Ta'limda nima gap?
75.5K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 2024-yildan abituriyentlar avval testda qatnashadi, soʻng tanlov qiladi!

Oʻzbekistonda 2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib OTM, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

➡️Umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
📣 2025-yil 1-sentyabrgacha barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatiladi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturda belgilangan.

📌 Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.

2024-yil 1-yanvargacha "Xavfsiz maktab" loyihasi kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, 2025-yil 1-sentyabrgacha bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
📣 Prezident sovrini uchun talabalar o’rtasida o’tkaziladigan “Zakovat” Intellektual olimpiadasining hududiy saralash bosqichi natijalari ma’lum bo’ldi

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 O'z vaqtida qilishga qanday odatlanish mumkin?

✔️To'g'ri tartib o'rnatish: Bir kunni boshlashdan oldin kun davomida qilish kerak bo'lgan vazifalarni va majburiyatlarni belgilang.

✔️ Vazifalarni taqsimlash: O'z vaqtida ulgurish uchun vazifalarni taqsimlang. Ularning darajasi va urg'uli bo'lganlarini ajratib oling.

✔️ Muhimligiga ko'ra saralash: Bunda sizning fokus va samaradorlik darajangiz oshadi.

✔️ Zamonaviy vositalardan foydalanish: Zamonaviy vositalar, masalan, elektron kalendarlar, vazifalar ro'yxati dasturlari yoki vaqtni boshqarish dasturlari sizga vaqtni boshqarishda yordam berishi mumkin.

✔️ Muddat belgilash: Har bir vazifa uchun to'g'ri muddatlar belgilang. Bu sizning vazifalaringizni vaqtli bajarish uchun sizga yo'rdam beradi.

Postni ishlariga vaqtida ulgurolmaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_adabiyotlar_ro‘yxati_2024.pdf
148.6 KB
📣 O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥2❤2👏1
📣 Keyingi yil qabulda nimalar o‘zgaradi?

Prezident qaroriga ko'ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

➖ oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

➖ umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;

➖ yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar («International Advanced Levels», «International Baccalaureate») asosida ishlab chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2🔥1
Nostrifikatsiya - 4-5-dekabr 2023-yil - talabgorlar.pdf
922.7 KB
📣 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi

📆2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

✅Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤‍🔥2❤2🔥1👏1
📣 Poytaxtdagi 2 ta OTM Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin

Bular — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti. OTMlarni ko‘chirish bo‘yicha loyiha tayyorlangan.

‼️Hozir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Islom Karimov shoxko‘chasida, Moliya institutining bosh binosi esa Amir Temir shoxko‘chasida joylashgan. OTMlarning bo‘shatiladigan binolari keyingi taqdiri ma’lum emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2🔥1🤯1🗿1
📣 Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand boʻlish sirlari

➖Har kuni kun davomida boʻlib oʻtgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qoʻying.

➖Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi koʻngil choʻktiruvchi) uzoqroq yuring!

➖Faqat yaxshi xabarlar oʻqishga, tinglashga intiling! 

➖Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji boʻlsa umuman gaplashmang!

➖Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.

➖Hayotga kulib boqing! Oʻz-oʻzidan yoʻllaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥1
📣 Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

3-dekabr
(yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1
📣 Rasman: bugundan talabalarga to'lab beriladigan ijara puli oshdi

Ma'lumki, ijarada yashaydigan talabalarning ijara xarajatlarining ma'lum summasi qoplab beriladi.

👉 Toshkent shahrida BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari miqdorida to‘lanishi kerak.

Bugundan BHMning 1 baravari 340 ming so‘mga ko‘tarildi. (Avval 330 ming so‘m edi). Shundan kelib chiqib, yangi miqdor bo‘yicha Toshkentda 340 ming so'mdan, viloyatlarda 170 ming so'mdan to'lanadi.

😎 Talabaga 5-10 ming so‘m ham pul:)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁19👍7😱5❤1
📣 Endi o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

➖ Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
➖ Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
➖ Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
➖ Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😁3❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 1-kurs starostalar bilan dekanatda bo'lgan suhbatdan parcha.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15😁12❤2🤔1🤯1
📣 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

‼️Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
📣 Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga 50 foiz koʻproq stipendiya beriladi

Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat bogʻchalari va maktablarga navbatga qoʻyilmasdan joylashtiriladi.

➖Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 700 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.

➖Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
📣 Ikkinchi mutaxassislik nima?

2-mutaxassislik — o‘zi oliy ma’lumotga ega abituriyentning yana bir oliy ma’lumot olish uchun o‘qishi. Bunda abituriyent imtihondan o'tsa, to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qiydi. Ya’ni 2-mutaxassislik bilan kirgan talabalar boshqalardan bir yil kamroq o‘qiydi.

➡️Imtihon qanday bo‘ladi?

Hamma OTM 2-mutaxassislik uchun imtihon qanday bo‘lishini, baholash mezonlarini o‘zi tanlaydi. Bu degani 2-mutaxassislik uchun imtihon suhbat bo‘lishi ham mumkin va kirish imtihoniga qaraganda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Talaba yiqiladi, egiladi, lekin sinmaydi....

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤣4🔥2😢2😁1
📣 Talaba-o‘quvchilar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.

🛫 Xabarni uyiga samolyotda ketmoqchi boʻlgan talaba tanishlaringizga yuborib qoʻying. 😎

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Necha soat dam olish inson uchun foydali?

0-2 soat — bu oraliqdagi uyqu diqqatni jamlashning qiyinlashuvi va eʼtiborning keskin pasayishiga olib keladi.

3-4 soat — qonda qand miqdori keskin ko‘tariladi, tana vazni orta boshlaydi.

5-6 soat — organizm mushak massasini yo‘qotadi, ochlik hissi kuchayadi va shuning uchun odam tez-tez ovqatlanadi, vaqt o‘tishi bilan immunitet zaiflashadi va organizm tez-tez kasal bo‘lib qoladi.

6-7 soat — kognitiv funksiyalar va xotirani tiklash uchun bu uyqu miqdori minimal hisoblanadi.

7-8 soat — odam o‘z tanasini barqaror ushlab turishi mumkin, qondagi qand miqdori normal bo‘lib qoladi.

8-9 soat — kattalar uchun optimal uyqu miqdori.

10 soat — bunday uyqu to‘liq tiklanish uchun og‘ir stress yoki jismoniy faollikdan keyin kerak bo‘ladi.

🌞 Yetarlicha uxlagan bo'lsangiz, derazani oching, 🤓 quyosh chiqyapti.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5🥰1😁1
📣 Prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

OTMlarning bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasiga prezident va nomli davlat stipendiyalari berildi.

💵 Stipendiantlarga qancha pul beriladi?

🗄 Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🗄 Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
📣 Keyingi yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

Keyingi yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.


2️⃣To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6