Ta'limda nima gap?
75.6K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 31-dekabr kuni metro bepul xizmat ko‘rsatadi

Hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10👍8
📣 Ta'limda nima gap? kanali 2023-yil qanday natijalarga erishdi?🥳

• 21 523 ta yangi obunachi👨‍👩‍👦
• 8,1M koʻrishlar soni👀
• 807 ta post📱
• 22 ta bizni yoritgan kanallar📣
• 43 400 ta ulashishlar soni🔗
• 40 900 ta reaksiyalar soni🌟
• 57 400 ta izohlar soni✏️
• 38 ta eslatmalar soni➡️
• 18 ta repostlar soni🔝

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
📣 Xatolar va yo'qotishlarsiz maqsadga erishib bo'lmaydi, harakatdan to'xtamang

☝️Hayotda yiqilishing mumkin, voz kechilishing mumkin, qo‘lingdagi hamma narsangni yo‘qotishing mumkin. Hatto bularning hammasi uchun o‘zingni dunyodagi eng omadsiz va keraksiz insondek his qilishing mumkin.

Ammo unutmaki, hech kim maqsadiga xatolarsiz va yo‘qotishlarsiz erishmagan. Hech kim bir necha bor yiqilmasdan ko‘zlaganiga yetmagan.

‼️Har bir yiqilganingdagi olgan zarbalaring seni yanada kuchli bo‘lishingga undaydi. Bugun seni tark etgan soxtalar kun kelib muvaffaqiyatingni ko‘rib attang qiladi. Yo‘lga chiqdingmi, to‘xtama.

Intizom bilan bog'liq muammolar bormi?
Shaxsiy o'sish bilan bog'liq muammolar bormi?
Motivatsiya bilan bog'liq muammolar bormi?

Unda
MAQSADLI INTIZOM siz uchun. Har kuni rivojlanish bilan bog'liq maksimal foydani oling.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6💯2❤1
Yangi yil muborak, aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi — 2024-yil kirib kelmoqda!

Bilimni baholash agentligi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2024-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍12❤4🔥4👏1💘1
📣 Yangi 2024-yil boshlandi. Bu yilda ta’limni qanday o‘zgarishlar kutyapti?

🗣️ Yangi tibbiyot yo'nalishlari

2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport dietologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

🗣️ Qabuldagi o'zgarish

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

🗣️ Majburiy jismoniy tarbiya

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, tajriba sifatida Surxondaryo viloyatidagi barcha OTMlarning ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga “Jismoniy tarbiya va sport” fani kiritiladi.

🗣️ Yangicha attestatsiya

2024-yildan o'qituchilar yangi tartibda 2 bosqichli attestatsiya topshirishadi.

🗣️ Sertifikat

Maktab direktorlari lavozimda qolishi uchun menejerlik sertifikati olishlari kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3👏1😁1
📣 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga оshdi.

2023-yil 20-oktabr mahalliy yo'lovchi poyezdlar uchun chipta narxi 1.5 baravarga, Afrosiyob poyezdi chiptalari esa 2 baravarga oshgan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🏆1
📣
Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.


2️⃣ To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1🏆1
📣 Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?

🫣Magistraturada:

Magistraturaga kontraktga kiradigan barcha qizlarning kontrak pulini davlat to'lab beradi.

😰Kollej, texnikumlarning ba'zi yo'nalishlarida:

Shu yildan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1🏆1
📣 Qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar qayerda olinyapti?

✅Ariza oluvchi ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kunigacha har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

➖o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖pasport nusxasi;
➖PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆2❤‍🔥1👏1
📣 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida inklyuziv ta’lim uchun ilmiy-metodik adabiyotlar yaratiladi

Shu maqsadda universitetda “Inklyuziv ta’lim” ilmiy-amaliy laboratoriyasi ochildi. Shuningdek, tadbir davomida “Uzluksiz ta’lim tizimida Inklyuziv ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy seminar ham boʻlib oʻtdi.

👉 Qayd etilganidek, muassasada 58 nafar nogironligi bo‘lgan talabalar ta’lim olayotgan bo‘lsa, shu kunga qadar universitet olimlari va yosh tadqiqotchilari tomonidan ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha 14 nomdagi audiomahsulot tayyorlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2❤‍🔥1👏1🏆1
📣 2024 yilda yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beradigan 7 ta dastur MAQSADLI INTIZOMdan

📌 Productive Habit Tracker
— Bir vaqtning o'zida bir nechta odatlarni kuzatish imkonini beruvchi dastur, ular uchun individual sozlamalarni o'rnatishingiz mumkin. Sizni qiziqtirishga yordam beradigan batafsil statistika, mashhur odatlar uchun shablonlar.

📌 Loop
— O'zingizning odatlaringizni keraksiz ma'lumotlarsiz kuzatish imkonini beruvchi minimalistik va aniq dizayn. Bu erda siz reyting tizimi orqali kerakli ko'rsatkichlarni ko'rishingiz mumkin.

📌 Way of Life
— Chiroyli interfeys, interaktiv odatlarni kuzatish, ajoyib funksionallik va batafsil statistikaga ega ilova.

📌 Streaks
— Apple Health kabi o'rnatilgan xizmatlar bilan qulay tarzda integratsiyalashgan va Apple Watchgacha turli qurilmalarda ishlaydigan iOS uchun ilova. Siz turli qurilmalardagi odatlar bo'yicha faoliyatingizni kuzatishingiz mumkin.

📌 TickTick
— Ko'p funktsiyali dastur, unda siz nafaqat odatlaringizni kuzatishingiz, balki Pomodoro taymeridan foydalanishingiz, eslatmalarni o'rnatishingiz, taqvimingizni rejalashtirishingiz va boshqalar.

📌 Brite
— O'zini rivojlantirish uchun platforma. Unda: odat kuzatuvchisi, rejalashtiruvchi, taqvim, eslatmalar, vazifalar ro'yxati, byudjet va kayfiyatni kuzatish va yana 15 dan ortiq funktsiyalar mavjud. Afzallik - qulaylik: siz hamma narsani bitta ilovadan va turli qurilmalarda kuzatishingiz mumkin.

📌 Habitica
— Odatlarni rivojlantirish va shaxsiy samaradorlikni oshirish uchun dastur. Uning xususiyati o'yinlashtirishdir. Bajarilgan vazifalar uchun siz o'yin ichidagi jihozlarga sarflanishi mumkin bo'lgan mukofotlarni olasiz.

Agar sizda intizom, time-menejment, shaxsiy rivojlanish va samaradorlik bilan muammolar bo'latgan bo'lsa. Sizni o'zimni shaxsiy blogimda va ekspertli blogimda kutaman. Kunlik motivatsiya, tavsiyalar va eng asosisi o’zingizni eng yaxshi versiyangizni yaratasiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤1🥰1
📣 18 nafar magistr Prezident davlat stipendiyasiga munosib koʻrildi

Tanlov komissiyasi bayonnomalariga asosan, 2023/2024-oʻquv yilida magistratura bosqichi uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining 18 nafar magistr-talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga munosib deb topildi (ro‘yxat ilovada).

🇺🇿Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.

Shuningdek, sovrindor boʻlgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1❤‍🔥1🗿1
📣 Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun 1 yillik rezidentura joriy etiladi

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik rezidentura joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

‼️Rezidentura — oliy o‘quv yurtidan keyingi tibbiy ta’lim darajasi. Rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki lisenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqi 2 barobar oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤1🏆1
📣 Urganch davlat universitetida “XXI asr algoritmi” mavzusida xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu anjumanda dunyoning 30 nafarga yaqin matematika sohasining yetakchi mutaxassislari, xususan, Amerika Qo’shma Shtatlarining 6 nafar yirik olimi, shuningdek, doktorantlar, talabalar qatnashmoqda.

👀Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad sun’iy intellekt borasidagi so‘nggi yangiliklarni yoshlarga yetkazish va sohaning yetakchi mutaxassislarini tayyorlash, raqamlashtirish, IT sohalarini rivojlantirishdan iborat. Tadbirda sohaga oid eng so’nggi ishlanmalar, o’zgarishlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari yuzasidan ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglanmoqda.

Konferensiya 9-yanvarga qadar davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤‍🔥1👏1
📣 Kirish imtihonlarida maksimal ball qancha bo'ladi?

◀️ 2023-yilgi imtihonda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan imtihon:

🔸Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹Matematika x 10 ta;
♦️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berilgan va bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo'lgan.

‼️Eslatma o‘rnida, 2024-yilgi kirish imtihonlari uchun maksimal ball, baholash mezonlari Qabul komissiyasi tomonidan alohida tasdiqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😁2🔥1👏1
📣 Qaysi xalqaro til bo‘yicha sertifikatlar bizda tan olingan? Ingliz tili (ro‘yxat)

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi turli mezonlar bor. Biz bilganimiz ko‘proq IELTS, TOEFL, GMAT va hokazo. Lekin aslida bunday sertifikatlarning turi juda ko‘p. Davlat tomonidan tan olinadiganlari chegaralangan.

Demak, davlatimiz tomonidan tan olingan xalqaro sertifikatlar quyidagicha:

🟡Ingliz tili bo‘yicha:

1. International English Language Testing System (IELTS)

2. Test of English as a Foreign Language (TOEFL iBT)

3. Test of English as a Foreign Language (TOEFL ITP)

4. Cambridge Assessment English

5. APTIS for teachers

6. Test of English for International Communication (TOEIC)

7. Linguaskill

8. Teaching Knowledge Test (TKT)*

9. Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL) *

10. Teaching English as a Foreign Language (TEFL)*

11. Teaching English as a Second Language (TESL)*

12. Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA)*

13. Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA)*

❓ Kimda shunday sertifikatlar bor?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏1😁1
📣 Bilim olish uchun eng samarali yosh

Inson axborotni 17 yoshdan 20 yoshgacha bundan kattaroq yoshi yoki bolaligidagidan ko‘ra osonroq o‘zlashtirar ekan. Bu haqda Nature Communications jurnalida maxsus maqola chop etilgan.

📌Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bilim olish jarayonida miya yo‘l-yo‘l tanasi dorsolateral qismi muhim ro'l o‘ynaydi. Yoshga bog‘liq holda miyaning bu strukturasi faolligi o‘zgarishi avval o‘rganilmagan edi. 

Olimlarning fikricha, 17 yoshdan 20 yoshgacha davr inson miyasi axborotni eng samarali qabul qiladigan bosqich hisoblanar ekan.

☝️Xulosa shuki, ilmni o'z vaqida o'rganishga harakat qiling. Zero, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidur deb bejizga aytishmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1😁1
📣 Yotoqxona to‘lovida qanday talabalarga imtiyoz berilishi mumkin?

➡️JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

👉umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1👏1💘1
📣 Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi?

Xuddi bakalavrdagi kabi ayrim abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar magistraturada ham bor.

Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi:

✔️ Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;
✔️ Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;
✔️ "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;
✔️ Ta'lim vazirligi o'tkazadigan fan olimpiadasi g'oliblari (3 ta o'rin)
✔️ Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishini “qizil”ga bitirganlar "o'z yo'nalishiga" imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
✔️ Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏3❤2🏆1
📣 Oliygohlarga qishki "perevod" uchun arizalar qayerda va qachongacha olinadi?

Ariza oluvchi ishchi guruhlar 2024-yilning 20 yanvar kunigacha har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

👉 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
👉 pasport nusxasi;
👉 PQ-279-son qaror 7(v) bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2🏆1
📣 Dunyo boʻylab taʼlim haqida top faktlar

1. Koʻp marotaba toshqin muammolariga duch kelinganligi tufayli Bangladeshda 100 dan kam boʻlmagan qayiq maktablari mavjud. Ularning har biri Internetga ulangan, kutubxonaga ega va quyosh energiyasidan quvvat oladi.

2. Hindistonning Laknov shahridagi “City Montessori” maktabi oʻquvchilar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik maktab boʻlib, u yerda 32 000 dan ortiq ilmu tolib tahsil oladi.

3. Chilida oʻquvchilar uchun yozgi taʼtillar bizdagidan farqli oʻlaroq, dekabr oʻrtalaridan boshlanadi va mart oyining boshlarida tugaydi.

4. Saxarada 11,07 million bola boshlangʻich taʼlimini tugatmasdan maktabni tark etadi. Janubiy va Gʻarbiy Osiyoda bu raqam 13,54 millionga etadi.

5. Dunyodagi eng qadimgi maktab Angliyaning Kanterberi shahrida joylashgan. U 1597-yilda “Qirollik maktabi” nomi bilan tashkil etilgan. Maktab sifatli uskunalar va jihozlar bilan taʼminlangan, hozirda zamonaviy taʼlim beradigan oʻquv muassasalari safiga kiradi.

6. Rivojlanayotgan, kam taʼminlangan mamlakatlarda har bir qoʻshimcha taʼlim yili oʻsha mamlakat fuqarosining kelajakdagi daromadini oʻrtacha 10%gacha oshirishi mumkin.

7. Dunyoda eng koʻp uy vazifasini bajaradigan talabalar Xitoydagi talabalar hisoblanadi. Oʻsmirlar haftasiga oʻrtacha 14 soat davomida uy vazifasini qiladilar.

8. Pokistonda bolalarga bepul taʼlim olish uchun qonuniy huquq berilmaydi. Faqat 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar majburiy taʼlim olish huquqiga ega.

9. Gollandiyada bolalar maktabni 4 yoshga toʻlgan kunidan boshlashadi. Bu jarayonda maktabdagi boshlangʻich sinf oʻquvchilari soni juda tez oʻzgaradi.

10. Yaponiyadagi maktablarda bolalarning oʻzlari sinflarini tozalashadi va hatto, tushlikni ham oʻzlari bilan olib yurishadi. Yaponiya maktablarida farrosh yoki oshxona mavjud emas.

11. Italiyaning Turin shahrida dunyodagi eng kichik maktab bor, u yerda bitta oʻquvchi taʼlim oladi.

12. Eron qizlar va oʻgʻil bolalarga ular kollejga kirgunlariga qadar alohida taʼlim beriladigan mamlakat hisoblanadi. Mazkur davlat taʼlim tizimida maktab oʻquvchilari orasida qizlar uchun faqat ayol oʻqituvchilar, oʻgʻil bolalar uchun erkak oʻqituvchilar dars beradi.

13. Braziliyada oila bilan ovqatlanish - madaniyatning muhim qismi, shuning uchun maktablar ertalab soat 07:00 da boshlanadi va tushgacha tugaydi, shunda bolalar ota-onalari bilan tushlik qilishlari mumkin boʻladi.

14. Dam olish kuni yoki taʼtil boʻlishiga qaramay, rus bolalari maktabni har doim “Bilimlar kuni” yaʼni 1-sentyabrda boshlashadi.

15. Jahon boʻylab eng keksa oʻqituvchi faoliyati Amerikada qayd etilgan. Uning ism-familiyasi Agnes Zhelesnik boʻlib, Yoshi 101 ga toʻlgan.

16. Islandiya maktablarida oʻquvchilarga “trikotaj” deb nomlangan fan oʻqitiladi. Jahonda boshqa mamlakatdagi maktablarda bu yoʻnalishga asoslangan fanni uchratish deyarli qiyin.

‼️Ushbu maqola orqali dunyo davlatlaridagi taʼlim tizimiga doir eng qiziqarli faktlar eʼtiboringizga havol etildi: guvohi boʻldingizki, anʼana va urf-odatlar - turli, bilimning yetkazilish usullari - turfa.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤‍🔥2❤1🏆1