Ta'limda nima gap?
75.6K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Dunyo boʻylab taʼlim haqida top faktlar

1. Koʻp marotaba toshqin muammolariga duch kelinganligi tufayli Bangladeshda 100 dan kam boʻlmagan qayiq maktablari mavjud. Ularning har biri Internetga ulangan, kutubxonaga ega va quyosh energiyasidan quvvat oladi.

2. Hindistonning Laknov shahridagi “City Montessori” maktabi oʻquvchilar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik maktab boʻlib, u yerda 32 000 dan ortiq ilmu tolib tahsil oladi.

3. Chilida oʻquvchilar uchun yozgi taʼtillar bizdagidan farqli oʻlaroq, dekabr oʻrtalaridan boshlanadi va mart oyining boshlarida tugaydi.

4. Saxarada 11,07 million bola boshlangʻich taʼlimini tugatmasdan maktabni tark etadi. Janubiy va Gʻarbiy Osiyoda bu raqam 13,54 millionga etadi.

5. Dunyodagi eng qadimgi maktab Angliyaning Kanterberi shahrida joylashgan. U 1597-yilda “Qirollik maktabi” nomi bilan tashkil etilgan. Maktab sifatli uskunalar va jihozlar bilan taʼminlangan, hozirda zamonaviy taʼlim beradigan oʻquv muassasalari safiga kiradi.

6. Rivojlanayotgan, kam taʼminlangan mamlakatlarda har bir qoʻshimcha taʼlim yili oʻsha mamlakat fuqarosining kelajakdagi daromadini oʻrtacha 10%gacha oshirishi mumkin.

7. Dunyoda eng koʻp uy vazifasini bajaradigan talabalar Xitoydagi talabalar hisoblanadi. Oʻsmirlar haftasiga oʻrtacha 14 soat davomida uy vazifasini qiladilar.

8. Pokistonda bolalarga bepul taʼlim olish uchun qonuniy huquq berilmaydi. Faqat 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar majburiy taʼlim olish huquqiga ega.

9. Gollandiyada bolalar maktabni 4 yoshga toʻlgan kunidan boshlashadi. Bu jarayonda maktabdagi boshlangʻich sinf oʻquvchilari soni juda tez oʻzgaradi.

10. Yaponiyadagi maktablarda bolalarning oʻzlari sinflarini tozalashadi va hatto, tushlikni ham oʻzlari bilan olib yurishadi. Yaponiya maktablarida farrosh yoki oshxona mavjud emas.

11. Italiyaning Turin shahrida dunyodagi eng kichik maktab bor, u yerda bitta oʻquvchi taʼlim oladi.

12. Eron qizlar va oʻgʻil bolalarga ular kollejga kirgunlariga qadar alohida taʼlim beriladigan mamlakat hisoblanadi. Mazkur davlat taʼlim tizimida maktab oʻquvchilari orasida qizlar uchun faqat ayol oʻqituvchilar, oʻgʻil bolalar uchun erkak oʻqituvchilar dars beradi.

13. Braziliyada oila bilan ovqatlanish - madaniyatning muhim qismi, shuning uchun maktablar ertalab soat 07:00 da boshlanadi va tushgacha tugaydi, shunda bolalar ota-onalari bilan tushlik qilishlari mumkin boʻladi.

14. Dam olish kuni yoki taʼtil boʻlishiga qaramay, rus bolalari maktabni har doim “Bilimlar kuni” yaʼni 1-sentyabrda boshlashadi.

15. Jahon boʻylab eng keksa oʻqituvchi faoliyati Amerikada qayd etilgan. Uning ism-familiyasi Agnes Zhelesnik boʻlib, Yoshi 101 ga toʻlgan.

16. Islandiya maktablarida oʻquvchilarga “trikotaj” deb nomlangan fan oʻqitiladi. Jahonda boshqa mamlakatdagi maktablarda bu yoʻnalishga asoslangan fanni uchratish deyarli qiyin.

‼️Ushbu maqola orqali dunyo davlatlaridagi taʼlim tizimiga doir eng qiziqarli faktlar eʼtiboringizga havol etildi: guvohi boʻldingizki, anʼana va urf-odatlar - turli, bilimning yetkazilish usullari - turfa.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤‍🔥2❤1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣1 yildan beri 200 nafardan ortiq xususiy oliygoh ochmoqchi bo'lgan investorlarga imkoniyat berilmayapti

Ko'chadagi mish-mishlarga ko'ra, xususiy oliygoh uchun litsenziya olish "stavka" narxi 500.000$+ atrofida baholanmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🤔2👌1🏆1
📣 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston aholisi 36,8 mln. nafarni tashkil etmoqda.

Eng ko'p aholi Samarqand viloyatida bo'lsa eng kam aholi Sirdaryo viloyatida.

◀️Hududlar kesimida doimiy aholi soni:

◀️Qoraqalpog‘iston R. – 2 002,7 ming kishi
◀️Andijon viloyati – 3 394,4 ming kishi
◀️Buxoro viloyati – 2 044,0 ming kishi
◀️Jizzax viloyati – 1 507,4 ming kishi
◀️Qashqadaryo viloyati – 3 560,6 ming kishi
◀️Navoiy viloyati – 1 075,3 ming kishi
◀️Namangan viloyati – 3 066,1 ming kishi
◀️Samarqand viloyati – 4 208,5 ming kishi
◀️Surxondaryo viloyati – 2 877,1 ming kishi
◀️Sirdaryo viloyati – 914,0 ming kishi
◀️Toshkent viloyati – 3 051,8 ming kishi
◀️Farg‘ona viloyati – 4 061,5 ming kishi
◀️Xorazm viloyati – 1 995,6 ming kishi
◀️Toshkent shahri – 3 040,8 ming kishi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥1
📣 Qishki "perevod" uchun qabul tugashiga oz qoldi

Ariza oluvchi ishchi guruhlar 20-yanvar kunigacha har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

👉o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
👉talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
👉pasport nusxasi;
👉PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3🔥2⚡1
📣 Taʼlim krediti uchun arizalar qabul qilish toʻxtatildi

Aytishlaricha, imtiyozli taʼlim kreditlari ajratish dasturida ishtirok etayotgan barcha banklar tomonidan imtiyozli taʼlim kreditlari uchun arizalar qabul qilish toʻxtatilgan.

Bu banklar tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlarining Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan resurs bilan qoplab berilmayotgani bilan bogʻliq.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
📣 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨‍💻Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❕Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
VM qarori 17-son 10.01.2024.pdf
1.2 MB
📣Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi

Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi.

📚Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

💻Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.

✅Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

📋Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9💯2🏆2❤1
📣 Maktabga ilk ishga kirganda o'qituvchilarda qanday daraja bo'ladi?

Bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;

➡️Magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

🎗Fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 Qirg‘izistonda tahsil olayotgan talabalar diqqatiga!

Qirg‘iziston Respulikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 541-son qaroriga muvofiq, "Chet el fuqarolarining mamlakatda bo‘lish tartibi to‘g‘risida nizom"i tasdiqlangan.

👉Yangi nizom bo‘yicha, agar chet el fuqarosi mamlakatda 60 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolsa, u viza uchun ariza topshirishi yoki shu vaqt ichida mamlakatni tark etishi kerak. 60 kunlik muddatni to‘ldirib, Qirg‘izistondan chiqib ketgan fuqarolarga yana 60 kundan keyin kirishga ruxsat beriladi.

Chet el fuqarolarining mamlakatda qolish muddati chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 00:01 dan boshlab kalendar kunlarida hisoblanadi.

☝️Hisoblash Tashqi migratsiyani hisobga olish tizimi(TMEBT)ning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Tizimga kirishning imkoni bo‘lmagan yoki tizim ishlamagan taqdirda, hisob-kitob davlatning vakolatli organi tomonidan xorijiy fuqaroning amaldagi hujjatidagi kirish/chiqish sanasini hisoblagan holda amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan talabalar, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni Qirg‘iziston tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablariga rioya etishlari tavsiya etiladi.

‼️O‘zbekistonning O‘sh shaxridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasidagi vakilligi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤔1
📣 Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi

O‘tgan yili byudjetdan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

‼️Jumladan: Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 24-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

➡️60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
➡️86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
📣 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 23-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🗓Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qirg'izistonda o'qiyotgan talabalar uchun viza tartibi haqida!

Qirg'izistonda Respublikasi viza siyosati bo'yicha o'zgartirishlar kiritdi. Ushbu videoda u yerda tahsil olayotgan talabalar uchun ushbu yangi tartibning ta'siri, qilinishi lozim bo'lgan ishlar haqida batafsil gapirib o'tilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
📣 Milliy sertifikat beradigan maksimal ball rostanam 65 ballga tushdimi?

Yo'q,
baholash metodi o'zgardi. Endi talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

✔️A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha ball belgilangan eng yuqori ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
📣 Endi milliy sertifikat to'lovida ham ayrim abituriyentlarga imtiyoz beriladi

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

👨🏻‍🦽“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
📣 Hozirgacha olingan milliy sertifikatlar ham o‘zgaradimi?

Endi milliy sertifikat imtihonida talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

☝️Qonun hujjatlarida ortga qaytish mumkin emasligi sababli, oldingi sertifikatlar A va A+ kabi darajalanmagani uchun bu talab oldingi sertifikatlarga amal qilmaydi.

Rash modeli joriy etilgungacha bo‘lgan olingan sertifikatlar to amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchida qoladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Diplomlar haqiqiyligini onlayn tekshirish mumkin

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

✅bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

✅diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
📣 Milliy sertifikat imtihoni to'lovidan kimlarga chegirma beriladi?

Yangi tartibga ko'ra:

✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar;
✔️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
📣 Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?

❓Menga qaysi kasb yoqadi?

Oliy ta’lim muassasasini tanlash qaysi kasbni egallashni xohlashingizga bog‘liq. Aytaylik, huquqshunos bo‘lishga qaror qildingiz. Bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan oliygoh ro‘yxatini tuzing va har birining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. O‘qituvchilar tarkibi qayerda kuchliroq ekanligini, malaka oshirish (stajirovka) va amaliyot qanday o‘tishini, ma’ruzalar qanday formatda o‘tkazilishini bilib oling. OTM rahbariyati tomonidan intizom va o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarga e’tibor bering.
Kerakli barcha ma’lumotlarni olishning eng yaxshi usuli - bu bitiruvchilar yoki hozirgi vaqtda bakalavrda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdir. Talaba birodarlar - juda ahil va ochiqko‘ngil bo‘lishadi va hech qachon mavjud bo‘lgan muammolarni yashira olmaydilar

❓To‘lov-kontrakt asosidami yoki grant?

Albatta, har birimiz grant asosida o‘qishni va o‘qish uchun to‘lov haqida qayg‘urmay ta’lim olishni istaymiz. Afsuski, davlat granti uchun o‘rinlar chegaralangan, o‘qishni istaydiganlar esa har doim ko‘p. Agar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsangiz, uni qanday to‘lashingizni oldindan o‘ylab ko‘ring va uning narxi yiliga kamida bir marta oshishini yodda tuting. OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlashda to‘lov-kontrakt miqdorini inobatga oling.

❓Davlat yoki nodavlat OTM? Mahalliymi yoki xorijiy?

Bularning barchasi qiziqishlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Asosiysi, ta’lim muassasasi davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lsin.

❓Qayerda yashaysiz?

Bu boshqa shaharda o‘qishni rejalashtirganlarga tegishli. Yotoqxonami yoki ijaraga olingan xonadon? Birinchi variant arzonroq va shubhasiz, quvnoq bo‘ladi, ammo siz o‘sha yerdagi sharoitlarga, jumladan, yashash sharoitlariga moslashishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi holda, qulaylik darajasini o‘zingiz belgilaysiz, ammo bu imkoniyat uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Spoyler: stipendiyangiz, albatta, yetarli bo‘lmaydi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤝2
📣 Bu ohayo shtati emas, Toshkent bugun.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯12👍8😱3😁2❤1👏1