Matematika milliy sertifikat | TalimPro
2.5K subscribers
130 photos
8 files
3 links
Matematikadan milliy sertifikatga tayyorgarlik — abituriyentlar va ustozlar uchun.

Maqsad — A+ daraja.

🔴 Jonli darslar: Abbosxon Sayliyev, Yulduz Rahimova
📝 Testlar va ularning tahlili
📢 Imtihon yangiliklari va muddatlari

🌐 talimpro.uz
Download Telegram
yana qaysi savol xato man yigyapman
togri boldimi
❤4
4-oktabr savollari.pdf
584 KB
4-oktabr 1-smena savollari va kalitlari.

MS imtihonlariga biz bilan tayyorlaning: @talimpro_ms
👌2🏆2❤1💯1
4-oktabr savollari va yechimlari.pdf
1.3 MB
4-oktabr 1-smena yechimlar va kalitlari.

MS imtihonlariga biz bilan tayyorlaning: @talimpro_ms
💯5🔥2👌2❤1
Xo‘sh, xo‘sh🤔 Endi noyabrdagi imtihongacha nima qilamiz?

MS imtihon testining ochiq savollariga tayyorlanamizmi?

Esingizda bo‘lsa, bepul intensiv darslar tashkil qilamiz degan edim.

Yodingizdami?
🔥26👍9❤3
Haftada 3 kun BEPUL DARSLAR o‘tib bermoqchi edim, lekin ko‘nglim bo‘lmadi☺️
👍15❤4
Jamoamiz bilan boshqa reja tayyorlayapmiz💥💥💥
❤13👏1
Darslarni Xudo xohlasa 12-oktabr DUSHANBA kunidan boshlaymiz va asosiy urg'uni 33-45-savollarga qaratamiz. Sizlar uchun bir qancha BONUSlar ham tayyorlab qo'ydik.

Barchasi haqida umumlashtirib ma'lumot beramiz. Biz bilan qoling🤗

MS imtihonlariga biz bilan tayyorlaning: @talimpro_ms
👍33❤8🔥2👏1
📌 USTOZ VA OʻQUVCHI: tajribamdan bir necha xulosa

1️⃣ Ustozni oʻzingiz tanlang
Ustoz tanlashdan oldin uning darslarida qatnashib koʻring. Boshqalar fikriga qarab tanlov qilmang, kimgadir maʼqul kelgan uslub sizga umuman mos kelmasligi mumkin.

2️⃣ Ustozingizga ishoning
Yangi ustoz bilan darslar boshlanganda birinchi haftalardayoq «bu ustoz menga toʻgʻri kelmaydi» degan xulosaga shoshilmang. Oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida adaptatsiya davri boʻlishi tabiiy hol: u 1–2 oy, hatto 6 oygacha davom etishi mumkin.

3️⃣ Ustozlarni taqqoslamang
Har bir oʻqituvchining oʻz tajribasi va uslubi bor. Bir ustozni tanladingizmi, uning metodikasiga ishoning. Bugun birining, ertaga boshqasining yo'lidan yurish faqat oʻzingizga ziyon.

4️⃣ Masʼuliyatni boʻyningizga oling!
Darsda tushunish va masalani mustaqil yecha olish — ikki xil narsa. Ustoz tushuntiradi, koʻnikma esa uyda, mustaqil ishlaganingizda paydo boʻladi. Berilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarib boring.

5️⃣ Xatolaringizni yashirmang
Notoʻgʻri yechilgan masala ustoz uchun eng qimmatli maʼlumot, chunki u siz bilan aynan qaysi nuqtada ishlash kerakligini koʻrsatadi. Biror joyda ikkilansangiz, toʻxtang va ustozingizdan soʻrang.

6️⃣ Oʻzingizni boshqalar bilan emas, kechagi oʻzingiz bilan taqqoslang

💡 Unutmang: USTOZ yoʻlni koʻrsatadi, bu yoʻlni esa SIZ bosib oʻtasiz.

MS imtihonlariga biz bilan tayyorlaning: @talimpro_ms
🔥7💯3❤1🫡1