rasman: 1-maydan xotin-qizlarga tavsiyanoma beriladi

◾️Qonunchilikka ko‘ra, 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo'q xotin-qizla rdavlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Buning uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasi kerak.

Tavsiyanoma uchun quyidagi manzilga kiriladi:
1️⃣ https://xotin-qizlar.uz/
2️⃣ Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari

Qanday hujjatlar kerak?

Bunda staj boʻyicha my.mehnat.uz YMMT da hamda oʻrta maxsus diplomini diplom.edu.uz sayti orqali tekshirtirib olishi kerak.

Eslatma: tavsiyanoma olganlar ham kirish imtihonida qatnashadi, faqat ular alohida 500 ta kvota uchun kurashadi.

🤖 TalababopTalabalar uchun!
📊 DTMStatAbituriyentlar uchun!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61👎94