Ta'limda nima gap?
75.7K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

❗️ Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.

Yangi tartibga asosan, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.

Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.

🗣️Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

✨Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

Amaliyot o‘tayotgan korxona talabani qo‘shimcha rag‘batlantirishi ham mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
📣 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

JAVOB:
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:
👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏1
📣 Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy OTMlarda o‘qitiladi

Huquqiy axborot qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan:

👉 tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;

👉 tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

👉 toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;

👉 tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

📁Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:

🔸“Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
🔸“Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
🔸“Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
🔸“Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
🔸“Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
📣 Attestasiyaga hujjat topshirishda qancha to'lov qilish kerak bo'ladi?

Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestasiyadan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi.

👀Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, yig'im summasining 90 foizi undiriladi, ya'ni 306 000 so'm (uch yuzi olti ming so'm).

Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestasiyadan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

🫡Ta'lim tashkilotlari rahbarlari navbatdagi majburiy attestasiyadan o'tish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestasiyadan o'tish lozimligi to'g'risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2❤1
📣 Kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini kimlar qaytarib olishlari mumkin?

Ma’lumki, talabalarning kontrakt pullaridan 12 foizlik daromad solig‘i qaytariladi. Lekin hammaga ham emas.

✔️ Talabaning ota-onasiga;
✔️ Talabaning turmush o‘rtog‘iga;
✔️ Talabaning o‘ziga.

‼️Qarindoshlarga, masalan, ukasi yo singlisining kontraktini to‘lagan akalarga 12 foizlik pul qaytarilmaydi. Lekin bu haqida taklif ishlab chiqilgandi.

Bunda muhim shartlar bor. Rasmiy ish bilan band bo‘lishingiz va daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lishingiz talab etiladi. Davlat ishida ishlaysizmi yoki xususiy sektordami, ahamiyati yo‘q.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤1
📣 Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi

Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1️⃣“Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.

2️⃣ JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

📌Shuningdek shartnoma to‘lovini
— my.gov.uz portali orqali hamda
— “Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3❤2
📣 Tibbiyot oliygohlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy universitetlarda o‘qitiladi

“Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-38-son, 22.01.2024-y) qabul qilindi.

✅Qarorga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan:

➡️ tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;

➡️ tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

➡️ Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;

➡️ tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

📁Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:

◀️“Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
◀️“Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
◀️“Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
◀️“Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
◀️“Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2❤1
📣 Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 28-yanvar (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

‼️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2❤1
📣 Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

❓Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

✅Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

☝️Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥2
📣 Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

✅Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥2
📣 Maktablarni yiliga o‘rtacha 400 ming o‘quvchi bitirmoqda va ularning 170 ming nafari ta’limni davom ettirmoqda

Bu haqda bugun 26 yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimotda Prezidentga ma’lumot berildi.

⚡️O‘zbekistonda hozirgi kunda 10 ming 284 ta maktab bor.
⚡️Hozirgacha 208 ta maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
⚡️Chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 ming nafardan 18 mingga yetdi.
⚡️Hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan.

Respublika bo‘ylab 14 ta hududdagi malaka oshirish markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish dasturlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏4😢3
📣 O'zbekiston OTMlarida nechta ta'lim shakli bor?

4 ta:
◀️Kunduzgi;
◀️Kechki;
◀️Sirtqi;
◀️Masofaviy.

Abituriyantlar o'z yo'nalishi bo'yicha bir nechta istalgan ta'lim shaklini tanlashlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥2
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

U bunga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori edi. Undan avval Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍18🔥4❤1
📣 Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

❓Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

✅Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

☝️Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4
🏛 Oliy harbiy ta’lim muassasalarida (OHTM) qabul boshlangan
#abituriyent

OHTM kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

1️⃣ harbiy-professional yo‘naltirish;
2️⃣ dastlabki saralab olish;
3️⃣ test sinovlari.

Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi. OHTMga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

❗️OHTMlarga kirishning o‘ziga xos tartiblari mavjud, shu sababli abituriyentlar har bir oliygohga hujjat topshirish shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqishi tavsiya etiladi.

Harbiy prokuratura barcha OHTMlar haqida ma’lumotlarni bir joyga to‘plabdi:
🔹 Qurolli Kuchlar akademiyasi
👉 Batafsil


🔹 Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi
👉 Batafsil


🔹 Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
👉 Batafsil


🔹 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi
👉 Batafsil


🔹 Jamoat xavfsizligi universiteti
👉 Batafsil


🔹 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
👉 Batafsil


🔹 Harbiy aviatsiya instituti
👉 Batafsil


🔹 Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
👉 Batafsil


‼️ESLATMA:
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar ham beshtagacha noharbiy yo‘nalishlarni tanlagan holda test topshirishlari mumkin. Ya’ni harbiy oliygohga topshirdi degani, boshqa joylarga topshira olmaydi, degani emas. Aksincha, bu abituriyentga o‘qishga kirish uchun 2 karra imkon beradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍9🔥2❤1
⚡️Maktablardagi bo‘sh sinflar repetitorlarga ijaraga beriladi

Bu haqida prezident boshchiligidagi selektorda aytildi.

🎓 Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi.

🌐 Xususiy kurslarda o‘qib, C1 sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab beriladi. Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤1🔥1
💰Maktabda ishlab qancha topish mumkin, maktabda oylik qancha ?

👩‍🏫 Umumta’lim maktablarida maosh oyligi xodimlarning toifasi va ma’lumotiga ko‘ra farqlanadi:

Direktor:
➖ 3 mln 816 ming 991 soʻm (400 oʻquvchi);
➖ 4 mln 75 ming 625 soʻm (401-880 oʻquvchi);
➖ 4 mln 321 ming 742 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
➖ 4 mln 571 ming 634 soʻm (1600dan ortiq).

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
➖ 3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchi);
➖ 3 mln 816 ming 991 soʻm (401-880 oʻquvchi);
➖ 4 mln 75 ming 625 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
➖ 4 mln 321 ming 742 soʻm (1600dan ortiq)

Oʻqituvchilar:
➖ Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi
– 2 mln 575 ming 884 soʻm;
➖ Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm;
➖ Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 100 soʻm;
➖ Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 741 soʻm;
➖Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 941 soʻm.

Psixologlarning maoshi:
➖ Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 85 so‘m;
➖ O‘rta maxsus ma’lumotli psixolog – 2 318 295 so‘m;
➖ Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 871 so‘m;
➖ Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 138 so‘m;
➖ Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 762 so‘m.

Kutubxonachilarning maoshi:
Kutubxona mudiri:

👉 O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m;
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 953 so‘m.
Kutubxonachi:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 586 so‘m;
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m.

CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 soʻm.

Tuman (shahar) maktabgachacha maktab ta'limi bo'limlari metodistlari – 3 798 941 so'm.

© Manba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
⚡️2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍9🔥3❤1
#foydali

​​​CTRL + A dan Z gacha bo'lgan kombinatsion funksiyalarni o'rganamiz!

😀 Kompyuter klaviaturasidagi Ctrl tugmasi bilan bog'liq amallar ish faoliyatimizda juda as qotadi.

Orangizda hechbo'lmasa Ctrl+C va Ctrl+V amallarini ishlatadiganlar albatta topiladi. Lekin boshqa harflar bilan amalga oshiriladigan funksiyalarni bilasizmi?

Keling, @Talimuz✅️ kanalidan olib shular haqida ma'lumot beramiz:

• Ctrl+A = Barchasini belgilash;
• Ctrl+B = Matnni qalin qilish;
• Ctrl+C = Matnni nusxalash;
• Ctrl+D = Duplikat qilish (PowerPoint’da obektlarni ikkitalash);
• Ctrl+E = Matnni markazga joylash;
• Ctrl+F = Izlash;
• Ctrl+G = Guruhlash (PowerPoint’da);
• Ctrl+H = O’rniga qo’yish (Word);
• Ctrl+I = Kursiv yozish;
• Ctrl+J = Matnni sahifa eni bo’yicha yoyish (Word);
• Ctrl+K = Giper havola yaratish (Word, Telegram);
• Ctrl+L = Matnni chapga joylash;
• Ctrl+M = Yangi slayd (PowerPoint);
• Ctrl+N = Yangi sahifa (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+O = Ochish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+P = Chop etish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+Q = Chiqib ketish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+R = Matnni o’ngga joylash;
• Ctrl+S = Saqlash (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+T = Yangi vkladka ochish (Chrome);
• Ctrl+U = Matnni ostiga chizish;
• Ctrl+V = Joylash (Вставить) (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+W = Barcha oynalarni yopish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+X = Ko’chirib olish (Вырезать) (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+Y = Oxirgi amalni qaytarish (Ctrl+Z ni teskarisi);
• Ctrl+Z = Oxirgi amalni bekor qilish (ko’p dasturlarda).

Boshqalarga ham ulashing!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏2🕊1
⚡️ 3 yil o‘qib bakalavr darajasini olish mumkin bo‘ladi

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha ta’lim sohasidagi ayrim yo‘nalishlarda 3 yil o‘qib diplom olish imkoni bor.

🎓 Fevral boshida e'lon qilingan qarorga ko‘ra esa:

➖ professional ta’limdan so‘ng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytiriladi;

➖ 3 yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

🔔 Izoh: hozircha aynan qaysi yo'nalishlar 3 yillik bo'lishi ainq emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🕊2❤1🔥1
👀 Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand boʻlish sirlari

▶️ Har kuni kun davomida boʻlib oʻtgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qoʻying.

▶️ Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi koʻngil choʻktiruvchi) uzoqroq yuring!

▶️ Faqat yaxshi xabarlar oʻqishga, tinglashga intiling! 

▶️ Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji boʻlsa umuman gaplashmang!

▶️ Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.

▶️ Hayotga kulib boqing! Oʻz-oʻzidan yoʻllaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🎉2🔥1