Ta'limda nima gap?
80K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

Kechadan (24-avgust) dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

Bugun 438 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 76 nafari (17,4 %) jarayonda ishtirok etdi, 362 nafari esa ishtirok etmadi.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36👀63🥰1
⚡️TOEFLga tayyorlanishingizga yordam beradigan 7 ta bepul manbalar

📌 TOEFL Speaking Seriestestning eng qiyin bo'limlaridan biriga qanday tayyorlanish haqida 12 ta video.

📌 TOEFL Reading Seriesbu erda ular sizga ushbu bo'limni samarali o'tish uchun qanday usullardan foydalanish mumkinligini aytib berishadi.

📌 TOEFL Writing Seriesqiziqarli narsalar, imtihonning yozma qismini topshirish bo'yicha maslahatlar va tavsiyalar.

📌 TOEFL Listening Series ingliz tilini tinglab tushunish ko'nikmalaringizni yaxshilaydigan 14 ta dars.

📌 Inside the TOEFL Test imtihon davomida sizga qanday savollar berilishi mumkin.

📌 TOEFL® Test Preparation: The Insider’s Guideimtihonga tayyorgarlik ko'rish yo'riqnomasi.

📌 TOEFL Preparationkaliforniya universiteti kursi, unda tajribali o'qituvchilar sizga qanday qilib yuqori ball olishni aytib berishadi.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍292🔥2
2023-2024 yil “Super kontrakt” narxlari va to'lash tartibi

◀️Qoʻshimcha kontrakda oʻqish uchun necha ball olish kerak?
Farqi yoʻq. Testga kirgan boʻlsa, kifoya. 1 ball olgan boʻlsa ham, qoʻshimcha kontraktda oʻqishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

◀️Qoʻshimcha kontrakda oʻqishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?
Oʻqishga kira olmagan abituriyentlar qoʻshimcha kontraktda oʻqish uchun test natijalari eʼlon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

◀️Ariza qayerga beriladi?
Qoʻshimcha kontraktda oʻqish istagida boʻlganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

◀️Qoʻshimcha kontraktning narxi qancha?
Qoʻshimcha toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

↪️1-toifa: Kirish chizigʻiga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt toʻlaydi Jumladan:

☑️1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
☑️1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
☑️2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
☑️3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

💬 Masalan, kirish bali 140 boʻlgan deylik. 139 ball toʻplagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini toʻlaydi. Masalan, asli 10 mln soʻm kontrakt boʻlsa, 15 mln soʻm toʻlasa kifoya. 138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini toʻlaydi, yaʼni 20 mln soʻm. Va h.k.

↪️2-toifa: 56,7 balldan koʻp toʻplagan, lekin kirish chizigʻiga 4 balldan koʻproq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda toʻlaydi.

💬Masalan, yana oʻsha kirish 140 ball boʻlgan yoʻnalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan koʻp toʻplaganlar 2-toifaga tushadi. Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Oʻtgan yildagi narxlarni quyidagi manzildan koʻrib olishingiz mumkin. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar oʻzlari belgilashadi.

↪️3-toifa: 56,7 balldan kam toʻplaganlar 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini toʻlab oʻqishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar boʻlsa, 56,7 balldan kam toʻplaganlar 30 barobar toʻlab, super-muper kontraktda oʻqishi mumkin.

◀️Qoʻshimcha kontrakt har yili toʻlanadimi yoki bir marta?
Bir marta toʻlanadi. 1-oʻquv yilini tugatgandan soʻng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni toʻlab oʻqishadi.

◀️Magistraturada ham qoʻshimcha qabul bormi?
Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga oʻxshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt toʻlanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha boʻlsa, qoʻshimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha toʻlashadi.

◀️Super-kontraktni boʻlib-boʻlib toʻlasa boʻladimi?
Yoʻq, ming afsuski hozirgi qoidalar boʻyicha super-kontraktni toʻliq toʻlash talab etiladi. 100% toʻlangandan keyingina buyruq chiqariladi. Lekin boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish kerak, menimcha.

◀️Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa boʻladimi?
Yoʻq, super-kontrakt uchun taʼlim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

‼️ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, oʻsha yoʻnalishdagi kontrakt narxiga nisbatan. Yaʼni kontrakt 10 mln soʻm boʻlsa, 15 barobar boʻlganda qoʻshimcha kontraktda 150 mln soʻm toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍68🤔76🙈5🎉3🥱3
🌐 Xususiy OTMlarda pedagogik yo‘nalishda sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinadimi? Siz ham shunaqa xabarni eshitingizmi?

📌Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bunga aniqlik kiritdi.

🔔Unga ko‘ra, prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi, qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

✔️Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

➡️Boshlang‘ich ta’lim;
➡️Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
➡️Musiqa ta’limi;
➡️Jismoniy madaniyat;
➡️Texnologik ta’lim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, prezident qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taalluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar bundan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

©️ Manba

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍475👏4🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂4-sentabr, dushanba kuni barcha maktablarning kirish qismida shu videoga o‘xshash narsa bo‘ladi

‼️Eslatib oʻtamiz, bu yil Mustaqillik kuni munosabati bilan 1, 2 va 3 sentyabr kunlari dam olish kuni deb eʼlon qilingan. 4-sentabrdan esa maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣97👍166🔥1
🫥Yotoqxonaga onlayn ariza topshirayotganda «qarindoshlik darajasi aniqlanmadi» desa nima qilish kerak?

🫥1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonadan joy olish uchun https://my.gov.uz/uz/service/870 sayti orqali onlayn ariza yuborishlari kerak.

Ha, bu toʻgʻri. Talabalar turar joyiga joy olish uchun hujjat topshirishda kunduzgi ta’lim bo‘limida shartnoma asosida tahsil olayotgan aka-uka yoki opa-singilingiz haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish zarur.

☯️Keyin tizim qarindoshlik darajasini tekshiradi va ular haqiqatan ham shartnoma bo‘yicha o‘qiyotgan talaba ekanligini tekshiradi. Ushbu ustuvor tizim shartnoma boʻyicha oʻqiyotgan koʻp bolali oilalarning yotoqxonadan joy olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.

Lekin ayrim hollarda “qarindoshlik darajasi aniqlanmadi” degan javob ham chiqib qolyapti. Ba’zan esa hattoki ota-onasi haqidagi ma’lumot ham noto’g’ri chiqib qolyapti.

◀️Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Eng avvalo Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga kirib, “Mening oilam” bo’limiga o’tish kerak https://my.gov.uz/ru/user/family.

➡️O’sha yerda sizning oila a’zolaringiz ro’yxati bo’ladi. Lekin hammada ham bu to’g’ri bo’lmasligi mumkin. Buning xavotirli joyi yo’q. To’g’rilash uchun biror idoraga ovora bo’lib borishingiz shart emas.

O’sha sahifada sariq rangli “Ma’lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuborish” degan tugma bor.

✔️Agar ro’yxatda begona odam bo’lsa, yoki biror yaqin qarindoshingiz ro’yxatda yo’q bo’lsa, yoki yana boshqa biror xatolik bo’lsa, unda shu tugma orqali onlayn ariza yuborish kifoya.

Arizalar FHDY tizimiga kelib tushadi va odatda xodimlar tomonidan 1 yoki 2 ish kuni ichida ko'rib chiqilib, to’g’rilab qo’yiladi.

😊Shundan so’ng, talabalar turar joyi uchun yana bemalol ariza yubora olasiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍291🔥1
🎓 Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom
yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til
bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

‼️Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz.

📌Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

✔️Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍247🥰5🌚1
✍️29-30 avgust kunlari Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi

Test sinovlari 2️⃣ smenada o‘tkaziladi:

1️⃣smena soat 09:00 dan 12:00 gacha bo'ladi.
2️⃣smena 15:00 dan 18:00 gacha o'tkaziladi.

Abituriyentlar oʻz vaqtida kelishi va oʻz smenalariga tayyor boʻlishi muhim. Test topshirayotgan barchaga omad! Agar sizda boshqa savollar boʻlsa yoki qoʻshimcha yordam kerak boʻlsa, bemalol soʻrang.

✍️Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, huquqshunoslik fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨‍💻Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining 👉my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️Talabgorlar test o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍278🔥2🥰1
💉Tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridagi «super-kontrakt»larni bekor qilinishi mumkin

📰Gazeta.uz xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vaziri tibbiyot oliy o‘quv yurtlari abituriyentlari uchun “super kontrakt”larni bekor qilish taklifini ilgari surdi.

Amrillo Inoyatov tibbiyot sohasida taʼlim sohasidagi oʻzgarishlarni maʼlum qildi. “Super shartnomalar”ni bekor qilish bo‘yicha so‘nggi so‘z hukumatda qoladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda tibbiyot fakultetlarida masofaviy ta’limni joriy etish rejalashtirilmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34😢15🤔4🔥3🤯3
1️⃣ kurs talabasi sifatida oʻqishni boshlashdan oldin nimani bilishingiz kerak boʻladi?

➡️Hozir har bir OTMning telegram kanali, sayti bor. O‘zingiz talaba bo‘lgan OTM saytiga kirib tanishib chiqing. OTM lokatsiyasi, binolari, kutubxonalari, darslari haqida ma’lumot oling.

➡️O‘zingiz talaba bo‘lgan yo‘nalishda qanday fanlar o‘tilishi, baholash qanaqa ekani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.

➡️Darslar boshlangach, abituriyentlikdagi o‘qish darajasini saqlab qolish, erkalanib ketmaslik uchun alohida o‘qish planini tuzib olish kerak.

➡️O‘zingizga o‘zingiz javob berishga o‘rganishni boshlang. Endi mustaqil shaxssiz, ehtimol, uydagilaringizdan uzoqda o‘qiysiz. Demak, pulingizni, vaqtingizni qanday sarflashga o‘zingiz javobgarsiz. Bundan cho‘chimang. Mustaqillik — yaxshi narsa.

‼️Yodda tutingki, o'qish rejasini bajarish va vaqtingiz va pulingizga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lish mustaqil talaba bo'lishning muhim jihatlaridir. O'zingiz o'rganish va rivojlanish imkoniyatidan foydalaning va kerak bo'lganda yordam so'rashdan tortinmang. O'qishlaringizga omad!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6010🔥5
Qaysi holatlarda nodavlat OTM diplomi tan olinmaydi?

✔️Quyidagi holatlarda nodavlat OTM diplomi tan olinmasligi mumkin, jumladan:

➡️Tegishli litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat ta'lim tashkiloti tomonidan berilgan diplomlar;
➡️Litsenziyada ko'rsatilgan ta'lim yo'nalishlaridan boshqa yo'nalishlarida tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar;
➡️Joriy yildan sirtqi ta'lim shaklida tahsil olish uchun 5 yillik pedstaj talab etiladigan yo'nalishlar uchun stajsiz qabul qilingan talabalar bitirgandan so'ng berilgan diplomlar;
➡️Joriy yilda sirtqi ta'lim shakli yopilgan 14 ta ta'lim yo'nalishlarning sirtqi shakliga qabul qilingan talabalarga berilgan diplomlar;
➡️Sirtqi ta'lim shaklida 5 yil (maktabgacha ta'lim yo'nalishidan 4 yil) dan kam tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar tan olinmasligi mumkin.

Ayrim shaxslar yuqorida ko'rsatilgan sabablarni noto'g'ri talqin qilmasliklari uchun batafsil izohlaymiz.

1️⃣Litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat ta'lim tashkilot tomonidan berilgan diplomlar hech qanday huquqiy kuchga ega emas. Ya'ni, litsenziya olmagan tashkilot oliygoh sifatida tan olinmaydi va diplomi o'tmaydi;

2️⃣Oliygoh litsenziyada ko'rsatilgan (ruxsat berilgan) ta'lim yo'nalishlaridan boshqa (ko'rsatilmagan) yo'nalishlarda abituriyentlarni qabul qilib tahsil berishi noqonuniy hisoblanadi. Ya'ni, litsenziyada ko'rsatilmagan yo'nalishlarda tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar tan olinmaydi.

3️⃣2023/2024 o'quv yilidan boshlab quyidagi yo'nalishlarga 5 yillik pedstaj talab etiladi.

➡️boshlang‘ich ta’lim;
➡️tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
➡️musiqa ta’limi;
➡️jismoniy madaniyat;
➡️texnologik ta’lim.

Ya'ni yuqoridagi yo'nalishlarga 5 yillik pedstajsiz o'qishga qabul qilish mutlaqo mumkin emas va bu noqonuniy hisoblanadi.

4️⃣2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga ko'ra, 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydigan taʼlim yoʻnalishlari keltirilgan boʻlib, 14 ta ta'lim yoʻnalishlarga bu yilgi oʻquv yilidan sirtqi taʼlimga qabul boʻlmasligi belgilangan.

Ya'ni, 14 ta bakalavr yo'nalishlarining sirtqi shakli yopildi va ularga qabul qilish mumkin emas, ushbu yo'nalishlarga bu yili qabul qilingan talabalar bitirgandan so'ng diplomlarida muammolar yuzaga kelishi mumkin (sirtqi ta'lim shakli yopilgan 14 ta yo'nalish ro'yxati).

5️⃣Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida” nizomi mavjud bo'lib, bakalavriat ta’lim yo'nalishlarining sirtqi ta'lim shakli 5 yil, maktabgacha ta'lim yo'nalishida 4 yil etib belgilangan.

Ya'ni, sirtqi ta'lim shaklida 5 yil (maktabgacha ta'lim yo'nalishidan 4 yil) dan kam tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar tan olinmasligi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍563🔥2🙊2😱1
↪️Siz yo orzularingizni o‘zgartirishingiz yoki mahoratingizni oshirishingiz kerak

Jim Ron, tadbirkor, biznes murabbiy

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18👍1211❤‍🔥1
💊Sentyabrdan tibbiyot yo'nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

"IELTS" darajasi kamida 7.5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo'lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

✔️Barcha tibbiyot yo'nalish talabalarini xabardor qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26😱17🔥43😁3👏1
☝️O'qituvchilar tibbiy ko'rikdan o'tishlari kerak, aks holda ular dars bera olmaydi.

😳“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra o‘qituvchilar o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Tibbiy ko'rikdan o'tmagan o'qituvchi bunday faoliyat bilan shug'ullana olmaydi va bolalarga dars bera olmaydi.

📌Oliy Majlis Qonunchilik palatasida vazirlik va idoralar bu boradagi tartib-taomillarni amalga oshirishga yetarlicha e’tibor bermayotgani tanqid qilindi. Endilikda Qonunning ushbu moddasi jiddiy nazorat ostida.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26😁16👀6🔥2🤯1
⚡️Yangi oʻquv yilidan boshlab “Kundalik.com” platformasi “e.maktab.uz” sifatida oʻz faoliyatini davom ettiradi

e.maktab.uz” nafaqat elektron kundalik va elektron jurnalni, balki o‘qituvchilar uchun “aqlli kundalik” tizimini ham o‘z ichiga oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁5🤣32
➡️Turkiya Oliy taʼlim kengashining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Turkiyada tahsil olayotgan Markaziy Osiyolik talabalar soni:

🇹🇲 Turkmaniston - 18250 talaba;
🇰🇿 Qozog'iston - 8864 talaba;
🇺🇿 O'zbekiston - 4794 talaba;
🇰🇬 Qirg'iziston - 2026 talaba.

Sizning fikrizcha bu qanchalik foydali O'zbekiston uchun? fikringizni kommentaryada qoldiring
👇

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔6🔥54
📰 Yaxshi xabar: O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bo‘ladi

🏛1 sentyabrdan boshlab barcha maktab oʻquvchilari va 18 yoshgacha boʻlgan bolalar madaniy meros obʼyektlari, koʻrgazmalar, tarixiy obidalar va davlat muzeylariga bepul tashrif buyurishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁27👍24😢21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😎 1-kursga qabul qilingan do'sting sentyabrda

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣106😁34👍24🔥1🤔1
⚡️Endi maktablar B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilarini qabul qilmaydi

‼️Hukumat qaroriga ko'ra, 2022/2023 o'quv yilidan boshlab chet tili o'qituvchilari B2 sertifikatisiz maktablarga ishga qabul qilinmasligi qayd etildi. Biroq, bu talab o'tgan yildan beri bajarilmagan.

✔️Biroq, yangi o'quv yilidan boshlab B2 dan kam bo'lmagan chet tili sertifikatiga ega bo'lmagan o'qituvchilar umumta'lim maktablariga ishga qabul qilinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥43👏2🤔2❤‍🔥1
#Rasman

⚡️ Imtihondan yiqilganlar ham endi talaba bo'lishi mumkin!

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Unutmang, bu siz uchun oxirgi imkoniyat boʻlishi mumkin!

🚀 Yuqoridagi 8ta yoʻnalishdan birini tanlang va kirish imtihonlarida ishtirok etib(DTM balingiz 60 va undan yuqori boʻlsa imtihonsiz), talaba boʻling.

👉 Maxsus imkoniyatlar.

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22😁53🔥3
🔥Avstraliyada bepul o'qish va Buyuk Britaniyada ishlash - siz uchun ajoyib imkoniyatlar

📌WIPO Global Health Innovation Fellowship
— Hindiston hukumati tomonidan biotexnologiya sohasidagi yosh mutaxassislar uchun ilmiy stipendiyalar. Nomzodlar turli ma'lumotga ega bo'lishi mumkin: muhandislik, tabiiy fanlar, informatika, biznes, huquq, tibbiyot.

Mezbon tomon barcha xarajatlarni qoplaydi: parvoz, turar joy, sarf materiallari. Muddati ikki yil. Bu vaqt davomida ishtirokchilar xalqaro jamoada sog'liq muammolarini hal qiladilar.

Tugash muddati: 1 sentyabr.

📌HDR Scholarships
— Yangi Janubiy Uels universiteti stipendiyalari - Avstraliyadagi eng yaxshi universitetlardan biri. Xalqaro talabalar uchun bir qator imkoniyatlar mavjud. Ulardan ba'zilari bir martalik to'lovni ta'minlaydi, boshqalari esa o'qish uchun to'lov, xona va ovqat uchun to'lovni to'liq to'lashni ta'minlaydi.

Tugash muddati: sentyabr, aniq sana dasturga bog'liq.

📌Institute of Ideas and Imagination Fellowship
— Grantning maqsadi - rassomlar va san'atkorlar odatdagidan tashqariga chiqadigan asarlar yaratish uchun birlashtirish. Buning uchun ularga Parijdagi ofis, tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash va yiliga $75 000 to‘lovlar taqdim etiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin: Ijodkorlar - dunyoning istalgan nuqtasidan kino ijodkorlari, rassomlar, yozuvchilar, bastakorlar, shoirlar, universitet professorlari va fan nomzodlari.

Ariza topshirish uchun sizga hujjatlar to'plami kerak bo'ladi: shaxsiy hujjatlar, rezyume, loyiha tavsifi, ish namunalari va tavsiyanoma.

Tugash muddati: 27 oktyabr.

📌Professional Development Grants for Environmental Journalism
— Ekologiya va atrof-muhit sohasidagi tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan jurnalistlar uchun grant. Faqat tashkilotlar va ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxslar murojaat qilishlari mumkin.

Loyiha uchun ajratilgan umumiy miqdor 85 000 € ni tashkil qiladi. U tadqiqot, malaka oshirish, kurslarni o'rganish uchun ishlatilishi mumkin.

Tugash muddati: 12 oktyabr.

📌Nottingham Research and Anne McLaren Fellowships
— Tadqiqotchilar uchun stipendiya dasturi. Nottingem universiteti 53,353 funt sterlinggacha bo'lgan ish haqini uch yilgacha taklif qiladi. Bundan tashqari, 75,000 funt sterlinggacha bo'lgan tadqiqot xarajatlari qoplanadi.

Nomzodlar PhD darajasiga ega bo‘lishi, jahon nashrlarida nashrlari va yaxshi obro‘ga ega bo‘lishi kerak.

Tugash muddati: 6 oktyabr.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥32❤‍🔥2🕊1