Ta'limda nima gap?
75.7K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
​⚡️Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi

Har yili 15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Nodavlat oliygohda tahsil olayotgan talabalar davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.

Talabalar uzbmb.uz sayti orqali arizani onlayn ravishda to'ldirishadi hamda transkript (yoki zachotka) yuklashadi. (Pdf yoki jpg varianti)

📆 Qabul jarayonlari 5-avgust sanasida yakunlanadi hamda 15-20-avgust oralig'ida o'qishni ko'chirish uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

Nodavlat OTM talabasi davlat oliygohiga 2 xil usul bilan "perevod" qilishi mumkin:

➖ Mos va turdosh yo'nalishlarga – imtihon asosida.
➖ Noturdosh yo'nalishlarga – imtihonsiz, shunchaki super kontrakt to'lasa kifoya.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍15❤1🥰1🌚1
▶️​7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
🏛 Oliy ta'lim vazirligiga bog'liq bo'lgan davlat xizmatlari...


1️⃣ Oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish - havola

2️⃣ Talaba oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (oliy taʼlim muassasasidan) - havola

3️⃣ Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (akademik litsey va professional taʼlim muassasalaridan) - havola

4️⃣ Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun akademik maʼlumotnoma (transkript) olish - havola

5️⃣ Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya (oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va professional taʼlim xizmatlari) - havola

6️⃣ Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma - havola

7️⃣ Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish (oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari) - havola

8️⃣ Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish - havola

9️⃣ Oliy ta'lim olganlik haqidagi diplom ma'lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun ariza yuborish - havola

1️⃣0️⃣ Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun) - havola

1️⃣1️⃣ Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish (1-kurs talabalari uchun) - havola

1️⃣2️⃣ O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom ma'lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash - havola

1️⃣3️⃣ Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida maʼlumot olish - havola

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥2😁1
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3❤1
👩‍⚕️ Janubiy Koreyada shifokorlar qabul kvotasi oshishiga qarshi ish tashladi

Ular hukumatning tibbiyot OTMlarida qabulni ko‘paytirishiga qarshi ish tashlashdi.

Janubiy Koreya tibbiyot oliygohlariga qabulni yiliga 2 mingtagacha ko‘paytirishni (ayni paytda 3 0 58 talaba qabul qilinadi) va shuning bilan 2035-yilgacha aholi qarishiga qarshi tura olish uchun mehnat bozoriga qo'shimcha 10 ming shifokorni qo‘shishni reja qilgan.

Ish tashlagan shifokorlar tibbiyot ta’lim muassasalari keskin o‘sadigan kvotaga bardosh berolmasligini iddao qilmoqda. Ularning fikricha, raqamlar oshishi davlat tibbiy xarajatlarini ko‘paytiradi xolos. Xuddi hozirgi vaziyatdagidek ko‘proq talaba o‘qigani bilan baribir shifokorlar dermotologiya, plastik jarrohlik kabi talab yuqori sohalarga o‘zlarini uraveradi, pediatriya, akusherlik va tez tibbiy yordam kabi kam maosh to‘lanadigan sohalarda mutaxassislar yetishmovchiligi saqlanib qolaveradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
​⚡️Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

➖ Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi:

"Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin."

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍22🔥2
Imtiyozlar reyestri.pdf
1.3 MB
#Bilasizmi

Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor

🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏3😘2🤔1
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_adabiyotlar_ro‘yxati_2024.pdf
148.6 KB
⚡️O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

📚 Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤣2👏1
⚡️Maktab o‘quvchilariga 21-martdan bahorgi ta’til beriladi

Bu tegishli qonunchilikda belgilangan. Unga ko‘ra, bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun hisoblanadi.

❕Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2
⚡️ O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida chekish ko‘paygan

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi – o‘g‘il bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi.

📛 Bunda o‘smirlarning 7,7 foizi – 10 foiz o‘g‘il bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan.

❌ Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi o‘sib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq ta’sir qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍11❤3🔥2🤔1
Fanlar majmuasi 2023-2024.pdf
645.3 KB
📑Abituriyentlar 2024-yilgi kirish imtihonlarida qaysi fanlardan imtihon topshiradi?

➖ 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili qabul kvotalari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2🔥2🥰2
1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍17🥰3
❕Passport olmagan bitiruvchilar ABITUR dasturiga kiritilmaydi

Maktab vazirligi bu yil maktabni bitiradigan o‘quvchilarga pasport (ID-karta) olish zarurligini eslatdi.

Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤4
⚡️Litsenziyaga ega bo'lmagan oliygohlardan ehtiyot bo'ling – vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalqlar do‘stligi universiteti (“Universitet drujbi narodov” MChJ) nomi ostida 2023/2024-o‘quv yili qabuli davom etayotganligi to‘g‘risida yolg‘on (fake) e’lonlar tarqalmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar hech qanday asosga emasligini bildirib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolgʻon, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi.

Shu o‘rinda, “Universitet drujbi narodov” MChJ (“Xalqlar do‘stligi universiteti”) oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tasdiqlangan litsenziyaga ega emasligi hamda litsenziya olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Litsenziya” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda biron marotaba ham ariza bilan murojaat qilmaganligini ma’lum qilamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍10😁9🔥2❤1🥰1
💐 Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi barchangizni 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin.

Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍13❤1🥰1👏1
#rasmiy_xabar

⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalari o‘qishi ko‘chirildi


Namangan xalqaro universitetining 6041 nafar va Urganch shahridagi Binari universitetining 173 nafar talabasining arizasiga ko‘ra tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarning ro‘yxatlari tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘llandi.

Talabalar o‘z tanlovlariga ko‘ra ariza topshirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11-mart sanasidan o‘qishlarini rasman boshlashlari mumkin.

Tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarning o‘qishini belgilangan tartibda boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq “Valley innovative university”ning talabalari ham tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga o‘tkazilgan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍15🥰3
⚡️Oliy ta’limda yigitlardan ko‘ra ko‘proq qizlar o‘qiydi

👩‍🎓 Oliy ta’lim vazirligi statistikasiga ko‘ra, respublikadagi barcha OTMlarda o‘qiyotgan 1 mln 312 ming talabaning 650 ming nafari erkaklar, 662 ming nafari esa xotin-qizlardir. Magistraturada tahsil olayotgan 24 ming talabaning 60 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi.

📄 Talaba qizlar ulushi yuqoriligida ularga berilgan imtiyozlar ham yordam berayotgan bo‘lishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🥰3
UXLAMA, ​​ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga ulashib qo'ying!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍28👏5🥱5❤1🤔1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Talabalar tomonidan sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi yaratildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuhratov va Javohir Shomuratov ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz - IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.

Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.

Platforma afzalliklari:

▪️testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;

▫️natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;

▪️xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;

▫️istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.

📹 Examy.uz dan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda👈

#talabaminbari #innovatsiya #raqamlashtirish #sun’iyintellekt

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍19🔥3🥰2❤1
🚇 Toshkent metrosining yangi “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari 11-mart kunidan boshlab yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, kecha 12 ta metro vagoni olib kelingan. May oyi so‘ngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍15❤8🔥1👏1
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍31👏4