Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
179K subscribers
333 photos
154 videos
84 files
575 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
Oliygohga kirish imtihonlarini maksimal natija bilan topshirmoqchimisiz?

Geniuz onlayn-kurslar jamoasi Telegram’da ilova yaratdi, bu sizga imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi!

👉 BOTNI ISHGA TUSHIRISH

Ilovaning imkoniyatlari:

Matematika, fizika va rus tili bo‘yicha testlarni yeching — qo‘shimcha ilovalarni yuklab olish shart emas!
Natijalarni darhol bilib oling va xatolarni tahlil qilib, bilimlaringizni mustahkamlang.
Do‘stlaringiz bilan raqobatlashish — ularni botga taklif qiling, ularning progressini kuzatib boring va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang!
Botdan aktiv foydalanish orqali kristallar to‘plang va ularni ajoyib sovg‘alarga almashtiring!
Kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun o'zingizga qulay vaqtda va joyda, shunchaki telefoningizdan foydalaning.


Foydalanish mutlaqo bepul
— Hoziroq tayyorlanishni boshlang!

🔗 BOTNI ISHGA TUSHIRISH
👍5929🔥20🎉14👀3🕊2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir inson ko'rishi kerak
bo'lgan daxshatli video


Loqaydlik, bir-birini himoya qilmaslik, birlashmaslik, o'z huquqlarini poymol etilishiga yo'l qo'yib berish qanday oqibatlarga ilib kelishi talabalar misolida juda yaxshi tushuntirib berilibdi. Afsuski bungungi jamiyatimiz hamma shunday.

Yaqinlarga yuborib qo'ying!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍135💯32😭13🔥10🥰1
⚡️Milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📑 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda  ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.


❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124109🔥7🆒7👏4💘4
RAMAZON TAQVIMI-2025
(Toshkent vaqti bilan)

📕 «Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat).


🤲
SAHARLIK DUOSI

Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.


Ramazon oyining ro‘zasini xolis Alloh uchun subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Alloh buyukdir.

🤲 IFTORLIK DUOSI

Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftortu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.


Allohim, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Yo gunohlarni kechiruvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin.

Manba: O’zbekiston musulmonlari idorasi

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8823🔥8👏4🐳4🤔1
📉 2024-yilgi o'tish ballari juda past bo'lgan. 2025-yilda qanday bo'larkin?

2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi bilan tanishing:

1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3
. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball


Bu o'rtacha ballardan ma'lumki, abituriyentlar juda past ball to'plashgan.

#Qabul2025 #abituriyent

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104😨34😭15😁8🗿6🤨54
Fanlar majmuasi 2025:2026-oʻquv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
⚡️Fanlar majmuasi-2025

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍372🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Eksternat tartibidagi imtihonlar
uchun video-yo‘riqnoma tayyorlandi!

Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥5
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2025-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.

❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57🔥76
Yakuniy imtihon 2025.pdf
256.9 KB
⚡️Bitiruvchi sinflarning yakuniy attestatsiya imtihonlari 26-maydan boshlanadi!

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).

Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.

Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.

Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75😭26🗿53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Talababop boti ishga tushirildi!

Bunaqasi bo'lmagan! Talabalar uchun kerakli BARCHA XIZMATLAR endi Talababop botda:

📱 Hemis platformasi
💻 Prezentatsiya (referat) tayyorlash
📚 Barcha fandan elektron kitoblar
🖤 Chet tillaridan bepul kurslar

Qulay xizmatlar:

😀 O'qishni ko'chirishga ariza berish
😀 To'lov kontrakt shartnomasini olish
🏦 Ta'lim kreditiga ariza berish
😊 IELTS imtixoniga ro'yxatdan o'tish

Foydali funksiyalar:

✍️ PDF faylni WORD faylga aylantirish
✍️ WORD faylni PDF faylga aylantirish
🖼️ Rasmlardan PDF fayl tayyorlash

Va boshqa ko'plab funksiyalar bitta botda!

👉 @TALABABOP_ROBOT
👉 @TALABABOP_ROBOT

Botni yo'qotib qo'ymang!
Kursdoshlarga tarqatib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥9🥰84💯21👏1
⚡️Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanib, 28-martgacha davom etadi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.


Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 20-mart (payshanba) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, IV chorak 28-mart (juma) kunidan boshlanadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93👏15🔥11👎52
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro'yxati
 
Oliy ta'lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yoʻnalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib oʻtilgan.

Kitoblar ro'yxati quyidagicha:

1. Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar"
2. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon"
3. Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
4. Oʻtkir Hoshimov "Nur borki soya bor"
5. Mirmuhsin "Me’mor"
6. Choʻlpon "Kecha va kunduz"
7. Abdurauf Fitrat "Abdulfayzxon"
8. Abdulla Oripov "Sohibqiron"
9. Oʻtkir Hoshimov "Urushning so‘nggi qurboni"
10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi)


Abituriyentlarga yuborib qo'ying!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39😨4🕊31🤨1
⚡️Abituriyentlar uchun 1 haftalik bepul ta'lim!

Sizni Geniuz onlayn maktabining DTM imtihonlariga tayyorgarlik uchun mo’ljallangan bepul sinov darslari haftaligiga taklif qilamiz!

📚 Matematika, fizika, o‘zbek va rus tillari bo‘yicha asosiy mavzularni tushuntiramiz.
💻 Barcha darslar onlayn formatda – endi sizda hatto telefon orqali ham puxta va sifatli bilim olish imkoniyati bor!

👉 HOZIROQ O'QISHNI BOSHLASH

Havola orqali o‘ting va hoziroq o‘qishni boshlang! 👇
https://t.me/Geniuzdtm_bot?start=dl-17411986731bd9ef5e49f1
👍13🔥5👏43
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5114🔥5🤨2
💐 Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar!

🇺🇿 @TALIMUZ jamoasi barchangizni 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin.

Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

✅️@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰53👍28❤‍🔥11💯54🤓3💘3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Barcha ko'rishi shart bo'lgan TOP-10 film!

Bular qaysi filmlar?
Mazkur filmlar nima haqida?
Nega ularni koʻrishimiz kerak?


Videoda ushbu savollarga javob topasiz!

Filmlar roʻyxati:

🔟-oʻrin. Interstellar
9️⃣-oʻrin. Neft
8️⃣-oʻrin. E'tibor markazida
7️⃣-oʻrin. Shoushenkdan qochish
6️⃣-oʻrin. Bryuggeda
5️⃣-oʻrin. Forrest Gamp
4️⃣-oʻrin. Cho'qintirgan ota
3️⃣-oʻrin. O'zgalar hayoti
2️⃣-oʻrin. Jinoiy cho'pchak
1️⃣-oʻrin. Shindler ro'yxati

O'zingizga kerakli filmni ustiga bosing va videoni yuklab olib tomosha qiling!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍479👏6🔥5🥰2💯2
⚡️Xalqaro jurnallarda maqola yozib, dissertatsiya yozmasdan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish mumkin!

Muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish mumkin.


Asos: Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥9😇4