Ta'limda nima gap?
75.6K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 MOTIVATSIYA yo'q nima qilay?

Intizom motivatsiyadan ko'ra muhimroq:
Motivatsiya haqiqiy emas. Intizom haqiqiydir. "Menda motivatsiya yo'q" deyish - bu bir bahona, chunki kuchli intizomli inson o'z ishini kayfiyati qanday bo'lishidan qat'iy nazar o'z vaqtida bajaradi,

"Unutmang, Siz nafaqat quyosh porlaganda, balki yomg'ir yog'ganda ham to'xtamaydigan insonlar
bilan raqobatlashyapsiz"


Agar sizda shaxsiy rivojlanish, intizom, time-menejment va moliyaviy savodxonlik boyicha muammolar bo'lsa. Sizga mening ekspertlik blogim MAQSADLI INTIZOM yordam beradi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📣 Matematika, rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆24-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar berilyapti.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1👏1🏆1
📣 Talabalar uchun voha viloyatlariga qo'shimcha avtobuslar qo'yildi

👉 23-dekabr kuni soat 10 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

➡️Toshkent — Olot (Buxoro);
➡️Toshkent — Qarshi;
➡️Toshkent — Termiz.

📍Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

🚆Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1👏1🏆1
⚡️Nodavlat oliygohlar ichida "University of science and technologies" hammadan oldinda ketmoqda!

📈 "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi-2023" nominatsiyasi bo'yicha ovoz berish davom etmoqda. TOP-10 yetakchilar bilan tanishing:
(23-dekabr 10:10 holatiga)

1. University of science and technologies
2. Alfraganus University
3. Turan International University
4. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
5. Farmasevtika ta'lim va tadqiqot instituti
6. Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti
7. Renessans ta'lim universiteti
8. University of business and science
9. Perfect University
10. Diplomat University

Eslatib o'tamiz, tanlov 6 xil kategoriya bo'yicha davom etmoqda va yakunda mutlaq g'oliblarga o'z ta'lim muassasasi nomi tushirilgan maxsus statuetkalar taqdim etiladi.

1️⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi
2️⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh
3️⃣. Eng yaxshi akademik litsey
4️⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
5️⃣. Eng yaxshi kollej
6️⃣. Eng yaxshi texnikum

✅ @talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1👏1
🗳​"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2023" tanlovi davom etmoqda!

📈 Boshlanganiga, atigi 4 kun bo'lgan ushbu ommaviy so'rovnomaga hozirgacha 83.200 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi va daqiqa sayin bu raqamlar tobora ortib bormoqda.
(24-dekabr, 18:00 holatiga ko'ra)

So'rovnoma 20-yanvarga qadar @EDUStatbot orqali davom etadi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati @TALIMUZ telegram sahifasida kunlik ko'rsatilib boriladi.

Eslatib o'tamiz, mutlaq g'oliblarga tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) hamda muassasa rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi.

1️⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi
2️⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh
3️⃣. Eng yaxshi akademik litsey
4️⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
5️⃣. Eng yaxshi kollej
6️⃣. Eng yaxshi texnikum

✅ @talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1👏1🏆1
📣 2024-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi


"2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023-y.) qabul qilindi.

◀️Farmonga ko'ra, 2024-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:

➡️barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):

▫️22-mart – juma;
▫️11-aprel – payshanba;
▫️18-iyun – seshanba;
▫️3-sentabr – seshanba;
▫️31-dekabr – seshanba.

➡️6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

▫️2-yanvar – seshanba;
▫️23-mart – shanba;
▫️12-aprel – juma;
▫️31-avgust – shanba;
▫️30-dekabr – dushanba.

🔘5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko'chiriladi:

▫️6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
▫️13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
▫️14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👌2❤1👏1
📣 Yaxshi yangilik: o‘zbek tilidan milliy sertifikat uchun o‘qituvchilarga 50 foiz ustama to‘lanadi

Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Odatda, milliy sertifikat uchun 20 foiz ustama to'lanadi.

🇺🇿Prezident "O‘zbek tili va adabiyoti" fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🏆2🔥1👏1
📣 Talabalar shaharchasida bugun ham viloyatlatga avtobuslar bor

Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari bugun ham mavjud.

🚌Avtobuslar yo‘nalishlari:

👉Toshkent — Olot (Buxoro);
👉Toshkent — Qarshi;
👉Toshkent — Termiz.

📍Chiptalar  Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotilyapti.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👏2
📣 “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi

Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.

➡️22-dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi taklifi bilan Vazirlar Mahkamasining “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha qarori muhokamaga qo‘yildi.

Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida o‘qiydigan o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.

☝️U bilan taqdirlanganlarga 2 yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

➖oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha 3 ball;

➖birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirilish (harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda).

Nishon har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

Qaror muhokamasi 2024-yil 6-yanvargacha davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤯1
📣 Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

Kimlarga ruxsat bor

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➡️ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➡️ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➡️ pasport nusxasi;
➡️ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📣 Bugun — maktablarda oxirgi o'qish kuni, ertadan — ta’til

Maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorakning so‘nggi kuni — 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni — 28-dekabr.

📌 Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.

III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

‼️ OTMlarda esa qishki ta’til 7-yanvargacha davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 OTMga kirishda imtiyoz beruvchi yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin

Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.

◀️Bu haqidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida o‘qiydigan o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.

U bilan taqdirlanganlarga 2 yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

➖oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha 3 ball;

➖birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirilish (harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda).

‼️Nishon har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁5🔥3❤1
📣 O'tgan yilgi kirish imtihonlarida maksimal ball qancha bo'lgan?

📌 2023-yilgi imtihonda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan imtihon:

🔸Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹Matematika x 10 ta;
♦️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

📌 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berilgan va bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo'lgan.

‼️Eslatma o‘rnida, 2024-yilgi kirish imtihonlari uchun maksimal ball, baholash mezonlari Qabul komissiyasi tomonidan alohida tasdiqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
📣 31-dekabr kuni metro bepul xizmat ko‘rsatadi

Hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10👍8
📣 Ta'limda nima gap? kanali 2023-yil qanday natijalarga erishdi?🥳

• 21 523 ta yangi obunachi👨‍👩‍👦
• 8,1M koʻrishlar soni👀
• 807 ta post📱
• 22 ta bizni yoritgan kanallar📣
• 43 400 ta ulashishlar soni🔗
• 40 900 ta reaksiyalar soni🌟
• 57 400 ta izohlar soni✏️
• 38 ta eslatmalar soni➡️
• 18 ta repostlar soni🔝

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
📣 Xatolar va yo'qotishlarsiz maqsadga erishib bo'lmaydi, harakatdan to'xtamang

☝️Hayotda yiqilishing mumkin, voz kechilishing mumkin, qo‘lingdagi hamma narsangni yo‘qotishing mumkin. Hatto bularning hammasi uchun o‘zingni dunyodagi eng omadsiz va keraksiz insondek his qilishing mumkin.

Ammo unutmaki, hech kim maqsadiga xatolarsiz va yo‘qotishlarsiz erishmagan. Hech kim bir necha bor yiqilmasdan ko‘zlaganiga yetmagan.

‼️Har bir yiqilganingdagi olgan zarbalaring seni yanada kuchli bo‘lishingga undaydi. Bugun seni tark etgan soxtalar kun kelib muvaffaqiyatingni ko‘rib attang qiladi. Yo‘lga chiqdingmi, to‘xtama.

Intizom bilan bog'liq muammolar bormi?
Shaxsiy o'sish bilan bog'liq muammolar bormi?
Motivatsiya bilan bog'liq muammolar bormi?

Unda
MAQSADLI INTIZOM siz uchun. Har kuni rivojlanish bilan bog'liq maksimal foydani oling.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6💯2❤1
Yangi yil muborak, aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi — 2024-yil kirib kelmoqda!

Bilimni baholash agentligi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2024-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍12❤4🔥4👏1💘1
📣 Yangi 2024-yil boshlandi. Bu yilda ta’limni qanday o‘zgarishlar kutyapti?

🗣️ Yangi tibbiyot yo'nalishlari

2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport dietologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

🗣️ Qabuldagi o'zgarish

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

🗣️ Majburiy jismoniy tarbiya

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, tajriba sifatida Surxondaryo viloyatidagi barcha OTMlarning ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga “Jismoniy tarbiya va sport” fani kiritiladi.

🗣️ Yangicha attestatsiya

2024-yildan o'qituchilar yangi tartibda 2 bosqichli attestatsiya topshirishadi.

🗣️ Sertifikat

Maktab direktorlari lavozimda qolishi uchun menejerlik sertifikati olishlari kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3👏1😁1
📣 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga оshdi.

2023-yil 20-oktabr mahalliy yo'lovchi poyezdlar uchun chipta narxi 1.5 baravarga, Afrosiyob poyezdi chiptalari esa 2 baravarga oshgan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🏆1
📣
Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.


2️⃣ To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1🏆1
📣 Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?

🫣Magistraturada:

Magistraturaga kontraktga kiradigan barcha qizlarning kontrak pulini davlat to'lab beradi.

😰Kollej, texnikumlarning ba'zi yo'nalishlarida:

Shu yildan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1🏆1