Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
181K subscribers
339 photos
154 videos
84 files
577 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
Rankings TOP-1000_2025.pdf
1.3 MB
⚡️TOP-1000 ro'yxatdagi oliygohlar-2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍77🔥11👏7💯65
Forwarded from Maktab.uz | Rasmiy kanal
❗️Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

Senator Rustam Kalonovga ko‘ra, Milliy gvardiya inspektor-psixologlarining harakatlari bilan maktablardagi davomat o‘tgan yildan buyon 50 foizdan 95 foizgacha oshgan.

Endilikda Milliy gvardiya organlariga bolalarga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaslik, jamoat joyida sigaret chekish va alkogol iste’mol qilish kabi huquqbuzarliklar bo‘yicha jazo qo‘llash vakolati berilmoqda.

Bu xabarni o'sha birinchi hayolingizga kelgan sinfdoshingiz yoki o'quvchingizga yuborib qo'ying!

@maktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍160👎3918😁11🔥8💯8🫡5
⚡️TATU Nurafshon filiali tugatiladi

Prezident qarori bilan tashkil etilayotgan “Cyber university” Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali bino va inshootlariga joylashtiriladi.

TATU Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 o‘quv yilidan so‘ng tugatilib, talabalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga ko‘chiriladi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏88👍76😁28🤝1410
📉 O‘zbekistonda eng kam maosh oladiganlar yana – o'qituvchi va shifokorlar! 

2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan.

Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi.

Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar: 

🔺 Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m 
🔺 Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m 
🔺 Transport sohasi – 8,1 mln so‘m 

O‘rtacha darajadagi maoshlar: 


🔸 Sanoat – 6,4 mln so‘m 
🔸 Savdo – 6,2 mln so‘m 
🔸 Qurilish – 5,9 mln so‘m 

Eng kam maosh oladigan sohalar: 

🔻 Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m 
🔻 Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m 

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎299😭142👍108😁24🤔11🤨9🔥8
#foydali

​​CTRL + A dan Z gacha bo'lgan kombinatsion funksiyalarni o'rganamiz!

😀 Kompyuter klaviaturasidagi Ctrl tugmasi bilan bog'liq amallar ish faoliyatimizda juda as qotadi.

Orangizda hechbo'lmasa Ctrl+C va Ctrl+V amallarini ishlatadiganlar albatta topiladi. Lekin boshqa harflar bilan amalga oshiriladigan funksiyalarni bilasizmi?

Keling, @Talimuz✅️ kanali orqali shular haqida ma'lumot beramiz:

Ctrl+A = Barchasini belgilash;
Ctrl+B = Matnni qalin qilish;
Ctrl+C = Matnni nusxalash;
Ctrl+D = Duplikat qilish (PowerPoint’da obektlarni ikkitalash);
Ctrl+E = Matnni markazga joylash;
Ctrl+F = Izlash;
Ctrl+G = Guruhlash (PowerPoint’da);
Ctrl+H = O’rniga qo’yish (Word);
Ctrl+I = Kursiv yozish;
Ctrl+J = Matnni sahifa eni bo’yicha yoyish (Word);
Ctrl+K = Giper havola yaratish (Word, Telegram);
Ctrl+L = Matnni chapga joylash;
Ctrl+M = Yangi slayd (PowerPoint);
Ctrl+N = Yangi sahifa (ko’p dasturlarda);
Ctrl+O = Ochish (ko’p dasturlarda);
Ctrl+P = Chop etish (ko’p dasturlarda);
Ctrl+Q = Chiqib ketish (ko’p dasturlarda);
Ctrl+R = Matnni o’ngga joylash;
Ctrl+S = Saqlash (ko’p dasturlarda);
Ctrl+T = Yangi vkladka ochish (Chrome);
Ctrl+U = Matnni ostiga chizish;
Ctrl+V = Joylash (Вставить) (ko’p dasturlarda);
Ctrl+W = Barcha oynalarni yopish (ko’p dasturlarda);
Ctrl+X = Ko’chirib olish (Вырезать) (ko’p dasturlarda);
Ctrl+Y = Oxirgi amalni qaytarish (Ctrl+Z ni teskarisi);
Ctrl+Z = Oxirgi amalni bekor qilish (ko’p dasturlarda).

Boshqalarga ham ulashing!

✅️@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15216💯7🔥6🤝5🍓4🥰1
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti qoshida Ingliz tili (General English) va Matematika kurslari uchun qabul ochilganini e'lon qilamiz.

👨‍🎓Agarda siz ingliz tilini boshlang‘ich darajadan yuqori IELTS ballini olmoqchi bo‘lsangiz, shuningdek matematika kurslarida tahsil olmoqchi bo‘lsangiz, bizga murojaat qiling.

Institutimizda:
👉 Umumiy ingliz tili (General English);
👉 Matematika.

✍️ Kurslar haqida ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

✍️RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN HAVOLA

☎️ +99871 271-77-00 (ichki raqam: 1139, 1177)

👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin
👍445🔥2💯2
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.


⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥2111🥰9👎7👏5
Fanlar majmuasi 2025:2026-oʻquv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
⚡️Fanlar majmuasi-2025

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🤔9❤‍🔥55😍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt – eng qimmat boylik!

Kunlar, oylar, yillar o‘tmoqda...
Lekin biz qimmatli yoshlikni telefon ekranida boy berayotganimizni sezmayapmiz.

Bugun o‘zingdan so‘ra: vaqtimni qayerga sarflayapman? Haqiqiy hayotni yashashni boshlash vaqti kelmadimi?

Manba: islom.uz

Videoni ko‘ring va o‘zingiz xulosa qiling!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥23😭1310🤩3😎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umidvor ko'zlarni yig'latmang!

Talabalarga tegishli video.
Sekingina yuborib qo'ying!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152😭76🔥19👏6🫡65❤‍🔥3
Bilasizmi?

⚡️Kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri hattoki 3-kursdan ham kirish mumkin bo‘ladi!

kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.


Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12512😁10🔥8🥰8😨4🤔3
Bilasizmi?

Quyidagi oʻqish davrlari pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi

🇺🇿Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunning 37-moddasie” bandiga asosan:

Oliy ta’lim muassasalarida;
magistratura va klinik ordinaturada;
stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
tayanch doktoranturada;
doktoranturada;
chet elda o‘qigan davlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.


Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Asos: https://lex.uz/acts/-112314

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9611🔥92🤔1
⚡️Qaysi xususiy oliygohlarda talaba ko'p?!

Hemis tizimi ma'lumotlariga ko'ra:

1⃣. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
36 598 nafar talaba

2⃣. ISFT instituti
29 470 nafar talaba

3⃣. Toshkent amaliy fanlar universiteti
26 460 nafar talaba

4⃣. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 888 nafar talaba

5⃣. Osiyo xalqaro universiteti
22 279 nafar talaba

6⃣. Alfraganus universiteti
22 245 nafar talaba

7⃣. University of Business and Science

20 728 nafar talaba

8⃣. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filial
20 283 nafar talaba

9⃣. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
19 138 nafar talaba

🔟. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali
17 974 nafar talaba


Eslatma: Ushbu ro'yxatda faqatgina eng ko'p talabaga ega TOP-10 xususiy oliygoh nomlari keltirilgan.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143👏119💯85👎4🔥3
Chet tilini o‘rganish uchun bepul resurslar

Internetda bepul va sifatli resurslar juda ko‘p! Quyida eng foydali manbalarni jamladik:


🕸 Onlayn kurslar va darsliklar

Duolingo – O‘yin tarzida til o‘rganish.
BBC Languages – Turli tillar bo‘yicha bepul kurslar.
Coursera – Ayrim kurslar bepul sertifikatsiz.
Open Culture – 40 dan ortiq til bo‘yicha bepul darslar.

📹 Audio va podkastlar

BBC 6 Minute English – Ingliz tilida qisqa podkastlar.
Coffee Break Languages – Til o‘rganish uchun podkastlar.
LingQ – Matnli audio materiallar.

🖤 YouTube kanallari

English Addict with Mr Steve – Ingliz tilini jonli darslar orqali o‘rganish.
Français Authentique – Fransuz tili uchun oddiy va tabiiy uslub.
SpanishDict – Ispan tilining grammatikasi va so‘z boyligi.

🛒 Ilovalar va veb-saytlar

Anki – So‘z yodlash uchun flashkartalar.
Memrise – Interaktiv mashg‘ulotlar.
Tandem – Ona tilingni o‘rgatib, boshqa tilda gaplashishni o‘rganish.

📥 Onlayn lug‘atlar va tarjimonlar

WordReference – Ingliz, fransuz, ispan va boshqa tillar uchun mukammal lug‘at.
DeepL – Yaxshi sifatli tarjima qilish uchun vosita.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43💯6🥰2🏆21🍓1
Abituriyent milliy sertifikat olsa kirish imtihoni topshirmasa ham bo'ladimi?

Albatta bo'ladi! Abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yishi mumkin:

1⃣. Matematika
2⃣. Biologiya
3⃣. Kimyo
,
4⃣. Fizika
5⃣. Ona tili va adabiyot (rus, qoraqalpoq)
6⃣. Tarix
7⃣. Geografiya

Eslatma: Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yo'q (chet tillaridan boshqa) balki kelgusi yillardan qo'shilishi mumkin.

Masalan, tibbiyot universitetiga topshirmoqchi bo'lgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qo‘ysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi xolos.

Yoki bo'lmasa, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti bo'lgan pedagogika yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyent Tarix va Ona tili fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo'lsa unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qo'yadi. Kirish imtihonida faqat Matematika fanidan majburiy blok teslarini ishlaydi holos! Agar Matematika majburiy blokni ham ishlagisi kelmasa bu fandan ham milliy sertifikat olib qo'yishi mumkin.

Mazzami? Qarang, qanday imkoniyatlar bor!

✅️@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163😁24💯117🫡7❤‍🔥5🐳5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-fevral (1441-yil)

Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir.

Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8113🎉86🔥2🥰2👏2
⚡️Rasman: Sertifikatga ega o‘zbek tili (davlat tili) o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi

🇺🇿 Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova.

Unga ko‘ra, 1-fevraldan boshlab, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi o‘rta ta'lim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.


@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91👏139👎5💯5🆒2🔥1
⚡️ Iyul-avgust oyidagi kirish imtihonlariga qadar bo'lib o‘tadigan chet tili imtihoni sanalari bilan tanishing

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
my.gov.uz/oz/service/559

💳 Ishtirok etish narxi: 506.250 so'm

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🔥65💘4🕊2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-2025 o’quv yili uchun Davlat universitetiga kirishning eng so’ngi imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Ha, aynan Davlat universitetiga topshirishning eng so'ngi imkoniyati!

Qo’shma ta’lim dasturi asosida Davlat universitetida mavjud yo'nalishlar:

• Biottibbiyot (kunduzgi)
• Kompyuter injeringi (sirtqi)
• Iqtisodiyot (sirtqi)
• Metrologiya (sirtqi)


PRO EDUCATION yordamida 2024-2025 o'quv yili davomida talaba bo'lishga ulgurib qoling!

Universitet Toshkent shahrida
joylashgan. Yotoqxona ham mavjud!

Shoshiling, joylar soni va kunlar cheklangan!

Murojaat uchun:
📞 +998910882626 | @pro_shahriz
📞 +998910112626 | @Pro_Dilafruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2🥰2👏2
⚡️Iyul-avgust oyidagi kirish imtihonlariga qadar bo'lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni turlari va sanalari bilan tanishing

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍357