Ta'limda nima gap?
81.5K subscribers
293 photos
132 videos
111 files
1.08K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚠️ TMC Xalqaro Institutida imtihonsiz talaba bo'ling.

🇺🇿 Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlang’ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim.

⚡️ Singapurdagi TMC Akademiyasining bir qismi bo'lgan Toshkentdagi TMC Institutida sifatli ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032

📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🥱38👏5🤔5🤣5🦄4
🔥 Mandat chiqquncha o‘qishingiz uchun hikoya:

"Sening joying Qo‘yliqda emas, o'qi"

🧑‍🎓 Navoiy viloyatidanman. 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirdim. Oilaviy sharoitim tufayli xarajatlarimni qoplash uchun ishlashga to‘g‘ri keldi. Ish qidira boshladim, ammo qayerga bormay "student kerak emas" deb qaytaraverishdi. Qancha harakat qilmay tayinli ish topa olmadim. Oxiri mardikorlikka chiqishga qaror qildim.

🌦 O‘sha kuni ertalabdan yomg‘ir yog‘gandi. Bunday ob-havo sabab kunlik ishlarning narxi oshardi, ammo ishga olib ketuvchilar ham shunga yarasha ko‘p bo‘lmasdi. Bir payt oldimizga Spark kelib to‘xtadi. "80 ming so‘m beraman, yerto‘lani tozalash kerak" dedi va ish joyining suratini ko‘rsatdi. Ochig‘i, ish bu narxga arzimasdi, ya’ni bu yumushni bajarish uchun ko‘proq pul to‘lanishi kerak aslida. Biroq ishni hech kim olmadi. Qaytib ketishga pulim yo‘qligi uchun men rozi bo‘lib qo‘ya qoldim.

🇺🇿 Mahmud aka (meni ishga olib ketgan odam) shinavanda, ustiga ustak iqtisodchi, Kanadada firmasi bor ekan. Tezda chiqishib ketdim. To‘ytepagacha O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida suhbatlashib ketdik.

🧹Manzilga yetgach, tezda ish boshladim. Mahmud akaning men bilan suhbatlashgisi keldi, shekilli, yonimga kelib yordam berishga kirishib ketdi. Gaplashib, qanday ishni tugatganimizni bilmay qoldik. Gap bilan bo‘lib, soat 21:00 bo‘lganini sezmabman ham. Mahmud akaga yotoqxonaga 22:00 dan keyin kirgizmasligini, tez ketishim kerakligini aytdim. Aka esa "Uyda bir o‘zimman. Oilam Kanadada. Agar xohlasang qolishing mumkin, ertalab o‘qishga ketaverasan" dedi.

📚 Shunday qilib, Mahmud akanikida qoladigan bo‘ldim. Tun yarmiga qadar suhbatlashib o‘tirdik. O‘sha kuni kitoblardagidan ko‘p bilimga ega bo‘ldimki, menga endi ishlagan pulim ham kerak emasdi. Ammo moddiy sharoitim bunga yo‘l qo‘ymasdi.

💵 Tong otdi. Ertalab uydan chiqib ketayotgan vaqtim Mahmud aka qo‘limga bir bog‘lam ming so‘mlik pul tutqazdi va "Kechgacha ishlaganing uchun mana 100 ming so‘m. Pulni sanama, o‘zimga to‘g‘ri odamman" dedi. Shu sabab pulni sanamay, rahmat aytib uydan chiqib ketdim. Yotoqxonaga yetib borib, pulni sanamoqchi bo‘ldim. Qarasam, ikkita 100 dollarlik pul qatlab qo‘yilgan ekan. Bitta ming so‘mlikka esa "Sening joying Qo‘yliqda emas, o‘qi" deb yozilgan edi.

© Manba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍797🥱101🤣56😢50❤‍🔥33👏30
Maqsadli qabul tanlaganlarga nima bo'ladi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent o‘sha kvota doirasida grant o‘rin uchun harakat qiladi va unda byudjet asosida o‘qishga kirish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Agar maqsadli kvotaga balli yetmasa hamma qatori umumiy tanlovda qatnashaveradi.

Maqsadli qabul asosida o‘qigan talaba o‘sha hududda 5 yil ishlab berishi kerak.

Maqsadli qabul asosida o‘qishga kirgan talabaga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍316🤯125😱5235😁34😢21
Mandatni hidi kelayapti...

@talimationuz
😁2.53K😭658👍344🤔269🤣191🥱189
chiqdi...
🔥993😭379👍336😁114💯98🤯52
Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan:

👉 @edtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @edtm_mandat2bot
👉 @edtm_mandat3bot
👉 @edtm_mandat4bot
👉 @DTMStat_Bot
👍76😭27🎉16😢13🥰9🤔7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hukumat davlat oliygohlari qilolmayotgan ishlarni xususiydan talab qilib, g‘irromlik qilmasligi kerak!

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev – Hukumat xususiy OTMlarni ham xuddi davlatniki kabi teng ko‘zda ko‘rishi kerak. Xususiy OTMlar “yetim” yoki “o‘gay” emas. Ular ham o‘zimizniki va shu jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shyapti.

Bozordagi ayrim “nopok” o‘yinchilarni bahona qilib xususiy taʼlimni o‘ldirish noto‘g‘ri. Aksincha ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlanish uchun sharoit yaratish kerak. Yoki hech bo‘lmasa davlat o‘zining OTMlarida qilolmayotgan ishlarni xususiydan talab qilib, g‘irromlik qilmasligi shart.

⚠️ Vazirlik hozirda bir nechta xususiy oliygohlarni litsenziyasini olib qo'yish uchun ularni sudga berish bilan ovvora.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍162🤣56🤯1210👏6🤷‍♂5
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga qanday hujjatlar kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍230😢116❤‍🔥14🔥14🤯12🗿11
👨‍🎓 Akang "uje" kuchaydi, akang talaba uje

👩‍🎓 Opang kuchaydi "uje", opang talaba uje



Jamoamiz nomidan AVATAR va INSTAGRAM STORY uchun ijod mahsuli.

♻️ Barcha talaba bo'lganlarga yuboring!

@Talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍145😭51😁37🥰18😢15🔥12
⚡️ Birinchi kurs talabalari diqqatiga!

Mana o'qishga kirib ham oldingiz, endi tezroq qayerda yashashni ham hal qilish kerak. Hademay o'qishlar boshlanadi.

2023/2024-oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin bo'ldi.

Hoziroq bu xizmatdan foydalaning. O'qish boshlanganda ota-onangizni sarson qilmay to'g'ri yotoqxonaga joylashgan ma'qul.

❗️ Eslatma: yotoqxonalarda 60 foiz joy 1-kurslarga ajratiladi.

➡️ Birinchi o'rinda yotoqxonaga joylashadigan talabalar

@Talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107😢14😁139🔥8🤯2
Ko'pchilik so'rayapti: Yetarli ball to'play olmasa nima bo'ladi?

✔️ O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar oshirilgan kontrakt asosida o'qishlari mumkin, bunda:

👉 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
👉 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

🎚️ Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.


❗️ Yo'nalishlar uchun kontrakt narxlari hali tasdiqlanmadi chiqqandan so'ng sizlarga qulaylik uchun telegram botimiz orqali javob qaytaramiz. Tez orada sizga bu haqida e'lon qilamiz

@Talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🤯21😁52🥰1
Talaba bo‘lgan abituriyent o‘qishni xohlamasa, undan pastdagi abituriyent tepaga ko‘tariladimi?

Yo‘q, talabalikka qabul qilingan, biroq o‘qishni xohlamagan abituriyentning kvotasi bo‘sh qoladi. Lekin undan keyingi o‘rindagi abituriyent yuqori ko‘tarilmaydi. Bu abituriyent super-kontrakt bilan o'qishi mumkin.

Xullas, bunaqa holatda kimdir talaba bo‘lish baxtidan ayriladi. Shuning uchun ham shunchaki bilimini sinash uchun o‘qishga topshirib ko‘rish kimningdir imkonini olib qo‘yish bilan teng bo‘lishi mumkin.

© Asos

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51😢35🤯11🔥6🌚4😱3
#talabaga_qulaylik

⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi. Endilikda, talabalikka tavsiya etilganlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

➡️ Eslatib oʻtamiz, ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tib, so‘rov yuboradi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
👍53😢138❤‍🔥8🤯3
Faqat eng to'g'ri qarorlarni qoldiring!

Inson bir kunda 35 mingta qaror qabul qilar ekan. Afsuski, ularning ko‘pi qat’iy fikr bo‘lmasdan miyamizni behuda band qilib, vaqtimizni o‘g‘irlaydigan xayollar bo‘lib chiqarkan...

Vaqt o'g'irlaydigan fikrlardan qoching va eng to'g'rilarini tezroq maqsadga aylantiring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍52👏13🔥73🥰3
👨‍🎓 Evropada IELTS siz hujjat topshirsa boʻladigan 20 ta universitet

📌Germaniya 🇩🇪

Evropaning eng arzon universitetlari mavjud boʻlgan davlat. Bu yerdagi ba'zi maktablar, agar oldingi o'quv dasturingiz ingliz tilida o'qitilgan bo'lsa, IELTS imtihonini topshirishingizni talab qilmaydi.

1. University of Siegen
2. University of Koblenz and Landau
3. Esslingen University of Applied Sciences
4. University of Kaiserslautern
5. University of Giessen
6. Free University of Berlin
7. Technical University of Braunschweig

📌Fransiya 🇫🇷

IELTS sertifikatisiz ariza topshirishingiz mumkin bo'lgan ko'plab ta'lim dasturlari mavjud. Buning o'rniga siz ingliz tilida intervyu olishingiz yoki ilgari o'qigan ingliz tilida so'zlashuvchi ta'lim muassasasidan transkript taqdim etishingiz mumkin.

8. American Business School, Paris
9. EBS Paris
10. ESAIP School of Engineers
11. EPITA Graduate School of Computer Science
12. ESC Rennes School of Business, France

📌Italiya 🇮🇹

Mamlakat nafaqat pitssa, balki moda, dizayn, kino, opera, arxitektura olamiga qo'shgan hissasi bilan ham tanilgan. Bu yerda dunyodagi eng qadimgi universitetlardan ba'zilari koʻrsatilgan. Agar nomzod so‘nggi uch yil ichida ingliz tilida o‘qiganligini isbotlay olsa, ularning aksariyati IELTS imtihonidan ozod qilinadi.

13. University of Bologna
14. Polytechnic University of Milan

📌Ispaniya 🇪🇸

Ko'pgina ispan universitetlari o'zlarining diplom dasturlari bo'yicha o'qishni IELTS imtihonlarisiz taklif qilishadi.

15. Universidad Antonio de Nebrija
16. Pablo de Olavide University
17. University of Valencia

📌Norvegiya 🇳🇴

Mehmondo'st xalq, yuqori turmush darajasi mavjud, rivojlangan mamlakat. Shuningdek, mahalliy universitetlarga IELTS sertifikatisiz ham kirish mumkin.

18. University of Oslo
19. University of Bergen
20. Norwegian University of Science And Technology

Qiziq, yana qayerda IELTSsiz o'qish mumkin? O'z reaksiyangizni qoldiring, shunda biz ikkinchi qismi kerakligini tushunamiz 👇

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥64👌3